Yordamchi so’zlarni o’rgatish metodikasi. Ma’lumki, yordamchi so’zlar haqida ilk ma’lumotlar boshlang’ich sinflarda beriladi. 7 - sinfda o’quvchilar gaplarni gap bo’lak-lariga ajratish, mustaqil holda gap bo’lagi bo’lib kela olmaydigan so’zlar ro’yxatini tuzish, bu ro’yxatni mustaqil davom ettirish, shunday so’zlar yordamida gaplar tuzib, bu so’zlarning vazifalari ustida ishlash singari ijodiy - amaliy ishlar bilan shug’ulla-nadilar.
Yordamchi so’zlarning muhim qismini ko’makchilir tashkil etadi. Tilimizda bilan, uchun, kaba, sari, sayin, krdar, tomon, sababli, orqali, tufayli, qarab, ko’ra, chogli, uzra singari juda ko’p so’zlar borki, nutqiy faoliyat uchun ularning axamiyati benihoya katta. Mazkur mavzuni o’rganishda berilgan gaplar yoki matnda ajratilgan so’zlarni (mas., uchun, orqali) kelishik qo’shimchalari bilan almashtirish (mas., Bu ertaklar to’plamini singlim uchun oldim. - Bu ertaklar to’plaminig sishlimga oldim. Mehribon telefon orqali men bilan so’zlashdi. - Mehribon telefonda men bilan so’zlashdi. v.h)g bu so’zlar va kelishiklar orasidagi o’xshashlik, farqlarni sharhlash, holat ga ko’ra (qarshi, tomon, qarab, qaramasdin, qaramay)", "otdan so’ng (boshqa, keyin, tashqari, bo’lak)" singari hosilalar ustida ishlash, bosh kelishikdagi so’zlar bilan qo’llaniladigan ko’mak-chilar (mas., bilan, uchun, sayin, sari, sababli, orqali, tufayli, bo’ylab, chamasi, haqida), jo’nalyash kelishigidagi so’zlar bilan qo’llaniladigan ko’makchilar (mas,, tomon, qadar, ko’ra, qarab, qaraganda, qarata), chiqish kelishigidagi so’zlar bilan qo’llaniladi-gan ko’makchilar (mas., so’ng, keyin, boshqa, tashqari)ni alohida - alohida ro’yxat qilish, ma’lum bir ko’makchini uning sinonimi bilan almashtirish, gaplarda bilan so’zini va bog’lovchisi bilan almashtirish, bu so’zlarning qaysi holatda bog’lovchi bo’lib kelishini aniqlash kabi amaliy ishlardan foydalansa bo’ladi.
Yordamchi so’zlarning yana bir muhim qismini bog’lovchilar' tashkil etadi. Bu so’zlar-ni o’quvchilarning nutqiy faoliyatiga olib kirish uchun sodda gap juftlarini o’zaro biriktirib, bitga gapga aylantirish, ularning o’zaro bog’lanish vositalarini aniqlash, juft va yakka bog’lovchilarni alohida -alohida guruhlarga ajratish, teng bog’lovchilar va ergashtiruvchi bog’lovchi lar ro’yxatini tuzish, ular yordamida gaplar qurish, matn yaratish kabi amaliy ishlardan foydalansa bo’ladi, Mazkur mavzuni o’rganishda ohang va bog’lovchilarning o’zaro vazifadoshligi ustida ishlashni ham unutmaslik lozim.
Yuklamalarni o’rganish jarayonida berilgan gaplarni o’zaro qiyoslab, ma’no farqla-rini, bu farq nima bilan berilayotganligini aniqlash (mas., Gullarga suv berdim G’G’ Gullarga suv berdim - ku), berilgan yuklamalarni (mas., - mi, -chi, - a-ya, -ku, - u,-yu, -da, - oq, - yoq, - xuddi, faqat) ifodalab kelayotgan ma’nosiga ko’ra; a) so’roq va taajjub yukla-malari; b) kuchaytiruv va ta’kid k»klamalari; v) ayiruv va chegaralov yuklamalari; g} inkor yuklamalariga ajratish, ular yordamida gaplar qurish va har bir yuklamaning ma’no nozikligini sharhlash, so’zsimon qo’shimchasimon yuklamalar ro’yxatani tuzish, ularning imlosi va tinish belgilari ustida ishlash kabi topshiriqlardan unumli foydalansa bo’ladi. Ayniqsa, yuklamalardan foydalanib, matnlar yaratish, tasviriy, rivoya va muhokama insholar yozish kabi amaliy ishlar nutqiy taraqqiyot uchun o’ta muhimdir.
O’quvchilar nutqini yordamchi so’zlar bilan boyitish faqat shu mavzularni o’rganish doirasida qolib ketmasligi, balki tilning keyingi bo’limi - sintaksisni o’rganish jarayonida ham davom ettirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |