O’quv yili uchun o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan m a ‘ ruzamatn I barcha yo’nalishlar uchun namangan 2020



Download 3,35 Mb.
bet59/60
Sana04.08.2021
Hajmi3,35 Mb.
#138428
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
ТАРИХ МАРУЗА МАТНЛАРИ

Logistika indeksi. Har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida uning qon tomiri bo‘lgan logistika tizimi juda muhim ahamiyatga ega. Samarador logistika tizimi ichki bozorda tayyor mahsulot va xom-ashyo harakatini optimallashtirish orqali tovar va xizmatlarning xaridorlar uchun qulay sharoit va arzon narxlarda yetkazib berilishini ta’minlaydi, bozordagi raqobatni rag‘batlantiradi. Tashqi bozorda esa mamlakatning iqtisodiy raqobatbardoshligini oshiradi va jahon iqtisodiyotiga integratsiya jarayonini tezlashtiradi. Rivojlanib borayotgan mamlakatimiz uchun samarador logistika tizimini tashkil qilish juda ham muhim.

O‘zbekiston logistika samadorligining (LPI) dunyo miqyosidagi o‘rni

Jahon Banki tomonidan 2018 yilda chop etilgan logistika samaradorligi hisobotida O‘zbekiston 160 davlat orasida 99-o‘rinni egalladi. Hisobotni ishlab chiqishda bojxona samaradorligi, transport infratuzilmasi sifati, xalqaro tashimalarni tashkil qilish osonligi, soha mutaxassislarining bilim va salohiyati, yuklarni kuzatish imkoniyati va yuklarni o‘z vaqtida yetkazish darajasi kabi me’zonlar hisobga olingan. Afsuski mintaqamiz LPI darajasi maqtanarli darajada emas. Bu borada respublikamiz mintaqada Qozog‘istondan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi. Quyida LPI reytingida birinchi o‘rinni egallagan Germaniya va O‘zbekistonning me’zonlar bo‘yicha farqini ko‘rishingiz mumkin:

Natijalarga qaraydigan bo‘lsak, sohani rivojlantirish uchun hali juda ham ko‘p ishlar qilinishi kerakligini tushunish qiyin emas. Bunda asosan chegara va mamlakat hududiga bojxona jarayonlari samaradorligini oshirish, soha mutaxassislarini ko‘paytirish, tizimga innovatsion yondashuvni tatbiq qilish muhim. Logistika samaradorligining iqtisodiyotga ta’siri. Logistika samaradorligini oshirish transport-jo‘g‘rofiy noqulay joylashgan va eng arzon transport turi bo‘lgan dengiz portlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, hatto chegaradosh davlatlar orqali ham chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan bizning mamlakatda ayniqsa dolzarbdir.

Respublikamiz eksportining katta qismini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xom-ashyo tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish mahsulotlari (manufactured goods) qaraganda transport birligiga nisbatan (masalan bir tonna paxta va bir tonna tayyor yuqori sifatli to‘qimachilik mahsuloti) juda arzondir. Bundan kelib chiqadiki, eksport mahsulotlarimizning so‘nggi narxlarida transport xarajatlarining foiz ulushi yuqori va bu logistika samaradorligi iqtisodiyotimizda rivojlangan davlatlarga taqqoslaganda muhimroq ekanligini anglatadi. Logistika samaradorligini yaxshilash nima uchun aynan bugungi kunda dolzarb?. Ba’zi rivojlangan davlatlar oxirgi yillarda iqtisodda proteksionizm siyosatini olib borayotgan bo‘lsalar-da (masalan AQSHning hozirgi hukumati), amalda dunyo iqtisodiyotida globallashuv jarayoni sekinlashgani yo‘q. Dunyo bozorida katta o‘zgarishlar nafaqat O‘zbekistonning, balki butun mintaqamizning ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga tayyor bo‘lishlarini talab etadi. Dunyo hamjamiyatida mavqei o‘sib borayotgan Xitoy, Hindiston kabi davlatlarning global iqtisoddagi o‘rni ham oshmoqda. Mintaqamizning Osiyoni Yevropa bilan bog‘lagan muhim transport karidorining markazida ekanligi biz uchun ham chorlov va ham imkoniyat bo‘lib hisoblanadi. Bir Makon — bir yo‘l kabi loyihalar hamkorlar bilan birgalikda infratuzilmamizni yaxshilashga, transport va logistikaga aloqador bir qancha sohalarni rivojlantirishga imkoniyat, shu bilan birga mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun raqobatbardoshlikni oshirish yo‘lida sinov bo‘ladi.

O‘zbekistonning tranzit davlati sifatidagi o‘rni

Respublikamiz mintaqamizdagi eng yaxshi transport infratuzilmasiga ega. Davlatimiz hududidan 42530 km avtoyo‘l, 4500 km temir yo‘li (har 10000 km ga 150 km) o‘tadi va mamlakatimizni mintaqaning muhim transport koridorlariga ulaydi. O‘zbekistonning tranzit davlati sifatida ayniqsa Afg‘oniston Islom Respublikasiga (Trans-Afg‘on xalqaro transport karidori) kirish va Afg‘oniston orqali Bandar Abbos va Chobahor portlariga chiqish imkoniyati Tojikiston Respublikasiga kirishi muhim hisoblanadi. Mohiyati yildan yilga ortib borayotgan Andijon- O‘sh — Saritosh — Irkeshtom — Qashqar koridori dunyo tarixidagi eng buyuk loyihalardan bo‘lgan va Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan taklif qilingan «Bir makon — bir yo‘l» (Belt and Road Initiative — BRI) da munosib qatnashish uchun va Xitoyni mamlakatimiz hududidan o‘tuvchi yo‘llar orqali boshqa mintaqalar bilan bog‘lash xizmat qiladi. Xitoyning TIR konventsiyasiga qo‘shilishi, Qirg‘iziston orqali Xitoydan O‘zbekistonga avtotransport orqali amalga oshirilgan ilk transport tranzit davlati sifatidagi potentsialimiz yuqoriligidan dalolatdir. Bu potentsialdan foydalangan holda Turkmaniston orqali Eron va Turkiyaga, Kavkaz davlatlariga, Bojxona Ittifoqi davlatlari orqali Yevropaga chiqishimiz mumkin. Bu imkoniyatlar ayniqsa iqtisodimiz uchun bevosita va bilvosita ishlab chiqarish, transport, infratuzilma, turizm sohalarida minglab ish o‘rinlari yaratishi mumkin. O‘zbekiston Logistika samaradorligi indeksida 168 mamlakat orasida 117-o‘rinni egalladi. Tadqiqot Jahon bankining saytida e’lon qilindi.

Logistika samaradorligi indeksini (LPI) o‘z ichiga olgan «Raqobatbardoshlikni oshirish uchun aloqalarni o‘rnatish» hisoboti har ikki yilda bir marta e’lon qilinadi. Unda 168 davlat reytingi bo‘lib, milliy va xalqaro bozorlarga kirishni ta’minlovchi ta’minot zanjirlari samaradorligi o‘lchanadi. Germaniya eng yuqori samaradorlik egasiga aylandi. Ta’minot zanjiri sohasida yetakchilik qiluvchi, yuqori daromadli mamlakatlar logistika samaradorligi reytingida eng yuqori o‘rinni egallaydi (Niderlandiya, Shvetsiya, Belgiya, Singapur, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Avstriya, Gonkong, AQSH). O‘zbekiston 117-o‘rinni egallab, Armaniston (116) va Zambiya (118) o‘rtasida joylashdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkich Qozog‘istonda - 77. Eng yomoni - Tojikiston (147) o‘rinlarni egallagan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev olib borayotgan uzoq istiqbolni ko‘zlovchi pragmatik siyosat natijasida keyingi qisqa davr mobaynida mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori ancha mustahkamlandi. Dadil islohotlar, kreativ yondashuvlar, kutilmagan qarorlar va shiddatli odimlar tufayli O‘zbekistonning tashqi siyosati jahon hamjamiyatining e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Xorijiy davlatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarimiz keskin kengayib, yurtimizning dunyo miqyosidagi ijobiy imiji shakllandi.

Davlatimiz rahbarining 2019 yil oxirida Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida ham tashqi siyosat borasida erishilgan yutuqlar ta’kidlanib, bu borada galdagi vazifalar sifatida dunyo hamjamiyatida O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishni oshirish, uning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash masalasiga alohida urg‘u berildi. Ta’kidlash joiz, bu o‘rinda O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslarda yuqori o‘rinlarni egallashiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki xalqaro reyting va indekslar dunyodagi institutsional muhitning sifatini baholash – iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti sifatida dunyoda umum qabul qilingan vosita hisoblanadi.

Bugunga kelib bu kabi reyting va indekslar nafaqat ekspertlar, balki davlatlar darajasida ham islohotlar va iqtisodiy siyosatning muvaffaqiyati mezonlari sifatida qo‘llanila boshlandi. BMTning Inson kamoloti indeksi (Human Development Index), Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksi (Global Competitiveness Index), Jahon bankining biznes yuritish reytingi (Doing Business) va shu singari boshqa qator omillar bo‘yicha natijalar davlatlarda, shu jumladan O‘zbekistonda turli darajadagi dasturlar ishlab chiqilishida maqsadli yo‘nalish sifatida xizmat qilmoqda.

Jahon miqyosidagi xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy reytinglar orasida, birinchi navbatda, Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingini qayd etish lozim. “Biznes yuritish” reytingi hisoboti Jahon bankining har yili o‘tkazadigan tadqiqotlari natijasi hisoblanib, unga ko‘ra, 190 mamlakatda 10 ko‘rsatkich bo‘yicha biznes yuritish qulayligi baholanadi. Hisobot kichik va o‘rta biznesning hayotiy faoliyati davomida uni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni baholashga, amaliyotda qo‘llash tartibiga yo‘naltirilgan. Ushbu hisobot Jahon banki tomonidan 2003 yildan beri tayyorlanib kelinadi va har yili kuzda e’lon qilinadi.

Quvonarlisi shundaki, keyingi 5 yil davomida “Biznes yuritish” reytingida O‘zbekiston jahonning 190 mamlakati orasida 2012 yildagi 166-o‘rindan 2017 yilda 74-o‘ringa ko‘tarilib, biznes yuritish uchun eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish ko‘rsatkichi bo‘yicha islohotchi mamlakatlarning birinchi o‘ntaligidan joy oldi. O‘zbekiston 2022 yilgacha Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotidagi jahon mamlakatlarining birinchi yigirmataligi darajasiga mos keladigan eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga intilmoqda. Bu maqsad Prezidentimizning 2018 yil 13 iyuldagi “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z ifodasini topgan.

Biroq, shu kunga qadar bizda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha milliy reytinglarni yuritishga yordam beradigan, amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro mezonlar va standartlarga muvofiqligini baholashning yaxlit tizimi yaratilmagani sababli mamlakatimiz xalqaro reytinglarda pastki o‘rinlarni egallab kelayotganini ham yodda tutishimiz lozim. Misol uchun, BMT tomonidan ishlab chiqilgan, inson salohiyatining asosiy xususiyatlari sifatida turmush darajasini, savodxonlikni, ta’limni va uzoq umr ko‘rishni o‘zaro taqqoslash va baholashni o‘z ichiga oluvchi Inson kamoloti indeksida O‘zbekiston o‘tgan yili 189 davlat orasida 105-o‘ringa munosib topilgan. Vaholanki, bu hisobotda Rossiya Federatsiyasi – 49, Qozog‘iston – 59-pog‘onada turibdi. Yoki Meros jamg‘armasining Iqtisodiy erkinlik indeksi bo‘yicha 2016 yilgi hisobotida O‘zbekiston 178 davlat ichida 166-o‘rinni band qilib, erkin iqtisodiyotga ega bo‘lmagan davlat sifatida baholangan. Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksida esa, O‘zbekiston mavjud emas.

Shunday ekan, mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishning ishonchli bazasini yaratish va aholi farovonligini oshirish biz uchun, hozirgi kundagi jahon iqtisodiyotidagi zamonaviy jarayonlar fonida, ayniqsa, dolzarb ahamiyatga ega. Binobarin, investitsiyalar oqimini sezilarli darajada oshirish, institutsional va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasidagi muammolarni hal qilishning samarali usullaridan biri bu yurtimizning umume’tirof etilgan xalqaro reytinglarda faol ishtirokini ta’minlash va ushbu tadqiqotlarda muayyan natijalarni qo‘lga kiritishdir. Bu, o‘z navbatida, nafaqat O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchning ortishiga, balki dolzarb masalalarni aniq belgilab olib, eng maqbul xalqaro amaliyotga asoslangan biznes va innovatsion faoliyat sharoitlarini shakllantirish borasida ham muvaffaqiyat omili bo‘ladi. Shuning uchun ham 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish” nazarda tutilgan.

Prezidentimiz tomonidan 2019 yil 2 iyunda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qaror bu yo‘nalishdagi islohotlarning yana bir yangi bosqichini boshlab berdi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini monitoring qilish va baholash milliy tizimi yaratildi. Milliy monitoring tizimini tashkil etishning dastlabki bosqichi sifatida tadqiqot institutlariga xalqaro reytinglar biriktirilib, ular zimmasiga xalqaro reytinglarning metodologik va boshqa tarkibiy qismlarini aniqlash, ularni amaldagi qonunchilikka implementatsiya qilish, O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi past ko‘rsatkichlariga sabab bo‘layotgan asosiy omillarni aniqlash vazifasi yuklatildi. Shuningdek, joriy yil 1 apreliga qadar internet tarmog‘ida “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali ishga tushirildi. Mazkur portalda xalqaro reytinglar bo‘yicha yillik hisobotlar, shuningdek, hisobotlarni o‘rganish va e’lon qilish muddatlarini ko‘rsatgan holda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning tavsiyalari yoritib borilmoqda. O‘z navbatida, O‘zbekistonning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasiga asoslangan reytinglar metodologiyasi tasdiqlanib, mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o‘rnini, shu jumladan, tadqiqot institutlarining ma’lumotlari va o‘rganish natijalarini hisobga olgan holda yaxshilash bo‘yicha har yili «Yo‘l xaritalari» ishlab chiqiladi.

Albatta, ushbu Qaror ijrosini ta’minlashda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ham faol ishtirok etadi. Ya’ni, markazning dasturiy maqsad-vazifalaridan kelib chiqqan holda, mamlakatimizning jahon reytinglaridagi rivojlanish jarayoni to‘g‘risidagi axborotlarni, shuningdek, baholanayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar va xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘z ichiga olgan axborot-ma’lumotlar bazasini yaratish, ustuvor xalqaro reytinglardagi o‘rnimizni yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan mavjud muammolarning tizimli tahlilini olib borish, ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish bu yo‘nalishda ustuvor vazifamiz hisoblanadi. Shu bilan birga, xalqaro tashkilotlar, reyting agentliklari va ilmiy muassasalarning ekspertlari bilan hamkorlik o‘rnatish va konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yish, tegishli tarmoqlardagi muammolarni aniqlash va ahvolni o‘rganish uchun ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish, keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish doirasida turli sohalarda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar to‘g‘risida jamoatchilik va xalqaro reyting agentliklarini xabardor qilish ishlariga o‘z hissamizni qo‘shamiz.

Albatta, ushbu Qarorda belgilangan vazifalarni to‘liq bajarilishi qayd etildi.Qarorda qayd etilgan xalqaro reyting va indekslarda yetishmayotgan va mavjud bo‘lmagan ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekistonda statistik hisobotlar (ma’lumotlar) bazasini shakllantirish joriy qilindi. Mamlakatimiz har bir xalqaro reyting yoki indeksda aniq raqam ko‘rsatkichlari ko‘rinishida ko‘zlayotgan manzilli maqsadlar belgilandi. Ustuvor xalqaro reytinglar va indekslar, ularning tarkibiy qismlarini, shu jumladan, tartibga solish ta’sirini baholashning umumiy printsiplari doirasida boshqarish amaliyotida tahlil qilish va hisobga olishni ta’minlaydigan usullarni ishlab chiqildi. Reyting tashkilotchilari bilan konstruktiv aloqalarni o‘rnatilib, shu jumladan, metodologik masalalar, tahliliy axborot almashish, shuningdek, tavsiyalar olib borish yo‘lga qo‘yildi.

Yana shuni ham qayd etish lozim, mamlakatimizda xalqaro reyting va indekslarda ildamlash maqsadida, ushbu reyting va indekslar doirasidagi indikatorlar bilan cheklanib qolmay, balki parallel ravishda Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan barcha sohalardagi vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorning rolini kuchaytirish, sud-huquq tizimini yanada liberallashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish va boshqa masalalarda qator chor-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tadbiq qilinib kelinmoqda. Ayniqsa, kichik biznes sub’ektlarining muammolarini hal etishda sudlar tomonidan adolat o‘rnatish, iqtisodiy sudlar faoliyatini takomillashtirish, umuman, aholining sud-huquq tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash davlat faoliyatida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

Xulosa o‘rnida alohida ta’kidlash kerakki, birgina 2017 yilning o‘zida davlatimiz rahbarining o‘ndan ortiq muhim xalqaro tashabbusi to‘liq amalga oshirildi. Masalan, AQSH Davlat departamenti O‘zbekistonni “Diniy erkinlikni tizimli, davomiy va jiddiy ravishda buzishda ishtirok etuvchi mamlakatlar ro‘yxatidan” chiqardi. Yoxud 2018 yil oxirida BMT Bosh assambleyasining yalpi sessiyasida «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyutsiyaning qabul qilinishi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan xalqaro tashabbusning dunyo hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanganligining yaqqol isbotidir.

Darhaqiqat, mamlakatimizda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish modellarini ishlab chiqish, dunyoning yetakchi xalqaro tahlil va ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlash orqali O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijini yanada yuksaltirish dolzarb masaladir. Bu borada samarali va keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, milliy turistik brendni yaratish, xorijiy nodavlat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishish, xalqaro tashkilotlar vakillarini yurtimizga taklif qilish va ularni yuz berayotgan o‘zgarishlar bilan tanishtirish kabi jihatlar alohida o‘rin tutadi. “World Justice Project” xalqaro nohukumat tashkilotining 2019 yil yakunlari bo‘yicha 2020 yil uchun Huquq ustuvorligi indeksi e’lon qilindi. Ta’kidlash joizki, mazkur indeksning qamrovi yildan yilga kengayib bormoqda. Xususan, 2018 yilda 119 mamlakat qamrab olingan bo‘lsa, 2019 yilda 126 mamlakat, 2020 yilda esa 128 mamlakat baholandi.

2020 yilgi Indeksda O‘zbekiston Respublikasi maksimal 1 balldan 0,47 ball to‘plagan va 128 ta davlat ichida 92-o‘rinni egallagan va o‘tgan yilgi indeksdan 4 pog‘ona yuqori natijani ko‘rsatgan. Ta’kidlash joizki, joriy yilda O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida eng yaxshi ijobiy o‘zgarishni qayd etdi.

Mazkur indeks Indeks 8 ta indikatorni qamrab oladi va unda O‘zbekistonga quyidagi ballar berilgan:

hukumat vakolatlarini cheklash – 0,33;

korruptsiyadan holilik darajasi – 0,40;

hukumatning ochiqligi – 0,33;

fundamental huquqlar – 0,41;

tartibot va xavfsizlik – 0,90;

qonunlarga rioya qilish – 0,44;

fuqaroviy huquq sohasida odil sudlov – 0,51;

jinoiy huquq sohasida odil sudlov – 0,44.

Mazkur indikatorlar doirasida jami 44 ta subindikatorni o‘z ichiga oladi (ilova qilinadi).

O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari Indeksning 3 ta indikatori bo‘yicha, ya’ni hukumat ochiqligi komponenti bo‘yicha 0,31 dan 0,33 ballga, korruptsiyadan holilik darajasi bo‘yicha 0,38 dan 0,40 ballga, fundamental huquqlar komponenti bo‘yicha 0,39 dan 0,41 ballga oshgan.

Joriy yilda eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari quyidagi yo‘nalishlarda kuzatildi:

fundamental huquqlarning ta’minlanganligi indikatorining “shaxsiy hayotga o‘zboshimchalik bilan aralashmaslik” subindikatori bo‘yicha 0,28 ball (o‘tgan yili 0,20 ball);

hukumat vakolatlarini cheklash indikatorining “hukumat vakolatlarining mustaqil tekshiruvlar doirasida samarali cheklanishi” subindikatori bo‘yicha 0,37 ball (0,31 ball);

hukumatning ochiqligi indikatorining “shikoyat berish mexanizmi” subindikatori bo‘yicha 0,51 ball (0,46 ball), “axborot olish huquqi” subindikatori bo‘yicha 0,29 ball (0,25 ball);

korruptsiyadan holilik darajasi indikatorining “qonun chiqaruvchi hokimiyatning korruptsiyadan holilik darajasi” subindikatori bo‘yicha 0,46 ball (0,41 ball) “sud hokimiyatning korruptsiyadan holilik darajasi” subindikatori bo‘yicha 0,44 ball (0,40 ball);

jinoiy odil sudlov indikatorining “jinoiy odil sudlovning diskriminatsiyadan holiligi” subindikatori bo‘yicha 0,38 ball (0,34 ball).

O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, xalq bilan muloqot qilish mexanizmlarining takomillashtirish, davlatning statistika siyosatining holisligini ta’minlash yuzasidan ko‘rilgan choralar, jadal sur’atlarda amalga oshirilayotgan korruptsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlat dasturlari, Oliy Majlis palatalarida korruptsiyaga qarshi kurashish qo‘mitalarining tashkil etilganligi, har bir davlat tashkilotida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki dasturlarning ishlab chiqilayotganligi, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolarning keng ishtirokini ta’minlash mexanizmlarining takomillashtirib borilayotgani, fuqarolarning shaxsiy daxlsizligini ta’minlash, sud-tergov faoliyatida protsessual me’yorlarga rioya etilishi, sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibining takomillashtirilishi, so‘z va fikr bildirish imkoniyatlari kengayishi, vijdon erkinligining ta’minlanishi borasidagi islohotlarni mazkur natijalarga turtki bo‘lgan omil sifatida keltirib o‘tish mumkin.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning tub negizida inson huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarishdek aniq maqsad qo‘yilganligi hamda mazkur yo‘nalishdagi islohotlar izchil davom ettirilayotganligi, eng muhimi ularning natijasi Huquq ustuvorligi indeksini tuzish doirasida o‘tkaziladigan respondentlar va ekspertlar ishtirokidagi so‘rovlar natijasida aks etib borishi bilan kelgusi yillardagi Indekslarda ham O‘zbekistonning o‘rni yaxshilanib borishiga erishishga harakatlar olib borilmoqda. O‘z navbatida Adliya vazirligi tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar haqida fuqarolarga va xalqaro hamjamiyatga xolis ma’lumotlarni yetkazish bo‘yicha izchil sa’y-harakatlar amalga oshirilib kelinmoqda va bu yo‘nalishdagi ishlar davom ettiriladi. Zero, O‘zbekistonni dunyoga ko‘rsatish, xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yuksaltirish faqat va faqat xalqimiz farovonligi, mamlakatimizning barqaror taraqqiyoti hamda davlatimiz kuch-qudratining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.



Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish