O’quv yili 3-kurs uchun.) Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo‘nalishi: 5120300- tarix



Download 2,38 Mb.
bet119/130
Sana12.06.2022
Hajmi2,38 Mb.
#660500
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   130
Bog'liq
2021-2022 MAJMUA UM PED PSIX

12-seminar mashg’uloti


Mavzu: Ong va til munosabatlari.Nutqning turlari.Tafakkur bilish jarayonlari tizimida.Tafakkur va ong.


Maqsad: Mavzu bo’yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, talabalarda mavzuga oid amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Dars tipi: Mustahkamlash tipidagi dars.
Dars metodi: Tezkor savol-javob, BBB, suhbat
Dars jihozi: Ko`rgazmali qurollar, vatman qog‘oz, marker.
Reja:
Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar. Muammoli vaziyat va uni hal qilish metodlari. Tafakkuming psixologik asosi haqida qisqacha xulosa.-Amaliy tavsiyalar. Nutq haqida psixologik tushuncha . Tilning asosiy funksiyalari. Nutq faoliyatining nfiziologik mexanizmlari. Nutq rivojlanish davrlari. Nutqning rivojlanish xususiyatlari. Nutqning vujudga kelish nazariyalari.. Nutqning turlari.(og’zaki nutq yozma nutq ,monologik nutq,dialogik ,poliologik nutq verbal, noverbal,paralingvistik ta’sir vositalari)


Tayanch tushunchalar-Tafakkur . Tafakkur va hissiy bilish.Fikrlash operatsiyalari.
Tafakkur motivatsiyasi. Muammoli vaziyat va masala echish.
Tafakkur turlari. Nazariy va empirik tafakkur xususiyatlari.
Amaliy va nazariy intellekt(aql). Tafakkurning individual xususiyatlari. Nutq Nutq turlari va uning vazifalari.Nutqning o`sishi.
1.Tafakkur haqida tushuncha.
Tashqi olamdagi voqeilikni sezgi, idrok va tassavur jarayonlari orqali bilish muxim ahamiyat kasb etadi, lekin o`rganilayotgan narsa va xodisalarni atroflicha chuqur aks ettirish uchun bular xali etarli emas. CHunki ularning o`zaro munosabatlari, sifat va miqdor o`zgarishlari, murakkab ichki bog`lanishlari, o`zaro ta’sir etish xossalarini bevosita kuzatish yoki xissiy obrazlar yordamida aniqlash imkoniyati yo`q.
Madomiki shunday ekan, sub’ektning bilish /anglash/ lozim bo`lgan ob’ekt bilan o`zaro ta’sirini bevosita aks ettirish yo`li orqali bo`laqlarga ajratish imkoniyati cheklanganligi sababli xissiy bilish bosqichidan aqliy bosqichga, ya’ni tafakkurga o`tish zarurati tug`iladi.
Fikr yuritish yordamida atrof – muxitni chuqurroq bilish, narsalar, voqealar va xodisalar o`rtasida mavjud bo`lgan o`zaro ichki munosabatlar, bog`lanishlarni aniqlash muammoli tarzda namoyon bo`ladi
SHunday qilib, inson o`zining bilish faoliyatida voqeilikning murakkab jixatlarini xissiy bosqich yordami bilan aks ettira olmay qolganda tafakkurga, fikr yuritishga murojaat qiladi.
2.Tafakkur operatsiyalari.

Analiz va sintez.


Taqqoslash.
Abstraktsiyalash.
Umumlashtirish.
Konkretlashtirish.
Klassifikatsiyalash.
Sistemalashtirish.


ANALIZ – shunday bir tafakkur jarayoniki, uning yordami bilan biz narsa va xodisalarni fikran yoki seminar ravishda bo`lib /ajratib/, ularning ayrim qismlari va xususiyatlarini taxlil qilamiz.
SINTEZ – shunday bir tafakkur jarayonidirki, biz narsa va xodisalarning analizda bo`lingan ayrim qismlari, bo`laqlarini sintez yordami bilan fikran yoki amaliy ravishda birlashtirib, butun xolga keltiramiz.



TAQQOSLASH – shunday bir tafakkur jarayoniki, bu jarayon vositasi bilan ob’ektiv dunyodagi narsa va xodisalarning bir – biriga o`xshashligi yoki bir – biridan farqi aniqlanadi.
Abstraktsiyalash shunday bir tafakkur jarayoniki, bu jarayon yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va xodisalarning muxim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va xodisalarning muxim bo`lmagan ikkinchi darajali xususityalarini fikran ajratib tashlaymiz.
UMUMLASHTIRISH deganda psixologiyada narsa va xodisalardagi xossa, belgi, xususiyat, alomatlarni topish va shu umumiylik asosida ularni birlashtirish tushuniladi.
KLASSIFIKATSIYA deb atash qabul qilingan.
Klassifikatsiya qilishning yakuni sistemalashtirish bo`lib xisoblanadi. Sistemalashtirishga kutubxonadagi kitoblarning joylanishi misol bo`la oladi. Masalan, kutubxonada pedagogikaga oid adabiyotlar bir tomonda, psixologiyaga oidlari yana bir tomonda joylashgan bo`ladi. Sistemalashtirish inson ishini osonlashtiradi. Natijada kishi nimani qayerdan izlashni biladi. Turmushda xar qadamda sistemalashtirishni ko`rishimiz mumkin.
Nutqiy fikr-mulohazani qodlashtirish va kodini ochish jarayonlari og`zaki munosabatda muvaffaqiyat keltiradigan aqliy markazlar va sistemalar saqlanib qolgan taqdirdagina yuz beradi.



Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish