O’quv yili uchun o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan m a ‘ ruzamatn I barcha yo’nalishlar uchun namangan 2020



Download 3,35 Mb.
bet56/60
Sana04.08.2021
Hajmi3,35 Mb.
#138428
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
ТАРИХ МАРУЗА МАТНЛАРИ

Ta‘lim tizimidagi islohotlar. Maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaritldi. Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Boshlang‘ich ta’lim muassasalariga qator imtiyozlar berildi, shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi malaka oshirish institutlarida ta’lim mazmunini sifat jihatdan tubdan o‘zgartirildi, ularni eng ilg‘or oliy ta’lim muassasalari tarkibiga o‘tkazish orqali umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga eng bilimli va tajribali professor-o‘qituvchilar ta’lim berishiga erishish uchun amaliy harkatlar olib borilmoqda. 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalarini attestatsiya qilish boshqarmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tashkil etildi. Uning vazifalariga O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalari reytingini tuzish va rasman e’lon qilish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini ta’minlash, dunyoning yetakchi reyting tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va milliy oliy ta’lim muassasalarining ushbu reytinglarga kirishiga har tomonlama ko‘maklashish va hokazo.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 16 avgust kuni umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani ta’minlagan holda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikning borishi, 11 yillik o‘rta ta’lim tizimini joriy etish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan isloh qilish, yangi ochilgan oliy ta’lim muassasalari, filiallar faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq ishlar holati bilan yaqindan tanishdi va umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini o‘z xohishiga ko‘ra 10-sinfda o‘qishini davom ettirishi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qamrab olish tartibi joriy etildi. 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab


10-sinflarda dars beradigan 116 ming nafar o‘qituvchining kasbga oid bilimlarini yangilash va chuqurlashtirish maqsadida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PF-5763-son “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining asosiy vazifalari quyidagicha belgilandi: Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va chet tillarini chuqur o‘zlashtirgan kadrlarni tayyorlashning yuqori darajasi va sifatini ta’minlash, idoraviy mansubligidan qat’i nazar barcha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘quv-pedagogik va ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish, mutaxassislar tayyorlash sifati, ta’lim mazmuni va darajasini davlat ta’lim standartlari va malaka talablariga mosligini ta’minlash, ta’limning yangi pedagogik texnologiyalari va o‘qitish uslublarini joriy etishning xalqaro amaliyotga muvofiq ta’lim jarayonini tashkil etish, o‘quv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish, o‘qitishning zamonaviy shakllari va axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalarini joriy etgan holda o‘quv jarayonini sifat jihatidan yangilash, iqtisodiyot tarmoqlari, fan va ijtimoiy sohani rivojlantirish ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini optimallashtirish, ishlab chiqarish va boshqa korxonalarda talabalar amaliyotini tashkil etish kabi vazifalarni bajarish kabi vazifalar kiradi.

Bundan tashqari uning vakolatiga oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ma’naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, yoshlarni mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yot g‘oya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash, oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro mustahkam integratsiyasini ta’minlash, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarni keng jalb etish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ta’lim muassasalarini zimmasiga yuklangan vazifalarni yuqori professional darajada bajarishga qodir rahbar va pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ularni tizimli rag‘batlantirish choralarini ko‘rish, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksiz tizimini tashkil etish va takomillashtirish, ularning kasbiy mahorati sifati va darajasini muntazam oshirib borishi uchun sharoitlar yaratish, xorijiy davlatlarda malaka oshirish va stajirovka o‘tashni tashkil etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali talabalar, o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilarning jahon ta’lim resurslari, ilmiy adabiyotlar elektron katalogi va ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish kabi vakolatlarga ega.

O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro kelishuv bo‘yicha qo‘shma dasturlar (fakultetlar va akademik dasturlar) hamda filiallar (markazlar) shaklida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan chet el oliy ta’lim muassasalari ularning O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirayotgan oliy ta’lim faoliyati doirasida olingan daromadlari bo‘yicha barcha turdagi soliqlar, shuningdek chet ellik xodimlarning mehnatiga haq to‘lash fondi qismi bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov to‘lashdan ozod etildi. Oliy ta'lim tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlash jarayonini yanada jadallashtirish bo‘yicha Prezidentimiz va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va “yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. Mazkur hujjatlar ijrosi doirasida oliy ta'lim muassasalarining yirik ishlab chiqarish korxonalari, davlat tashkilotlari, tadbirkorlik sub'ektlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.

2018-2020 yillarda yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik natijasida mamlakatimizda yangi oliy ta'lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi, 30 dan ortiq o‘quv yurtida xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma diplom dasturlari doirasida kadrlar tayyorlanmoqda. Oliy ta'lim tizimini zamonaviy usullar yordamida samarali boshqarish, sohada moddiy-texnik bazani kuchaytirish, o‘quv-metodik ishlarni takomillashtirish bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rishimiz zarur. Kadrlar buyurtmachilari hisoblangan iqtisodiyot tarmoqlarining real eqtiyojidan kelib chiqib, oliy ta'lim tizimini rivojlantirishning strategiyasini belgilash, davlat ta'lim standartlari va malaka talablarini qayta ishlab chiqish, talabalarning malakaviy amaliyotini samarali tashkil etish lozim ekanligi president tomonidan alohida ta’kidlandi. 2019 yil mobaynida 66 nafar xorijiy olimlar va amaliyotchilar ta’limga jalb etilganligi ta‘kidlash zarur. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim sifatini ta’minlashda bugungi globalizatsiya jarayonlariga qo‘shilish, jahon hamjamiyatiga integratsiya qilish mamlakatimiz kelajagi uchun juda muhim hisoblanadi.


Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish