Орқа мия: топографияси, ташқи тузилиши, ўровчи пардалар


Bosh miya yarimsharlari: funksional va klinik anatomiyasi, asosiy pushtalar va egatlar, po’stloq markazlari



Download 71,67 Kb.
bet11/40
Sana27.06.2021
Hajmi71,67 Kb.
#102722
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
12. Bosh miya yarimsharlari: funksional va klinik anatomiyasi, asosiy pushtalar va egatlar, po’stloq markazlari.

Bu yuzada bosh miyaning peshona, chakka, tepa va ensa bo‘laklari joylashadi. Peshona bo‘lagi - lobus frontalis. Uning oldi uchi (qutbi) - polus frontalis bo‘lsa, orqa chegarasi markaziy egat - sulcus centralis bo‘lib, bu egat peshona bo‘lagini tepa boMagidan ajratib turadi. Peshona bo‘lagini chakka bo‘lagidan ajratib turadigan chegara yon egat - sulcus lateralis ga to‘g ‘ri keladi. Peshona va tepa boMaklarining chegarasi markaziy egat - sulcus centralis orqali o ‘tadi. Bu egatga parallel holda, peshona boMagida joylashgan sulcus precentralis egati boMadi. Bu ikki egat orasidagi pushta esa gyrus precentralis deyiladi. Peshona bo’lagida bo‘ylama joylashgan sulcus frontalis superior va sulcus frontalis inferior egatlari vositasida bo‘ylama joylashgan pushtalar hosil bo’ladi. Bu pushtalar gyrus frontalis superior, gyrus frontalis medius va gyrus frontalis inferior deb ataladi. Yuqorigi peshona pushtasi sulcus frontalis superior ning yuqori qismida, o ‘rta peshona pushtasi esa yuqori va ostki peshona egatlari orasida joylashadi. Pastki peshona pushtasi esa, ostki peshona egati bilan yon miya tirqishi orasida joylashadi. Yon miya tirqishi, peshona bo’lagi tomoniga shoxchalar chiqaradi: oldingi shoxcha - ramus anterior sulci lateralis va ko‘tariluvchi shoxcha - ramus ascendens sulci lateralis. Bu shoxchalar vositasida ostki peshona pushtasi uch bo’lakka ajraladi. Sulcus precentralis bilan ramus ascendens sulci lateralis orasidagi pushta pars opercularis deyiladi. Oldingi shoxcha egati bilan koMariluvchi shoxcha egatlari orasidagi soha pars triangularis deyiladi. Ramus anterior sulci lateralis dan oldingi soha esa pars orbitalis deyiladi. Tepa bo’lagi - lobus parietalis. Tepa bo’lagi oldidagi peshona bo’lagidan markaziy egat - sulcus centralis v ositasida chegaralanib turadi.Chakka bo’lagidan esa yon egat - sulcus lateralis vositasida ajraladi. Tepa bo’lagi va ensa bo’laklari orasidagi chegara tepa ensa egati sulcus parietooccipitalis va ensaning ko‘ndalang egati sulcus occipitalis transversus sohalariga to‘g‘ri keladi. Tepa bo’lagida markaziy egatga parallel joylashgan sulcus postcentralis bo’ladi. Bu egatda ko‘ndalang holda sulcus intraparietalis, ular orasida esa pushtalar joylashadi. Markaziy egat bilan markaz orqa egatlari orasidagi pushta gyrus postcentralis deyiladi. Bu pushta orqasidagi soha esa sulcus intraparietalis egati vositasida lobulis parietalis superior va lobulis parietalis inferior deb nomlanadigan pushtalarga bo’linadi. Tepa yuza ostki pushtalari sohasida qo‘shim cha maydonchalami ajratish mumkin: fissura cerebri lateralis tirqishining ostki tepa bo’lagiga yondashgan chekkasidagi pushta gyrus supramarginalis deyilsa, ostki tepa boMagining yuqorigi chakka egati sohasiga to‘g ‘ri kelgan sohasi gyrus angularis deyiladi. Bosh miya yarim sharlarining dorzolateral yuzasi (yon tomondan). Chakka bo’lagi - lobus temporalis. Chakka bo’lagi peshona va tepa bo’laklaridan ensa egatlari - sulcus lateralis vositasida ajraladi. Chakka bo’lagi va ensa bo’lagining chegarasi ensaning ko‘ndalang egati - sulcus occipitalis transversus ga to‘g ‘ri keladi. Chakka bo’lagi sulcus temporalis superior va sulcus temporalis inferior egatlari vositasida uchta pushtaga ajraladi. Bosh miya yarimsharlarining yon tirqishi bilan yuqorigi chakka egatlari orasida joylashgan pushta gyrus temporalis superior deyiladi. Gyrus temporali medius esa chakkaning yuqori va ostki egatlari orasida joylashadi. Chakkaning pastki egatlari ostida gyrus temporalis inferior pushtasi bo’ladi. Yuqori va o ‘rta chakka egatlarining tepa bo’lagiga yaqin qismida ko‘ndalang egatlar - sulcus temporalis transversus ajraladi. Bu ko‘ndalang egatlar sohasida oldingi ko‘ndalang pushta - gyrus temporalis transversus anterior va orqa ko‘ndalang pushta - gyrus temporalis transversus posterior hosil bo’ladi. Ensa bo’lagi - lobus occipitalis Ensa bo’lagining orqa sohasi (qutbi) polus occipitalis deyiladi. Ensa bo’lagida yarimoysimon egat - sulcus lunatus, ensa oldi tirqishi - incisura preoccipitalis, ensaning ko‘ndalang egati - sulcus occipitalis transversus ko‘rinadi. Bosh miya yarimsharlarining ensa sohasidagi doimiy egat va pushtalar nomlanmagan. Orolcha - insula bosh miya lateral tirqishining tubida joylashadi. Uning insula (lobus insularis) yuzasida markaziy egat - sulcus centralis insulae, atrofida esa aylanma egat - sulcus circularis insulae ko‘rinadi. Egatlar orasida uzun pushta - gyrus longus insulae va kalta pushta - gyri brevis insulae hosil bo’ladi. Bosh miya yarimsharlari ostki yuzasining peshona boMagiga to‘g ‘ri kelgan qismi, hidlov nervi joylashgan egat sulcus olfactorius deyiladi. Bu egat bilan yarim sharlar o‘rtasidagi tirqish orasida gyrus rectus joylashadi. Bu pushta yuqori peshona pushtasining asosiga to‘g ‘ri keladi. Hidlov nervi egatining lateral sohasida joylashgan egatlar sulci orbitales, ular orasidagi pushtalar esa gyri orbitales deyilib, bu sohalar asosan o ‘rta va pastki peshona pushtalarining ostki yuzasi hisoblanadi. Hidlov nervi atrofidagi maydon - area paraolfactoria sohasi mayda egatlar - sulci paraolfactoria vositasida mayda pushtalar - gyri paraolfactorii ga ajraladi. Bosh miya yarim sharlarining pastki yuzasi. 1 - gyrus rectus; 2 - sulcus olfactorius; 3 - sulci orbitales; Hidlov nerv i so‘g koni sohasida lateral hidlov pushtasi - gyrus olfactorius lateralis va medial hidlov pushtasi - gyrus olfactorius medialis joylashadi. Ostki yuzaning chakka bo’lagiga to’g ‘ri kelgan qismida ensa sohadan chakka bo’lagiga yo‘nalgan sulcus occipitotemporalis egati ko'rinadi. Uning ichki tomonida bu egatga parallel holda y o ‘nalgan sulcus collateralis bo’ladi. Bu ikki egat orasidagi pushta gyrus occipitotemporalis medialis deyiladi. Gyrus occipitotemporalis lateralis pushtasi esa ensa-chakka egatining tashqi yuzasiga to‘g ‘ri keladi. Bosh miya so‘g koni atrofida «dengiz oti» egati - sulcus hippocampi joylashadi. Bu egatning tashqi tarafidagi pushtaga gyrus parahippocampalis deyiladi. Uning old uchida - uncus gyrus hippocampalis, orqa sohasida esa tilcha pushtasi - gyrus lingualis joylashadi. «Dengiz oti» egati atrofidagi pushtalar bosh miya yarim sharlarining ichki (medial) yuzasiga davom etadi. «Dengiz oti» pushtasi - hippocampus esa shu nomli egatning tubida, yon qorincha pastki shoxining medial devorida ko‘rinadi. Bosh miya yarim sharlarining ichki yuzasida qadoqsimon tana ko‘rinadi. Uning atrofidagi egat sulcus corporis callosi deyiladi. Uning yuqori qismida, parallel holda yo‘nalgan sulcus cinguli - belbog‘ egati ko‘rinadi. Belbog‘ egatidan yuqori tarafga ramus marginalis sulci cinguli yo‘naladi. Bu egatning m arkaziy pushtalari sohasidagi qirraning oldingi yuzasida lobulus paracentralis bo’lakchasi bo‘lib, u medial yuzadagi ramus marginalis sulci cinguli bilan sulcus paracentralis orasida joylashadi. Medial yuzaning orqa sohasida, tepa bo’lagiga to‘g ‘ri kelgan yuzada tepa osti egati - sulcus subparietalis, ensa va tepa bo ‘laklarini o ‘zaro ajratib turadigan egat - sulcus parietoociipitalis ko ‘rinadi. Bu egatning orqasida, ensa bo’lagining ichki yuzasida sulcus calcarinus (qush pixi) egati joylashadi. Ensa-tepa egati bilan, «qush pixi» egatlari orasidagi pushta ponasimon pushta - cuneus deyiladi. Ensa-tepa egatining oldida esa pona oldi pushtasi - precuneus joylashadi. Belbog’ egati bilan qadoqsim on tana atrofidagi egat orasidagi pushta belbog‘ pushtasi - gyrus cinguli deyiladi. Bu pushta, o ‘z navbatida, bosh miya asosidagi gyrus parahippocampalis pushtasiga davom etadi. Bu ikki pushtaning tutashgan sohasidagi bo ‘yincha isthmus gyrus parahippocampalis deb ataladi. Bu hosilalam ing ham masi qo ‘shilgan holda gumbaz pushtasi - gyrus fornicatus deb ataladi. Gyrus fornicatus miya so‘g ‘onini o ‘rab turuvchi, bosh miyaning alohida qismi bo‘lib, limbik tizim tarkibiga kiradi va gyrus cinguli, isthmus, gyrus parahippocampalis pushtalarining qo ‘shilishidan hosil bo ‘ladi. Bosh miya limbik tizimi tarkibini quyidagi hosilalar tashkil etadi: hid biluv nervi so‘g ‘oni; hid biluv nervi trakti; hid biluv uchburchagi; oldingi g‘alvirsimon modda; belbog‘ pushtasi; «dengizoti» atrofi (paragippokampal) pushtasi va tishsimon pushta (bu pushta «dengiz oti» egatining ichida) joylashadi. Bosh miya po‘stlog‘ining kulrang moddasi tarkibida nerv hujayralari bo‘lib, ular olti qavat bo‘lib joylashadi: 1) tashqi yuzasidagi birinchi - molekular qavatda (lamina molecularis) multipolar assosiativ neyron hujayralari joylashadi; 2) tashqi donador qavat (lamina granularis externa) - mayda multipolar neyron hujayralaridan hosil bo‘ladi; 3) piram idasim on hujayralar qavati (lamina pyramidalis) piram idasim on hujayralardan tashkil topib, pastki tomon hujayralam ing hajmi oshib boradi; 4) ichki donador qavat (lamina granularis interna) mayda yulduzsimon hujayralardan tashkil topgan; 5) ganglionar qavat (lamina ganglionaris) - yirik piramidasimon hujayralardan tashkil topadi. Bu hujayralar 1874-yili V.A.Bets tomonidan topilganligi sababli Bets hujayralari deb ataladi; 6) polim orf hujayralar qavati (lamina multiformis) - turli shakldagi hujayralardan tashkil topgan. Bosh miya po‘stlog‘idagi nerv hujayralarining umumiy soni 10-14 milliardni tashkil etadi.

Ular ichki muhitdan va tashqi yuzadan ta’sirlami muntazam qabul qiladi. Po‘stloqning turli sohalaridagi hujayralar m a’lum ta’sirlami qabul qilishga moslashgan boMadi. Shu sababli, bosh miya po‘stlog‘ining pushtalarini ixtisoslashgan markazlarga ajratishimiz mumkin. M arkazlaming hammasi ta’sirlami qabul etishga moslashgan boMib, analizator markazlari deyiladi. Gyrus precentralis va lobulis paracentralis pushtasining oldingi qismida harakat analizatorlarining markazi joylashadi. Bu sohadagi po‘stloqning 31-qavatidagi hujayralar bo‘g ‘imlar, paylar, mushaklar propriotseptiv (chuqur sezgi) sezgini qabul etishga moslashgan bo’ladi. Bu markazlaming 5-6-qavatlarida joylashgan hujayralar esa mushaklar innervatsiyasini ta’minlaydigan harakat o’tkazuv yo’lining boshlang’ich neyronlari hisoblanadi. Tananing har bir bo’lagi qarama-qarshi tarafdagi bosh miya yarim sharlaridagi markazlarga ta’sir yuboradi. Markazga odam gavdasi teskari holda proyeksiya etiladi. Markazning yuqori sohasiga oyoq mushaklari, so‘ngra tana sohasi, qoM mushaklari va nihoyat markazning pastki sohasiga bosh qismining mushaklari to‘g ‘ri keladi. Markazdagi har bir sohaga to‘g ‘ri keladigan yuzalar sathi mushaklar miqdori bilan emas, balki vazifasiga mos ravishda tarmoqlangan boMadi. Natijada, markazdagi katta yuza qo’l kafti, yuz sohasi, lab va til mushaklariga ajratilib, juda oz sath tana va oyoqlarga to‘g ‘ri keladi. Gyrus postcentralis va lobulis parietalis superior pushtalari sohasida qarama-qarshi tarafdagi teridan yo‘naladigan umumiy (og‘riq, harorat) hamda propriotseptiv sezgi (bo‘g ‘im va mushak paylaridan) retseptorlarining markazlari joylashadi. Markazning yuqori yuzasiga oyoq sohasi, tana pastki yuzasiga esa qo ‘l va kalla sohalari proyeksiya etiladi. Har bir sohaga to‘g ‘ri keladigan markazdagi yuzalar, gavda yuzasi bilan emas, balki shu sohadan yo‘naluvchi retseptorlaming miqdoriga mos keladi. Natijada, katta yuza qo‘l kafti, yuz, og‘iz, til sohalariga to‘g ‘ri kelib, ozgina sath tana va oyoq sohalarining proyeksiyasiga to‘g ‘ri keladi. Ko‘ruv analizatorlarining markazlari, bosh miya yarimsharlarining medial yuzasida joylashgan «qush pixi» egati (sulcus carcarinus) atrofida joylashadi. 0 ‘ng tarafdagi markazga har bir ko‘z to‘r pardasining o ‘ng tomonidagi hujayralaridan ta ’sir yo‘naladi. Chap tarafdagi ko‘ruv analizatoriga, ko ‘z to‘r pardasining chap yarmidagi hujayralardan impuls yo‘naladi. Lekin nurlar gavhar orqali o ‘tayotganida sinib, qarama-qarshi tarafga yo‘nalganligi uchun o‘ng tarafdagi ko‘ruv analizatori har bir ko ‘zga tushayotgan chap yamiidagi ta’simi qabul etsa, chap tomondagi ko‘ruv markazi har bir ko ‘zga tushayotgan o‘ng tarafdagi ta’simi qabul etadi. Eshitish analizatorlarining o‘zaklari - gyrus temporalis superior pushtasi o‘rta qismining orolchaga qaragan yuza sohasida joylashadi. Bosh miyaning har biryarimsharlaridagi eshitish markaziga ham ikkala eshituv a ’zosidan ta’sirlar keladi. Hid biluv analizatori uncus gyrus parahippocampalis va gippokam p sohalarida joylashadi. Ta’m bilish analizatorlarining markazi gyrus postcentralis pushtasining pastki yuzasidagi, tilning va o g ‘iz bo ‘shlig‘ining proeksiyasiga to‘g ‘ri keladigan sohada hamda hid biluv analizatoriga yaqin sohadagi uncus gyrus parahippocampalis yuzalarida joylashadi. Hid bilish, ta’m sezish va eshitish markazlarining har biri ikki tarafdagi a ’zolar bilan bog‘langan bo’ladi.


Download 71,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish