O’quv yili 3-kurs uchun.) Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo‘nalishi: 5120300- tarix



Download 2,38 Mb.
bet97/130
Sana12.06.2022
Hajmi2,38 Mb.
#660500
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   130
Bog'liq
2021-2022 MAJMUA UM PED PSIX

Tayanch tushunchalar – psixologiya,psixika,ong,ongsizlik,
materialism,idealism,ikkinchi signal sistemasi,til.

Psixologiya” so’zi ikkita grek so’zlaridan – “psyche” jon, ruh va “logos” ta’limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning predmetini har birimizning tashqi olamni va o’z-o’zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika – bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli (ba’zan ongsiz ham) tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, his qilishimiz, tasavvur qilib, anglashimizni ta’minlaydi. An’anaviy ta’riflarda psixologiya fan sifatida ana shu “psixikaning faktlarini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o’rganadi”, – deb ham bayon etilgan. Lekin bu qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish noto’g’ri bo’ladi. Chunki inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma-xilki, biz ba’zan o’z-o’zimizni ham tushunmay qolamiz. Shuning uchun ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro’y berayotgan obyektiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo’lish bilan, balki hayotda munosib o’rin egallash, o’z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan holda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo’lish, o’ziga va o’zgalarga ta’sir ko’rsatishning usullarini bilish va ulardan o’z o’rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi. Psixologik bilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi narsalar va hodisalarning mohiyatini bevosita his qilib bilishimiz mumkin, lekin psixik hayotga aloqador bo’lgan jarayonlarni, o’zimizda, miyamiz, ongimizda ro’y berayotgan narsalarning mohiyatini bilvosita bilamiz. Masalan, o’rtoqlarimizdan biri bizga yoqadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy taassurot qoldira oladi, lekin uning u yoki bu xatti-harakatlarini bevosita ko’rib, baholab, tahlil qilolsak-da, unga nisbatan his qilayotgan mehrimizni, uzoq ko’rishmay qolganimizda uni sog’inayotganligimiz bilan bog’liq hisni bevosita ko’rib, idrok qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Aynan shunga o’xshash holatlar psixologiya o’rganadigan hodisalar va holatlarning o’ziga xos tabiati va murakkabligidan darak beradi va ularni boshqa turli hodisalardan farq qiladi.


Bu fan muayyan turkumga kiritilgan. Chunki psixologiya fani bu tizimda nufuzli o'rin egallashiga barcha obyektiv shart-sharoitlar yetarli. Sunday qat'iy ishonch bilan aytilgan fikr zamirida bir qator muhim ham tabiiy, ham ijtimoiy omillar mavjud. Zero, psixologiya fani insoniyat tomonidan kashf qilingan fanlarning ichida eng murakkabligi bois, biosferik ta'limotdan kelib chiqqan holda, psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyatini aks ettiruvchi kategoriya sifatida o'rganilib kelindi. Lekin bugungi kunda neosferik ta'limotga binoan fazoviy munosabatlar, sayyoralararo aloqalar, o'zaro ta'sirlar, moddalar, zarrachalar, nurlar harakati, almashinishi, qo'shilishi to'g'risida faraziy asosda bo'lsa ham mulohazalar yuritilmoqda. Shunga muvofiq, biosferaga kirib kelayotgan moddalar o'zaro birikib, ayniqsa, muayyan fazoviy maydonning hosil qilishi, to'planishi inson tana a'zolariga ijodiy ta'sir ko'rsatmoqda, natijada favqulodda holatlar sodir bo'lishi, kashfiyotlar yuz berishi, intuitiv (lotincha intueri — sinchkovlik, diqqat bilan qaramoq yoki ichki sezgirlik demakdir) shakldagi ruhiy holatlarning kuchayishi namoyon bo'lishi kutilmoqda. Bular qatoriga telepatik (yunoncha tele — uzoqni, pathos — sezaman degan ma'no anglatadi) samaralar, o'ta sezgirlik, ekstrasenzitivlik (lotincha extra— o'ta, sensus — sezgirlik degani), ekstrasenslik (lotincha extra - o'ta, sensus — his qilaman ma'nosini bildiradi) kabi psixologik holatlarning kechishi sabablarini kiritsa bo'ladi. Biroq omadsizlik, ichikish, kasal kimnidir intizor kutishi, nasib etmaslik, ishqiy kechinmalar, tushda ayon bo'lish kabi ruhiy holatlar, hodisalar hanuzgacha ishonchli dalillar bilan tushuntirib berilgani yo'q. Ammo bilish obyekti (lotincha objectum — jism demakdir) bilan subyektining (lotincha subjectum — tashqi olamni biluvchi inson) birikuvida psixologiyaning qulay imkoniyatlari mavjud ekanligini ta'kidlab o'tish o'rinli.

Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish