fakultet dekanlari oliy ta’lim muassasasining rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
d) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlari, shuningdek Vazirlikka idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalar rahbarlari oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
e) kasb-hunar ta’limi muassasalari:
direktorlari bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
direktorining o‘rinbosarlari bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda kasb-hunar ta’limi muassasalari direktori tomonidan, shuningdek akademik litsey direktori o‘rinbosarlari oliy ta’lim muassasasi rektori bilan kelishilgan holda akademik litsey direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
O‘zbekiston Milliy universitetida Prezidentimiz oliy ta'lim sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyiqalar, Mazkur oliy ta'lim dargoqini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar taqdimoti bilan tanishdi. Mamlakatimizni innovatsion rivojlantirish, 2030 yilga qadar Global innovatsiya indeksida ilqor 50 mamlakat qatoridan joy egallash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta'kidlandi. Buning uchun, eng avvalo, ilm-fan sohasining me'yoriy-ququqiy asosini mustaqkamlash maqsadida “Fan to‘qrisida” qonun loyiqasi ishlab chiqildi. qolaversa, o‘tgan qisqa davr mobaynida ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan qarorlar qabul qilindi. Yangi fikr va yangi qoyaga, innovatsiyaga tayangan davlat qar doim yutadi va rivojlanadi. Shuning uchun, birinchidan, import o‘rnini bosadigan va ishlab chiqarishni maqalliylashtirishga qaratilgan ilmiy ishlanmalarni ko‘paytirish kerak. Bu – masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomoni esa, ushbu ishlanmalar maqalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni qiziqtirishi va xaridorgir bo‘lishi zarur, dedi davlatimiz raqbari. Prezidentimizning kelasi yildan ilmiy muassasalarni to‘qridan-to‘qri davlat byudjetidan moliyalashtirishga o‘tkazish taklifi olimlar tomonidan qizqin qo‘llab-quvvatlandi.
Oliy ta'lim tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlash jarayonini yanada jadallashtirish bo‘yicha Prezidentimiz va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va “yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. Mazkur hujjatlar ijrosi doirasida oliy ta'lim muassasalarining yirik ishlab chiqarish korxonalari, davlat tashkilotlari, tadbirkorlik sub'ektlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. Natijada tashkilot va korxonalarning 4 mingdan ortiq malakali amaliyotchi-mutaxassislari oliy o‘quv yurtlarining ta'lim jarayoniga jalb etilgan. Shuningdek, keyingi 2 yilda yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik natijasida mamlakatimizda yangi oliy ta'lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi, 30 dan ortiq o‘quv yurtida xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma diplom dasturlari doirasida kadrlar tayyorlanmoqda. Oliy ta'lim tizimini zamonaviy usullar yordamida samarali boshqarish, sohada moddiy-texnik bazani kuchaytirish, o‘quv-metodik ishlarni takomillashtirish bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rishimiz zarur. Kadrlar buyurtmachilari hisoblangan iqtisodiyot tarmoqlarining real eqtiyojidan kelib chiqib, oliy ta'lim tizimini rivojlantirishning strategiyasini belgilash, davlat ta'lim standartlari va malaka talablarini qayta ishlab chiqish, talabalarning malakaviy amaliyotini samarali tashkil etish lozim ekanligi president tomonidan alohida ta’kidlandi.
Uchrashuvda pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish va ularni tabaqalashtirgan holda rag`batlantirish tizimini joriy etish haqida ham so‘z yuritildi. Oliy ta'lim vazirligi magistratura talabalarini Fanlar akademiyasining mos yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot institutlarida stajirovka o‘tash amaliyotini yo‘lga qo‘yish, tabiiy fanlar va muhandislik yo‘nalishlaridagi magistratura talabalarini byudjet hisobidan davlat buyurtmasi asosida tayyorlashni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta'kidlandi. Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan fan olimpiadalari tizimini takomillashtirish, g`oliblarni munosib taqdirlash va rag`batlantirish, xususan, mamlakat miqyosidagi g`oliblarni tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha magistraturaga, xalqaro olimpiada g`oliblarini esa keyinchalik doktoranturaga ham sinovsiz qabul qilish choralarini ko‘rish belgilandi. Moliyaviy barqaror oliy o‘quv yurtlarini markazlashgan tartibda moliyalashtirish tizimidan o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish lozimligi qayd etildi. Shavkat Mirziyoev olim va pedagoglarning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash masalalariga aloqida e'tibor qaratdi.
Oliy ta'lim sohasida 2020-yilda 18 ta yangi oliy ta'lim muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi etirof etildi: Bular:
- 10 ta mahalliy oliy ta'lim muassasasi;
- 3 ta xorijiy oliy ta'lim muassasasi;
- 5 ta davlat–xususiy sheriklik shartlari asosida.
Qo‘shma ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash ikki martaga oshiriladi.
18 ta yangi OTM tashkil etilishi va qo‘shma ta'lim dasturlari kengaytirilishi natijasida yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrovi 25 foizga yetkaziladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi ta’limning tinchlik va taraqqiyot yo‘lidagi ahamiyatini e’tirof etgan holda o‘zining 2018 yil 3 dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 24 yanvarni “Xalqaro ta’lim kuni” deb e’lon qilgan. Shu munosabat bilan Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Yadgor Ruzmetov ta’lim sifatini ta’minlashda xalqaro hamkorlikni rag‘batlantirish borasida institutda amalga oshirilayotgan ishlar hususida fikr yuritdi.
Ta’lim – bilim berish, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 26-moddasida belgilab qo‘yilganidek, ta’lim olish har bir insonning huquqi. Shu bois, so‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalarida qabul kvotalarini bosqichma-bosqich oshirishga katta e’tibor qaratildi. Oliy ta’lim muassasalarida yildan yilga talabalar sonining ko‘payishi o‘qitishning innovatsion shakl va uslublarini joriy qilish, xodimlarni ilg‘or xorij tajribasi asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish zaruriyatini kuchaytirmoqda.
Shuningdek, Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimini isloh qilish, uni takomillashtirish va sifat darajasini oshirish yo‘lida ustuvor vazifa sifatida, dunyodagi eng ilg‘or mamlakatlar bilan tajriba almashish, global ta’lim jarayonlarida faol ishtirok etish belgilab berildi. Zero yopiq sharoitlarda ta’limni rivojlantirib bo‘lmasligini ko‘plab mamlakatlarning tajribasidan ma’lum.Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti turdosh xorijiy oliy ta’lim tizimlarini uyg‘unlashtirish masalasiga e’tiborini kuchaytirmoqda. Bugunga kelib 30 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalarining xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalari, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy qilishga evolyutsion yo‘l bilan intilmoqda.
Institut yoshlarning intellektual, ilmiy va texnologik salohiyatni shakllantirish va transport sohasini malakali kadrlar bilan to‘ldirib borish maqsadida Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Yaponiya hamda Xitoy Xalq Respublikalarining turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi kunda ushbu davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida 390 nafar yoshlar tahsil olmoqda. Bu borada institutning hamkorlik geografiyasi yil sayin kengayib borayotganligini ko‘rish mumkin. Institutda nafaqat ta’lim balki, tadqiqot potentsialini yuksalishiga ham katta e’tibor qaratilgan. Aslida ham har bir oliy ta’lim muassasasini oldida ta’lim, tadqiqot va jamiyatda o‘z professonal yo‘nalishining ilmiy rahbari bo‘lish vazifalari mavjud. Transport sohasiga innovatsiya olib kirish va tadqiqot imkoniyatlarini yanada rivojlantirish yuzasidan xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan muntazam aloqalar mavjud. Toshkent temir yo‘l muhandislaari institutining 40 nafar yosh ilmiy tadqiqotchilari xorijiy ta’lim muassasalarining aspirantura va doktarantura tizimida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
Modulli ta’lim dasturlari, sillabuslar ishlab chiqishda, birgalikdagi o‘quv dasturlari, ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar va tadqiqotlar bilan bog‘liq muhim masalalar yechimida xalqaro hamkorlikka e’tibor qaratilmoqda. 2019 yil mobaynida 66 nafar xorijiy olimlar va amaliyotchilar ta’limga jalb etilganligi fikrimizning asosidir. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim sifatini ta’minlashda bugungi globalizatsiya jarayonlariga qo‘shilish, jahon hamjamiyatiga integratsiya qilish mamlakatimiz kelajagi uchun juda muhim hisoblanadi. Ta’lim dunyoviy ilmiy-intellektual, badiiy-estetik va ma’naviy-axloqiy madaniyat yutuqlarini o‘zlashtirish jarayonidir va haqiqiy ta’lim milliy-davlat chegaralarini tan olmasdan jahon tajribalariga asoslangan bo‘lishi har qanday davlat kelajagi uchun kuchli omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |