O`quvchilarda psixokorrektsion faoliyatning mazmuni va tamouillari



Download 496,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/23
Sana10.02.2022
Hajmi496,65 Kb.
#441644
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
shaxsning kommunikativ sifatlarini rivojlantirish usullari

 
II
BOB. 
SHAXSNING KOMMUNIKATIV FAOLIYATINI 
PSIXOKORREKTSIYA QILISH USULLARI 
 
 
2.1. 
O`quvchilarni ta’lim jarayonida aqliy qobiliyati psixokorrektsiyasi 
 
O`zbyekiston mustaqillikka erishgandan qiyin o`smirlarga huquq tarbiyasi 
byerishning shakllanib qolgan muayyan sistyemasi huquq bilimlari byerish hamda 
o`smirlar bilan ana shunday faoliyatni tashkil etish ishlarini, o`z ichiga oladi. 
Bunda huqukiy bilimlarni amalda sinab ko`riladi hamda tyegishli e’tikod 
shakllanadi va o`quvchidar o`zlarini lozim darajada tugri tutishni o`rganib oladilar. 
Mamlakatimizda fukarolarning, ayniqsa yoshlarning Huquqiy bilimlarini 
oshirishga katta e’tibor byerilgan. Lyekin bugungi kunga kadar turli maktab va 
o`quv yurtlarida davlat va xukuq asoslariga turlicha yondoshiladi. Uqitish uchun 
ajratilgan soatlar, uqitiladigan mavzular xatto huquqdan darye byerayotgan 
O`qituvchilar xam mutaxassisliklariga ko`ra turlichadir. 
Pryezidyentimiz Islom Karimovning 2001 yil 4 yanvar farmoyishi
ushbu masalada ma’lum bir tizim va tartibni o`rnatdp dyesak mubolg`a 
bo`lmaydi. Farmoyishga asosan 2001 yil 1 syentyabrdan e’tiboran ryespublika 
uzluksiz ta’lim tizimida bog’chadan to oliy ta’limning yuqori bosqichi 
magistraturagacha huquqiy bilimlarni o`rganish avvalombor Konstitutsiyadan 
boshlanadi. 
Barcha ta’lim turlari uchun bolalar va o`quvchilarning yoki xususiyatlarini 
hisobga olgan holda Huquqiy ong va madaniyatini shakllantirishga karatilgan 
Konstitutsiyani o`rganish bo`yicha dasturlar, darsliklar va adabiyotlar yaratish 
vazifalari kun tartibiga qo`yiladi. 
Bu borada o`quvchilarga huquq bilimlaridan dastlabki ta’lim byeriladi va 
ularni qonunga nisbatan qanday munosabatda bo`lishga o`rgatiladi. Maktab, 
litsyey, kollyejlarda fukaro xukuqiga bagishlangan kabinyetlar yoki burchaklar, 


26 
ma’naviyat xonalari, tashkil etish kyerak va zarur. Bular amal qilayotir xam. Sud, 
militsiya prokuratura xodimlari bo`lgan yuristlar ushbu ishlarni olib borishga 
kyeng jalb qilinishi kyerak. Bu faqat o`quvchilarga zarur bo`lgan darajada nazariy 
bilimlar byerishni talab etibgina qolmay, shu bilan birga yuridik bilimlarni 
moxirona qonun himoya qiluvchi organlarning kundalik amaliy ishlari bilan boglab 
olib borish imkonini byeradi. 
Xo`sh, tarbiyasi kiyin o`smirlarga huqukiy tarbiya byerishning o`ziga xos 
xususiyatlari nimalardan iborat? Bu huquqiy tarbiya forma va myetodlarining 
individuallashtirilishi-dan, mazkur o`quvchilar. O`smirlarga nisbatan aynan zarur 
bo`lgan bir muncha samaralirok ta’sir ko`rsatish mumkin bo`lgan huquqiy tarbiya 
formalari va myetodlarini tanlay bilishdan iboratdir. Bunda pyedagogik jixatdan 
o`z holiga tashlab qo`yilgan o`smirlarning o`ziga xos xususiyatlarini. eng avvalo. 
ularning huquqiy qonun-qoidalarini anglab olishga va xulq-atvoriga ta’sir 
ko`rsatish mumkin bo`lgan xususiyatlarini xisobga olish lozim. Huqukiy 
bilimlarning (umuman boshka 
ko`pgina 
bilimlarning) past darajada 
o`zlashtirilganligi, mana shu bilimlarning hakiqiy foydali bilimlar ekanligiga 
tyegishli e’tikodning mavjud emasligi. bu bilimlarning barkaror bilimlar ekaniga 
va ularni amalga qo`llanishi zarurligiga ishonchning yo`qligi. umuman qonun 
talablarini nsimaslik xamda bu 
iblarni qat’iy bajarish kunikmasining 
yo`kligi, shaxsning xudbinlik byelgilari. irodaning bo`shligi, qat’iyatsizlik, gayri 
ixtiyoriylik ana shunday xususiyatlar jumlasiga kiradi. 
Mana shu aytilgan fikrlardan o`quvchilarni o`qitish va ularga ta’lim-
tarbiya byerishni individuallashtirishning ba’zi bir usullari kyelib chikadi: 
«O`zbyekiston Ryespublikasi Konstitutsiyasini o`rganish» darslarida
o`quvchilar faoliyatini faollashtirish. ular egallaydigan bilimlarning moxiyati
va amaliy axamiyatini xar bir uquvchi tomonidan chukur anglab olishni ta’min
etish: o`quvchilarni huquqiy tarbiya bo`yicha o`tkaziladigan sinfdan tashqari 
tadbirlarda katnashishga maksimal darajada jalb etish. 
o`sh’ 
tadbirlarni tayyorlash
va o`tkazishda ularning ishtirokini tuda ta’minlash ana shliday individuallashtirish
usullaridandir. Ba’zan intizomsiz o`quvchilarni va xatto qonun bo`zar o`smirlarni 


27 
ham ko`ngilli xalk posbonlari, kamolot ijtimoiy xarakati ishida ishtirok etishga jalb 
etiladi - bu mutlaqo noto`gridir, chunki qonun talablarini o`zi bajarmaydigan kishi 
bu ishga boshkalarni o`rgatish va ulardan bu qonunlarga rioya qilishni talab etish 
mumkin emas. Lyekin boshka ko`pgina tarbiyasi kiyin bo`lgan o`quvchilarni bu 
ishga jalb qilish mumkin va lozim. Hali mustahkam huquqiy e’tiqodi bo`lmagan
o`smirlar, huquqiy bilimlarni passiv ravishda, shunchaki o`zlashtirib olayotgan 
o`quvchilar, irodasi bo`sh. xudbin bo`lsa-da, qonunni bo`zmagan bolalar ana 
shunday o`smirlar sirasiga kiradi. Huquqiy bilimlarni tashviq qilish va qonun
bo`zilishiga qarshi kurashish bo`yicha bajarilayotgan ishlarda ishtirok etish
ularga ko`pgina bilim kasb-xunar kollyejlari, o`quv yurtlarining amaliy ishi 
ko`satilganidyek. o`z kamchiliklaridan kutilishda ularning huquqiy normaparini 
bo`lishi ham mumkin emas, nyegaki axloq-odob qoidalariiing turli shaklda
bo`zilishi nyegizida o`sha tartib qoidalarpi bilmaslikdan ko`ra ko`prok bilib 
turib bilmaslikka olish. Ularni bajarishni istamaslik yoxud o`zini tyegishli ravishda 
puxta bilmaslik yotadi. 
Ana shu so`nggi xususiyat esa, o`z navbatida sub’yektiv ravishda yni 
tarbiyasi kiyin bo`lgan o`quvchi shaxsiga xos bo`lgan muayyan xususiyatlar dan
kyelib chikadi. Tarbiyasi kiyin bo`lgan O`smirlarning ko`pchiligi, masalan, 
qo`rqoq bo`ladi. Qo`rqoqlik bunday bolalarni turli bo`zg`unchilik bilan 
shug`ullanadigan tartib-intizomini bo`zadigan kishilarga qaram qilib qo`yishi 
mumkin, bunday qo`rqoqlik hatto tajribaliroq axloqsiz shaxslarning boshchiligida 
jamiyat uchun xatarli bo`lgan jinoyatchilarni amalga oshiruvchi guruhlarga 
birlashishi uchun ham sabab bo`lishi mumkin. Tarbiyasi kiyin bo`lgan 
O`smirlarning ko`pchiligi yolgonchi, ikkiyo`zlamachidir, ular o`zlariga ham yaxshi 
qaramaidilar hamda turli vazifa va topshiriklarni bajarishga nisbatan ham e’tiborsiz 
bo`ladilar. Bunday e’tiborsizlik ko`pincha ayrim O`smirlarning ma’lumotsizligida 
namoyon bo`lishi mumkin. 
O`smirlarning anchagina kismi maktanchok, o`ziga bino kuygan, qo`pol va 
odamlar bilan muomalada syerzarda bo`ladilar, o`zidan kichiklarga yomon 
muomala qiladilar. Nisbatan uncha ko`p bo`lmagan qismi bosiq, kam gap bo`ladi, 


28 
ko`plari myehnatga yomon munosabatda bo`ladilar. Bunday kamchiliklarni 
to`zatish uchun har bir o`smirni shunday ish faoliyatiga jalb qilish, shunday shart-
sharoitlarga qo`yish kyerakki, bu yerda ular zarur pyedagogik vazifalarni hal 
qilmoq uchun eng samarali holatda bo`lib qolsinlar. 
O`smirlardagi muayyan kamchiliklarni tuzatish maqsadida eng samarali 
yo`nalishlar hamda faoliyat turlarini ko`rsatib o`tamiz. 
1.
O`smirdagi yaxshi fazilatlarni, kobiliyatlarni, uni jamoa O`rtasida ijobiy 
baxo olishga xizmatga undovchi maqolalarni aniqlash vazifalarni xar tomonlama 
rivojlantirish. 
2.
O`quvchini jamoat ishlariga jalb etib. vaqti-vaqti bilan uning jamoa 
oldida xisob byerib turishi xamda jamoa tomonidan uning yutuqlariga baho 
byerilishi. 
3. Bilim muassasalarida va undan tashqarida do`stona alokalar o`rnatilishiga 
yordam byerish. 
4. O`quv va jamoat topshiriklarini mazmuni va xajmiga karab asta-syekin 
murakkablashtirib borish. o`quvchi ko`lga kiritgan muvaffaqiyatlarga baho 
byerish. 
5. Erishilgan muvaffakiyatlar uchun muntazam ravishda ragbatlantirib 
borish. 
6.Tankidga to`gri munosabatda bo`lishga asta-syekin o`rganib borish. 
7.
Ruxiy nyervrologik tadkiqotlarga yo`naltirilgan ishlar otnb borish, asabiy, 
ruxiy xamda samatik kasatlikka moyil bo`lgan o`smirlarni davolash. 
8.
Basharti o`smirda tashki tomondan syezilib turgan jismoniy kamchiliklar 
(masalan, syemizlik, syepqillik, o`zokni kura olmaslik va shunga o`xshashlar) 
mavjud bo`lgan takdirda ular ustidan kulish, ularni masxara qilish mumkin 
emasligi yoki ularni izza qiladigan boshqa bir shakldagi xaraktyerlar qilmaslik 
kyerakligi xususida qollyektiv o`rtasida tushuntirish ishlari olib borish bunday 
xollar yo`z byergan vaqtda ularga qarshi kyeskin kurash olib borish. 
9.
O`smirni jamoaning ijtimoiy hayotiga jalb etish xamda uning ishlari 
tugrisida muntazam hisob byerib turishini tashkil etish. 


29 
10. O`smir biror ayb qilib kuygan vaqtida har bir ana shunday hodisadan 
kyeyin albata chora ko`rish. 
11. Ryejimga rioya qilishi, pyedagoglarning talablarini bajarib borish, 
jamoat topshiriqlarining amalga oshirilishi yo`zasidan qat’iy nazorat o`rnatish 
hamda bu ishlarga tyegishli baxo byerish. 
12. O`smir uchun xar safar unchalik qiziqarli bo`lmasa-da, lyekin qollyektiv 
jamoa uchun kyerakli bo`lgan topshiriklarni asta-syekin murakkablashtirgan holda 
byerib borish. 
13. Estyetik tarbiya byerish, bunda kiyim kiyish va axloq-odob estyetikasiga 
aloxida e’tibor byerish. 
N. SHaxsni o`z-o`ziga hamda hatti-harakatlariga to`gri baxo byerishiga 
o`rganish, o`z-o`zini tarbiyalashga yordam ko`rsatish. 
15. O`smirlarga ulardan chidamlikni, o`zini puxta bilishni, boshqalar bilan 
hisoblashishni, ularga bo`ysuna olishni talab qiladigan o`quv vazifalari xamda 
jamoat topshiriklari byerish, shuningdyek shaxsning insoniy fazilatlarini 
shakllantirishga yordam byeradigan topshiriklardan foydalanish. 
16. O`smirni asta-syekin raxbarlik qilish bilan bog`liq oo`lgan jamoat 
ishlariga jalb eta borish. 
17. O`smirga o`z irodasini tarbiyalab borishda yordam kursatish. 
18. O`smirning o`z xulq-atvori va faoliyati tugrisida jamoa °ldida muntazam 
ravishda xisob byerib borishni tashkil qilish. 
19. Axloqiy jinsiy tarbiya byerish bilan bog`liq bo`lgan tadbirlarni 
amalga oshirish. 
20. O`smirni ahloq-huquq tarbiyasi xamda ma’naviy-ma’rifiy ta’lim bilan 
bog`liq bo`lgan tadbirlarga jalb eta byerish. 
21. O`smirni jamoat ishlariga faol ishtirok ettirish ayniqsa undagi
gyerdayish, o`ziga bino qo`yish, xudbinlik odatlarini yo`qotishga 
ko`maklashuvchi topshiriklarni bajarishga jalb qilish. 
22. O`smirni bilimni oshirish bilan bog`liq bo`lgan to`garaklar va 
syektsiyalar mashgulotlariga tortish. 


30 
23. O`smirga o`quv hamda o`quv ishlab chiqarish ishlarida muntazam 
yordam ko`rsatish. 
24. Mustaqil ravishda aqliy faoliyat bilan shugullanish yo`llarini o`rganib 
borish. 
25. Xotirani rivojlanitirish yo`zasidan maxsus ishlar olib borish. 
26. O`smirning tyexnika ijodiyoti bilan bog`liq bo`lgan tugaraklar ishida 
albatta ishtirok etishiga erishish. 
27. Profyessional mahorat va malakalarini egallashda o`smir duch 
kyelayotgan kiyinchiliklarni aniqlash individual ishlar olib borish jarayonida unga 
muntazam yordam ko`rsatish. 
28. Tajribali ishchilar tomonidan individual tarzda otalik qilishni tashkil 
etish o`smirni ishlab chikarish jamoasining hayotida aktiv ishtirok etishga 
o`rgatish. 
29. O`smirni o`z tyengdoshlari uchun. kichik yoshdagi bolalar. byemorlar va 
kyeksa kishilar uchun qilinadigan xayrli ishlarga jalb etish. 
30. O`z-o`zini tarbiyalash dasturini ishlab chikarishda va uni amalga 
o
shiriщd
a o`smirga yordam ko`rsatish. 
31. Jismoniy tarbiya bilan muntazam shugullanish. 
32. O`smirning turli xil ijtimoiy foydali ishlarda ishtiroketishiga erishish. 
Olib borilgan tajribalar va maxsus tadqiqotlar asosida shu narsa 
aniqlanganki, o`smirlardagi muayyan kamchiliklarning bartaraf qilishi ularni 
muayyan faoliyat yo`nalishlari va turlariga jalb etishni talab qiladi. Bunday faoliyat 
yo`ialishlari va turlari qo`yida ko`rsatib o`tiladi. 
SHaxsning salbiy sifatlari. ularni bartaraf etishga ko`maklashuvchi 
asosiy faoliyat yo`nalishlari va turlari. 
Axloqiy rivojlanishdagi kamchiliklar va myexnatga munosabat boshlangan 
ishni oxirigacha yetkazmaydi Jamoaga nisbatan byefark Odamlarga nisbatan 
byeparvo Tund odamovi Yalkov aytganni qilmaydigan intizomsiz Jamoa fikri bilan 
xisoblashmaydi Bal fye’l, badjaxl Oldinda borishga, ustunlikka intiladi O`ziga 
nisbatan tankidiy munosabatda Bo`lmaydi, o`ziga bino qo`ygan, kyekkaygan 


31 
Qo`pol uyatsiz surbyet Xudbin Syerjaxl Byeraxixm Kyek saqlovchi . Byeparvo, 
pala-partish Arazchi, salga xafa bo`luvchi Ishlab chikarish ta’lim daryelarida 
passiv Aktiv emas Nazariy ta’lim daryelarida passiv yoki aktiv emas Ishlab 
chikarish praktikasiga Nisbatan salbiy munosabatda bo`ladi. Irodaviy kamchiliklar 
Axloqsiz onaning xatti-xarakatlari bolalariga ikki xissa yomon ta’sir ko`rsatadi. 
Birinchi-dan, bolalarni ichqilikka va byetartib jinsiy aloqaga o`rgatish yo`li bilan 
bolalarga uning xatti-harakatlari to`gridan-to`g`ri ahloqqa zid ta’sir ko`rsatishi 
tabiiydir. Ikkinchidan, ko`p hollarda bunday onalar karovsiz qolgan o`z 
farzandlarining tarbiyasi bilan aslo shug`ullanmay qo`yadilar. Faqat shuni yana bir 
bor eslatib Qo`ymokchimizki, ota-onalar bilimining chukur bo`lmasligi, ota-
onalarning ma’naviy jihatdan haddan tashqari qashshoqligi, Umumiy madaniy
saviyaning nixoyatda pastligi, myeshchanlarcha dunyoqarash, bunday oilalarning 
ko`pchiligi uchun xos bo`lgan xususiyatdir. Bu singari oilada yashagan va 
myeshchanlarcha (shaxsiy manfaatlardan boshka narsani bilmaslik, fikri tor, 
chyegaralangan) dunyoqarashga ega bo`lgan kishilar har qanday ma’naviy talab va 
ehtiyojlardan voz kyechib bo`lsa ham moddiy farovonlikka erishish uchun 
ochiqdan-ochiq harakat qiladilar. 
Uchinchi guruh o`quvchi o`smirlarning oilalari ichida xammadan ko`ra 
ko`prok uchrab turadi voyaga yetmagan holda qonun bo`zarlik qilgan bolalar 
oilalari o`rtasida esa tadqiqotchilarning birining ma’lumotlariga Karaganda bunday 
guruxdagi oilalar tadkik qilingan barcha kariyb byeshdan bir kismini tashkil etadi. 
Bunday oiladagi ota-onalar turli jihatdan axloksiz bo`lgan
 
kishilardir. Otalarning 
ko`pchiligi piyonista-arokxo`rlar, onalar orasida esa tartibsiz ravishda jinsiy 
alokaga kiruvchilar hamda ko`p hollarda spirtli ichimliklar ichuvchi ayollar uchrab 
turadi; jinoyat qilganligi uchun kamalib chikqan yoki yotgan ota-onalar ham ana 
shu toifaga kiradi. Bunday ota-onalar o`z bolalariga nakadar salbiy ta’sir 
ko`rsatishi o`z-o`zidan ravshan va uning uchun ham bu yerda misollar kyeltirib 
o`tirmasak xam bo`ladi. 
Pyedagogik jixatdan o`z holiga tashlab quyilgan o`quvchilar oilalarining eng 
katta guruxi ana shunday oilalarning asosiy, eng ko`p kismini tashkil etadi. Bo`lar 


32 
o`z farzandlarining tarbiyasi bilan shugullanmaydigan ota-onalardir. Ularning 
«formulasi» shunday: «Biz bolalarimizni maktabga topshirdik, Ularni ana o`sha 
yerda tarbiyalayvyersin!»-dyeyiladi. Ushbu guruhdagi oilalarni yana uchta aniq 
tiniq tarzdagi kichik guruxlapra bo`lish mumkin: 
1) Yuqorida ko`rsatib o`tilgan uchinchi guruxga mansub byelgilar
manjud bo`lgan kishilar (axloqsiz ota-onalar);
2) Bolalar tarbiyasi bilan shug`ullanib o`z jonini kiynishni istamaydigan ota-
onalar;
3) o`z ishida band bo`lganligi xamda bola tarbiyasiga yyetarli darajada 
e’tibor byerish imkoniyatiga ega bo`lmagan yolgiz onalar ushbu kichik
guruxdagi kishilarning ko`proq kismini tashkil etadi.
Mana shu kichik guruxdagi oilalarda bolalar va o`smirlar mukarrar 
ravishda nazoratsiz qoladilar va ularning ko`pchiligi pyedagogik jixatdan o`z 
xoliga tashlab qo`yilgan bolalarga aylanib kyetadi. Biz tarbiyasi og`ir, qiyin
o`smirlar bilan olib boriladigan ishning asosiy printsiplari va
shakllarinigina sanab o`tamiz.
Birinchidan. xano`zgacha uchrab turadigan ayrim o`quv yurtlaridagi. 
maktablardagi pyedagoglar bilan o`quvchilar oilalari o`rtasidagi noto`g`ri
munosabatlarni kyeskin tarzda o`zgartirish kyerak. Oilalar yukorida aytib 
o`tilgan «formula» bo`yicha xarakat qiladilar (ya’ni ular: «Biz bolalarimizni 
sizlarga topshirdik. o`zingiz tarbiyalab olingiz!» dyeyishadi), maktablarda, o`quv 
yurtlarida esa ularni tankid qilishadi, ulardan talab qiladi va ularga akl o`rgatadi. 
Tarbiya huquki va tarbiyalash burchi bu xam oilaning xam maktabning xam,
o`quv yurtlarining ham vazifasidir. Faqat tarbiyaning mazmuni, ayniqsa uning 
forma va myetodlari, tyexnologiyasi bo`lishi mumkin. SHuning uchun bu yerda, 
tomonlarning xech biri o`zini yukori qo`yishi va o`z rolini ortik dyeb bilishi 
mumkin emas. Bu yerda pyedagogik hamkorlik qilishi kyerak - oila bilan 
maktabning, o`quv yurtining o`zaro alokasini va o`zaro birga ish olib borishini 
ta’minlovchi o`zini oklagan yagona ish formasi ana shudir. 


33 
Ikkinchidan. xar qanday oilaga samimiy. holisona munosabatda bo`lishi eng 
avvalo, unga yerdam ko`rsatishga xarakat qilish lozim, shundan kyeyingina 
barsharti oila aktiv ravishda ishga to`siklik qiladigan bo`lsa, biz quyida to`xtalib 
o`tadigan boshqacharoq xarakatdagi chora-tadbirlarni ko`llanish kyerak bo`ladi. 
Uchinchidan. O`zbyekiston Ryespublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib, 
maktablarda. O`quv yurtlarida xam. ota-onalarga bolalar tarbiyasi to`g`risida 
gamxo`rlik qilishi xamda ularni barkamol kishilar qilib tarbiyalashini ta’min 
etishni qattik xurib talab qilishi darkor. 
To`rtinchidan, o`smir tomonidan o`quv yurti kasb-hunar kollyeji ga kabo`l 
qilishini so`rab ariza byerilgan kundan boshlabok o`kishni bitirib kyetguniga qadar 
uning oilasini o`rganish, u yerdagi axvolni chuqur va xar tomonlama bilib olish. 
ota-onalar bilan ishonchga asoslangan do`stona munosabatlarda bilish lozim. 
Oila bilan olib boriladigan ishlarning asosiy forma va myetodlari ularning 
maksadiga 
karab 
qo`yidagicha 
hukuklashtirilishi mumkin: Ota-onalarga 
pyedagogik bilim byerish: ularni o`quv yurti hayotiga faol ishtirok ettirish; 
o`quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko`rsatuvchi tadbirlarni muvofiklashtirish; o`z 
bolalari tarbiyasi bilan shugullanishdan bosh tortgan yoki ularga salbiy ta’sir 
ko`rsatayotgan ota-onalarga nisbatan jamoatchilik, ma’muriy va jinoiy qonunlarni 
tadbik etish yo`li bilan chora ko`rish. 
Aslini olganda, bolalar o`quv yurtlari, maktablardan tashqarida o`z holiga 
tashlab qo`yilgan xamda xech qanday tashkiliy ravishda ijobiy tarbiyaviy ta’sir 
duch kyelmagan bo`ladilar. Shuning uchun tarbiyaviy ta’sir tadbirlari qo`yidagi 
yo`nalishda bo`lmogi kyerak; o`quvchining kundalik ryejimi to`g`risida, uning 
moddiy va maishiy ta’minoti to`grisida. salomatligi to`grisida, gamxo`rlik qilish 
zarur chyekish, spirtli ichimliklar ichish, jinsiy masalalarga ortik darajada qiziqish 
singari yaram as odatlarga qarshi kurash olib borish aloxida e’tiborni talab qiladi; 
o`quvchilar shaxsan bo`sh vaqtni o`tkazishning tashki shakl-formalariga jalb qilish 
zarur. 
Ota-onalarga spirtli ichimliklarni xaddan tashqari ichadigan va xuddi shu 
sababdan ko`pgina bunday yaramas odatga voyaga yetmagan bolalarni xam 


34 
urganadigan oilalarda olib boriladigan ishlar aloxida e’tibor byerilishini talab 
qiladi. O`quvchilar bilan xam ularning ota-onalari bilan xam bu sohadagi 
tarbiyaviy ishlar uch yunalishda: myedik-fiziologik. sotsial-pyedagogik xamda 
huquqiy qonun-qoidalar yo`nalishida olib borilishi kyerak. 
Myetodik-fiziologik yo`nalishdagi ishlar, tabiiyki, vrachlar tomonidan. eng 
avvalo, norqologlar va psixiatr vrachlar tomonidan amalga oshiriladi. Bu ishlarning 
mazmuni ochib byerilayotganda asosiy e’tibor alkogolizm, umuman, shaxsni 
naqadar ogir oqibatlarga olib kyelishiga, odamning psixik va jismoniy (shu 
jumladan, jinsiy) rivojlanishiga naqadar yomon ta’sir ko`rsatishga, spirtli 
ichimliklarning naslga (jismoniy va psixik jihatdan nogiron bolalar tug`ilishiga) 
ta’sir etishiga qaratiladi. 
Sotsial pyedagogik yo`nalish ko`proq o`quv yurtlari xodimlarining o`zlari 
tomonidan amalga oshiriladi va uning asosiy maqsadi ota-onalarga va 
o`quvchilarga spirtli ichimliklarning, o`sib kyelayotgan yosh avlod tarbiyasiga, 
odamlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarga shu jumladan, oilaviy munosabatlarga 
kursatadigan salbiy ta’sirini, piyonistalik ishlab chikarishga nakddar katta zarar 
kyeltirishini tushuntirib byerishdir. 
Huquqiy yo`nalishning asosiy maksadi spirtli ichimliklar ichib mayet holda 
bo`lgan shaxslarning hatti-xarakatlari va xulq-atvorlari qanday oqibatlarga olib 
kyelishini hamda u shaxslarning qonun oldidagi javobgarligini tushuntirib 
byerishdan iboratdir. O`qituvchilar va ota-onalar shuni yaxshi bilishlari kyerakki, 
jinoyatlarning ko`pchiligi spirtli ichimliklar ichib mastlik holati qonunni bo`zgan 
kishining gunohini yyengillashtirmaydi, balki og`irlashtiradi. 
Adliya va ichki ishlar organlari o`quvchilarga huqukiy tarbiya byerish 
bo`yicha olib boriladigan ishlarga doimiy ravishda ilmiy-myetodik rahbarlik 
qiladilar. 
Ijtimoiy hayotda faol qatnashish, ta’lim xaraktyerining o`zgarishi o`quv 
maskanlarida tahsil olayotgan yoshlarda ilmiy dunyoqarash, barqaror e’tiqodning 
shakllanishiga, yuksak insoniy his-tuyg`uning vujudga kyelishiga, bilimni 
o`zlashtirishga ijodiy yondashish kuchayishiga olib kyeladi. 


35 
O`zluksiz ta’lim tizimining bir bo`g`inlari bo`lmish umumiy o`rta ta’lim 
maktablari, kasb-hunar kollyejlari, akadyemik litsyey o`quvchilarining aqliy va 
axloqiy jihatdan o`sishida o`ziga xos o`zgarishlar, yangi xislat va fazilatlar 
namoyon bo`ladi.
Ta’lim-tarbiya mazmunining turli darajalarini byelgilash jarayonida o`zaro 
intyerpryetatsiya holatida turgan bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilishni 
nazarda tutish ta’lim mazmuni doirasida pyedagogik tashxisning turli muolajalarini 
amalga oshirish, o`quvchi hamda talabalarning vaqtini oqilona ryejalashtirish 
yo`llari va qonuniyatlarini aniqlash imkonini byeradi. Bu o`rinda davlat ta’lim 
tsandartlari doirasida 
bilim, ko`nikma 
va 
malakalarning rivojlanib, 
mutsahkamlanib borishi, ya’ni evolyutsiyasi bilan bog`liq tarzda byelgilab 
qo`yiladigan minimum talablarning ham muntazam ortib borishi pyedagogik 
tashxisda o`z ifodasini topmog`i shart 
Boshlang`ich ta’lim o`qishga va ijtimoiy-foydali myehnatga halol 
munosabatni, Vatanga muhabbatni tarbiyalasa, umumiy o`rta va katta ta’lim 
pog`onasida aynan shu munosabatlar bilan birga ta’limiy-tarbiyaviy vazifalarni 
diffyeryentsiatsiya etish, bilimlarni o`zlashtirish hamda zarur shaxsiy sifatlarni 
shakllantirish, takomillashtirish uchun qulay sharoitlarni vujudga kyeltiradi. O`qish 
jarayonida qarashlar va ma’naviy sifatlar ham shakllanadi, ya’ni mazkur 
funktsiyalarning birligi va o`zaro bog`liqligi ko`zatiladi. 
Umumiy o`rta ta’lim maktablarida pyedagogik tashxislash va 
korryektsiyalashning mazmuni o`quvchilarda ijobiy qarash va e’tiqodlarni, 
axloqiylik, irodalilik va hissiyotlarni shakllantirishdan iborat bo`lsa, akadyemik 
litsyey va kasb-hunar kollyej sub’yektlarining aqliy va axloqiy jihatdan o`sishida 
o`ziga xos o`zgarishlar, yangi xislat va fazilatlar namoyon bo`ladi.
O`rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari va akadyemik litsyey 
o`quvchilari ijtimoiy hayotdagi dolzarb vazifalarni hal qilishda faol ishtirok eta 
boshlaydilar. Ijtimoiy hayotda faol qatnashish, ta’lim xaraktyerining o`zgarishi 
yigit va qizlarda ilmiy dunyoqarash, barqaror e’tiqodning shakllanishiga, yuksak 


36 
insoniy his-tuyg`uning vujudga kyelishiga, bilimni o`zlashtirishga ijodiy 
yondashish kuchayishiga olib kyeladi. 
Mazkur davrning yana bir xususiyati-myehnat bilan ta’lim faoliyatining bir 
xil ahamiyat kasb etishidan iborat. Mavjud shart-sharoitlar ta’siri otsida kollyej, 
akadyemik litsyey o`quvchilarining aqliy va axloqiy jihatdan o`sishida o`ziga xos 
o`zgarishlar, yangi xislat va fazilatlar namoyon bo`ladi.
Ma’lumki, o`qituvchi har bir darsdagi o`quv matyerialini taqdim qilish 
jarayonida tarbiyaviy vazifaning muayyan bir tomonini amalga oshiradi. Masalan, 
o`smirlar 
adabiyot, o`zbyek tili darslarida 
do`tslik, myehribonlik, 
myehnatsyevarlik to`g`risidagi maqollarni o`rganadilar. Mana shunday darslarda 
ularda axloqiylik, myehnatsyevarlik xususiyatlari shakllantiriladi yoki Alishyer 
Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ogahiy, Fo`zuliy, Nodira kabi so`z 
gavharlarining utsalari, turk dunyosi adabiyotining eng mashhur vaqillari; Abdulla 
Qodiriy, CHo`lpon, Abdulla Qahhor, Usmon Nosir, G`afur G`ulom , Zulfiya, Rauf 
Parfi, Omon Matchon kabi o`zbyek adabiyoti osmonida yarqiroq yuldo`zlar, ko`zni 
qamashtiruvchi chaqmoqdyek paydo bo`lgan shoir va yozuvchilarning hayoti va 
ijodini o`rganishar ekan, yoshlarda milliy g`urur va iftixor hissi, vatanparvarlik va 
sadoqat, olijanoblik va insonparvarlik kabi xislatlar shakllantiriladi. Bunday 
darslarda, darsdan tashqari tadbirlarda o`qituvchining darsda qo`yadigan tarbiyaviy 
vazifasi yoshlarda shaxsning muayyan sifatlarini takomillishtirishga qaratilishi 
lozim. Masalan, Tarix darslarida Tyemuriylar davlatining tashkil topishi, iqtisodiy-
ijtimoiy taraqqiyoti o`rganilar ekan, o`qituvchi o`smirlarda 
o`zbyek 
davlatchiligining rivojlanish tarixi, buyuk bobokalonlarimizning xalq va millat 
oldida qilgan ulug` ishlari, Tyemuriylar davridagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
hayoti haqida tasavvur hosil qilish, milliy o`zlikni anglash bilan bog`liq tarbiyaviy 
vazifalarni amalga oshiradi.
Ma’lumki, ta’limning o`ziga xos tomoni, u tarbiyani ijtimoiy hodisa 
sifatida pyedagogik faoliyat, shaxsning shakllanishini o`ziga birlashtirib, ana shu 
uchta asosdan ryeal pyedagogik jarayonni yaratadi, bu jarayon turli ta’lim-tarbiya 


37 
kontsyeptsiyalari, nazariyalari yordamida loyihalashtiriladi va ta’lim tizimi 
muassasalarida tatbiq etiladi. 
Ryespublika o`zluksiz ta’lim tizimida yoshlar bilan ishlash bo`yicha turli 
tarbiyaviy ishlarni olib borishda katta tajriba to`plangan. 
2002-2003 yilgi tsatitsik ma’lumotlarga qaraganda, O`zbyekistonda 
350dan ortiq akadyemik litsyey va kasb-hunar kollyejlari ularda ikki million 120 
ming nafardan ziyod yoshlar bilim olmoqda, 548 maktabdan tashqari muassasa esa 
357, 5 ming o`spirin faoliyatini qamrab olgan. Bilim muassasalari 232 mingga 
yaqin pyedagoglarni birlashtirib turibdi, ular tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil 
etishda yetarli mahoratga ega. Biroq bugungi kunda o`spirin tarbiyasida 
uchraydigan kamchiliklarni o`z vaqtida korryektsiyalash ishlari ta’lim tizimida 
yetarlicha ishlab chiqilmagan. Bu esa ayrim o`quv maskanlarida pyedagogik 
tashxis ishlarining sust olib borilayotganligidan dalolat byeradi.
Dunyoqarash, shaxsning axloqiy fazilatlari, hissiyotlar, irodalilik va 
hokazolarning tarkib topishi o`zluksiz jarayon bo`lib, uni aniq chyeklangan 
qismlarga ajratish mumkin emas.
Masalan, bitta darsda milliy g`urur, halollik, 
irodalilik, to`g`riso`zlik kabi xislatlarni tarkib toptirish yoki dunyoqarashni 
shakllantirish vazifasini to`la amalga oshirib bo`lmaydi. 
Tarbiyaviy funktsiyani boshqariladigan jarayon qilish uchun pyedagogik 
tashxis va korryektsiya muolajalariga e’tiborni qaratish lozim.
Tashxis dyeganda avvalo, ob’yektning ahvolini aniqlash va byelgilash 
nazarda tutiladi. Biz tibbiy, psixologik va pyedagogik tashxis kabi tushunchalar 
bilan duch kyelganmiz. Lyekin ijtimoiy pyedagogikada ijtimoiy pyedagogik 
tashxis jarayoni o`ziga xos xususiyatlarga ega. 
Ijtimoiy-pyedagogik tashxis bu pyedagogik omillarning samaradorligini 
oshirish maqsadida sotsiologik, eqologik va ijtimoiy-psixologik faktorlarning 
sotsiumga hamda har bir shaxsga ta’sir ko`rsatishi haqidagi axborotlar majmui kabi 
bilish jarayonining tashkiliy qismidir. 
Nyemis olimi Klauyerning ta’kidlashicha, ta’lim maskanlaridagi 
pyedagogik tashxis-dolzarb pyedagogik muammolarning yechimini topishda,


38 
xulosalar chiqarib, muayyan to`xtamga kyelishda zarur bo`ladigan bilimga intilish 
majmuidir. 
YOshlar jamoasida ijtimoiy pyedagogik tashxis qo`yidagi tarkibda amalga 
oshiriladi: 
- yoshlarning faoliyatidagi, xulqidagi nuqsonlarini aniqlash kontsatatsiyasi; 
- ular faoliyatidagi, xulqidagi ushbu nuqsonlarning sabablarini aniqlash; 
- ushbu shaxs haqidagi to`plangan matyeriallar asosida datslabki farazni 
ilgari surish; 
- mazkur farazni sinashga doir qo`shimcha axborotlar to`plash; 
- agarda faraz isbotlanmasa, barcha muolajalarni qayta ko`rib chiqish. 
O`smir yoki o`spirin shaxsi bilan olib boriladigan bu faoliyatni, bir so`z 
bilan aytganda, ijtimoiy-pyedagogik tyekshiruvdan o`tkazish dyeb yuritsa ham 
bo`ladi. Ijtimoiy- pyedagogik tyekshiruv ijtimoiy- pyedagogik tashxisning asosini 
tashkil etadi.
Pyedagogik tashxisni to`g`ri va oqilona o`tkazish avvalambor, yoshlar 
jamoasi bilan yaqindan tanishishni talab etadi.
O`quv maskanlarida pyedagogik 
tashxis va korryektsiya ishlarining mazmuni ko`p jihatdan pyedagogning 
mohirligiga, o`z ishiga ijodiy yondashishiga, yoshlar bilan muloqotga 
kirishuvchanlik, yoshlar jamoasini, jamoa, guruh shaklida adyekvat qabo`l qila 
olish qobiliyatiga bog`liq. 
Ma’lumki, yoshlar jamoalari o`quv muassasalarining ajralmas bir kichik 
bo`lagidir. YOshlar jamoasi katta kuch. 
YOshlar jamoalarini to`zish 
guruhlarda turli tarzda amalga oshiriladi. SHuning uchun ham barcha yoshlar 
jamoalari uchun bir xildagi yo`l-yo`riqlarni byelgilab bo`lmaydi.
Barcha guruhlarda yoshlarga mutsaqillik byerish, ularda jamoatchilik 
fikrini yo`zaga kyeltirish haqida g`amxo`rlik qilish kyerak.
Bir qator pyedagog, psixolog olimlar (I. S. Kon, E. G`oziyev, S.Rajabov, 
A. Munavvarov, Z. Qo`ziyev) sog`lom jamoatchilik fikri yoshlar xulq-atvoriga
baho byerish myezoni bo`lib qolishini qayd etib o`tishgan. 


39 
Guruh rahbarlari jamoada ko`pchilik fikriga tayanib, yoshlar orasida kyelib 
chiqadigan ziddiyatlarni muvaffaqiyatli hal etishlari uchun jamoani tarkib toptirish 
va jipslashtirish yo`llarini maqsadli byelgilab olishlari lozim (2.1.1-rasm).
Guruhdagi barcha o`quvchilarni jamoat topshirig`i bilan band qilish 
kyerak. Tartibbo`zar va intizomi bo`sh yoshlarni jamoat topshirig`isiz qoldirib 
bo`lmaydi. Jamoat topshirig`i yoshlarda myehnatsyevarlik, mas’uliyatlilik, 
tyejamkorlik kabi xislatlarni shakllantiradi, o`ziga-o`zi ishonch hissini o`yg`otadi 
va tartib intizomga o`rgatadi. 
YOshlarning xulqidagi nuqsonlarni bartaraf qilishda jamoani tarkib 
toptirish va jipslashtirish yo`llaridan oqilona foydalanish lozim. Bunda 
jamoatchilik topshirig`i salmoqli ahamiyat kasb etadi. Jamoa bo`lib ishlash, amaliy 
faoliyat ko`rsatish guruh jamoasini jipslashtirishda zarurdir. 
Guruh rahbari datslabki kunlardanoq yoshlarni jamoat topshiriqlari orqali 
ko`zatib boradi. Ularning ichidan faol ongli, tashabbuskor, tashkilotchi yigit-qizlar 
tanlab olinadi. SHunday yoshlardan sinf va guruh sardorlari, gazyeta muharriri, 
sport qo`mitasi sardori, har xil to`zilmalarning a’zolari saylanadi. Guruh rahbarlari 
jamoa faollari bilan yakkama-yakka ish olib borish emas, balki ular bilan 
birgalikda turli kyechalar, yig`inlar o`tkazib, tadbirlarga tayyorgarlik ko`rishi, ular 
bilan bog`liq masalalarni muhokama qilishi kyerak. Bunda yoshlarda ijtimoiy 
faollik, o`z kuchiga ishonch hissi o`tsiriladi, o`zini-o`zi anglash jarayoni 
jadallashadi. 
O`quvchilarni itsiqbolga chorlash. «Itsiqbol- bu yorqin, kiziqarli va 
quvonchli voqyealar manzilidir» (121,87). Jamoa itsiqbollari yoshlarda umumiy 
ko`tarinqilikni yo`zaga kyeltiradi. Guruhda yorqin va jozibador itsiqbollarning 
bo`lmasligi, bu jamoada bir xillik va zyerikarli holatlarni kyeltirib chiqaradi. 
Itsiqbol odatda, oddiy, kundalik ishlar: Guruh xonasini jihozlash, didaktik 
matyeriallar tayyorlash, shanbaliklar o`tkazish, bayram, musobaqalarga 
tayyorgarlikdan boshlanib, o`spirinlar qiziqishini yanada orttiruvchi itsiqbollar: 
bryeyn-ringlarga qatnashish, sayohatlarga, kino-tyeatrlarga jamoa bo`lib borish 
orqali davom ettiriladi. So`ngra yoshlar oldiga unga qaraganda murakkabroq


40 
itsiqbolli vazifalar qo`yiladi: bayram kyechalarini tayyorlash, davra suhbati 
uyushtirish, olimpiadalarda, ular uchun itsiqbolli datsurlar: Aksyels, Airyekx, 
School Elyes5 ALL kabilarda qatnashish va boshqalar.
Jamoada ijobiy an’analarni qaror toptirish. An’ana - kishilarning muayyan 
tarixiy sharoitda vujudga kyelgan va avloddan-avlodga o`tib boradigan g`oya, 
dunyoqarash, urf-odat, tartib va xulq-atvor mye’yori bo`lib, bu yaxshi urf-odat, 
jamoa hayotiga mutsahkam o`rnashib qolgan ijobiy tajribalardir. Guruh 
jamoasining foydali ish faoliyati, agar u takrorlanib tursa va odat tusiga kirib qolsa, 
bu faoliyat an’anaga aylanadi. Masalan, turli bayramlarni nishonlash, sobiq 
maktabdoshlar bilan uchrashuvlar o`tkazish, guruh an’analarini rivojlantirish, 
qat’iyan ma’naviy-axloqiy qoidalarga asoslanishi kyerak.
YOshlarga maqsadli talablar qo`yish va ularning amalga oshishini nazorat 
qilish o`spirinlar jamoasining jipslashuvida muhim ahamiyat kasb etadi. Maqsadli 
talablar ularda javobgarlik munosabatini, axloqiy odatlarni tarkib toptirishga, 
mutsahkam an’analar yaratishga yordam byeradi. Oila, o`quv muassasasi va 
jamoatchilik hamkorligi asosida ish olib borishga yordam byeradi. SHaxsning 
axloqiy sifatlariga oilaviy tarbiya orqali asos solinadi, shakllantiriladi. Lyekin 
oilaning o`zi komil insonni tarbiyalay olmaydi. Vazirlar mahkamasining 2002 
yil 16 maydagi 162-sonli Qarori bilan mahalla pyedagog-tarbiyachisi
lavozimining tashkil etilishi, bu aloqalarni yanada mutsahkamlash va samarali 
bo`lishiga olib kyelmoqda. Mahallaning o`quv maskani va ota-onalar bilan 
hamkorligi yanada kuchaymoqda. Mahalla pyedagogi hududdagi yoshlar va 
voyaga yetmaganlar orasida turli huquqbo`zarliklar va jinoyatlarning oldini olish 
borasida katta ishlar olib bormoqda. 
Ota-onalar uchun pyedagogik maslahatlar uyushtirish lozim, bunda o`quv 
dargohlarida yiliga 3-4 marta pyedagogik konsultatsiyalar tashkillashtirish 
maqsadga muvofiqdir, bundan tashqari, guruh rahbarlari har bir ota-ona bilan 
yaqindan muloqotda bo`lishi ularni ma’nan sog`lom tarbiyalashda muhim 
ahamiyat kasb etadi. 


41 
Guruh rahbari har bir o`quvchining yashash tarzi, ularning qiziqishlari, 
motivlar doirasini, o`quv mashg`ulotidan so`ng muloqotga kirishish guruhlarigacha 
axborotni atroflicha o`rganishi kyelajakda yoshlar xulqida namoyon bo`ladigan 
nyegativ nuqsonlarni korryektsiyalashda qo`l kyeladi. 
O`quv maskanida pyedagoglar tomonidan olib boriladigan tarbiyaviy 
faoliyat oilaviy tarbiyani to`ldiradi va boyitadi. Tajribaning ko`rsatishicha, o`quv 
maskanining ota-onalar bilan aloqalari bo`zilishi mazkur dargohning tarbiya 
jarayoniga ham, oilaning turmush tarziga ham salbiy ta’sir ko`rsatadi. SHunday 
qilib, yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda o`quv maskanining oila va 
jamoatchilik bilan aloqalarini yo`lga qo`yish muhim va shartdir. 

Download 496,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish