Ko’krak qafasi shakli - Ko`krak qafasining shakli bolaning yoshi ortishi bilan o`zgarib turadi. Bolaning bir yoshida ko`krak qafasi konus shaklida bo`ladi. Bolaning 12-13 yoshlarida uning shakli katta odamnikiga o`xshash bo`ladi. Ko`krak qafasining jinsiy farqi 15 yoshdan boshlanadi. Nafas olganda o`g`il bolalarda ko`krak qafasidagi pastki qovirg`alar qiz bolalarda esa yuqorigi qovirg`alar ko`tariladi. Ko`krak qafasining aylanasida ham jinsiy farq sеziladi. 3 yoshdan 10 yoshgacha ko`krak qafasining aylanasi 1 yilda 1-2 sm., jinsiy voyaga yetish davrida esa 11 yoshdan boshlab, 2-5 sm. ga ortadi. Jinsiy voyaga yetish davrida yoz va kuz oylarida ko`krak qafasining aylanasi tez o`sadi. Uning rivojlanishi skеlеt muskullariga ham bog`liq. Suzish, qayiq haydash yaxshi ta'sir ko`rsatadi. Bolani partaga noto`g`ri o`tkazish, partaga ko`kragini tirab o`tirish natijasida ko`krak qafasi dеformatsiyalanadi. Bundan tashqari turli raxit, o`pka shamollashi ham uning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi.
Uch xil ko’krak qafasi shakli farq qilinadi-konussimon, silindrik, yassi. Konussimon ko’krak qafasi asosan sportning og’ir atletika va suzish turlari bilan shug’ullangan, muskullari yaxshi rivojlangan odamlarda bo’ladi. Yassi ko’krak qafasi muskullari yaxshi rivojlanmagan odamlarda kuzatiladi. Silindrik ko’krak qafasi normal hisoblanadi. - Uch xil ko’krak qafasi shakli farq qilinadi-konussimon, silindrik, yassi. Konussimon ko’krak qafasi asosan sportning og’ir atletika va suzish turlari bilan shug’ullangan, muskullari yaxshi rivojlangan odamlarda bo’ladi. Yassi ko’krak qafasi muskullari yaxshi rivojlanmagan odamlarda kuzatiladi. Silindrik ko’krak qafasi normal hisoblanadi.
Qaddi-qomat - Har bir odam tanasini o'zi odatlangan holatda erkin tutishi qad-qomat deb ataladi.
- Odam tik tura olishi va tik yurishi munosabati bilan umurtqa pog'onasining to'rtta egriligi bor va u oyoqlarning yirik bo'g'imlari bilan amalda bir chiziqda joylashadi, ana shuning uchun odam muvozanatni saqlaydi. Tug'ilishda umurtqa pog'onasining dumg'aza bo'limida faqat bitta egrilik bo'ladi, so'ngra yana uchta egrilik hosil bo'ladi. Bo'yin egriligi qavariq tomoni bilan oldinga chiqib turadi (lordoz) va bola kallasini tutgandan keyin paydo bo'ladi. Bu bola hayotining uchinchi oyiga to'g'ri keladi. So'ngra bola o'tiradigan va yuradigan bo'lganda bel egriligi paydo bo'ladi. Bu ham qavariq tomoni bilan oldinga chiqib turadi. Nihoyat, 3-4 yoshga kelib, qavariqligi orqaga chiqib turgan ko'krak egriligi hosil bo'ladi (kifoz). 7 yoshgacha egrilikdar hali unchalik mustahkam bo'lmaydi va yotgan joyida to'g'rilanishi mumkin. Bel egriligi qariyb 12 yoshga kelib uzil-kesil shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |