10-mavzu: Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi
Reja:
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar.
Qoraqalpog’istonda qishloq xo’jaligi sohasidagi oʻzgarishlar. Ma'naviy-madaniy sohadagi yangilanishlar. Qoraqalpog’iston Respublikasi oliy ta'lim tizimi va undagi islohotlar.
Qoraqalpog’iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi. Ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati.
Mamlakatimizning shimoliy mintaqasi – Qoraqalpog’iston Respublikasida ham Mustaqillik yillarida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi. hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan alohida e'tibor yuksak samaralar berdi. Puxta o’ylangan, boqichma-bosqich amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tufayli Qoraqalpog’iston Respublikasi oddiy agrar o’lkadan zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasi, transport-kommunikatsiya tarmoqlari rivojlangan mintaqaga aylandi.
Mustaqillik yillarida bu zaminda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, ro’y bergan o’zgarish va yangilanishlar haqida uzoh gapirish mumkin. Markaziy Osiyoda yagona, sahro bag’ridagi mo’'jiza –qo’ng’irot soda zavodi, Xo’jayli shisha zavodi, “Markaziy Osiyo bezak toshlari” qo’shma korxonasi, qo’ng’irot karbid, Nukus marmar va kabel zavodlari, O’rga gaz koni, “Elteks” va “Kateks” kabi zamonaviy ishlab chiqarish ob'ektlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, Toshkent axborot texnologiyalari universititetining Nukus filiali, Olimpiya zaxiralari kolleji binolari, o’nlab umumta'lim maktablari, litsey va kollejlar, bolalar sporti, bolalar musiqa va san'at maktablari... Bunday muhtasham inshootlar istiqlol sharofati tufayli barpo bo’ldi. Istiqlolning dastlabki yilidayoq minglab aholini ichimlik suvi bilan ta'minlagan 243 kilometrlik Tuyamo’yin-Nukus-Chimboy-Taxtako’pir suv tarmoqi ishga tushirildi. 1991-2010 yillarda hududda gaz va gaz kondensati, shisha, kungaboqar yog’i, kaltsiylashtirilgan soda, vermikulit kontsentrati, talkomagnezit, glitserrizin ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.Xalqimizning uzog’ini yaqin, og’irini yengil qilish borasida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari eng savobli ishlardan bo’ldi. Bu sohada ham islohot islohot uchun emas, avvalo, inson uchun, uning manfaatlari uchun degan ezgu g’oya doimiy ustuvor vazifa bo’lib kelmoqda. 2000 yili Nukus shahrini Xo’jayli tumani bilan boqlaydigan ulkan ko’prik, 2001 yilda 345 kilometrlik Nukus-Sultonuvaystoq-Miskin-Uchquduq-Tinchlik-Navoiy temir yo’li ishga tushirildi. Yuzlab kilometr avtomobil yo’llari rekonstruktsiya qilindi. Bu ravon yo’llarning uzunligi 4 ming 100 kilometrdan oshib ketdi. Bu yo’nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Yer osti boyliklarini izlash, qazib olish va ulardan samarali foydalanishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Xorijlik sheriklar bilan “Jel”, “G’arbiy Orol” kabi istiqbolli konlar ochildi. “Ustyurt va Orol dengizi atroflarida geofizika ishlarini amalga oshirishni kuchaytirish” dasturiishlab chiqildi. Unga ko’ra, Ustyurt kengliklarida seysmik tadqiqotlar jadal olib borilmoqda. Ayniqsa, “O’zbekgeofizika” aktsiyadorlik jamiyatining “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filiali jamoasining sa'y-qarakatlari taqsinga munosib. hozir kuniga 45 ming kubometr gaz berayotgan “Tillali”, “Sayxun”, “In'om”, “Arslon” singari yangi konlar ana shu ekspeditsiya izlanishlarining samarasidir.
Bugun dunyo xalqlarining e'tiborini tortayotgan, havasli, g’ayratli nigoqlariga sabab bo’layotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etildi. Asrlar osha qaqrab yotgan bepoyon dashtda ulkan ishlab chiqarish quvvati qad rostladi. Korxona jahonning nufuzli nashrlari tomonidan 2012 yilning eng yaxshi loyihasi, deb topildi.2014 yili nufuzli “Infrastructure Journal” xalqaro nashri mazkur loyiha qurilishini “2014 yilning neft-gaz sohasidagi eng yirik bitimi”, deb e'lon qildi. Umumiy qiymati 4 milliard AQSh dollarini tashkil etgan bu mashqur loyiha amalga oshirilishi mamlakatimiz sanoati rivojini yangi bosqichga ko’tarishi shubhasiz. hozir bu yerda yiliga 4,5 milliard kub metr gaz qayta ishlanmoqda. Buning samarasida xalqimiz ehtiyoji va eksport uchun 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz distillyati va boshqa qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Qoraqalpog’iston Respublikasida yengil sanoatni rivojlantirish, jumladan, paxta yetishtirishda zamonaviy texnologiyalarni, madaniy o’simliklarning yangi navlarini sohaga joriy etish asosida ishlab chiqarish samaradorligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilayotir. 2016 yilda bu yo’nalishda uchta yangi korxona tashkil etilib, to’rttasi modernizatsiya qilinadi. Shu yilning ikkinchi choragida momiq ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Bunyodbek-Xo’jayli” oilaviy korxonasi foydalanishga topshiriladi. Yil oxirigacha “Yoqubova Gavhar” fermer xo’jaligi kalava ip ishlab chiqara boshlaydi. Ellikqal'ada “Global national-tex” sho’ba korxonasida jinsi mato ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi. Amudaryo tumanidagi “Kameks-KK” korxonasida momiq, Kegeyli tumanidagi “Avto ?ayip mayshi” mas'uliyati cheklangan jamiyatida oyiga 50 ming juft paypoq ishlab chiqariladi. “To’rtko’l omad tekstil” mas'uliyati cheklangan jamiyatida zamonaviy texnologiyalar joriy etilib, yangi ish o’rinlari yaratilmoqda. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin.
Mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligi sohasida mutlaqo yangi va samarali iqtisodiy munosabatlar joriy etildi. Yer o’z egasini topdi. Bugun Qoraqalpog’iston fermerlari qishloq xo’jaligi mahsulotlarining asosiy qismini yetkazib berish bilan birga, qishloq taraqqiyotida hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib bormoqda. Mamlakatimizning barcha hududlarida bo’lgani kabi Qoraqalpog’iston Respublikasida ham Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilayotgan namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylarga talabgorlar tobora ko’paymoqda. Barcha sharoitlarga ega bunday zamonaviy uylarda minglab oilalar baxtli hayot kechirmoqda. Uy to’ylariga kelin to’ylari ulanib ketayotir. Yosh avlodning hech kimdan kam bo’lmagan sharoitlarda ta'lim-tarbiya olishi, iste'dod va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun zarur sharoit yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir. O’tgan davr mobaynida hududda zamonaviy sharoitlar yaratilgan 99 kasb-hunar kolleji, 9 akademik litsey foydalanishga topshirildi. 2015 yilda 9 ming 700 o’rinli 22 ta zamonaviy maktab binosi barpo etildi. Ayni paytda hududdagi 370 umumta'lim va ixtisoslashtirilgan maktablarda 170 mingdan ziyod o’g’l-qizlar zamonaviy bilimlarni o’rganmoqda.
2013 yili Nukus shahri markazida 2,5 milliard so’mlik loyiha asosida bunyod etilgan va barcha qulayliklarga ega “Baxt uyi” foydalanishga topshirildi. Inson baxt uchun dunyoga keladi. Bu borada mamlakatimizda yoshlarga doimiy hamxo’rlik ko’rsatilmoqda. Prezidentimizning 2014 yil 6 fevraldagi «O’z bekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori ijrosi doirasida Nukus shahri, Amudaryo, Ellikhal'a, Beruniy, Xo’jayli tumanlarida ijtimoiy hayotda faol bo’lgan yuzlab yosh oilalarga “Kamolot” uylari topshirildi. Nukus shahrida ham keng ko’lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi va bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Temir yo’l vokzali, I.Savitskiy nomidagi san'at muzeyi tanib bo’lmas darajada zamonaviy qiyofa kasb etdi. Shaharning Qoraqalpog’iston, Amir Temur, To’lepbergen Qaipbergenov ko’chalarida qad rostlagan ko’p qavatli zamonaviy uylarga ko’chib o’tgan yuzlab oilalar hayotiga o’z gacha shukuh kirdi. Shahar markazidan oqib o’tuvchi Do’stlik kanalining ikki qirg’og’i bo’ylab 2,5 kilometr masofada ko’plab ko’ngilochar, dam olish ob'ektlari ishga tushirildi.
O’tgan yilgi investitsiya dasturiga ko’ra, yangi uy-joylarga qo’shimcha 117 ijtimoiy ob'ektda rekonstruktsiya va qurilish ishlari amalga oshirildi, – deydi Qoraqalpog’iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo’mitasi raisining o’rinbosari Azimjon qurbonboev. –O’nlab kasb-hunar kollejlari, umumta'lim maktablari, tibbiyot muassasalari va boshqa ijtimoiy soha ob'ektlari qurildi. Ko’plab suv tarmoqlari tortildi.
Mintaqada ekologik barqarorlikni ta'minlash masalasi davlatimiz rahbarining doimiy e'tiborida bo’lib kelmoqda. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq Prezidentimiz Islom Karimov bu masalaga jahon hamjamiyati e'tiborini qaratdi. Xalqaro Orolni qutqarish jamharmasi ana shunday olijanob sa'y-qarakatlar samarasida tashkil etildi.
O’z bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha 2013-2017 yillarga mo’ljallangan dasturi bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Dasturda Orolbo’yini ekologik soqlomlashtirish ishlariga alohida e'tibor qaratilgan. Xususan, cho’llanishning oldini olish, Orol dengizining qurigan hududlarida sun'iy o’rmonlar barpoetish uchun keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Dasturga ko’ra, mazkur ishlarga 89,39 milliard so’m, 1635,55 million AQSh dollari va 57,63 million yevro mabla? yo’naltirish ko’z da tutilgan. Xalqaro Orolni qutqarish jamg’armasi Nukus filiali tomonidan 2014 yilda Mo’ynoq tumanida, Orol dengizining Axantay qismida 1500, Oqqum qismida 34 gektarlik saksovulzor – sun'iy o’rmon barpo etildi. Ayni paytda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 90 million AQSh dollari miqdoridagi loyiha asosida Orol dengizining qurigan qismida cho’llanishdan himoyalovchi mitti o’rmonlar bunyod etishga kirishilayotgani ham hudud aholisi turmush farovonligini yuksaltirish borasidagi ezgu ishlarning davomidir.
Mustaqillik inshootlaridan yana biri qo’ng’irot soda zavodidir. Ko’plab sohalar uchun zarur xomashyo – kaltsiylashtirilgan soda ishlab chiqarayotgan ushbu yirik korxona o’z mahsulotining aksariyatini eksportga yo’naltirmoqda. 2013 yili korxona xorijlik buyurtmachilarga 24 ming tonna mahsulot yetkazib berdi. Ichki bozorda “Kvarts”, “Asl oyna” aktsiyadorlik jamiyatlari, “O’z kimyosanoat” aktsiyadorlik jamiyati, “O’z bekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi qo’ng’irot soda zavodining asosiy buyurtmachilaridir. Mamlakatimiz soqliqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar samarasida aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifati va samaradorligi tubdan yaxshilandi. Bugun olis ovullar aholisi ham zamonaviy tibbiy xizmatdan bahramand bo’layotir.
– Chekka tuman va qishloqlardagi tibbiy muassasalarning ham moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Bu biz, mutaxassislarni ham yanada samarali ishlashga undamoqda, – deydi Mo’ynoq tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori o’rinbosari J.Davletova. – Bugun oddiy qishloq shifokori ham bemorga to’g’ri tashxis qo’yib, zamonaviy uskunalar yordamida samarali davolay oladi. Bularning barchasi Prezidentimiz rahnamoligida aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilayotgan doimiy e'tibor samarasidir.
“Soq’lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholi salomatligini mustahkamlash bo’yicha amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar mustaqilligimizning birinchi kunlaridan belgilab olingan eng muhim vazifalarning izchil davomidir. Bugun Qoraqalpog’iston shifokorlarining Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Polsha va boshqa ko’plab xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishi, ilg’or tajribalarni qo’llashi oddiy holga aylandi.
Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan bunday keng ko’lamli islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishi, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga mustahkam zamin bo’lib xizmat qilmoqda. Mustabid tuzum davrida chekka hudud sifatida mutlaqo e'tibordan chetda holgan Qoraqalpog’iston Respublikasi bugun ana shunday taraqqiyot yo’lidan dadil bormoqda. Bugunidan mamnun va ertangi kuniga ishonchi qat’iy bo’lgan Qoraqalpog’iston xalqi Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik bayramini munosib kutib olishga hozirlik ko’rmoqda. Bu ularning shukronalarida, mamnun chehralarida yaqqol aks etmoqda.
Mustaqillikning ilk yillaridanoq muhtaram Prezidentimizning fermer xo’jaliklarini tashkillashtirishga e'tibor qaratgani tufayli boshqa sohalar qatori qishloq xo’jaligi sohasida ko’plab ijobiy yutuqlarga erishildi.
qishloq xo’jaligi yerlarining uzoh muddatli ijara mulki qilib berilishi va qishloqda bozor munosabatlarining joriy qilinishi fermer xo’jaliklarini shakllantirish hamda rivojlantirishning eng muhum omil va asosi bo’ldi.
Ushbu fermer xo’jaliklarining qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishdagi ulushi 99,5 foyizni tashkil qiladi.
Prezidentimiz tomonidan fermerlarni munosib qo’llab-quvvatlash, ularga afzalliklar yaratib berishda doimiy etibor qaratilib kelinmoqda.
O’zbekiston Respublikasining “Xo’jalik yurituvchi su'bektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida”gi qonuniga muvofiq, fermer xo’jaliklarining moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko’pi bilan 4 yilda bir marotaba amalga oshirilishi, yangi tashkil etilgan fermer xo’jaliklarining moliya-xo’jalik faoliyatini ular davlat ruyxatidan o’tkazilgan paytdan etiboran ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan o’tkazilishi mumkin emasligi belgilab berildi.
Bundan tashqari, fermer xo’jaliklariga soliq va boshqa imtiyozlarni berish bo’yicha amaldagi qonun hujjatlariga o’z gartirish va qo’shimchalar kiritildi.
Bunda paxta xom-ashyosini yig’ib olish bo’yicha mavsumiy qishloq xo’jaligi ishchilarini daromad solig’idan ozod etilishi;
-tomchilatib sug’orish tizimini joriy qilgan yuridik shaxslar tegishli yer uchastkasiga nisbatan 5 yil muddatga yagona yer solig’ini to’lashdan ozod etilishi;
-fermer xo’jaliklari manfaatlarini ko’z lab da'vo arizalarini taqdim etish, sudga davlat boji to’lamasdan shikoyat qilish huquqi berildi.
Bugungi kunda Respublikada 5430 ta fermer xo’jaliklari mavjud bo’lib, shundan paxta-hallachilikda 3682 ta fermer, sabzavot va polizchilikta 321ta fermer, chorvachilikta 377 ta fermer, boq va uzumchilikta 514 ta fermer, halla va sabzavotchilikta 326 ta fermer va 210 ta fermer xo’jaliklari boshqa yo’nalishlarda ish bilan band.
Ularga 288 ming 898.4 gektar maydoni ajratilib berilgan, Fermer xo’jaliklarida 12 ming 490 nafar xodimlar ish bilan ta'minlandi.
2016 yil Qoraqalpog’iston Respublikasida ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rivojlantirish bo’yicha manzilli Dasturi qabul qilindi.
Dasturga asosan Respublika bo’yicha jami 748 ta fermer xo’jaliklarini ko’p tarmoqli fermer xo’jaligiga aylantirish nazarda tutilib, amalda joriy yilning iyul oyiga qadar tashkil etilgan ko’p sohali fermer xo’jaliklari soni 433 ta hamda ko’p sohali faoliyat uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar soni 429 ta fermer xo’jaliklariga 248 gektar yer maydaniga 2535,0 mln so’m amalda ajratildi.
Yil mobayinida ichki bozorni sabzavot, kartoshka, meva va poliz mahsulotlari bilan doimiy ta'minlash, shuningdek, chet el bozorlarni o’timli va ra?obatga chidamli bo’lgan toza meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarin eksport etishning ko’lamini kengaytirish va turlarini ko’paytirishda O’z bekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 12 aprel kungi “Meva-sabzavot, kartoshka, va poliz mahsulotlarin sotib olish va ulardan foydalanish tizimini yetishtirish to’g’risinda”gi qarori eng muhim ahamiyatga ega bo’ldi. qarorning bajarilishin ta'minlash bo’yicha Respublikamizda bir qator ishlar olib borilmoqda.
Qoraqalpog’iston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi mutaxassislari va Adliya vazirligi xodimlari ta'kidlaganidek, barcha kategoriyadagi xo’jaliklarida 11 ming 111 gektarga sabzavot, 9508 gektarga poliz, 5325 gektarga kartoshka ekilib, to’o’iq navlar olindi. Bundan tashqari, 247 gektar maydonda yangi intensiv boqlar, 247 gektarda tokzorlar yaratildi. Ushbu maydonlarga 123,5 ming dona meva, 296,4 ming dona tokzor navlari ekildi. Shu bilan birga 118 gektar maydondagi eski boqda, 65 gektar tokzorlarning rekonstruktsiya ishlarini olib borildi. Bugungi kunga qadar 6778 gektar boqning, 1268 gektar tokning qator oralariga sabzavot ekinlari ekilib, oziqlantirish ishlari olib borilmoqda.
Fermer xo’jaliklari ishlarining samaradorligin oshirish va ularga shart-sharaoitlar yaratish, ekishlik maydonlardan maqsadli foydalanish bo’yicha barcha tumanlarda yer maydonlarin optimallashtirish ishlari olib borilib, to’liq inventarizatsiyadan o’tkazildi. Shuning natijasida meva-sabzavot yetishtirishda 321 ta fermer xo’jaligiga 1467 gektar, boqdorchilik va tokzorchilikka ixtisoslashgan 514 ta fermer xo’jaligiga 1510 gektar, bundan tashqari sabzavot-halla yetishtirish bo’yicha yangidan tashkil etilgan 326 ta fermer xo’jaliklariga 4532 gektar yer maydonlari ajratilib berildi.
Prezidentimizning yuqorida ko’rsatib o’tilgan qarori asosida 2016 yilgi hosilidan boshlab toza meva-sabzavot, kartoshka, poliz, mahsulotlari va uzum sotib olish bo’yicha davlat buyurtmalari e?tiyojlari uchun kiritilishi, toza meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari “O’z agroeksport” ixtisoslashgan tashqi savdo kompaniyasi tomonidan tashqi sheriklar bilan to’g’ridan-to’g’ri eksport shartnomalari shuningdek, fermer va dehqon xo’jaliklari, agrofirmalar va qayta ishlash korxonalari o’rtasida tuziladigan shartnomalar bo’yicha eksport etilishi keng imkoniyatlar eshiklarini oshib bermoqda. Bugungi kuni meva-sabzavot mahsulotlarin yetishtirishuvchi, tayyorlovchi va eksport etuvchi korxonalar bilan “O’z agroeksport” ixtisoslashgan tashqi savdo kompaniyasi o’rtasida shartnomalar tuzish ishlari tol’iq tamomlandi. Rossiya Federatsiya va Qozoqston Respublikasiga meva-sabzavot mahsulotlar eksport etish bo’yicha shartnomalar tuzildi.
Elimizning tengi yo’? tuproq-iqlim sharoiti yuqori sifatli meva va sabzavotlarni yetishtirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Shuning uchun mahsulotlarimiz mazasi o’z gacha bo’lib, chet ellardan kelgan mehmonlar qiziqish bilan foydalanadi. Shu nazarda ko’rganimizda, Prezidentimizning bu qarori elimizda toza meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, sotib olish bo’yicha tizim tashkillashtirish bilan bir qatorda sohani jadal rivojlantirishta muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Bugungi fermer xo’jaliklari qishloq xo’jaligi maxsulotlarini yetishtirish bilan chegaralanib holmasdan, uni qayta ishlashni ham yo’lga qo’ymoqda. Natijada qishloq joylariga sanoatni olib qirishga, aholi bandligini ta'minlashga, eng muhim, ichki iste'mol bozorini sifatli oziq-ovqat maxsulotlari bilan to’ldirishga salmoqli hissa qo’shmoqda.
O’zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi, Ekologik partiyaning Xorazm, Buxoro, Qoraholpoqiston Respublikasi hududiy tashkilotlari tomonidan O’z bekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilning 8 yanvardagi PQ–4099 sonli qarori bilan tasdiqlangan Orolbo’yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo’yicha ko’ptomonlama sheriklik trast jamqarmasi faoliyatini qo’llab-quvvatlash bo’yicha “Yo’l xaritasi” da belgilab berilgan vazifalarning amalga oshirilishini ta'minlash, Orolbo’yi hududida o’rmonzorlar barpo etishga hissa qo’shish, shuningdek, dolzarb ekologik muammolarni hal qilishga keng jamoatchilikning e'tiborini qaratish maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasining Mo’ynoq tumanida va Xorazm viloyatida “Orolga madad” shiori ostida xayriya hashari tadbirlari o’tkazildi.
Ushbu hayriya hasharlarida ishtirok etish uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari, AQShning «The World Aral Region Charity INC» EKO kungililar tashkiloti, O’zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi, Ekologik partiyaning Xorazm, Buxoro, Qoraholpoqiston Respublikasi hududiy tashkilotlari, Ekoharakat Markaziy Kengashi, halqaro ekosan jamg’armasi Xorazm viloyati hududiy bo’linmasi, Xorazm viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, madaniyat ishlari boshqarmalari hamda OAV vakillari Mo’ynoq tumaniga tashrif buyurishdi.
Ma'lumot o’rnida qayd etish joizki, AQShning «The World Aral Region Charity INC» EKO ko’ngililar tashkiloti tomonidan Orol bo’yi hududi ekologik holatini o’rganish, ekologik vaziyatni yaxshilash, ekologik ta'lim tarbiyaga komaklashish, halqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi ezgu maqsadlar yo’lida Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida O’zbekiston ekologik qarakati bilan hamkorlikda bir qator amaliy tadbirlar amalga oshirilib kelmoqda, jumladan 2018 yilning mart oyida Shovot tumanidagi maktablarda 2 mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko’chatlari ekish loyihasi, shuningdek Urganch, Boq’ot tumanlaridagi fermer xo’jaliklarida suvdan tejab foydalanish maqsadida tomchilab sug’orish aparatlari beqaraz yordam sifatida o’rnatib berildi.
Zaharli tuzlarning havoga ko’tarilishini oldini olishning eng maqbul yo’li qurigan dengiz hududida sho’rga chidamli daraxt ko’chatlari va saksovullar ekib o’rmonzorlar barpo etishdir. Davlatimiz rahbari Muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoev 2018 yil 28 dekabr kuni Oliy Majlisga murojaatnomasida ekologik masalalarga alohida to’xtalib: “….Agar Mustaqillik yillarida O’zbekiston bo’yicha 1 million 220 ming gektarga yaqin o’rmonzor yaratilgan bo’lsa, shundan 400 ming gektardan ortig’i aynan Orolbo’yi hududida barpo etilgan. Bu masalada qabul qilinayotgan maxsus dasturga ko’ra, Orol dengizining suvsiz hududida kelgusi yilda yana 500 ming gektar o’rmonzor barpo etiladi”, deya ta'kilab o’tgan edilar. Prezidentimizning ushbu so’z lari Orol ekologik fojiasining ta'sirini ko’rib, his qilib yurgan har bir yutdoshimizning halbida aks sado berdi, ushbu ishga o’z hissasini qo’shish istagini uyg’otdi.
Ma'lumki, O’zbekiston Ekologik partiyasi va Ekoharakat faollari joriy yilning 23 yanvar kuni bevosita Orolbo’yi hududiga tashrif buyurishib hashar orhali yiqilgan 500 kilogrammga yaqin saksovul urug’larini yetkazib berdi. Albatta ushbu amaliy aktsiyalarni tashkil etish va ularni yuqori saviyada o’tkazishda Ekopartiyaning faollari tashabbus ko’rsatishgan edilar.
Bundan tashqari 2019 yilning 26 yanvar kuni Yurtimiz bo’ylab umumxalq ekologik xayriya hashari o’tkazildi. “Yurtimizni yanada obod qilaylik!” g’oyasi ostida o’tkazilgan ekologik xayriya xasharida yurtimizdagi barcha mahallalar, aholi punktlari, ko’p qavatli uylar va binolar, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgoqlar va qabristonlar, ariqlar, ko’cha va yo’laklarni hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish bo’yicha ekologik aktsiyalar o’tkazildi. Ekologik xayriya xasharlarida respublika bo’yicha 5 mln.dan ortiq fuqarolar ishtirok etishdi shundan 52 mingdan ortig’i O’zbekiston Ekologik partiyasi va Ekoqarakat fallaridir Eng muhimi ekologik hashar doirasida to’plangan mablag’larning asosiy qismi Orolbo’yida ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy vaziyatni yaxshilashga yo’naltirildi.
2020 yilning 16-18 mart kunlari amaliy tadbirlar doirasida aholini tozalangan ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida Xorazm viloyatining Boq’ot tumanidagi 33-sonli, Shovot tumanidagi 5-sonli hamda Yangiariq tumanidagi 7-sonli maktab hududi yaqiniga suv tozalagich apparatlari AKShning «The World Aral Region Charity INC» EKO ko’ngililar tashkiloti tomonidan beq’araz yordam sifatida o’rnatib berildi. Mazkur qurilmada tozalangan suvdan aholi bemalol foydalanishlari uchun keng sharoitlar yaratildi.
Ushbu maktablar hududiga mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko’chatlari ekilib, atroflari turli chiqindilardan tozalandi.
Tadbirlar davomida hayriya hasharining ishtirokchilari Mo’ynoq tumanida joylashgan 2-sonli maktab va tumandagi Mahallalarga tashrif buyurishib, hududda “Do’stlik ekoboqi”ni barpo etish bo’yicha ekologik hashar tashkil etdilar. Ekologik partiya faollari tomonidan olib kelingan 5 minga yaqin manzarali va mevali ko’chatlar o’tkazilib, ekoboqning tevarak atroflari obod qilindi.
Mo’ynoq tumaniga tashrif davomida Orolbo’yi hududidagi loyiha va dasturlar to’g’risida xabardorlikni oshirishga bahishlangan davra suhbati tashkil etildi. O’quvchi yoshlar ishtirokida tashkil etilgan davra suhbatida so’z olganlar Orol ekologik muammosining salbiy ta'siri butun dunyoda sezilayotganligi va shu boisdan ham bu muammoga barham berishga jahon hamjamiyati keng e'tibor qaratayotganligi xususida atroflicha to’xtaldilar. Davra suhbatida o’quvchilar Orol dengizining qurishiga olib kelgan sabablardan hamda Orol fojiasi oqibatlari bartaraf etish, mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda vujudga kelgan muammolarga barham berish borasida davlatimiz tomonidan yuritilayotgan oqilona siyosatdan o’z larining yaxshi xabardorliklarini namoyish etdilar.
Amaliy tadbirlar doirasida oliy o’quv yurti talabalari va maktab o’quvchilari uchun Xorazm viloyati hududida joylashgan “Amudaryo” suv xo’jaligi inshootlariga ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiyada talaba yoshlar va maktab o’quvchilari o’z lari qiziqqan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishib, ko’plab ma'lumotlarga ega bo’lishdilar.
Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish mamlakatning ekologik siyosatida ustuvorlik kasb etadi. O’z bekiston Ekologik partiyasi “Biz kelajak uchun javobgarmiz!” shiorini ilgari surar ekan davlatimizning ekologik siyosatini amalga oshirishda jamiyatning barcha kuchlarini safarbar etishni o’z ining muhim vazifalari Mustaqillik yillarida boshqa mintaqalarimiz qatori Qoraqalpog’istonning rivojlanishiga ham ulkan e'tibor qaratildi. Aynan ana shunday e'tibor tufayli bugungi kunda respublika poytaxti – Nukus shahridan boshlab, tumanlar va qishloqlar, hatto, eng chekka ovullar ham har tomonlama o’zgarib, rivojlanib bormoqda.
Ayniqsa, keyingi ikki yarim yil ichida Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining barcha yo’nalishlarini belgilaydigan Farmon va qarorlari, ularning faol ijrosi xalqimizning turmush tarzini butunlay o’z gartib yubordi. Avvalombor, inson va o’ning manfaatlarini ko’z lab olib borilayotgan isloqatlarning natijasi yurtimizdagi har bir fuharoning baxtli va obodon turmushi, o’z iga va yurt kelajagiga bo’lgan mustahkam ishonchida ko’rinmoqda.
Barcha eski uylar o’rniga yangi, milliy loyihalar asosida qurilayotgan ko’rkam binolar, so’lim va go’z al xiyobonlar, hatto, qishloqlarimizning, mahallalarimizning alohida “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari asosida yangi qiyofa kasb etayotganligi Prezidentimiz yaratib berayotgan imkoniyatlar samarasidir.
Bugingi kunda Qoraqalpog’istonda o’tgan qisqa vaqt mobaynida bir qator yirik bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.Nafaqat Qoraqalpog’iston, balki butun mamlakatimizning faxri bo’lgan, dunyoda “Sahrodagi Luvr” deb shuhrat qozongan I.V.Savitskiy nomidagi Qorahalpoq davlat san'at muzeyining muhtasham ikkinchi korpusi qurilib, yuksak xalqaro standartlar asosida jihozlandi va foydalanishga topshirildi. Qorahalpoq davlat O’lkashunoslik muzeyi binosi, O’zbekiston qahramoni Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktab-internati, Amir Temur nomidagi istiroqat boq’i, zamonaviy imkoniyatlarga ega bo’lgan yirik sport majmuasi bunyod etildi. Imom Eshon Muhammad jom'e masjidi rekonstruktsiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, Nukus shahrida – “Nukus polimer” MChJ, “Nukuselektroapparat” MChJ faoliyat olib bormoqda. “Samsung” brendi ostida televizor, chanyutkich ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi. Mo’ynoq tumani aholisin markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta'minlash buyicha 101 kilometrlik “Qo’ng’irot-Mo’ynoq” suv quvuri va “Qo’ng’irot” suv taqsimlash inshooti qurib bitkazildi. Nukus shahri markazidan o’tuvchi “Do’stlik” kanalining ikki qirg’og’i obodonlashtirilib, bugungi kunda bu soqil atroflari xalqimizning eng sevimli oromgoqiga aylangan. Qorao’zak tumanidagi “Qorahalpoq sement”, “Titan sement”, Taxiatosh tumanidagi metal-konstruktsiya ishlab chiqarish zavodi, Ellikhal'a tumanidagi “Bo’ston mega-teksil”, To’rtko’l tumanidagi “Vegateks global”, Chimboy tumanidagi “Lanextrakt” korxonalarida ham ishlab chiqarish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Nukus shahrida “Nukus Med Tex” MChJ, Kegeyli tumanida “Kegeyli qog’oz” MChJ, “Lanko-miya” korxonasi, Amudaryo tumanida “Amu Shoxjaxon” MChJ, Chimboy tumanida “Pintok” korxonasi tomonidan tibbiyot kilinikasi ishga tushirildi. Mo’ynoq tumanida Amfiteatr, “Mo’ynoq porloq tekstil” tikuvchilik korxonasi, davlat xizmatlari markazi yangidan qurildi hamda futbol o’yingohi va Madaniyat markazi rekonstruktsiyasi to’liq yakunlandi. Shuningdek, Nukus shahrida Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan “Imkon” nomli O’zbekistondagi birinchi ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi foydalanishga topshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |