Mashg’ulotli mashqlarning qismi qoidaga ko’ra bir nechta mashg’ulotli vazifalardan shakllanadi. Mashg’ulotli mashqlar qismini ajratishning ob’ektiv sabablari — sportchining mashg’ulot jarayonidagi ishgacha bo’lgan dinamikasi, avvaliga maksimumgacha oshadi, keyin bir qancha vaqt muvozanatda turadi, undan so’ng charchoq tufayli pasayadi. Eng avvalo, har bir mashg’ulotli vazifani bajarishda sportchining ishchanlitiga bo’lgan talablar mahsusligining katta bosqichini ta’kidlab o’tish kerak. Masalan, harakatli holatlarni o’rganishning bbshlang’ich bosqichida fiziologik funkstiyalarning etarli darajada faolligi, ma’lum byr psihik yo’naltirilganlik talab etila-di, lekin qattiq charchoq bo’lishi kerak emas. Undan tashqari, egiluvchanlikni rivojlantirish, tarbiyalash muntazam ravishda qatiy mashq bajarishni talab etadi. Shuning uchun mashg’ulotli mashqlarning asosi, mashg’ulotli vazifalarning mazmuni va ketma-ketligi umumiy ishchanlikning qandaydir bosqichini emas, balki ketma-ketlikdagi vazifalarni samarali bajarish uchun spestifik imkoniyatlarini ta’minlashi lozim.
Sport mashg’ulotishshg tayyorlov qismi — sportchining ish-chanligini, mashqlarni, vazifalarning foydali echimini ta’minlaydigan, shuningdek, jarohatlanish havfini kamay-tiradigan bosqichga olib chiqishni ta’minlashga hizmat qiladi. Juda qisqa engil mashg’ulot sportchini asosiy ishga tayyorgarlik qo’rishiga yordam bermaydi, lekin juda ko’p vaqt davomlisi esa charchoqqa olib keladi.
Mashg’ulotning asosiy qismi — o’zida ancha muhim vazifalarning echimiga qaratilgan yo’nalishni ifodalaydi. Uning . mazmuni, tuzilishi turlicha shakllanishi mumkin. Masalan, deyarli bitta vazifani qo’llash (kross yugurish) yoki aksincha, katta hajmdagi, turlicha yo’nalishda bo’lgan vazifalarni qo’llash mumkin. Ohirgi holatida asosiy kiem tuzilishi, vazifalarning ketma-ketligi (chunki bitta bajarilgan vazifaning natijasi samarali bo’lsa, boshqasiniki samarasiz bo’lishi mumkin) juda zarurdir.
Mashg’ulotning yaquniy qismi — sportchining funkstional faolligini pasaytirishga yo’naltirilgan vazifalarni, tiklanish jarayonlarini faollashtirish, ba’zi mashg’ulotli vazifalarni bajarishda uchrab turadigan salbiy holatlarni yo’qotish vazifalarini echadi. Unga mushaklar tonusining kamayishi, -nafas olishni tiklash, noan’anaviy koordinastiyada nospesti-fik faoliyatni biridan-biriga o’tkazish kabi vazifalar kiradi. Mashg’ulotli mashq qo’yilgan pedagogik vazifalarni samarali echishni ta’minlashi lozim. Ularning soniga qarab mashqlar tanlangan yoki kompleks yo’nalishga ega bo’ladi. Tanlangan yo’nalish sportchi holatiga qaysidir bir yo’nalish bo’yicha katga bosqichda ta’sir ko’rsatishini ta’minlaydi (o’ziga faqat chidamlilik va kuchni tarbiyalashga qaratilgan vazifani kiritadi). Kompleks yo’nalishvdagi mashqlar yoki mashg’ulotlar bir emas, bir nechta masalalarni echadi, bundan esa sportchi holatiga bo’lgan ta’sir turli tomonlama bo’lib, mashg’ulotning monotonligi kamayadi. Biroq, bu masalalarning har biri huddi mahsus tanlangan yo’nalishdagi kabi echimga ega bo’ladi. Shuning uchun musobaqa imkoniyatining tarkibi bir turli bo’lyshini talab etadigan sport turlarida tanlangan yo’nalishdagi mashg’ulotlar sport o’yinlaridan ko’ra ko’proq qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |