12 mavzu:Yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari.
Reja
1. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi, hayotga joriy etilishi va uning ahamiyati.
2. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar:
3. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari; Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari;
4. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari; Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari;
5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta'minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar.
O‘zbekiston Prezidenti 2017 yil 7 fevral kunidagi farmoni bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqladi. Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o‘rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo‘yicha ishlab chiqildi. Hujjat internetda e'lon qilinib, ekspertlar va jamoatchilikning keng muhokamasidan o‘tdi. Loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg`in muhokamalar olib borildi. Loyihalar muhokama uchun turli axborot maydonlariga joylashtirildi. Natijada ko‘plab taklif va mulohazalar kelib tushdi. Yurtdoshlarimiz yuksak faollik ko‘rsatib, olib borilayotgan islohotlarga befarq emasliklarini namoyon qildi. Natijada har jihatdan pishiq va puxta ishlangan hujjat qabul qilindi. Bu mamlakatimizni yanada rivojlantirishda va aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston o‘zining boy tarixiga tayanib, porloq istiqbolini qurayotgan davlat, hamjihat xalq, eng tez rivojlanayotgan mamlakat sifatida dunyoga tanildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahbarligida boshlangan, hayotga tatbiq etilayotgan izchil islohotlar, amaliy sa'y-harakatlar yangi taraqqiyot marralarini egallash, zamon shiddatiga mos tarzda rivojlanish, xalqimiz manfaatlarini ta'minlashga qaratilgani bilan g`oyat ahamiyatlidir. Davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘qrisida»gi farmoni mamlakatimiz hayotida katta voqelik bo‘ldi. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilab bergan mazkur hujjatda qayd etilgan har bir vazifa shu zaminda yashayotgan, ertangi kunga qat'iy ishonch bilan qarayotgan har bir inson hayoti bilan chambarchas bog`liq. Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan keng jamoatchilik, ishbilarmon doiralar, davlat organlari vakillarining uchrashuvlari, xalq bilan muloqotlar chog`ida bildirilgan mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning kontseptual masalalari kiritilgani e'tiborga loyiq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g`risida»gi farmoni xalqimiz tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi. Prezident tashabbusi bilan ishlab chiqilgan harakatlar strategiyasiga mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning kontseptual masalalari kiritilgan. Unda yaqin besh yillikda olib borilgan islohotlar mamlakatimizni zabt etishi nazarda tutilgan.
Ulkan dovonlar, xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning mexanizmlari aniq belgilab berilgan. Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.
Farmon bilan birga 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya, shuningdek ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar tashkil etildi. Milliy komissiyaga Prezidentning o‘zi boshchilik qiladi. Hujjatda Harakatlar strategiyasini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish barcha davlat hokimiyati va boshharuvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh ustuvor yo‘nalishi hisoblanishi belgilangan. Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mas'ul davlat organlari va tashkilotlarga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi, samarali mexanizm va usullarini joriy etish, mansabdor shaxslarning aholi oldida hisobot berishi tizimini amalda tatbiq etish, shu asosda xalqning davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga alohida e'tibor qaratish topshirildi. Farmonda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda byurokratik to‘siq va g`ovlar yaratilishiga, aholi bilan muloqot jarayonini kampaniyabozlikka aylanishiga yo‘l qo‘ymasligi qayd etildi. Bundan tashhari, Davlat dasturi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarning ochiqligi, ularda Fuqarolar, barcha darajadagi davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshharish organlari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar, ijodiy va ilmiy muassasalar vakillarining keng ishtirok etishini ta'minlash belgilangan.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston o‘zining boy tarixiga tayanib, porloq istiqbolini qurayotgan davlat, jamjiyat xalq, eng tez rivojlanayotgan mamlakat sifatida dunyoga tanildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahbarligida boshlangan, hayotga tatbiq etilayotgan izchil islohotlar, amaliy sa'y-harakatlar yangi taraqqiyot marralarini egallash, zamon shiddatiga mos tarzda rivojlanish, xalqimiz manfaatlarini ta'minlashga qaratilgani bilan g`oyat ahamiyatlidir.
Davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g`risida»gi farmoni mamlakatimiz hayotida katta voqelik bo‘ldi. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilab bergan mazkur hujjatda qayd etilgan har bir vazifa shu zaminda yashayotgan, ertangi kuniga qat'iy ishonch bilan qarayotgan har bir inson hayoti bilan chambarchas bog`liq. Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan keng jamoatchilik, ishbilarmon doiralar, davlat organlari vakillarining uchrashuvlari, xalq bilan muloqotlar chog`ida bildirilgan mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning kontseptual masalalari kiritilgani e'tiborga loyiq.
Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi. Xususan, 2017 yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e'lon qilindi. Mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi belgilangan. Bular davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta'minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |