2-seminar mashg’uloti
Mavzu: Psixologiya fanining rivojlanishi. Jonli va jonsiz tabiatda aks etgirish shakllari.Psixik aks ettirish. Onglilik va ongsizlik.Ilmiy psixologiyaning rivojlanish tarixi.
Maqsad: Mavzu bo’yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, talabalarda mavzuga oid amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Dars tipi: Mustahkamlash tipidagi dars.
Dars metodi: Tezkor savol-javob, BBB, suhbat
Dars jihozi: Ko`rgazmali qurollar, vatman qog‘oz, marker.
Reja:
Xulq-atvorning psixofiziologik asosi ( Nerv tizimi. Neyronlar. Akson. Dendrit. Miya. Endokrin tizimi. Genetika.) Endokrin tizimning inson organizmi va xulq atvoridagi ahamiyati. Psixik xususiyat va holatlaming neyropsixologik asoslari. Instinktlar. Instinkt tushunchasining mazmuni. Instinktlaming klassifikatsiyasi. Egizaklar usuli, gen va atrof-muhit bir-biriga ta’siri. Irsiyat. Bixevioral genetika. Onglilik va ongsizlik. Hayvonlar intellektual xatti xarakat shakllari. Muhit psixik faoliyat va taraqqiyot omili sifatida. Psixik faoliyatning jinsga oid xususiyatlari Xulq-atvorning psixofiziologik asosi bo'yicha qisqachaxulosa va amaliy tavsiyalar
Tayanch tushuncha- Seskanuvchanlik, hayvonlarning instiktiv, individual va
intellektual xatti-xarakatlari.Yuksak psixik funktsiyalarning
tarkib topishi va ularning tuzilishi.
Psixikaning filogenetik taraqqiyoti
Inson psixikasining tarakkiyoti filoginez va ontoginezni boshidan kechiradi. Filoginez shuki, odamzod paydo bo`lgandan toki xozirgi davrgacha avloddan-avlodga psixika takomillashgan xolda utgan. Masalan, dastlabki odaminson maymunlar yoki ibtidoiy jamoa to`zumi davridagi odamlar bilan xozirgi insonlar psixikasi o`rtasida beqiyos darajada katta fark bor. Ontoginez esa bola tugilgan kundan toki umrining oxirigacha yoshining ortib borishi bilan psixikasining ham usib, rivojlanib borishidir
Psixika - bu yuksak darajada tashqil topgan materiyaning hususiyati, sub’ekt tomonidan obsktiv borliqni faol aks ettirish, huddi shu asnoda o`z hulqini va faoliyatini shahsan boshqarishdir. Psixikada o`tmishning, hozirgi davr va kelasi zamonniig hodisalari ifodalangan, tartibga solingandir
Seskanuvchanlik va sezuvchanlik, Tropizmlarning mohiyati
Hamma tirik organizmlar o’simliklardan tortib, hayvonlargacha aks ettirishning biologik shakli seskanuvchanlik xususiyatiga egadir.
Seskanuvchanlik- tirik organizimning biologik ahamiyatiga ega bo’lgan ta’sirlariga javob qaytarish qobilyatidir.
Biotik, ya’ni biologik ahamiyatga ega bo’lgan omillariga maxsus harakatlar bilan reakqiya qilish usullariga tropizm yoki taksislar deyiladi.
Hayvonlarning hatti-harakat tiplari
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, I.M.Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik jihatdan boshqarilishi ta’limotini tasdiqlab berdi. Bu ilgor g’oya, muhim ta’limot, nazariya rus olimi I.P.Pavlov (1849-1936) tomonidan eksperimental tasdiqlandi va hususiy keng ko’lamda yaqqollashtirildi. I.P.Pavlov ham odamlarning, ham hayvonlarning tashqi muhit bilan o’zaro harakati miya bilan boshqarilishi qonuniyatini ochgan edi. Uning mazkur qonuniyatlarga taalluqli qarashlari yig’indisi birinchi va ikkinchi signallar tizimi to’g’risidagi ta’limot tariqasida fan olamida arzigulik mavqe egalladi.
Tevarak-atrof muhitidagi narsa va xodisalarning ko’rinishi, eshitilishi, hid tarqatishi, tovlanishi, yengil yoki og’irligi, qattiq yoki yumshoqligi kabilar hayvonlar uchun sharqiz qo’zgatuvchi signal bo’lib xizmat qiladi. Keyinchalik ular shartli refleksga aylanishi mumkin. Hayvonlar o’z xatti-xarakatlarida I.P.Pavlov ta’biri bilan aytganda, birinchi signal sistemasining signallari («birinchi signallar») ga rioya etadilar. Binobarin, ularning psixik faoliyati birinchi signallar sistemasi bosqichida amalga oshadi va unga uzluksiz ravishda amal qiladi. Inson faoliyati va xulk-atvori uchun xam birinchi signalsistemasining signallari (yaqqol, tasavvurlar, timsollar, obrazlar) ularni boshqarishi, yo’naltirishi, harakatlantirishi faollashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, (yo’l, ko’cha) qoidalari, avtomobil, elektrovoz signallari, xavf-xatar belgilari shaxs uchun muhim rol o’ynaydi. Shuni unitmaslik kerakki, insonning xulk-atvorini signal qo’zgatuvchilar mexanik ravishda boshqarmaydi, balki mazkur qo’zg’atuvchilarning miyaga o’rnashib qolgan timsollari, ya’ni signallari boshqarib turadi. Muayyan timsolga ega bo’lgan timsollar narsa va hodisalar to’g’risida signal jo’natadi, buning natijasida insonning xatti-harakatini boshqarib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |