Mikrostikl bir qancha mashg’ulotli vazifalardan tashkil topadi va ular yordamida echiladigan masalalar va vazifalarning harakteri yoki hususiyatiga ko’ra farq qiladi.
Mashg’ulotli vazifalarning asosiy hajmi odatda ko’proq mashg’ulot mikrostiklida bajariladi, qaysiki, yuklamaning hajmiga ko’ra oddiy yoki zarbali bo’ladigan.
Etakchi mikrostikllar kelayotgan musobaqalar faoliyatining tartibi va shartlarini modellashtiradi (start yoki o’yinlar jadvali va h.k.).
Musobaqa mikrostikllari eng avvalo juda muhim, javobgar musobaqalarda qatnashishni o’zida jamlaydi. Undan tashqari, unda qo’shimcha mashg’ulotli mashqlar, raqiblar musobaqa faoliyatini o’rganish, tarbiyalash tadbirlari qo’llaniladi.
Tiklanish mikrostikllari yuklamani bir tekisda kamay-tirishga, bu esa o’z navbatida kelayotgan yuqori intensiv mikro-stikllarning samarasini iloji boricha to’liqroq qo’llashga yordam beradi.
Agar mashg’ulotlar mikrostiklining tartibi charchash va tiklanish jarayonlarini boshqarish zaruratiga bog’liq bo’lsa, unda mezostikllar umumiy mashg’ulot samarasi yutuqlarini ta’minlaydi, bu esa kuchni, chidamlilikni va musobaqa imkoniyatining boshqa komponentlarining ancha ortishida namoyon bo’ladi. Umumiy samaradorlik asosi, bu — sportchi orga-nizmining yuklamaga ko’nikishidir. Bu jarayon bir tekisda kechmaydi: avvaliga tez, keyin esa borgan sari sekinlashadi. Shuning uchun mashg’ulotli sifatlarning o’sish sur’atini saqlash uchun mashg’ulot mazmunini davrli amalga oshirish (har 3—4 haftada) va yuklama harakterini o’zgartirish zarur. Bu ning uchun turli ko’rinishdagi va tipdagi mezostikllarni mashg’ulotga kiritish amalga oshiriladi.
Tortuvchi mezostikllar yuklamaning yuqori bo’lmagan jadal-ligi (intensivligi) bilan farqlanadi va tayyorgarlik davrining boshlarida (sportchi kasalligidan keyin) amalga oshiriladi. Bazaviy (boshlang’ich) mezostikllar jismoniy, tehnik, taktik tayyorgarlikning oshishi vazifalarini echishga hizmat qiladi va shuning uchun ham ular tayyorgarlik davrining asosini tashkil qiladi.
Nazoratp-tayyorgarlik mezostikllari ikkinchi darajali musobaqalarda musobaqa imkoniyatini shakllantirish to’g’ri-ligini aniqlash maqsadida qatnashish va kerak bo’lsa, uning alohida tarkibiy qismlariga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini o’ziga qo’shimcha ravishda kiritadi.
Musobakalardan oldingi mezostikllarning hususiyatlari bo’lajak musobaqalar talablarini, shart-sharoitlarini modellash-tirishdan iborat (iqlimiy shart-sharoitlar va boshqalar). Musobaka mezostikli mazmuni zarur hamda javobgar musobaqalarni o’tkazish tartibida aks etadi.
Tiklanish-ko’llash va tiklanish-tayyorgarlik mezostikllari sportchining yuklamalarga va ishga berilishi vazifalarini echishga yordam beradi (masalan, musobaqalar orasidagi mezostikllar), bu mezostikllarning ikkinchi typi, turi katta hajmdagi yuklamalar bilan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |