O’quv yili 3-kurs uchun.) Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo‘nalishi: 5120300- tarix


Dars tipi: Mustahkamlash tipidagi dars



Download 2,38 Mb.
bet121/130
Sana12.06.2022
Hajmi2,38 Mb.
#660500
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   130
Bog'liq
2021-2022 MAJMUA UM PED PSIX

Dars tipi: Mustahkamlash tipidagi dars.
Dars metodi: Tezkor savol-javob, BBB, suhbat
Dars jihozi: Ko`rgazmali qurollar, vatman qog‘oz, marker.
Reja:
Emotsiya haqida tushuncha. Hissiy holatlaming nerv-fiziologik asoslari. Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar. Emostiya nazariyalari (Djeyms- Lang, Kennon- Bard, S.Shaxter, D. Zinger) Qarama -qarshi emostiyalar nazariyasi ( R. Salomon bo’yicha). Hissiy holatlaming ifodalanishi, hislami kechirish shakllari.
Tayanch tushunchalar-Emotsional jarayonlar.Xis-tuygular.Emotsional
holatlar.Kayfiyat, stresslar, affektlar.Yuksak (axloqiy, aqliy,
estetik, praksik) xislari.
1.Hissiyot haqida tushuncha, his-tuyg`ularning vazifalari .
Kishi sezgi, idrok qilgan, xotirasida qolgan ta’sirotlarga hech qachon befarq qaramaydi. Insonga berilgan har qanday ta’sir ijobiy yoki salbiy, yoqimli yoki yoqimsiz hissiyotni qo`zg`otadi, faoliyatga undaydi, yoki faoliyatdan to`xtatadi. Kishi tashqi yoki ichki ta’sir tufayli faollashadi yoki faoliyatdan to`xtaydi, jasurlanadi yoki qo`rqadi, shubhalanadi va h.k.
His-tuyg`ular kishining o`z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg`ul bo`layotganiga nisbatan turli shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuyg`ular albatta ikki qutbli -ijobiy yoki salbiy, ya’ni yoqimli va yoqimsiz bo`ladi.
Hissiyot haqida etarli bilimga ega bo`lish ishlab chiqarish tashkilotchisi, o`qituvchi, pedagog uchun juda muhimdir. O`z ishidan qoniqish hissini paydo qilish, zo`r ko`tarinki ruh bilan ishlash qulay psixologik muhit yaratilishi bilan bog`liq. Bu esa jamoa oldida turgan vazifalarni uning har bir a’zosi ehtiyoji bilan mustahkamlashiga bog`liq.
2.Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari, insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar.
His-tuyg`ularning kechishi o`z rivojlanishiga ega bo`lgan, joriy va o`zgarib turadigan psixik jarayondir.
His-tuyg`uni boshdan kechirishning turli shakllari bor: bular emotsiya, kayfiyat, affekt, kuchli hayajonlanish, stress, ehtiros, tor ma’nodagi his-tuyg`ular shaxsning emotsional sohasini tashkil etadiki, ular kishi xulq atvorini tartibga solib turadi, bilishning jonli manbai, odamlar o`rtasidagi murakkab va ko`p qirrali munosabatlarining ifodasi bo`lib, hisoblanadi.
Emotsiyalar. “Emotsiya» so`zini o`zbek tiliga aniq tarjima qilinganda u ruhiy hayajonlanish, ruhiy harakatlanish degan ma’noni anglatadi. Hissiyot deb, masalan,kishining musiqaviy asarga nisbatan o`rnashib qolgan xususiyati sifatidagi muhabbat tuyg`usining o`zini emas, balki kontsert paytida yaxshi musiqiy asarni eshitayotib, boshidan kechirgan lazzatlanish, zavqlanish holatiga aytiladi.
Bir xil holatdagi emotsiyalar ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Ular xatti-harakatlarga, fikr mulohazalar bildirishga turtki beradigan kuch bo`lib chiqadi, kuch-g`ayratlarni oshirib yuboradi va stenik deb ataladi, agar susaytirsa, astenik deb aytiladi.
Affektlar. Kishini tez chulg`ab oladigan va shiddat bilan o`tib ketadigan jarayonlar affekt (hissiy portlash) deb ataladi. Ular ongning anchagina darajada o`zgartirganligi, hatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilganlgi, olamning o`zini o`zi idrok qila olmasligi, shuningdek uning butun hayoti va faoliyati o`zgarib qolganligi bilan ajralib turadi.
Affektlar birdaniga katta kuch sarf qilinishiga sabab bo`lgani uchun ham qisqa muddatli bo`ladi: ular his-tuyg`ularning bamisoli birdan lov etib yonib ketishiga portlashiga, bir zumda hamma yoqni to`s-to`polon qilgan shamolga o`xshaydi. Agar hissiyot faqat ruhiy hayajonlanishini ifoda etsa, u holda affekt bo`rondir. Ko`z yoshi to`kish va o`kirib yig`lash, qah-qaha otib kulish va baqirib-chaqirib gapirish, alohida turqi-tarovat va yuzdagi imo-ishora, tez-tez yoki qiynalib nafas olish etilib kelayotgan affektning odatdagi manzarasini hosil qiladi.
Hissiy portlash ro`y bergan taqdirda, uning keyingi bosqichlarida kishi o`zini tuta olmasdan qoladi, qilayotgan ishining oqibatini o`ylamaydi va aql hushini yo`qotib qo`yadi, so`ngra bu haqda o`ylasa uyalib yuradi, pushaymon eydi,ba’zan sodir bo`lgan voqealar tushida yuz berganday esga tushadi. Tormozlanish miya qobig`ini egallab oladi va kishining tajribasi, uning madaniy ma’naviy negizlari mustahkamlangan murakkab bog`lanishlarning tarkib topgan sistemasini ishlatmay qo`yadi.
Kayfiyatlar. Kayfiyatlar ancha vaqt davomida kishining butun hatti-harakatiga tus berib turadigan umumiy hissiy holatini ifoda etadi. Kayfiyat shodu xurramlik yoki qayg`uli, tetiklik yoki lanjlik, hayajonli yoki mayuslik, jiddiy yoki engiltaqlik, jizzaqilik yoki muloyimlik va hokazo tarzda bo`ladi. Kayfiyati yomon kishi o`rtog`ining haziliga yoki tanbehiga kayfiyati chog` vaqtidagiga qaraganda tamomila boshqacha munosabat bildiradi.Kayfiyatlar odatda o`ziga o`zi hisob bermasligi va sust namoyon bo`lishi bilan belgilanadi. Kayfiyat kishi faoliyatiga ta’sir ko`rsatadi.
Kayfiyatlar ko`proq kishi salomatligining umumiy holatiga, ayniqsa nerv tizimi va modda olmoshuvini to`g`rilab turadigan ichki sekretsiya bezlarining holatiga bog`liqdir. Kayfiyatni yaxshilish uchun aqliy va jismoniy mehnatni to`g`ri tashkil etish, dam olish va mehnatni o`rinli tashkil etish kerak.
Stress. Psixologik ta’rifiga ko`ra affektiv holatga yaqin turadigan, lekin boshdan kechirishining davomiyligiga ko`ra kayfiyatlarga yaqin bo`lgan his-tuyg`ular boshdan kechirilishning alohida shakli kuchli hayajonlanish (stress) holati (inglizcha stress - tazyiq ko`rsatish, zo`riqish degan so`zdan olingan)dan, yoxud hissiy zo`riqishdan iboratdir. Hissiy zo`riqish xavf-xatar tug`ilgan, kishi xafa bo`lgan, uyalgan, tahlika ostida qolib ketgan va shu kabi vaziyatlarda ro`y beradi.
3.Hissiy holatlarning ifodalanishi, hislarni kechirish shakllari.
His-tuyg`ularning hissiyot (emotsiyalar), kayfiyatlar, kuchli hayajonlanish tarzida boshdan kechirilishi chog`ida ma’lum darajada seziladigan tash qi belgilariga ham ega bo`ladi. Yuzning ifodali harakatlari (mimika), qo`l va gavdaning ma’noli harakatlari, turqi-tarovat, ohang, ko`z qorachigining kengayishi yoki torayishi kabilar shular jumlasiga kiradi. Kishi o`zining qahr-g`azabini tevarak atrofdagilarga qo`llarini musht qilishi, ko`zlarini chimirib qarash, do`q-po`pisali ohang bilan namoyish qiladi.
Asosiy hissiy holatlar quyidagilar (K.Izard klassifikatsiyasi bo`yicha):
Qiziqish malaka va ko`nikmalar rivojiga, bilim egallashiga moyillik tug`diradigan ijobiy hissiy holat.
Quvonch- to`la qondirilishi mumkin bo`lmagan, har holda qondirilishi noaniq dolzarb bo`lgan ehtiyojni qondirilishi mumkinligi bilan bog`liq ijobiy hissiy holat.
Hayratlanish- to`satdan ro`y bergan holatlardan hissiy jihatdan ta’sirlanishning ijobiy yoki salbiy jihatdan aniq-ravshan ifoda etilmagan belgisidir.
Iztirob chekish. Hozirga qadar qondirilish ehtimoli ozmi-ko`pmi darajada mavjud deb tasavvur qilingan hayotiy muhim ehtiyojlarning qondirilishi mumkin emasligi haqida aniq yoki shunday tuyilgan axborot olinishi bilan bog`liq salbiy hissiy holatdir.
G`azablanish- odatda affekt tarzida kechadigan va sub’ekt uchun g`oyat muhim ehtiyojni qondirish borasida jiddiy to`siq paydo bo`lgani oqibatida kelib chiqadigan, ifodalanishiga ko`ra salbiy hissiy holat . Iztirob chekishdan farqi g`azablanish stenik tarzda, ko`rinishda bo`ladi. (Kuch g`ayratni oshirib yuboradi).
Nafratlanish- Ob’ektiv holatga sub’ektning mafkuraviy, ma’naviy, estetik printsiplari va yo`l-yo`riqlariga keskin zid kelib qolishi oqibatida ro`y beradigan salbiy hissiy holatdir.Nafratlanish tajovuzkorlik xulq-atvoriga sabab bo`lishi mumkin.
Jirkanish -shaxslararo munosabatlarda ro`y beradigan va sub’ektning hayotiy nuqtai nazari, qarashlari va xulq-atvoriga nomutanosibligi oqibatida hosil bo`ladigan salbiy hissiy holatdir.
Qo`rquv -sub’ekt o`zining xotirjam hayot kechirishiga ziyon etishi mumkinligi haqida, unga real tarzda tahdid solayotgan yoki tahdid solishi mumkin bo`lgan xavf-xatar haqidagi xabarni olishi bilan paydo bo`ladigan salbiy hissiy holatdir. Qo`rquv hissiyoti stenik tusda ham, astenik tusda ham bo`lishi mumkin, yoxud hissiy zo`riqishlar tarzida, yoxud ruhan astoydil tushkunlikka berilgan va xavotirlangan tarzda, yoxud affektiv holatga tushgan tarzda (dahshatli qo`rquv hissiyotning eng so`nggi turidir) kechishi mumkin.
Uyalish- o`zining niyat maqsadlari, hatti-harakatlari va tashqi qiyofasi faqat tevarak -atrofidagilar tomonidan kutilganiga mos kelmaganligini emas, balki o`ziga loyiq xulq-atvor va tashqi qiyofa haqidagi shaxsiy tasavvurlarga ham mos kelmayotganligini anglab etishida ifodalangan salbiy holatdir.



Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish