10-seminar. Nazorat savollari Germaniya tashqi savdosi va qishloq xo`jaligi



Download 17,24 Kb.
Sana04.09.2021
Hajmi17,24 Kb.
#164324
Bog'liq
Itt seminar 10


10-seminar. Nazorat savollari

1. Germaniya tashqi savdosi va qishloq xo`jaligi

2. Yaponiya moliya bank tizimi

3. Germaniya iqtisodiyotidagi tarkibiy o„zgarishlarning o„ziga xos xususiyatlari

qanday?

4. Yaponiyaning qoloq feodal mamlakatdan “buyuk mamlakat” aylanish

xususiyatlari qanday?

5. Yaponiya va Germaniya iqtisodiyoti o`sish sabablari

1. Iqtisodiyotning davlat sektori keskin kengayib ketdi. Mamlakatda Geringning davlat konserni eng yirik korporatsiyaga aylandi. Avvaliga u yaxudiylarning va boshqa repressiya qilinganlarning musodara qilingan mol-mulk evaziga rivojlangan bo‘lsa,

keyinchalik uning tarkibiga Germaniya okkupatsiya qilgan hududlardagi korxonalar qo‘shila boshlandi. Avval boshdanoq fashistik hukumat bozor munosabatlariga zid ravishda narxlarni tartibga solishni boshladi. Xalq iste’moli tovarlariga narxlarning past

darajasi belgilandi. Natijada bu tovarlar magazinlarda yo‘q bo‘lib

qoldi va ularni endi qora bozorda juda yuqori narxlarda sotib olish mumkin edi. Shu sababdan oziq-ovqat kartochkalarini joriy

etishga majbur bo‘lishdi.

Qishloq xo‘jaligi ham davlat nazoratiga o‘tdi. Qishloq xo‘jalik

mahsulotlari hisobga olinardi va davlatga belgilangan narxlarda

topshirilishi kerak edi. Grossbauer va yunkerlar xo‘jaliklari, ya’ni

yirik kapitalistik xo‘jaliklari “merosga qoladigan saroylar” deb

e’lon qilindi: o‘rta asr urf-odatlariga binoan mol-mulk faqatgina

katta o‘g‘ilga meros bo‘lib qolardi. Boshqa o‘g‘illar esa davlatga

xizmat qilib o‘zlariga “yashash hududi”ni egallashlari kerak edi.

2. Mehnatdan foydalanishning maxsus shakllari va milliy daromadda kapital qo‘yilmalarni yuqori ulushi. Yaponiyada hanuzgacha yalpi milliy mahsulotning 1/3 qismi iqtisodiyotga investitsiyalanadi. Bunda kapital qo‘yilmalarning 70% sanoat korporatsiyalarining foydasi hisobiga emas, balki bank kreditlari hisobiga

amalga oshirilgan edi. Bu yapon moliya guruhlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan edi.

Kapital qo‘yilmalarning 1/3 qismi “jismoniy shaxslarning jamg‘armalari”dir. Boshqacha qilib aytganda, yaponlar o‘z

iste’moliga juda kam mablag‘ sarflab, tejaydilar, jamg‘arilgan

mablag‘larni banklarga qo‘yishardi yoki sanoat korxonalarining

aksiyalarini sotib olishar edi. Bu Yaponiyada mehnatdan foydalanish xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Ish haqi “ijtimoiy demping”

davridagiga nisbatan oshgan bo‘lsa ham boshqa mamlakatlarnikiga nisbatan past edi. Yaponiyada mahsulot qiymatida mehnatga

haq to‘lash xarajatlarining ulushi boshqa mamlakatlarnikiga nisbatan 2-3 barobar past edi (ushbu ko‘rsatkich AQShda 32%, Angliyada – 27%, Yaponiyada – 11%). Italiyaning “Fiat” avtomobillari

qiymatida ish haqi 31%ni tashkil etadi, yapon avtomobillarining

qiymatida – 6,6%. G‘arbiy Germaniyaning “Simens” korporatsiyasining elektrotexnik mahsulotida ish haqi – 41%, yapon “Xitachi”

kompaniyasida – 14%. Bu yerda gap ish haqining real kattaligi

to‘g‘risida ketayotgani yo‘q, ushbu kattalik o‘rtacha yevropa darajasida edi. Masala mahsulot qiymatida mehnatga haq to‘lashning

ulushida edi. Ushbu xarajatlar ulushi mehnat unumdorligi, ishlab

chiqarishning texnik va tashkiliy darajasi va boshqa omillar bilan

aniqlanadi.

3. 1924 yilda AQSh yordamga keldi. Ular “Daues rejasi”ni taklif

etishdi. Rejaning mohiyati quyidagicha edi: AQSh (va qisman Angliya) Germaniyaga sanoatni tiklash uchun zaymlar berishadi, sanoatdan olingan daromadlar Angliya va Fransiyaga reparatsiyalarni

to‘lashga yo‘naltiriladi, reparatsiyalarni olgan Angliya va Fransiya

AQShga o‘z harbiy qarzlarini qaytaradilar.

Daues rejasi bo‘yicha Germaniya 30 mlrd. oltin markaga yaqin

mablag‘ oldi. Ushbu reja amal qilish davrida 8 mlrd. marka reparatsiyalarni to‘ladi. Ushbu “oltin yomg‘ir” ostida nemis sanoati tiklandi va rivoj topdi.

1929 yilda Daues rejasi “Yung rejasi” bilan almashtirildi. Yangi

reja Germaniyaga yana imtiyozlar taqdim etdi. Reparatsiyalar summasi sezilarli darajada qisqartirildi va ularni Germaniya har yili kichik summalarda 1988 yilgacha to‘lashi kerak edi. Ammo hatto bu

variant ham noreal bo‘lib qoldi: jahon iqtisodiy inqirozi boshlanardi

– bunda hech kim reparatsiyalarni eslamasdi ham. Shu sababdan

1932 yilda Yung rejasi va u bilan reparatsiyalar ham to‘liq bekor

qilindi.

4. Yaponiya borgan sari jahon iqtisodiyotida o‘z pozitsiyasini

yo‘qotib borar edi. Bunda Yaponiya iqtisodiyoti rahbarlari ustuvorliklarni o‘zgartirishdi va yapon “iqtisodiy mo‘‘jiza”si boshlandi: asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlari bo‘yicha

Yaponiya barcha mamlakatlardan o‘zib ketdi.

1950 yildan 1970 yilgacha sanoat ishlab chiqarishining o‘rtacha

yillik o‘sish sur’atlari 15%ni tashkil etdi. 1990 yilga kelib Yaponiya

sanoat ishlab chiqarishi 1938 yil darajasiga nisbatan 21,1 marotaba o‘sdi. 1970-1990 yy.da Yaponiya sanoat ishlab chiqarishi 2,2

marotaba o‘sdi.

Yalpi milliy mahsulot va sanoat ishlab chiqarishi ko‘rsatkichlari

bo‘yicha Yaponiya kapitalistik dunyoda 2-o‘ringa chiqdi.

5. Urushdan keyingi davrda kapital eksporti kichik edi. XX asr 80-

yy. boshlarida xorijiy kapital qo‘yilmalar hajmi bo‘yicha Yaponiya

5-o‘rinni egallar edi. Kapital asosan yapon tovarlarini sotib olish uchun beriladigan zayom ko‘rinishida amalga oshiriladi, oxirgi vaqtlarda esa Yaponiya xorijdagi xom ashyo manbalarini

o‘zlashtirishga kapital qo‘ya boshladi. Yaponiyada xorijiy kapital

qo‘yilmalar ham uncha katta emas: chet elliklar qo‘lida Yaponiya

aksioner kapitalining 4%dan kam miqdori mujassamlashgan. Bu

Yevropa mamlakatlarinikidan ko‘ra bir necha barobar kichikdir.

Bu hol Yaponiya uzoq vaqt davomida AQShga bog‘liq bo‘lganligi,

u tomondan okkupatsiya qilinganligini e’tiborga olgan holda

ajablanarlidir. Urushdan keyingi birinchi yillarda amerika korporatsiyalari tabiiy resurslari yo‘q mamlakatni iqtisodiyotini tiklanishiga kapital sarflashga shoshilmadi. Yapon korporatsiyalari

amerika yordamisiz oyoqqa turdi. Yaponiyaning birinchi iqtisodiy

yutuqlaridan so‘ng amerika tadbirkorlari ushbu mamlakat bilan

qiziqib qolishdi, lekin Yaponiya o‘z sanoatini maxsus qonunchilik

bilan himoya qilib bo‘lgan edi. Keyinchalik liberallashtirish e’lon

qilindi – xorijiy kapitalni yapon sanoatining bir qator tarmoqlariga

sarflanishiga ruxsat berildi. Lekin, ushbu tarmoqlarda yapon korxonalarining holati shu daraja kuchli ediki, chet elliklar bu tarmoqlarda hech narsaga erisha olishmadi.

GFRning ikkinchi jahon urushigacha bo‘lgan sanoat ishlab

chiqarish darajasiga erishish boshqa Yevropa mamlakatlarinikidan kechroq (1951 yilda) yuz berdi. Bunga faqatgina harbiy vayronagarchiliklar sababchi emasdi. Mamlakatda harbiy sanoatni

tugatish, monopoliyalarni parchalash bo‘yicha islohotlar va Germaniyaga qo‘yilgan reparatsiya iqtisodiyotni tiklanishini sekinlashtirardi.

Ammo shundan so‘ng GFR sanoati jadal rivojlana boshladi.

1950-1966 yy.da sanoat ishlab chiqarishining o‘rtacha yillik o‘sish

sur’atlari 9,2%ni tashkil etdi. 1948 yildan 1990 yilgacha bo‘lgan

davrda GFRda sanoat ishlab chiqarishi 12 marotaba o‘sdi, boshqa

rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ushbu ko‘rsatkich 5,7 marotabaga teng edi. GFRda rivojlangan kapitalistik mamlakatlar

sanoat mahsulotlarining 9% ishlab chiqarilar edi.

Urushda mag‘lub bo‘lgan Germaniyaning jadal iqtisodiy o‘sishi

va 50-yy.da jahonda 2-chi o‘ringa chiqib olishi “iqtisodiy mo‘jiza”

deb nomlandi.

Birinchidan, davlatning muvafaqiyatli aralashuvi va past darajada harbiy xarajatlar natijasida asosiy kapitalning yangilanishi.

Urushgacha bo‘lgan davrdagi ishlab chiqarish darajasiga boshqa



mamlakatlarga qaraganda kechroq erishilgani uchun, asosiy kapitalning yangilanishi ham kechroq amalga oshirildi. Kechroq degani yuqoriroq texnik asosda degani, chunki shu bir necha yil farq

oralig‘ida ishlab chiqarish texnikasi ancha rivoj topgan edi.
Download 17,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish