Sirg`aluvchi va shovqinli tovushlarni shakllantirishda qo`llaniladigan
o`yinlar.
Tovushlar talaffo`zini bo`zilishi asosan artikulyatsion jihatdan talaffo`z qilish
qiyin bo`lgan tovushlarda ko`zatiladi. SHunday tovushlar qatoriga sirg`aluvchi va
shovqinli tovushlar kiradi.
Bu tovushlardagi kamchiliklarni bartaraf etish ishlarini bolalar uchun qiziqarli
bo`lgan o`yin faoliyati bilan bog`lab o`tish orqali, korryektsiyalash ishining
samaradorligi oshadi.
Quyida kyeltirilgan o`yinlar sirg`aluvchi va shovqinli tovushlarni
shakllantirishga qaratilgan.
«Nasos».
Maqsad: Bolalarga «S» tovushini to`g`ri talaffo`z etishini o`rgatish.
O`yinning borishi: Bolalar stulchalarda o`tirishadi. Tarbiyachi bolalarga
shunday dyeydi: - Hozir biz vyelosipyedda sayr qilamiz. Vyelosipyedda sayr
qilishdan avval uning kamyerasiga havo damlanganmi yoki yo`qmi shuni
tyekshiramiz. Vyelosipyed o`zoq vaqtgacha minilmaganligi sababali kamyerasi bir
74
oz bo`shab qolibdi. Unga dam byerish kyerak. Nasos bilan kamyeraga havo
yuboramiz. Nasosdan chiqayotgan havo S-S-S, dyeb ovoz chiqaradi. Bolalar avval
birma-bir, so`ngra birgalikda nasos harakatiga taqlid qilib, kamyeraga dam
uradilar. Kamyeraga dam byerish vaqtida S-S-S tovushini cho`zibroq etadilar.
Myetodik ko`rsatma: Bolalar S tovushini to`g`ri talaffo`z ishlari uchun lab, til
holati va havo oqimining til o`rtasidan ishiga e’tibor byerib borish zarur.
«Arrakashlar».
Maqsad: Bolalarga 3 tovushini to`g`ri talaffo`z etishni o`rgatish.
O`yinning borishi: Bolalar ikki guruhga bo`linib, yo`zma-yo`z turib oladilar.
Qo`llarini «kryest» holida kyesishtirib oladilar. YOg`ochni arrada kyesish
harakatini bajarib turib, Z tovushini cho`zib talaffo`z qiladilar. Z tovushini
noto`g`ri talaffo`z qilgan bolalar o`yindan chiqadi. Tarbiyachi bu boladan alohida
Z tovushini talaffo`z qilishni so`raydi.
«Bo`ron».
Maqsad: Z tovushini mustahkamlash.
O`yinning borishi: Bolalar dovulni tasvirlaydilar. Tarbiyachining imosi bilan
bolalar Z tovushini avval past ovozda, kyeyin baland ovozda, kyeyin yana past
ovozda talaffo`z qiladilar.
O`yinni avval oyna qarshisida olib borish ham mumkin.
Myetodik ko`rsatma: Har bir bola uchun tovushni cho`zib turish vaqti 5-10
syekund atrofida bo`lishi kyerak.
«Razvyedkachilar».
Maqsad: Bolalarni TS tovushini so`zlarda to`g`ri talaffo`z etishga o`rtatish.
O`yinning borishi: Tarbiyachi bolalarga rasmlarni ko`rsatadi, bolalar
rasmlarning nomlarini aytadilar. So`ngra tarbiyachi razvyedkachilarni tanlaydi.
Razvyedkachilar xonadan chiqib turadilar. Tarbiyachi qolgan bolalar bilan
rasmlarni xonaning turli burchaklariga yashirib chiqadi. Razvyedkachilar kyelib,
rasm yashirilgan joyni qidiradilar va topib olgan rasmlarni bolalarga ko`rsatib,
uning nomini aytadilar. So`ngra bolalar rol’ almashadilar.
75
Myetodik ko`rsatma: Narsalarning nomini aytayotganda TS tovushini aniq
talaffo`z etishlari kyerak. TS tovushini cho`zib talaffo`z etmaslik lozim. Aks holda
TS tovush S tovushi bo`lib eshitiladi.
«SHar yorildi».
Maqsad: Bolalarga SH tovushini nutqda to`g`ri talaffo`z ettirishni mashq
qildirish.
O`yinning borishi: Bolalar qo`l ushlashib zich doira hosil qilib turadilar.
Tarbiyachining «sharimizni shishiramiz» dyeyishi bilan huddi sharni
shishirayotganday bolalar doirasi kyengayadi.
Tarbiyachining «shar yorilyapti» dyeb chapak chalishi bilan bolalar qo`llarini
yondan pastga tushiradilar va SH tovushini talaffo`z etadilar.
«O`rgimchak turidagi pashshalar».
Maqsad: J tovushini to`g`ri talaffo`z ettirishga erishiga.
O`yinning borishi: Bolalarning bir qismi o`rgimchak turini tasvirlaydi,
qo`llarini tushirgan holda doira bo`lib turib oladilar. Bolalarning qolgan qismi
pashshalar bo`lib, «J-J-J» dyegan holda, doira ichida va atrofida uchib yuradilar.
Tarbiyachining ishorasi bilan, doiradagi bolalar qo`llarini ushlab olgan holda
o`rgimchak to`rini hosil qiladilar. Doiradan chiqishga ulgurmagan bolalar to`rga
ilingan hisoblanib, o`yindan chiqib kyetadi.
Pashshalarning barchasi tutib bo`linmaguncha, o`yin shu tariqa davom etadi.
Kyeyin esa rollar almashtiriladi.
«R», «L» tovushlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish jarayonida qo`llaniladigan
o`yinlar.
Bolalar uchun artikulyatsion jihatdan talaffo`z qilish qiyin bo`lgan
tovushlardan yana biri bu sonor (r, l) tovushlari hisoblanadi.
Bu tovushlarning aniq talaffo`ziga ba’zan taqlid usuli orqali ham erishish
mumkin.
Quyida, taqlid usulida foydalangan holda r, l tovushlaridagi kamchiliklarni
bartaraf etish jarayonida qo`llaniladigan o`yinlardan namunalar kyeltiriladi.
«Rubob chalamiz».
76
Maqsad: Bolalarning L tovushini to`g`ri talaffo`z etishlariga erishish.
O`yinning borishi: Tarbiyachi bolalarga: «Hozir sizlar orkyestr bo`lasizlar.
Orkyestrda ko`p musiqa asboblari chalindi. Sizlar rubob chalasizlar», dyeb rubobni
qanday ushlab chalish kyerakligini ko`rsatadi (chap qo`li bilan huddi rubobning
pardasini ushlayotgandyek, o`ng qo`li bilan esa torni chyertayotgandyek harakat
qilib «la-la-la», dyeb aytadi). Tarbiyachining ishorasi bilan hamma bolalar rubob
chaladilar.
«Paraxod».
Maqsad: L tovushining to`g`ri talaffo`ziga erishish.
O`yinning borishi: Tarbiyachi shunday dyeydi: «Bolalar hozir hammamiz
paraxodga tushib sayr qilgani boramiz. Sizlar paraxod qanday ovoz byerishini
bilasizlarmi. Eshitinglar: i-i-i. . . Paraxod qanday gudok byerishini birgalikda
takrorlaymiz.
Endi kyeng tilni tishlar oralig`iga qo`ying, uni syekingina tishlang va
paraxodning gudok chalishini bajarib ko`rsating». Bolalar bu harakatni bajaradilar,
tishlar oralig`ida L tovushi hosil bo`ladi.
Tarbiyachi va bolalar bu mashqni kyetma-kyet takrorlaydilar.
Myetodik ko`rsatma: Bolalarga eng baland masofada uchib kyetayotgan
samolyotning ovozi L tovushiga o`xshash ekanligini eslatib o`tish lozim.
«Otlar».
Maqsad: Bolalarning R tovushini to`g`ri talaffo`z etishlariga erishish.
O`yinning borishi: Bolalar uch guruhga bo`linadilar. Birinchi guruh bolalari
esa otlar bo`lishadi. Otlarni tasvirlovchi bolalar ikkitadan bo`lib, qo`l ushlashib,
(qo`llarini solishtirib) turadilar.
Otlar haydovchining boshqaruvi ostida otlardyek yuguradilar. Tarbiyachining
buyrug`iga binoan haydovchi otlarni «trrr...» dyeb to`xtatadi. So`ngra bolalar rol
almashadilar.
Myetodik ko`rsatma: r tovushining artikulyatsiyasi bolalarga tushuntiriladi.
«Qarg`alar».
77
Maqsad: Bolalarni R tovushini nutqda to`g`ri talaffo`z etishlari ustida mashq
qildirish.
O`yining borishi: Bolalar uch guruhga bo`linadilar. Birinchi guruh bolalari
archalarni tasvirlab gullarini pastga tushirgan holda doira o`rtasida turadilar va
shunday dyedilar: «landi-landi o`yinimiz boshlandi va yashil archa tagida qarg`alar
qag`illashmoqda».
Ikkinchi guruh bolalari: Qarg`alar bo`lib doira ichiga sakrab-sakrab kirishadi
va «qar-qar-qar...» dyeb qag`illashadi.
Birinchi guruh bolalari shunday dyeydilar: «po`choq uchun urushdilar,
tomoqlarin qirishdilar».
Ikkinchi guruh bolalari – «qarg`alar» doira ichida turib «qar-qar-suvlar tyezda
oqar» - dyeb tyez-tyez qag`illashadi.
Birinchi guruh bolalari – «qarg`alar», «yugurishdi toz itlar, uchib kyetdi
qarg`alar, qo`nib daraxt shohiga qar-qar-qar dyeb qarillashar», - dyeb aytishlari
bilan uchinchi guruh bolalari (itlarni tasvirlovchi) doiraga «r-r-r...» dyeb irrillab
yugurib kyetar vovullab, yugurib kiradilar va qarg`alarning kyetidan quvadilar.
Qarg`alar (oldindan byelgilab qo`yilgan joyga) «inlariga» uchib kyetishadi.
Ushlangan qarg`alar itlar bilan birga qaytishadi va maxsus joyga qamab qo`yiladi.
O`yin to ikki-uchta chaqqon qarg`a kyelib qamalgan qarg`alarni qutqarmaguncha
davom etadi. So`ngra bolalar rol’ almashadilar. O`yin yana davom etadi.
Myetodik ko`rsatma: Bolalar so`zlarini baland ovozda, aniq mazmunli
gapirishlari kyerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |