O’quv yilida umumiy o’rta ta’lim maktablarining



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/35
Sana22.07.2022
Hajmi1,19 Mb.
#840024
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
10-sinf geografiya fanidan imtihon javoblari-2021.



 
 
 
 

2020 - 2021 – O’QUV YILIDA 
UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARINING
10-SINF O’QUVCHILARI UCHUN GEOGRAFIYA FANIDAN
BO’LIB O’TADIGAN BOSQICHLI
IMTIHON MATERIALLARINING JAVOBLARI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
! Mustaqil shug’ullanish uchun tayyorlandi 
2021-yil 



@geografiya_test_video_slayd
 
1-BILET 
1.
 
Geografiya fanlari tizimi va uning tarkibi. 
Javob:
Ma’lumki, geografiya fani ikkita yirik tarmoq – tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy 
geografiyaga bo‘linadi. Birinchisi geografik qobiq, uning komponentlari va Yer 
yuzidagi geotizimlarni tadqiq etsa, ikkinchisi dunyo, uning mintaqa va mamlakatlari, 
shahar va qishloqlari miqyosida aholi, uning yashash tarzi va madaniyati, ishlab 
chiqarish sohalari, siyosiy voqea-hodisalarni o‘rganadi. Geografik bilimlar qamrovi 
va hajmining kengayishi, fanning ilmiya-maliy ahamiyatining chuqurlashuvi 
natijasida tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografiya tarkibida bir nechta mohiyatan 
torroq fan va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari shakllandi. Jumladan, tabiiy geografiya 
doirasida alohida tabiat komponentlarini atrofl icha o‘rganadigan fanlar shakllanib, 
mustaqil fan sifatida rivojlanmoqda: geomorfologiya (Yer yuzi relyef ni o‘rganadi), 
iqlimshunoslik (iqlim xususiyatlarini o‘rganadi), gidrologiya (gidrosferani o‘rganadi, 
okeanologiya va quruqlik gidrologiyasiga bo‘linadi), glyatsiologiya (qor va 
muzliklarni tadqiq etadi), geokriologiya (ko‘p yillik muzloq yerlarni o‘rganadi), 
tuproqlar geografiyasi (tuproqlarning tarqalishini o‘rganadi) va biogeografi ya (tirik 
organizmlarning Yer yuzida tarqalishini o‘rganadi, geobotanika va zoogeografi yaga 
bo‘linadi). Sayyoraviy ahamiyatga ega tabiiy Geografik jarayonlarni va Geografik 
qobiqni bir butun yaxlit tizim sifatida umumiy tabiiy geografi ya o‘rganadi. Kichik 
hududlar tabiatining tuzilishi va xususiyatlarini tadqiq qiluvchi landshaftshunoslik 
fani ham tabiiy Geografik fanlar qatorida alohida ajralib turadi. Tabiatga inson 
xo‘jalik faoliyati ta’sirining kuchayishi munosabati bilan vujudga kelgan 
geoekologiya fani atrof tabiiy muhitda ro‘y berayotgan o‘zgarish va ekologik 
muammolarni geotizimlar doirasida tadqiq etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya 
doirasida ham shunga o‘xshash tarmoqlanish jarayoni rivojlanib bormoqda. Buning 
natijasida, aholi geografi - yasi, shaharlar geografiyasi (geourbanistika), siyosiy 
geografi ya (jahon siyosiy xaritasi, davlat chegaralari, siyosiy munosabat va 
jarayonlarni o‘rganuvchi fan), sanoat geografiyasi, qishloq xo‘jaligi geografiyasi, 
transport geografiyasi, turizm geografiyasi, xizmat ko‘rsatish sohasi geografiyasi, 
etnogeografi ya (xalqlar geografiyasi), din geografiyasi va boshqa Geografik fanlar 
vujudga kelgan. Shu bilan birga, ijtimoiy-iqtisodiy Geografik fanlar ichida jahon 
iqtisodiyoti va xalqaro mehnat taqsimotini o‘rganuvchi jahon xo‘jaligi geografiyasi 
hamda dunyo mamlakatlarini har tomonlama tadqiq etadigan mamlakatshunoslik kabi 
keng qamrovli fanlar ham rivojlanmoqda. Yuqoridagilardan xulosa chiqarib aytish 
mumkinki, geografiya hozirgi davrda maqsad va vazifalari, o‘rganish obyekti va 
predmeti o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta fanlardan iborat bo‘lgan fanlar tizimiga 
aylandi.

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish