4.2 Ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlikni baholashning umumiy qoidalari
Ishlab chiqarish samaradorligi — korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega boʻlgan resurslarni qoʻllagan holda eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab boʻlgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini koʻrsatadi. Miqdoriy jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilingan mehnat miqdori bilan oʻlchash mumkin, lekin mehnat sarfini aniq oʻlchash ancha qiyin. Shu sababli, ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi; ishlab chiqarish vositalaridan va kapitaldan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi. Korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligining umumlashgan koʻrsatkichi tovar ishlab chiqarish surʼatlarining oʻsishi hisoblanadi, undan tashqari puldagi harajatlar birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot hajmi, balans foydaning asosiy va aylanma fondlar yigindisiga nisbati, toʻla tannarx koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Mehnat unumdorligining oʻsishi surʼatlari, mehnatni tejash va mahsulot hajmi oʻsishida mehnat unumdorligi hissasi kabi koʻrsatkichlardan ham foydalaniladi. Ishlab chiqarish samaradorligi texnik samaradorlik (ishlab chiqarish hajmi), iqtisodiy samaradorlik (mehnat unumdorligi, mehnat resurslari, asosiy fondlar, aylanma resurslar), ijtimoiy samaradorlik (moddiy resurslar, foyda) hisobiga shakllanadi.
Ishlab chiqarish samaradorligini hisoblashdan maqsad samaradorlikka nimalar hisobiga erishilganini aniqlash va yana qanday omillar evaziga uni oshirish mumkinigini belgilashdan iborat.
Ishlab chiqarish — jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqtisodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayoni; ishlab chiqarish omillarini isteʼmol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. Ishlab chiqarish inson hayotining tabiiy sharoiti va boshqa faoliyat turlarining moddiy asosidan iborat. Kishilik jamiyati taraqqiyotining hamma bosqichlarida Ishlab chiqarish zarur. Uning mazmunini mehnat jarayoni belgilaydi. Ishlab chiqarish jarayoni 3 ehyilement — mehnat, mehnat ashyolari va mehnat vositalari boʻli-shini taqozo etadi. Ijtimoiy Ishlab chiqarish ishlab chiqarish vositalari Ishlab chiqarish va is-teʼmol buyumlari Ishlab chiqarishdan tashkil to-padi. Bu boʻlimlarning har biri koʻplab xoʻjalik tarmoqlaridan iborat boʻlib, ularda turli Ishlab chiqarish vositalari va isteʼ-mol buyumlari yaratiladi. Birinchi boʻlimning ikkinchi boʻlimga nisbatan ustunligi kengaytirilgan takror Ishlab chiqarish iqtisodiy qonunining ifodasidir. Ishlab chiqarish faqat mahsulot Ishlab chiqarishdan iborat boʻlmay, balki taqsimot, ayirboshlash va isteʼmolnya oʻz ichiga oladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, avvalo, Ishlab chiqarish qurollarining oʻzgarishi va mukammallashishidan boshlanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi jamiyat hamma aʼzolarining farovonligini muntazam oshira borish va har tomonlama rivojlantirishga imkon beradi.
Yalpi ishlab chiqarish — bu keng ma’noda mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha tovar va xizmatlarning pul qiymatidir. Uni hisoblayotganda ishlab chiqarishga sarflangan moddiy va nomoddiy sarf-xarajatlar qiymati (oraliq iste’mol) chiqarib tashlanmaydi. Shuning uchun ushbu ko‘rsatkich tarkibida takroriy hisob mavjud. Yalpi ishlab chiqarish boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun asos vazifasini bajaradi.
Yalpi ichki mahsulot — bu muayyan vaqt davomida mamlakat rezidentlari va norezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan pirovard tovar hamda xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatidir.
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) — mamlakatning iqtisodiy salohiyatini ifodalovchi asosiy mikroiqtisodiy ko‘rsatkich hisoblanadi. U muayyan davrda rezident va norezidentlar tomonidan mamlakat hududida yaratilgan pirovard tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymatini aks ettiradi.
Rezidentlar — xalqaro andozalarga binoan (milliy hisoblar tizimi qoidalariga ko‘ra) iqtisodiy qiziqishi shu mamlakat iqtisodiy hududida bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar (institutsional birliklar) bo‘lib, ular uzoq vaqt davomida (bir yil va undan ortiq) faoliyat olib boradi (O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligida rezidentlikka mansublik muddati 183 va undan ortiq kun qilib belgilangan).
Rezident institutsional birliklarga quyidagilar kiradi:
— mamlakat hududida doimiy yashaydigan jismoniy shaxslar (uy xo‘jaligi a’zolari);
— yuridik shaxslar va mamlakat hududidagi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi subyektlar;
— mamlakatning xorijdagi diplomatik, konsullik, savdo ishlari vakillari va boshqa rasmiy vakillar.
Norezidentlar — hozirgi vaqtda muayyan bir mamlakat hududida bir yildan kam bo‘lgan muddatda iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan, ammo asosiy daromad olish manbai va doimiy yashash joyi boshqa mamlakat hisoblangan institutsional birliklar.
Yalpi milliy daromad — bu yalpi ichki mahsulot va mamlakat rezidentlarining chet eldan olgan birlamchi daromadlari saldosi (qoldig‘i)ning yig‘indisidir.
Yalpi ixtiyordagi milliy daromad — bu yalpi milliy daromad va chet eldan olingan hamda chet elga berilgan ikkilamchi daromadlar (joriy transfertlar) saldosining yig‘indisidir.
Transfert — bu bir iqtisodiy birlikning ikkinchi iqtisodiy birlikka tovar va xizmatlar yoki mulkni qaytarib olmaslik sharti bilan berishidir. Transfertlarning harakati bir tomonlamalik xususiyatiga ega.
Yalpi jamg‘arish — bu yalpi ixtiyordagi milliy daromad va iste’mol xarajatlari orasidagi farqdir. Yalpi ixtiyordagi milliy daromaddan ikki maqsadda — yalpi iste’mol va yalpi jamg‘arish maqsadida foydalanish mumkin.
Iqtisodiy o‘sish deganda bevosita yalpi ichki mahsulot (YaIM) va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi qiymatining ortishi tushuniladi.
Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy salohiyatini baholash bo‘lsa, u holda YaIM hajmining o‘sish suratlaridan foydalaniladi.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM esa aholining turmush darajasini baholashda qo‘llaniladi. Ushbu holatda YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati bilan aholi sonining o‘zgarish sur'ati hisobga olinadi.
Agar YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan yuqori bo‘lsa, aholining turmush farovonligi ortadi. Agar ushbu ko‘rsatkichlar bir xil bo‘lsa, aholining turmush darajasi o‘zgarmaydi. Mabodo, YaIM hajmining o‘zgarish sur'ati aholi sonining o‘zgarish sur'atidan ortda qolsa, aholi turmush darajasining pasayishi kuzatiladi.
Bu o‘rinda iqtisodiy o‘sishga ta'sir qiluvchi ikki omilni keltirish kerak bo‘ladi. Ular: ekstensiv va intensiv omillar hisoblanadi.
Ekstensiv omil deganda ishlab chiqarishning eski shakli saqlab qolingan holda dehqonchilikda yer maydonini kengaytirish, sanoatda yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali erishilgan iqtisodiy o‘sish tushuniladi.
Misol uchun, bir gektar pomidor maydonidan o‘rtacha 20 tonna hosil olinadi. Ekstensiv omilda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun yana bir gektar yerga pomidor ekiladi va barcha agrotexnika tadbirlari xuddi oldingi bir gektar yerdagi kabi amalga oshiriladi, natijada yana 20 tonna hosil olinib, umumiy hosil 40 tonnaga yetkaziladi. Yoki non ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish uchun mavjud korxonaga qo‘shimcha ravishda xuddi shunday quvvatga ega bo‘lgan yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o‘sishning intensiv omiliga esa mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish vositalarini sifat jihatidan takomillashtirish, ya'ni ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, ishchilar malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish orqali erishiladi. Mazkur omil ishlab chiqarishning ichki resurslaridan unumli foydalangan holda, ortiqcha kuch, mablag‘ sarflamasdan mahsulot miqdorining o‘sishi va sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi.
Intensiv usulda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun 2 gektar yerga ekish shart emas, balki aynan o‘sha 1 gektar yerga ilg‘or agrotexnik usullarni tatbiq etishning (tomchilatib sug‘orish, yerga ishlov berishda texnikalardan foydalanish, yangi urug‘lar va ularni yetishtirishning ilg‘or usullarini qo‘llash va h.k) o‘zi kifoya. Yoki non ishlab chiqarishni ikki marta oshirishga oldingi eski texnikalar o‘rniga zamonaviylarini o‘rnatish, xodimlarning malakasini oshirish, ish kunini samarali tashkil etish orqali erishish mumkin.
Lekin shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi.
4.3 Transformatorlarning texnik -iqtisodiy ko’rsatkichlari
Mamlakatimizda elektroenergetikaning rivojlanishi bilan
bog’liq muammolardan biri qisqa tutashuv oqimlarining kun sayin oshib borishidir.
Transformator uskunasining ishlash rejimi tahlil qilish Oʻzbekiston energetika
birlashmalari va energiya tizimlarining quvvat transformator uskunalarining asosiy
qismini tashkil etuvchi yuqori quvvatli avtotransformatorlarning qisqa tutashuv
ta’siriga nisbatan yuqoriligini ko’rsatadi. Shunday qilib, 220 kV va undan yuqori
tarmoqlardagi avtotransformatorlar soni kuchaytiruvchi transformatorlar sonidan
taxminan 4 baravar ko’p. Ularning ish sharoitlari murakkablogi sababi
transformatorlardan farqli o’laroq, avtotransformatorlar nafaqat yuqori va past, balki
o’rta kuchlanish tomondan ham qisqa tutashuv va ulanish qarshiliklariga ega. Bu ishda
asosiy tadqiqot ob’ekti sifatida avtotransformatorni tanlashni zaruratini taqozo etadi.
Rivojlanayotgan energiya tizimlari tarmoqlarida qisqa tutashuvli oqimlarning o’sishi
avtotransformatorlarning qisqa tutashuv oqimlari ta’siriga zarur bo’lgan qarshiligini
aniqlaydigan normallashtirilgan ko’rsatkichlarni muntazam ravishda qayta ko’rib
chiqishni talab qiladi. Mahalliy amaliyotda bunday ko’rsatkichlar quyidagilardir:
asosiy chastotali oqimning davriy komponentining eng katta ruxsat etilgan ko’pligi,
eng katta ruxsat etilgan qisqa tutashuv oqimi, cheklovchi ko’plik oqimlari bilan nazorat sinovlari , qisqa tutashuvning davomiyligi kabi koʻrsatkichlar. Bunday ko’rsatkichlarni
aniqlashtirish avtotransformatorlarning qisqa tutashuvlarda ishlash rejimlarini tahlil
qilish uchun tizimli yondashuvni qo’llashni talab qiladi, bunda tarmoq rivojlanishining turli bosqichlarida qisqa tutashuv oqimlari darajasining o’sish dinamikasini hisobga olgan holda ularni rejalashtirish imkonini beradi. Qisqa tutashuv toklari muammosi,
ularni aniqlash va elektr tarmoqlarini tahlil qilish usullari, shuningdek, elektr
transformatorlari orqali ruxsat etilgan qisqa tutashuv oqimlarini normalash masalalari yuzasidan tadqiqotlar bugungi kunda muhim ahamiyatga ega.
Ishning maqsadi - avtotransformatorlarning ish rejimini tahlil qilish yuzasidan
uslubiy asoslarni ishlab chiqish va avtotransformatorlarning qisqa tutashuvli
oqimlarining mumkin bo’lgan darajalarining ehtimollik xususiyatlarini va ularning
katta quvvatli o’zaro bog’lanishlardagi o’zgarish dinamikasini tahlil qilish. Shu asosda ushbu oqimlarni cheklash va ularga nisbatan transformator uskunasining qarshiligiga qo’yiladigan talablarni standartlashtirish sohalarida texnik siyosat bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Transformator yog'i tabiiy diametrli aralashmadan iborat bo'lgan neftdan tozalangan mineral tipdagi izolyatsion yog'ga ishora qiladi, shuning uchun transformator yog'i ham izolyatsion moy deb ataladi. Transformatorlarda va o'chirgichlarda va boshqa uskunalarda, masalan, har xil turdagi transformatorlarda (quvvat transformatorlari, rektifikator transformatorlari), elektr o'choq transformatorlari, sinov transformatorlari, kon transformatorlari, topraklama transformatorlari, elektr tozalagich transformatorlari va boshqalar. , oqim transformatorlari, kuchlanish transformatorlari, kuchlanish regulyatorlari, reaktorlar, yoyni bostirish bobinlari, ulash kondensatorlari, ko'p yog'li o'chirish to'xtatuvchilari, kam yog'li elektron to'xtatuvchilar, ustunli yog 'o'chirgichlari, boshlang'ich kompensator kondensatorlari, kabellar va boshqalar.
Transformator moyi yonuvchan, shuning uchun u odatda sintetik moyni o'z ichiga olmaydi, ya'ni u yonilg'i bo'lmagan va yuqori ateşleme nuqtasi yog'ini o'z ichiga olmaydi. Aks holda, moylarga polixlorlangan bifenil (PCB) va ftor yog'i kiradi va yuqori ateşleme nuqtasi moylari silikon moyi, a va yog'i o'z ichiga oladi. Yog ', M moyi, polialfaolefin, dodetsilbenzol, E moyi, γ moy. Transformator moyining ateşleme nuqtasi 165 ℃, va yuqori ateşleme nuqtasi moyi 300 above dan yuqori, u yoqilg'isiz olovga olib kelmaydi. Olovni ushlab turuvchi moy sifatida tanilgan yuqori ateşleme nuqtasi yog'i, asosan, yuqori ateşleme nuqtasida yog 'bilan qoplangan transformatorlarda, olov geciktirici yog', yuk ko'taruvchi o'zgartirgichlarda, kondensatorlarda, kabellarda va boshqa holatlarda ishlatiladi. Yoqilg'i bo'lmagan PCB-lar kanserojenik va toksik bo'lganligi sababli taqiqlangan, ftor yog'i yuqori narx tufayli kamdan-kam ishlatiladi, ammo hozir ba'zi ishlab chiqaruvchilar yuqori olovli moyli moylarni yuqori olovli transformator moylari deb atashadi.
Hozirgi vaqtda keng tarqalgan bo'lib ishlatiladigan izolyatsion suyuqlik mineral moyga asoslangan transformator yog'idir. Transformator moyi juda yaxshi elektr va fizik issiqlik xususiyatlariga ega elektr jihozlarida, ayniqsa moyli transformatorlarda ishlatilgan. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. 1887 AQShning Tomson kompaniyasi transformator moyiga patent oldi. O'sha paytda bu mineral moy soqol yog'i deb nomlangan. Bu 1892 Amerika General Electric Company tomonidan transformatorlarga qo'llanilgan. Katta talabga ega bo'lganligi sababli, katta transformatorlarning har biri 50-60 tonnani talab qiladi va sifat va texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlar ustundir. U uzoq vaqtdan beri ishlatilgan va har doim transformatorning suyuq muhitining ustun mavqeini egallagan.
Transformator yog'ining elektr quvvati, kimyoviy tarkibi va dielektrik yo'qolishi butun elektr jihozlarining izolyatsion ishiga bevosita ta'sir qiladi. Transformator yog'ining miltillovchi haroratining pasayishi va kislota qiymatining oshishi elektr jihozlarining haddan tashqari qizib ketishi natijasida yog'ning parchalanishi bilan izohlanadi. Transformator moyining parchalanish kuchlanishining pasayishi va dielektrik yo'qotishlarning ko'payishi transformatorning namligini ko'rsatishi mumkin. Shuning uchun elektr jihozlarining xavfsiz va ishonchli ishlashi uchun transformator moyining ishlashi va o'zgarishini o'rganish kerak.
Toza transformator moyining elektr quvvati 200-250kV / sm ni tashkil qiladi, bu havo kuchidan 4-7 baravar yuqori. Shuning uchun uni izolyatsiya sifatida ishlatish transformator hajmini sezilarli darajada kamaytiradi. Qog'oz va karton xom ashyolari boy bo'lgani uchun, narx arzon va mexanik quvvat hali ham yaxshi, Transformator yog'iga botirilgandan so'ng, elektr quvvati yuqori. Yog 'parchalanib ketganda, izolyatsiyani doimiy tushirish kanalini qoldirmasdan tiklash mumkin. Shuning uchun transformator yog'i keng qo'llaniladi. Transformator moyi yuqori izolyatsiya kuchiga ega va asosan elektr jihozlarida ishlatiladi. Izolyatsiya qiluvchi vosita sifatida ishlatiladi va o'ziga xos issiqlik sig'imi tufayli u sovutish vositasi sifatida ham ishlatiladi. O'rindiqlarni o'chirish vositasi sifatida va o'chirgichlarda va yuk ko'tarish moslamalarida va ishga tushirish kompensatorlarida sovutish uchun kontakt sifatida ishlatiladi. .
Kabel ichidagi gazni tozalash va elektr kuchini yaxshilash uchun yuqori voltli kabellarda yog 'to'ldirish va emdirish rolini o'ynaydi. Yog 'singdirilgan qog'ozli dielektrik kondensatorlarda yog' sig'im va izolyatsiyani kuchaytirish uchun to'ldirish, emdirish va izolyatsiyalash rolini o'ynaydi, chunki yoyni söndürme kuchi asosan neft va gazning parchalanishi natijasida hosil bo'lgan neft-gaz aralashmasiga bog'liq. moyga bardoshli kuchlanish uning yoyni söndürme qobiliyatini sezilarli darajada kamaytirmaydi, shuning uchun yog 'kam bo'lgan elektron to'sarning moyga bo'lgan talabi transformatorda ishlatiladigan moydan past bo'lishi mumkin.
. Transformatorlarning energiya va asinxron motorlarning quvvat isroflari.
Transformatorlarning energiya va asinxron motorlarning quvvat isroflari to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar va tushunchalar berilgan. Shu bilan birga isroflarni hisoblash uslublari va isroflarni kamaytirish chora tadbirlari keltirilgan.
Tayanch iboralar: Transformator, asinxron motor, quvvat isrof, energetik tuzilmalar iste’mol quvvati, quvvat koffisiyenti, “O‘zbekenergiya” DAK.
Taqsimlovchi elektr tarmoq va sanoat korxonalarida ishlatiladigan energetik tuzilmalarining asosiylaridan biri transformatorlardir. Transformatorlarning vazifasi elektr energiyaning asosiy parametrlaridan biri - kuchlanishni o‘zgartirish, ya’ni kuchaytirish yoki pasaytirishdir.
Parametr – mazkur tuzilma, asbob, uskuna va hokazoni tavsiflovchi (tavsiflovchi) ko‘rsatkich. Ushbu parametrni o‘zgartirish ma’lum elektrmagnit jarayon natijasida hosil bo‘ladi va shu jarayonda energiyaning bir qismi isroflanadi. Transformatorlarning elektr energiya isrofi formulasini sharhlaymiz:3
Bu formulada:
ΔRK=ΔRqt – transformatorning qisqa tutash isrofi ma’lumotnomalardan olinadi.
n – podstansiyasidagi transformatorlar soni, ko‘pincha n=2
β-Transformatorning yuklantirish koeffisienti
- 0,75÷0,9 ga baravar olinishi kerak.
Sist – iste’molchining to‘la quvvati [kVA]
Sn.t – transformatorning to‘la me’yoriy (nominal) quvvati. Har bir transformatorning ustida albatta ko‘rsatiladi.
- Bir sutka yoki oy umumlashtirilgan iste’mol grafigining pog‘onalar bo‘yicha vaqt yig‘indisi. Agar hisoblar bir yil uchun bajariladigan bo‘lsa, Δt= Tnb – bir yillik maksimal isroflar vaqti deyiladi va ma’lumotnomalardan olinadi, Tnb va cosφ – ga bog‘liq.
K – umumlashtirilgan iste’mol grafigining ma’lum vaqt ichidagi pog‘onalar soni.
Transformatorlarning parallel ishlashi
Sanoat korxonalarining podstan- siyalarida bir nechta transforma- torlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular alohida yoki birgalikda (parallel) ishlashi mumkin.
Transformatorlar alohida ishlaganda ularning ikkilamchi chulg‘amlari o‘zaro bog‘lanmagan, parallel ishlaganda esa umumiy yuklamaga ulanadi.
Transformatorlarni parallel ishlatish ulardan oqilona foydalanishga imkon beradi.
Masalan, yuklama kam bo‘lgan soatlarda transformatorlarning bir qismini uzib qo’yish mumkin. Shuningdek, kuchli yuklama ulanganda har bir transformatorga to‘g‘ri keladigan yuklama miqdorining kichikroq bo‘lishi va har bir transformatorning bir tekis yuklanishi ta’minlanadi.
Transformatorlarning parallel ishlashi uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning nominal kuchlanishlari bir xil bo‘lishi kerak; transformatsiya koeffitsientining farqi 0,5% dan ortib ketmasligi kerak.
Qisqa tutashish kuchlanishlari bir xil bo‘lishi kerak (±10% farq qilishiga yo‘l qo‘yiladi).
Uch fazali transformatorlar parallel ishlashi uchun ularning ulanish turkumlari bir xil bo‘lishi kerak
4.4 Kabelning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |