71
farqlamaslik va so`zni tovush tomondan tahlil va tarkib qilishdagi qiyinchiliklardan
ham iborat.
Fonyematik idrokni rivojlantirish korryektsion-logopyedik
ishning eng asosiy
yo`nalishidir. Bu ishlar tovushlar tahlili ustidagi ish bilan o`zaro bog`liqlikda olib
boriladi. SHu bilan birga tovushlar talaffo`zidagi kamchiliklarni bartaraf etish
ishlarini fonyematik idrokni rivojlantirishga qaratilgan ishlar bilan birgalikda olib
borilgandagina yaxshi natijalarga erishiladi. Quyida biz, fonyematik idrokni
rivojlantirishga qaratilgan o`yinlardan namunalar kyeltiramiz.
«Qizil-oq».
Maqsad: Eshituv idrokini rivojlantirish, so`zdagi tovushni aniqlash.
Jihoz: Har bir bolaga 2 tadan doirachalar (qizil va oq) byeriladi.
O`yinning borishi: Logopyed, bolalardan diqqat bilan quloq solishni va
byerilgan tovush qaysi so`zda ishtirok etayotganligini aniqlashni so`raydi. Agar
so`zda
tovush ishtirok etsa, bolalar qizil doirachani, agar ishtirok etmasa oq
doirachani ko`tarishlari kyerak.
«Tovush qayerda?».
Maqsad: Tovushning so`zdagi o`rnini aniqlash.
Jihoz: Rangli karton qog`oz (karton qog`oz eniga chizilgan chiziqlar bilan 3
ga bo`linadi, faqat kyesilmaydi) va fishka (bayroqcha yoki doiracha).
O`yinning borishi: Logopyed so`zni talaffo`z qiladi. Bolalar byerilgan
tovushning so`zdagi o`rnini aniqlaydilar. Tovush so`zning boshida, o`rtasida yoki
oxirida
kyelganligiga qarab, fishka chiziqning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi
qismiga qo`yiladi. Bunday o`yin, logopyed stolida katta format qog`ozi bilan yoki
har bir bolaga alohida karton qog`oz tarqatib chiqqan holda ham olib borilishi
mumkin. Bolalar avval, tovushning so`zni boshida
kyelgan holatini, kyeyin esa
so`zning oxirida kyelgan holatini aniqlaydilar. Buni yaxshi o`zlashtirib
olganlaridan kyeyingina, so`zning o`rtasida kyelishi mumkin bo`lgan holatlar
ko`rib chiqiladi.
«Kim ko`proq topadi?».
Maqsad: Rasm asosida so`zdagi byerilgan tovushni aniqlash.
72
Jihoz: Byerilgan tovush ishtirok etgan so`zlar rasmi tasvirlangan syujyetli
rasm.
O`yinning borishi: Logopyed bolalarga tyegishli
mavzuga oid syujyetli rasm
ko`rsatadi, masalan «Polizda». Bolalar rasmni diqqat bilan ko`rib chiqadilar.
Logopyed bolalarga: «Bolalar polizda nima tyerishmoqda?» dyegan savol bilan
murojaat qiladi, bolalar javob byeradilar. Kyeyin esa «Qaysi pryedmyetlar nomida
«R» tovushi (s tovushi va hokazo) bor?» ko`rinishida vazifa topshiriladi.
Har bir to`g`ri topilgan so`zga doiracha byeriladi. Kim ko`proq doiracha olsa,
o`sha bola qolib hisoblanadi.
«Baliq ovi».
Maqsad: Lug`at
boyligini oshirish, tovushning so`zdagi o`rnini aniqlash.
Jihoz: Myetall skryepkalar, pryedmyetli rasmlar, qog`ozli korobka, magnitli
qarmok.. Skryepkalar pryedmyetli rasmlarga o`rnatiladi.
O`yinning borishi: Bolalar navbat bilan qarmok, yordamida
pryedmyetli
rasmlarni tuta boshlaydilar va nomlaydilar. Tyegishli tovushning (masalan «R»
tovushi) so`zda bor yoki yo`qligini, so`zdagi o`rnini (boshida, oxirida, o`rtasida)
aniqlaydilar. To`g`ri javob uchun ochko bilan taqdirlanadi. Ochkosi ko`p bola
g`olib hisoblanadi.
«Kim diqqatlirok?».
Maqsad: Tovushlarni eshitib farqlashga o`rgatish, fonyematik idrokni
rivojlantirish.
Jihoz: Tyegishli tovushga oid rasmlar.
O`yinning borishi: Bolalar stol atrofida o`tiradilar.
Logopyed: «Hozir sizlarga rasmlar ko`rsataman va nomini aytaman, sizlar esa
diqqat bilan eshitib, barcha so`zlar uchun umumiy bo`lgan tovushni topasizlar.
Kim topsa qo`lini ko`tarib javob byeradi», dyeb bolalarga o`yinning shartini
tushuntiradi. Kyeyin logopyed rasmlarni ko`rsatib nomlaydi. (masalan, s
tovushidan boshlangan so`zlarni: stakan, somsa, sumka, supurgi, sovun). Bolalar
esa:
s tovushi, dyeb javob byeradilar.
73
Logopyed: «To`g`ri, bu so`zlarning barchasi s tovushidan boshlanadi.
So`zlarni qayta nomlab byering dyeydi». Bolalar eslab, ularni nomlaydilar.
Kyeyin, o`zlari tovushdan boshlanadigan boshqa so`zlarni topib nomlashlari
kyerak. O`yinni murakkablashtirish mumkin.
«Kim ko`proq so`z topadi?»
Maqsad: Tovushlarni farqlashga o`rgatish.
Jihoz: Koptok, fishkalar.
O`yinning borishi: Logopyed biror tovushni aytadi va bolalardan ushbu
tovushga oid so`z topish kyerakligini so`raydi. Kyeyin bolalar doira shaklida
turadilar. Ishtirokchilardan bittasi koptokni birorta bolaga qarata uloqtiradi.
Koptokni ilib olgan bola tovush ishtirokidagi birorta so`zni aytishi kyerak.
Javob
byergan bolaga fishka byeriladi. Javob byerolmagan yoki aytilgan so`zni qaytargan
bolaga fishka byerilmaydi. G`olib fishkalar soniga qarab aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: