O’quv yili uchun o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan m a ‘ ruzamatn I barcha yo’nalishlar uchun namangan 2020


Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy baqrikenglikni ta'minlash



Download 3,35 Mb.
bet53/60
Sana04.08.2021
Hajmi3,35 Mb.
#138428
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   60
Bog'liq
ТАРИХ МАРУЗА МАТНЛАРИ

Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy baqrikenglikni ta'minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalharo nufuzini mustahkamlashga etibor beriladi.

Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlanishi uni hayotga tatbiq etish samaradorligini oshiradi. Shu jiqatdan Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshiriladigan Davlat dasturida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilgan. Buning tub mohiyatida xalqqa har tomonlama qulaylik yaratish mujassam. Faoliyati aholi bilan ishlash, uning manfaatlarini ta'minlash bo‘lgan tuzilmalar yanada takomillashtiriladi. Bu jarayonda davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi sifatini tubdan yaxshilash, siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish kutilgan natijaga erishishda zarur vosita bo‘lishi shubqasiz.

Mamlakatimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotini belgilab beruvchi ushbu muhim hujjatda yoshi uluqlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari qayd etilgan. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshharish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, ularning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangan. 

Xalq bilan muloqotning bugungi kun talabi darajasidagi zarur omillaridan biri “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirishdir. Bu yo‘nalishda ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshiriladi. Buning uchun zarur barcha asoslar yaratilayotgani aholiga, tadbirkorlik sub'ektlariga katta qulayliklar taqdim etmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak, degan fikrlari faoliyatimizda muhim mezonga aylandi. Zero, sohamiz xodimlarining zimmasidagi vazifalarni bajarishga katta mas'uliyat bilan yondoshishi, ishlarni qonuniy muddatlarda ko‘rib chiqib, adolatli va asosli qarorlar qabul qilishi bugungi kun talabidir. 

Davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘qrisida»gi farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturida qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilgan. Jumladan, qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini ta'minlashi kerak bo‘lgan Oliy sud kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bunday chora-tadbirlar sudlarning odil sudlovni amalga oshirish, Fuqarolarning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta'minlash borasidagi faoliyati samaradorligini yanada oshiradi. 

Sansalorlikka va ishlarning ko‘rib chiqilishi sudlar tomonidan asossiz cho‘zib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida prosessual qonun hujjatlarini takomillashtirish, quyi instantsiya sudlarining kamchiliklarini mustaqil bartaraf etish va uzil-kesil qaror qabul qilish yuzasidan yuqori sud instantsiyalarining vakolatlari kengaytirilishi ham sohada sezilarli yutuqlarga yo‘l ochadi. 

“Iqtisodiyotni liberallashtirish: iqtisodiy o’sish va inflyatsiya jarayoni” mamlakatimizda eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning 50 ta iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlari qatoridan o‘rin egallash uchun azmu shijoat va qat'iyat bilan intilmoqda. Buning uchun, avvalo, mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida noreal raqamlar ortidan quvish, amalga oshmaydigan xomxayollarni haqiqat sifatida taqdim etishdek noma'qul ish uslubi tanqidiy qayta ko‘rib chiqildi. Amaliy natijadorlik, inson manfaati  islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi.

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida uchinchi yo‘nalish sifatida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor vazifalari belgilab berildi. 2017–2019 yillarda Harakatlar strategiyasi doirasida iqtisodiyot sohasida zamon talablariga javob beradigan, yangicha ma'no-mazmundagi va samarali islohotlarni amalga oshirish yo‘lida dadil qadamlar qo‘yildi. Harakatlar strategiyasi inson omilini faollashtirish va milliy taraqqiyotimizni dinamik holda rivojlanishiga qaratilgan. Ko‘plab tadqiqotlarning tahlillarida iqtisodiyotni boshqarishdagi oliy maqsad – inson omilini faollashtirish yo‘li bilan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni vujudga keltirishning muhim jihati sifatida asoslanadi.

Harakatlar strategiyasi iqtisodiy o‘sishning «sifati»ni oshirish maqsadini ko‘zlaganki, ushbu dasturulamal hujjatda Prezidentimiz vazifa etib belgilaganidek: «O‘sish sur'atlari – bu shunchaki bir maqsad emas. Bunday o‘sish avvalo xalqimizga, har bir Fuqaroga qanday naf yetkazishi, uning dasturxonida, kundalik hayotida aks etishi biz uchun muhim masaladir».

Ta'kidlash o‘rinliki, xalharo iqtisodiy tashkilotlar mikrokreditlashni inqilob bilan barobardir deb baholashlari bejiz emas. Kam ta'minlanganlarga ajratiladigan kreditlar aynan kishilarni o‘zini o‘zi ish bilan ta'minlashga hamda daromad olishga yordam beradi, istiqbolda tadbirkorlik qobiliyatiga ega kishilarning safini kengaytiradi. Konstitutsiyamizning 36 va 53-moddalarida muhrlab qo‘yilgan «har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli» hamda «Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida»dir degan normalarni amalda ro‘yobga chiharish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakillik instituti ta'sis etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi «Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘qrisida»gi, 2019 yil 10 yanvardagi «Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘qrisida»gi farmonlari hamda 2019 yil 10 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘qrisida»gi qarori aynan O‘zbekis­tonning iqtisodiy maydonini mustahkamlashga qaratilgan.

Mamlakatimizda turli iqtisodiy tahdidlarga qarshi chora-tadbirlar, isloqotlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini yanada jadallashtirish natijasida mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sish sur'atlarini saqlab qolishga erishib kelinmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev «yashirin» iqtisodiyot mamlakat rivojiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotganini, soliq yukini kamaytirish, biznes yuritish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish «yashirin» iqtisodiyotga barham berishning yagona yo‘li ekanligini ta'kidladi. Shuning uchun bu borada ta'sirchan choralarni nazarda tutadigan alohida dastur ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.

Ilg`or xorijiy tajribalar va Konstitutsiyamiz talablari asosida Prezidentimiz tashabbusi bilan 2019 yilning boshidayoq Oliy Majlisning qonunchilik palatasida Korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Mavjud vaziyatni hisobga olib, avvalambor, milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida soliq siyosatida muhim o‘zgarishlar joriy qilindi. Jumladan, jismoniy shaxslar uchun hozirgacha amal qilib kelgan eng yuqori 22,5 foizlik daromad solig`i stavkasi o‘rniga 12 foizlik stavka belgilandi. Sohadagi o‘zgarishlar ro‘yxatini yana uzoq davom ettirish mumkin.

Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda ijtimoiy sohani rivojlantirishga ham alohida e'tibor qaratilgan. Aholi bandligini oshirish, Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo‘l-transport, muhandislik- ommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, mamlakatimizning olis hududlarini ham elektr energiya, gaz bilan ta'minlashni yanada yaxshilash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi nufuzini oshirish, maktabgacha ta'lim muassasalarining qulayligini ta'minlash, umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus va oliy ta'limni sifat jihatdan yanada boyitish borasida qator chora-tadbirlar belgilangan. Tibbiyot maskanlari, xususan, birlamchi tibbiyot muassasalari, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimi faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish borasida aniq tadbirlar olib boriladi.

Prezidentimiz rahnamoligida aholining tibbiy madaniyatini oshirish, jamiyatimizda har tomonlama sog`lom oilalarni qaror toptirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Davlatimiz raqbarining soha xodimlari bilan har uchrashuvida bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar keng muhokama qilinmoqda, zarur topshiriqlar berilmoqda. Harakatlar strategiyasi tibbiyot sohasini izchil rivojlantirish, soha xodimlarining kasb malakasi va mas'uliyatini yanada oshirishda ham muhim dasturalamaldir. Qishloq joylarda arzon uy-joylar, suv va gaz ta'minoti quvurlari, bugungi talablarga mos zamonaviy yo‘llar qurish rejalashtirilgan. Aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash nazarda tutilmoqda.

Harakatlar strategiyasining beshinchi bo‘limi xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta'minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishning tub mohiyati davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalharo nufuzini mustahkamlashdan iboratdir. Xavfsizlik, diniy baqrikenglik va millatlararo totuvlikni ta'minlash yoki shartli ravishda qisqagina ichki xavfsizlik siyosati 6 punktdan iborat vazifalar orqali amalga oshirilishi belgilab o‘tilgan. Ular quyidagilar: 1. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muqofaza qilish - ushbu vazifa har qanday davlatning birlamchi vazifasi hisoblanadi. Mustaqilligimizdan so‘ng qabul qilingan eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik dekloratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi asoslari to‘qrisidagi Konstitutsiyaviy qonun, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, xavfsizlikka doir Kontseptsiya va Doktrinalarimizda ham tayanch masala sifatida keltirib o‘tilgan. Demak, davlat bor ekan, uning suvereniteti, hududiy yaxlitligini, mavjud tuzumni muhofaza qilish hech qachon kun tartibidan tushmaydi va o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi. (Bu yerda 3ta muqofaza ob'ekti keltirib o‘tilmoqda - konstitutsiyaviy tuzumi suvereniteti, hududiy yaxlitlik).



2. Axborot xavfsizligini ta'minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik ko‘rsatish–globallashuv va axborot texnologiyalarini rivojlanishi bugungi kunga kelib axborotni nafaqat yangi bilim va taraqqiyot manbaiga, afsuski, shu bilan birga jamiyat taraqqiyoti va aholi farovonligiga tahdid soluvchi xavf manbaiga aylantirib qo‘ydi. Odatda, an'anaviy hisoblangan ijtimoiy-iqtisodiy havflar birinchi navbatda tizimga nisbatan tahdid qiladigan bo‘lsa, ya'ni tizimga nisbatan qaratilgan bo‘lsa, noan'anaviy hisoblangan axborot huruji bevosita inson ongiga ta'sir etib, uni egallash va boshharish orqali uzoq muddatli va tahdidni aniqlab, bartaraf etish qiyin bo‘lgan muammolarni keltirib chiharmoqda. (bu sohadagi vazifalar ikki shaklda amalga oshiriladi, a) himoyaviy – axborot xavfsizligini ta'minlash va axborotni himoya qilish, b) qarshilik ko‘rsatish– axborot tahdidiga munosib javob qaytarish va o‘z vaqtida javob qaytarish).
3. Fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash – zamonaviy xavfsizlik nazariyalarida inson ongi va qalbi uchun kurash markaziy tushunchaga aylanib bormoqda. Bunda inson ongi uchun kurashda axborot asosiy vosita qilib olinsa, uning qalbi uchun kurashda milliy va diniy hususiyat bosh nishonga aylangan. Hukumatimizning oqilona siyosati natijasida 1992 yildan buyon mamlakatimizda millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni ta'minlanib kelinmoqda. Bu muvaffaqiyatli siyosat xalharo hamjamiyatlar tomonidan ham alohida e'tirof etilib kelinmoqda. Bugungi kunda xalharo maydonda milliy va diniy nizolarning avj olayotgan bir paytda 17 konfessiyaga mansub 2300 ga yaqin diniy tashkilotlar, 130 dan ortiq millat vakillarini o‘zida jamlangan 140 ga yaqin milliy-madaniy markazlar mavjud. Respublikamizda ular o‘rtasida tinchlik-totuvlikni mastahkamlash masalasiga e'tibor, albatta umumdavlat havfsizligini ta'minlashning muhim shartidir. Davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish–yuqori darajada demokratiya va liberalizm qoyalari taraqqiy etgan jamiyatlarda ham armiyaga va mudofaa ishlariga davlatning ustuvor vazifasi sifatida qaraladi. Shu maqsadda, mazkur bandda mamlakat harbiy xavfsizligini, qurolli kuchlar jangovar tayyorgarligi va jangovar qobiliyati holatini, kadrlar tayyorlash tizimini, harbiy xizmatchilarni har tomonlama ta'minlash sohasini kontseptual tahlil qilish; me'yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish (yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik kontseptsiyasi va Mudofaa doktrinasi Loyihalarini tayyorlash); harbiy xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirishni, qo‘shinlar ta'minotini, uy-joy va tibbiy ta'minot masalalarini o‘rganish va yanada yaxshilash; O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarini zamonaviy qurol-yaroq va harbiy texnika turlari bilan jiqozlash; Xalharo harbiy va harbiy-texnik hamkorlik sohasini yanada rivojlantirish kabi masalalari nazarda tutilgan. Bugungi kunda ham Respublikamiz qurolli kuchlari qudrati halqaro darajada ham e'tirof etilgan. Masalan, 2016 yilda Global Firepower reytingida 106 mamlakat qurolli kuchlari ichida milliy armiyamiz 48 o‘rinni band etgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston Sobiq Ittifoq hududidagi davlatlar orasida Rossiya va Ukrainadan so‘ng 3-o‘rinni egallaydi.

4. Atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan ekologik muammolarni oldini olish masalasida 3 ta ekologik havf alohida belgilab o‘tilgan, bu - atrof – tabiiy muhitga tahdid, aholi salomatligiga tahdid, hamda xalq genofondiga tahdid. Ushbu turdagi tahdidlarga Orol muammosi, suv taqchilligi, cho‘llashish, yuqumli kasalliklar, radiatsion va kimyoviy chiqindilar xavfi, oziq-ovqat xavfsizligi, sifatsiz va zararli mahsulotlar va xokazolarni sanab o‘tishimiz mumkin. Birgina Orol dengizini qurishi bilan kechayotgan Orol muammosi, nafaqat Markaziy Osiyoning, balki xalharo tusdagi muammo, kelajakka tahdid sifatida baholashimiz mumkin. O‘tgan asrning 60-yillarida Orol dengizi dunyodagi eng yirik yopiq suv havzalaridan birihisoblanib, maydoni O‘zbekistonnig 15% dan ortiqrog`ini egallagan. O‘shadavrda dengiz atrofida yashovchi aholining 80% baliqchilik bilan, 100 mingdan ortiq aholi esa chorvachilik, parrandachilik va qishloq xo‘jaligibilan band bo‘lgan. Mustaqillikning ilk damlaridan boshlab, MarkaziyOsiy mamlakatlari rahbarlari BMT Bosh Assambleyasi minbarlarida mazkur muammoga jahon hamjamiyatini jalb etish hamda muammoni xalharo moliyaviy tuzilmalar, rivojlangan davlatlar ko‘magisiz va BMT shafeligisiz amalga oshirish mumkin emasligiga e'tibor qaratib kelishmoqda.



5. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish – ushbu maqsad mamlakatimizda mavjud Fuqarolar muhofazasi tuzilmalari faoliyatini tashkiliy-huquqiy jiqatdan takomillashtirish, ularning vazifa va funktsiyalarini qayta ko‘rib chiqish hamda zamonaviy texnik vositalar bilan ta'minlash, favqulodda vaziyatlarda aholining tayyorgarligini oshirishda davlat organlarining o‘rni, ularning aholi bilan o‘zaro hamkorligi, aholini favqulodda vaziyatlarda amalga oshiriladigan tadbirlarga o‘rgatish, shuningdek, tabiiy, texnogen va ekologik xarakterdagi favqulodda vaziyatlar ehtimolini monitoring va prognozlashtirishning yagona tizimini yaratish va natijada vujudga kelishi ehtimoli bo‘lgan turli xil tabiiy va texnogen ofatlarning oldini olish hamda bartaraf etish kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi. Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar: bu yerda tashqi siyosatning 3 ta muhim
sharti-chuqur o‘ylanganligi, tomonlarning o‘zaro manfaatiga mo kelishi hamda amaliy-konstruktiv ruhda kechishiga urg`u berilmoqda. Tashqi siyosat olib borishda 4 ta shakl keltirib o‘tilgan, bular tayanch vazifalar, jahon hamjamiyatiga axborot yetkazish vazifasi, shartnomaviy huquqiy asoslarni takomillashtirish vazifasi hamda davlat chegarasi masalasi. Bugungi kunda O‘zbekiston 40 dan ortiq xalharo tashkilotlar a'zosi hisoblanadi, 30 dan ortiq davlatda elchixona va konsulxonamiz mavjud bo‘lsa, Toshkent shahrida 44 davlat rasmiy vakolatxonalari bor. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to‘g`risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish masalasida asosan Tashqi ishlar vazirligining “Jaqon” axborot agentligi hamda xorijdagi elchixonalarimiz rasmiy axborot vositalari (veb-saqifa, gazeta va b.) yagona manbaligicha qolmoqda. Raqamli televideniega o‘tish va mahaliy telekanallarni onlayn tarzda internet sahifalarini kuzatib borish jarayonlari esa endi rivojlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalharo hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish: -davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etish vazifasi mustaqilligimiz boshidan buyon bosqichma-bosqich bajarilib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasining jami davlat chegaralari 6221 km bo‘lib, Qozoqiston bilan 2203 km, Qirqiziston bilan 1099 km, Tojikiston bilan 1161 km, Turkmaniston bilan 1621 km, hamda Afqoniston bilan 137 km.ni tashkil etadi. O‘tgan davr mobaynida Afqonistondan boshqa 4 qo‘shni davlatlar bilan chegara masalasida kelishuvlar amalga oshirilib, davlat chegaralarining katta qismi demarkatsiya qilingan. Xususan, Qozoqiston Respublikasi bilan mazkur masalada ko‘plab kelishuvlar imzolangan bo‘lsa, so‘nggi yillarda, xususan o‘tgan 2016 yil so‘nggida Qirqiziston va Tojikiston bilan chegara masalasidagi hamkorligimiz yanada jonlanib, bir qancha chegara uchastkalari hududlari kelishib olindi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, uni sifat jihatdan yuksak bosqichga ko‘tarish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotimizning barcha sohalarini demokratlashtirish va erkinlashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida ushbu Harakatlar strategiyasi qabul qilinganligini yuksak g`urur va mamnuniyat bilan e'tirof etish maqsadga muvofiqdir. To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, taqdir olamshumul tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan mana shu hujjat yaqin istiqbol ichida O‘zbekistonni jaqonning rivojlangan demokratik davlatlari qatoridan munosib o‘rin egallashida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu munosabat bilan, mazkur harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar davlat organlari, jamoat tashkilotlari, mahalla tuzilmalari va Fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining hamkorlikdagi eng ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qoladi. Bu islohotlarning barchasi odamlarning o‘z hayotidan rozi bo‘lib yashashiga, ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish