O`quv –uslubiy qo`llanma toshkent 2012 tursunoy ziyadova


"Sifat" so’z turkumini o’rganish



Download 1,34 Mb.
bet60/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,34 Mb.
#724608
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   78
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK TILI O`QITISH O`QUV –USLUBIY QO`LLANMA

"Sifat" so’z turkumini o’rganish. Sifat, uning lug’aviy shakllari, yasalishi 6 - sinfda o’rganiladi. Ammo bu so’z tur kuniga. oid dastlabki ma’lumotlar boshlang’ich sinflarda berilanligini inobatga olib, mazkur so’z turkumini o’rganish, egallaigan zaruriy bilimlarni o’quvchilar xoti-rasida tiklash bilan boshlanadi. Berilgan SBlarini o’qish, qanday?, qanaqa?, qachongi? kabi so’roqlarni qabul qiluvchi so’zlarni aniqlash, shu so’zlarni imkoniyat doirasida ularning ma’nodoshi bilan almashtirib SBlari hosil qilish (mas.g bahorgi ish - ko’klamgi ish), shaxs va narsa - hodisalarning belgi-xususiyati (rang-tusi, maza- ta’mi, xususiyati, hajm - shakli) ni ifodalovchi so’zlarni ro’yxat qilish, ular ishtirokida gaplar hosil qilish, matnni o’qib, shunday so’zlarni aniqlash singari topshiriqlar "Sifat" so’z turkumi yuzasidan egallangan bilim-larni ular xotirasida tiklashga xizmat qiladi.
O’quvchilar e’tibori tub va yasama sifatlarga qaratiladi. O’quvchilar berilgan sifatlarni tub va yasamalarga ajratadilar; yasama sifatlarda sifat yasovchi qo’shimchalarni aniqlaydilar; berilgan sifat yasovchi qo’shimchalar yordamida qo’shimchadosh so’zlar hosil qiladilar; ularning imlosi ustida ish olib boradilar.
"Sifat" so’z turkumini o’rganishda o’ta muhim masalalardan biri qo’shma sifatlar va juft sifatlar imlosidir. Mazkur mavzuni o’rganishda "ot - fe’l - ar","sifat - fe’l - ar", "son - fe’l - ar" qolipli hosilalar ustida ishlash (.mas., muzyorar, ertapishar, beshotar), "Imlo luyuti" dan bu sifatlarni ajratib yozish, bitta tushunchani, belgini ifo dalab kelgan "ot -ot", "sifat -ot" qolipli qo’shma sifatlar (mas., bodomqovoq, sarviqomat, ko’kko’z, qorasoch, oq ko’ngil) ustida ishlash; tarkibida tsh, yarim, umum, aro, rang so’zlari bo’lgan qo’shma sifatlar ro’yxatini davom ettirish; berilgan juft sifatlarni qarama - qarshi ma’noli so’zlar bilan almashgirish, juft va takroriy sifatlar ro’yxatini tuzish; ular orasida chiziqchaning qo’yilishi ustida ishlash kabi ijodiy amaliy topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Shundan so’ng o’quvchilar aslny va nisbiy sifatlar hamda asliy sifat dprajalari bilan tanishadilar. Asliy va nisbiy sifatlar so’z o’zagiga -roq qo’shimchasini erkin qabul qila olishi va qabul qila olmasligiga qarab farqlanadi. O’quvchilar berilgan sifatlarga -roq qo’shimchasini qo’shib, bu qo’shimchani erkin qabul qiladigan sifatlarni asliy va bu qo’shimchani qabul qila olmaydiganlarini nisbiy sifatlarga ajratadilar hamda umum-lashma – xulosa hosil qiladilar.
"Asliy sifat darajalari" mavzusini o’rganishda o’quvchilar asliy sifatlar belgining ko’lamini ifodalab kelishiga ko’ra: 1) oddiy daraja; 2) qiyosiy daraja; 3) orttirma daraja kabi uch guruhga ajralishini, ularning hosil bo’lishini, ma’nosi, imlosi va talaffuzini bilib oladilar. Mazkur mavzuni o’rganish jarayonida oddiy, qiyosiy, orttirma darajadagi sifatlar ro’yxa-tini gguzish, ularning ma’nosini qiyoslash, shu darajalarni hosil qiluvchi qo’shimchalarning o’zaro sinonimik munosabatta kirishishi kabi ijodiy-amaliy ishlardan foydalansa bo’ladi. Ayniqsa, berilgan gaplarda yoki matnda -roq qo’shimchasini shunga yaqin ma’no anglatuvchi - ish, - mtir, - imtir qo’shimchalari, biroz so’zi bilan almashtirish (mas., qoraroq - qoramtir - bir oz qora, qizilroq - qizg’ish -biroz qizil), orttirma daraja hosil qilgan ma’lum bir vosita (mas. eng) o’rnida shu manoni beruvchi boshqa vositani (mas., juda g’oyat, nixoyat, bexad, cheksiz, g’oyatda, nixoyatda) qo’llash, sifat yasovchi qo’shimchalarni uning sinonimlari bilan almashtirish (mas., -li, ba-(bo-) mazali- bamaza, -li -digan) (mas. yoqimli — yoqadigan, ajablanarli ajablanadigan, -li -lik) (mas, chiroyli - chiroylik -lik - dor, -kor) (mas., aybli - aybdor, gunohli –gunohkor, - gi, -ki, -qi -dagi) (mas. pastki – pastdagi, kuzgi - kuzdagi -q -uq - iq -ak, -aq –gan: mas., chirik- chirigan, siniq -singan, - kir, - gir, g’ir, - qir- ag’on) (mas,, chopqir - chopag’on, topqir - topag’on; sinonim so’zlarning mavjud antonimlarini topish) (mas., aqlli -beaql- aqlsiz, mazali - bemaza - mazasiz) kabi ishlar o’quvchilar nutqini rivojlantirishda o’ta muhimdir.
Dastur talabiga ko’ra asliy sifatlarning kuchaytirma shakli va asliy sifatlarning ozaytirma shakli ustida alohida - alohida ish olib borish ko’zda tutilgan. O’quvchilar sifatlarning ma’no guruhlari bilan tanishtirilar ekan, asosiy e’tibor rang-tus sifatlari (qo’ng’ir, pushti, jigarrang, ko’kish, sarg’ish v. h), maza-ta’m sifatlari (mas., achchiq, taxir, nordon, chuchukg shirin, asaldek, tilyorar v.h.), xususiyat bildiruvchi sifatlar (mas., sodda, quvnoq, sho’x, kamtar, ayiqsimon, bo’ydor, andishali, v.h.), holat bildiruvchi sifatlar (mas., xursand, ho’l, issiq, navqiron, uyg’oq v.h.}, shakl (ko’lam) sifatlari (mas., baland, do’mboq, uzun, beso’naqay, xushbichim v.h.), hid bildiruvchi sifatlar (mas, muatgar, qo’lansa, xushbo’y, badbo’y v.h.), miqdor sifatlari (ko’p, mo’l, oz, serob kamchil v.h.)ni ro’yxat qilish, ularning ma’no nozikligi ustida ishlash, sifatlarning har bir ma’no guruhlari ishtirokida SBlari va gaplar hosil qilish, belgining oshib borishiga qarab sifatlarni birii - ketin joylashtirish, sifatlarga ma’nodosh va zid ma’noli so’zlar topish singari ijodiy -amaliy ishlarni bajaradilar. Mazkur so’z turkumini o’rganish "Ranglar jilosi" ma’rifiy matni (darslikning 135 -betida) ustida ishlash bilan yaku-lanadi. O’quvchilar qadim -qadimdan ota - bobolarimiz ranglar jilosi, ularning uyg’unligiga katta etibor bilan qaraganliklarini bilib oladilar.
O’quvchilarning so’z boyligini oshirishda sifat birikmalar ustida ishlash muhim ahamiyatga ega. Berilgan matndan sifatli SBlarini ajratish, ularning ro’yxatini mustaqil davom ettirish, badiiy asarlardagi ijobiy va salbiy kaxramonlarning barcha sifatlarini sanash va ular ishtirokida SB yoki gaplar hosil qilish, ma’lum bir otga bog’lanib keladigan barcha sifatlarni topib qo’yish singari amaliy itlar o’quvchilar so’z boyligini oshiradi. Masalan, o’quvchilarga "Zumrad va Qimmat" ertagidagi ikki qaxra-monning sifatlarshsh aniqlash topshirilgan bo’lsa, ular Zumradning ijobiy fazilatlari va Qimmatning salbiy fazilatlarini sanaydilar: Qimmat -aqlsiz, qo’pol, dangasa, o’jar, odobsiz, yolg’onchi,yig’loqi,bemehr, uyatsiz, so’zamol, mahmadona, beparvo qiz;
Zumrad -go’zal, kelishgan, aqlli, mehnatsevar, xushfe’l, odobli, kamtar,mehribon, chaqqon, ozoda, rostgo’y, rahmdil, nomusli qiz.
Shunday qilib, "Sifat" so’z turkumini o’rganishda uning ichki ma’no guruhlari ustida ishlash, sifatlar ishtirok etgan SBlari hosil qilish, bu so’z turkumiga oid materiallarni semantika va stilistika bilan uzviy aloqadorlikda o’rganish, sifat sinonimlari va sifat antonimlari ustida maxsus ish olib boriga, har xil o’yin, topshi-riqlardan foydalanish kabilar mazkur so’z turkumini o’rganishni ancha osonlashtiradi.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish