1 g’oya
|
2 g’oya
|
3 g’oya
|
Tezlik
|
|
|
|
samara
|
|
|
|
Jami:
|
|
|
|
5 balli tizim bo’yicha aniqlang va fikrni tanlang.
"Qaror qabul qilish jarayoni".
Slaydlar taqdimoti.
Bu usuldan qanday foydalanishni tushuntiring.
Shaxsiy(individual) ish.
Mavzu: Maktabdan keyin qo'shimcha ta'lim - oldinga borish yoki bormaslik (har qanday mavzuni tanlang).
1,2,3,4 kvadrantlarda nima borligini va ishtirokchilar qanday xulosalar chiqarishganini so'rang.
"Halokatga uchragan kema" o'yini
O'yin boshlanishidan oldin boshlovchi "Javobgarlikning o'zi nima? Siz buni qanday tushunasiz?" degan savolni o'rtaga tashlagani ma’qul.
Boshlovchi o'quvchilarning javoblarini flipchartga yozar ekan, o'quvchilar tomonidan "javobgarlik" so'zining ma’nosini tushunishga harakat qilishlarini odilona baholashi va ushbu masala yuzasidan bildirilgan fikrlar kundalik turmush tarzimizda uchrab turishini ta’kidlab, so'ng javoblarni qo'shimcha yangi misollar bilan yanada boyishga harakat qilishi lozim.
Bu o'rinda boshlovchi "O'zbek tilining izohli lug'ati"da javobgarlik so'ziga qanday tarif berilganligini aytib o'tishi mumkin. Lekin lug'atdagi so'zning ma’nosi faqat bir tushuncha bilan kifoyalanib qolmaydi. Undagi "javobgarlik" tushunchasining izohidan tashqarig o'z zimmasiga olingan "javobgarlik mas’uliyati", "javobgarlikni o'z zimmasiga olish", o'z bo'ynidan javobgarlikni soqit qilish, javobgarlikka tortish, javobgarlik kimgadir "tushyapti" kabi javobgarlikka taalluqli umumiy tushunchalar izohi bilan ham yaqindan tanishtirib o'tish kerak.
Lug'atda "javobgarlik" so'ziga, biror narsaga javob berish, bo'yin egish, kafil bo'lish, qarzni uzish kabi ma’nolar singdirilgan.
Alohida iqtidorli o'quvchilar uchun "javobgarlik" so'zining ma’nosi, uning kelib chiqishi (etimologiya) bilan yaqindan tanishtirib, o'zagi "javob"dan iborat "javobgarlik" so'zi o'zbek tilida qadimdan mavjud ekanligini, ba’zi tillarda shu jumladan rus tilida "javobgarlik" suzi XIX asr oxirida paydo bo'lganligining qayd etilishi, so'zning ahamiyatini va unga bo'lgan e’tiborini yanada oshiradi.
Suhbat mavzusiga nisbatan o'quvchilarning faolligini yanada oshirish maqsadida, so'zga tegishli izoh bermasdan avval, o'rtaga "Javobgarlik" so'zi qanday kelib chiqqan? U qanday paydo bo'lgan? Qani kim javob beradi?", — deb savol tashlash o'rinli.
"Javobgarlik" so'zi tushunchasi hakida to'la-to'kis ma’lumot berilganidan so'ng, "o'z zimmasiga javobgarlik olish"ning ahamiyati qayd etiladi, keyin boshlovchi tomonidan o'quvchilarga ushbu sifatni shakllantirish mashqini taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ushbu mashqni bajarish uchun o'qituvchi tomonidan quyidagi yo'riqnoma beriladi: "O'zingizni Tinch okeanida yaxtada suzib ketayotgandek xis qiling. Yong'in tufayli yaxtaning va yuklarning ko'p qismi nobud bo'ldi. Yaxta asta-sekin cho'ka boshlaydi. Zarur jihozlarning ishdan chiqqanligi sababli siz turgan joy noaniq. Yaqin quruqlikdan taxminan janubiy-g'arbiy yo'nalish bo'yicha 1000 km. masofada turibsiz. Bu holatdan qanday chiqish mumkin?
Quyida yong'indan so'ng butun qolgan va ziyon ko'rmagan 14 ta jihozning ro'yxati berilgan. Bunga qo'shimcha ravishda ihtiyoringizda eshkagi bor pufakli qayiqcha ham saqlanib qolgan. U ekipaj a’zolarini saqlash imkoniga ega. Shuningdek, bunday holatlarda juda zarur bulgan 4 ta narsa ham omon kolgan. Bular bir quti sigaret, bir necha quti gugurt va 5 ta kog'oz pul.
Har biringizga 15 minutdan vaqt beriladi. Shu vaqt ichida okeanda siz o'zingiz uchun hamda boshqalar uchun javobgarlik mas’uliyatini his etishingiz kerak. Pastda berilgan 14 ta jihozdan hayot uchun zarur bulgan 4 ta narsani aniqlash lozimki, bu jihozlar yordamida cho'kayotganlarni ham qutkarish mumkin bo'lsin. Bunday tanlash jarayonida eng muxim hisoblangan jihoz 1-o'ringa, keyingi muhim jihoz 2-o'ringa undan keyingisi 3-o'ringa va h.k. qo'yiladi.
Bu usul yordamida mavjud barcha jihozlarning o'rni belgilanadi. Oqibatda, 14-o'rinni unchalik ahamiyatiga ega bo'lmagan jihoz egallaydi.
Endi quyidagi 14 ta jihozni o'z o'rniga qo'yishingiz kerak bo'ladi. Bunda aslo siz o'zingiz va do'stlaringiz uchun javobgarlik vazifasini olayotganligingizni unutmasligingiz kerak". Shundan keyin ishtirokchilarga quyidagi jihozlar ro'yhati havola etiladi.
1. Kompas
2. Soqol olish uchun ko'zgu
3. 5 litrli suv idish
4. Baliq tutadigan to'r
5. Tinch okeani xaritalari
6. Davo to'ldirilgan yostiq
7. 2 litrli neft va gaz aralashmasi idishi
8. Kichik tranzistrli radio
9. Akulalarni qo'rqituvchi jihoz, rapellent
10. Yomg'ir suvini yig'ish uchun katta yuzali timqora plastik
(kleenka)
11. Bir necha 80* li Puerto-riko romi
12. Ikki quti shokolad
13. 25 metr neylon yo'g'on arqon
14. Bir yashik konserva
O'quvchilar tomonidan tegishli jihozni ajratib olish jarayoni bajarilgach, bir qarorga kelib olishlari uchun sinfga yana vaqt beriladi. O'quvchilar berilgan vazifani alohida-alohida bajarib bo'lishganidan so'ng, birgalikda hayot uchun yordam beradigan 4 ta asosiy jihozni tanlab olishlari kerak bo'ladi.
Ularning umumiy bir to'xtamga kelishi osonroq bo'lishi uchun o'quvchilarga quyidagilarni tavsiya qilish mumkin:
- o'zini shaxsiy fikrini himoya qilishdan ehtiyot bo'lish, ya’ni
o'zini ustun qo'ymasdan, ko'pchilik tomonidan qabul qilingan yagona
qarorga ko'ra javobgarlikni olish;
- bu qiyin bo'lsa, umumiy qarorning ma’qul jihatlarinigina
qisman qabul qilish;
- qaror qabul qilinishida yordam beradigan turli fikrlarni
ko'rib chiqish.
Butun guruh yuqorida qayd etilganlarinng eng muhimlarini tanlaganidan keyin, shaxsiy natijalarni guruh natijalari bilan solishtirish va tegishli jihozlarni tanlab olgan betaraf gurux fikri bilan qiyoslash foydadan holi bo'lmaydi.
Betaraf gurux tomonidan tanlab olingan jihozlar quyidagilardan iborat:
1. Soqol olish uchun ko'zgu: U havo va dengiz qutkaruvchilari uchun
signal berish vazifasini o'taydi;
2. Gugurt yoki pul bilan yokish mumkin bo'lgan neft` va gaz
qorishmasining ikki litrli idishi. Bu ham qutkaruvchi-lar e’tiborini tortadigan vositalardan biridir;
3. Chanqoqni qondirish uchun besh litrli suv idishi;
4. 1 yashik konserva.
"Kemaning halokatga uchrashi" mashg'uloti tugaganidan keyin boshlovchi o'z zimmasiga javobgarlik mas’uliyatini olish og'ir paytlarda yuzaga kelmay, bu sifat har bir kishining oilaviy hayotida, kundalik turmush tarzining asosiy xususiyatlaridan biri bo'lishi lozimligini alohida qayd etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |