Орқа мия: топографияси, ташқи тузилиши, ўровчи пардалар


Oxirgi miya: taraqqiyoti, qismlari. Hidlov miya. Limbik tizimi. Plashch (mielo va sitoarxitektonika tog’risida tushuncha)



Download 71,67 Kb.
bet10/40
Sana27.06.2021
Hajmi71,67 Kb.
#102722
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
11. Oxirgi miya: taraqqiyoti, qismlari. Hidlov miya. Limbik tizimi. Plashch (mielo va sitoarxitektonika tog’risida tushuncha)

Oxirgi miya - telencephalon bosh miya yarimsharlari - hemispheria cerebri dan, bu yarimsharlaring tashqi tarafini qoplagan kulrang moddadan hosil bo‘lgan po‘stloq - pallium, yarimsharlaming ichida joylashgan bazal o‘zaklardan tashkil topadi. Oxirgi miyaning bo‘shlig‘i yon qorinchalar - ventriculis laterales ga aylanadi. Ikki bosh miya yarimsharlari o ‘zaro oq moddadan tashkil topgan qadoqsimon tana - corpus collosum vositasida birlashadi. O‘z navbatida, qadoqsimon tananing oldingi o ‘tkir uchi rostrum corporis collosi, tizzasimon egilgan sohasi genu corporis collosi; o ‘rta qismi tanasi truncus corporis collosi va orqa sohasi splenium corporis collosi deyiladi. Qadoqsimon tananing oldingi o’tkir uchi lamina rostralis va uning davomi bo’lgan lamina terminalis deb nom lanadigan tizimchalarga davom etadi. Qadoqsimon tana ostida fornix deb nomlanadigan gumbaz va oq moddalardan tashkil topgan tutam lar joylashadi. Bu tutamlar har ikki bosh miya yarimsharida u'chrab, o‘rta qismi o ‘zaro qo‘shilgan bo ‘ladi va bu soha corpus fornicus deb ataladi. Ikki yarimshardagi gumbazlaming oldingi va orqa tutamlari esa, aksincha, bir-biridan uzoqlashgan bo‘ladi. Oldingi tutamlar columnae fornicis, orqa tutam lar esa crura fornicis deyiladi. Gumbazning orqa qismi - crura fornicis yon qorinchalarning pastki shoxi ichida joylashgan «suv otining pixi» - fimbria hyppocampi deb nomlanadigan bo‘rtmalarda yakunlanadi. Gumbazning oldingi tutamlari bo‘rtiq osti sohasidagi so‘rg‘ichsimon tanalar - corpora mamillaria gacha davom etadi. Columnae fornicis ning orqasida uchinchi va yon qorinchalami o‘zaro birlashtirib turuvchi qorinchalararo teshik - foramen interventricularae joylashsa, bu tutamlaming oldida esa ikki bosh miya yarim sharlarini o ‘zaro qo‘shib turuvchi oldingi modda - comissura cerebri anterior joylashadi. G um bazning uchi bilan, tizzasimon soha oralig‘ida pardasimon to‘siq - septum pellucidum tortilgan bo‘ladi. Boshmiya yarimsharlari odamda juda taraqqiy etgan bo‘ladi. Umumiy miya og‘irligining 78 % ini bosh m iya yarim sharlari tashkil etadi. Bosh m iya yarimsharlarining tashqi yuzasi kulrang moddalardan tashkil topib, uning umumiy yuzasi 220 ming mm kv ga teng bo‘ladi. Bu yuzaning faqat 1/3 qismigina ko‘rinadi. Po‘stloq yuzasining qolgan qismi esa egatlar ichida joylashadi. Odam bosh miya po‘stlog‘i yuzasining 29 %i peshona bo‘lagiga to‘g‘ri kelib, bu soha bosh miya og‘irligining 50 % gacha bo‘lgan qismini tashkil etadi. Bosh miya yarimsharlari bo‘ylama tirqish vositasida o ‘zaro ajraladi. Bu tirqish tubida qadoqsimon tana joylashib, bu oq moddalar ikkala bosh miya yarimsharlarini o ‘zaro birlashtiradi. Har bir bosh miya yarimsharlarida tashqi-lateral, medial va asosidagi yuzalar, peshona bo’lagi, tepa bo‘lagi, ensa hamda chakka bo‘laklar tafovut etiladi.

Hidlov miyasi: (rhinencephalon) oldingi miyaning filogenezda hidlov retseptorlari ta’siri ostida paydo bo‘lgan eng qadimiy qismi. Hidlov miyasi oxirgi miyaning oldingi qismidan ichi bo'sh bo‘rtma holida paydo bo‘ladi. Odamda hidlov miyasi ham taraqqiy etgan. Hidlov miyasida markaziy va periferik qismlar tafovut qilinadi. Hidlov miyasining markaziy qismi tarkibiga gumbaz pushtasi va uning ilmog'i (uncus), dengiz oti (hippocampus), tishli pushta (gyrus dentatus) kiradi. Periferik qismi - hidlov bo'lagi (lobus olfactorius) deb atalib,miya tubida joylashgan quyidagi qismlami: hidlov so'g'oni, hidlov yo'li, hidlov uchburchagi, oldingi ilma-teshik moddani o'z ichiga oladi.

Plashch: Oxirgi miya(telencephalon). Plashch.Oxirgi miya miya yarimsharlari — hemispheria cerebri dan, bu yarimsharlarning tashqi tarafmi qoplagan kulrang moddadan hosil bolgan po'stloq — pallium, yarimsharlarning ichida joylashgan bazal o'zaklardan tashkil topadi. Oxirgi miyaning bo'shlig'i yon qorinchalar -ventriculis lateralesga aylanadi. 2bosh miya yarimsharlari o'zaro, oq moddadan tashkil topgan, qadoqsimon tana — corpus collosum vositasida birlashadi. O'z navbatida qadoqsimon tananing oldingi o'tkir uchi — rostrum corporis collosi, tizzasimon egilgan sohasi — genu corporis collosi; o'rta qismi tanasi — truncus corporis collosi va orqa sohasiga — splenium corporis collosi deyiladi.Har bir bosh miya yarimsharlarida: tashqi — lateral, medial va asosidagi yuzalar, peshona bo‘lagi, tepa bolagi, ensa hamda chakka bo'laklar tafovut etiladi. B. m. y o'zaro bosh miyaning bo‘ylama tirqishi — fissure longitudinalis cerebri vositasida 2ga ajraladi. Ensa sohasida esa bosh miyaning ko'ndalang tirqishi — fissura transversa cerebri bosh miya yarim sharlarini miyachadan ajratadi.

Limbik tizim: Limbik sistema (lot. limbus - hoshiya), visseral miya — bosh miyaning anatomik va funksional jihatdan birbiriga yaqin boʻlimlari majmui. Limbik sistema miya poʻstlogʻi bilan ham, poʻstloq osti tuzilmalari bilan ham

bogʻlangan boʻlib, hid bilishda va ichki aʼzolar faoliyatini tartibga solishda ishtirok etadi. Lekin Limbik sistemaning asosiy funksiyasi organizmning xatti-harakatlari va ruhiy faolligini yuzaga chiqaradigan oʻz-oʻzidan boshqarilish jarayonlariga bogʻliq. Limbik sistemaning turli qismlariga turli usullar bilan taʼsir etish yoki ularni zararlash yoʻli bilan qoʻrqish, gʻazablanish va shahri k. boshqa holatlarni paydo qilish yoki bartaraf etish mumkin.




Download 71,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish