25
Javob:
Shimoliy Yevropa davlatlari: Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya, Islandiya,
Daniya, Estoniya, Litva, Latviya. Islandiya poytaxti-Reykyavik shahrining geogarfik
koordinatalari: 64°00' shimoliy kenglik, 21°55' g’arbiy uzoqlik.
20-BILET
1.
Lotin Amerikasi: geografik o‘rni, siyosiy xaritasi va aholisi.
Javob:
Dunyoning yirik siyosiy-geografik mintaqalaridan biri – Lotin Amerikasi –
Yerning G‘arbiy yarimsharida joylashgan bo‘lib, Amerika qit’asidagi AQSH, Kanada
davlatlari va Grenlandiya orolidan tashqari barcha mamlakatlarni o‘z ichiga oladi.
Aholisining aksariyat qismi qadimgi lotin tili negizida vujudga kelgan ispan va
portugal tillarida so‘zlashayotganligi bois bu mintaqa Lotin Amerikasi deb ataladi.
Lotin Amerikasining siyosiy xaritasida hozirgi kunda 33 ta mustaqil davlat hamda
qator mustamlakalar mavjud. Uning hududida bir necha kichikroq mintaqalar ham
ajratiladi. Jumladan, Shimoliy Amerika materigining AQSHdan janubdagi qismi va
Karib dengizidagi orol larda joylashgan davlatlar O‘rta Amerika (Mezoamerika)
mintaqasini tashkil etadi. Bu regiondagi davlatlar orasida hududi, aholisi va iqtisodiy
salohiyati bilan Meksika alohida ajralib turadi. O‘rta Amerika ning Meksikadan
boshqa davlatlari Karib dengizi akvatoriyasi, uning tabiiy resurslari va transport
yo‘llari bilan tarixan chambarchas bog‘liqligi sababli, Karib havzasi davlatlari deb
ham yuritiladi. Materikda, Meksikadan janubi-sharqqa tomon joylashgan 7 ta davlat
(Beliz, Gvatemala, Salvador, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika, Panama) Markaziy
Amerika deb nomlanadi. Karib dengizidagi 13 ta orol mamlakatlar, o‘z navbatida,
Vest-Indiya umumiy nomi ostida birlashtiriladi. Janubiy Amerika materigida esa 12
ta mustaqil davlat va 1 ta mustamlaka (Fransiya Gvianasi) joylashgan. Janubiy
Amerikada Lotin Amerikasidagi okeanga chiqish imkoniyati bo‘lmagan 2 ta davlat
joylashgan bo‘lib, bular Boliviya va Paragvaydir. Lotin Amerikasi davlatlarida, 2017-
yil holatiga, jami 650 millionga yaqin aholi yashaydi, va bu Yer shari aholisining 8,5
foizini tashkil qilmoqda. O‘tgan asrda Lotin Amerikasida aholining tabiiy ko‘pa yishi
“demografik portlash” bosqichini kechirib, mintaqa aholisi va u ning jahon aholisi
tarkibidagi ulushi yuqori sur’atlar bilan o‘sib kelgan. Hozirgi davrga kelib esa, Lotin
Amerikasi mamlakatlari tug‘ilishda rajasi asta-sekin pasayishi bilan tavsifl anadigan
demografik o‘tish ning 3-bosqichini kechirmoqda. Kuba, Urugvay va Argentina esa
geografik o‘tish jarayonini yakunlab, aholi tabiiy ko‘payishining past darajasi bilan
ajralib turibdi. Aholi soni jihatidan mintaqada Braziliya (206 mln, 2016-y., jahon
bo‘yicha 5-o‘rin) va Meksika (121 mln, 2015-y., jahon bo‘yicha 11-o‘rin) yetakchilik
qilmoqda. Shuningdek, Kolumbiya, Argentina, Venesuela va Peru kabi
mamlakatlarning aholisi soni 20–50 mln kishi oralig‘ida. Shu vaqtning o‘zida, Vest-
Indiyadagi ayrim “mitti” orol dav latlarida aholi soni 0,5 mln kishiga ham yetmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: