O`quv –uslubiy qo`llanma toshkent 2012 tursunoy ziyadova


"Ot" so’z turkumini o’rganish



Download 1,34 Mb.
bet59/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,34 Mb.
#724608
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   78
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK TILI O`QITISH O`QUV –USLUBIY QO`LLANMA

"Ot" so’z turkumini o’rganish. Otning predmet nomini bildirishi, kim? nima? so’roqlariga javob bo’lishi, atoqli otlarning bosh harf bilan yozili-shi, otlarga qo’shiladigan kelishik qo’shimchalari boshlang’ich sinflardan o’quvchilarga ma’lum. Mazkur so’z turkumini o’rganishda avvalo ana shu o’rganilganlarni xotirada tiklash maqsadida qayta xotirlash va qisman ijodiylikka asoslangan ta’limiy mashqlar o’tkaziladi. Takrorlash jara-yonida "predmet" tushunchasiga kengroq to’xtalish lozim. Predmet deganda nafaqat qo’l bilan ushlash, ko’z bilan ko’rish yoki o’lchash mumkin bo’lgan narsalar, balki umumiylikni ifodalovchi nomlar (mas., ovqat, imorat), tabiat hodisalari va turli voqealarning nomi (mas., toshqin, zilzila, momaqaldiroq), harakat nomlari (bilim, terim), belgi - holat nomlari (baxillik, saxiylik, ozodalik, tashvish) ham tushuniladi.
Otning lug’aviy ma’nosi, morfologik belgilari va sintaktik vazifalariga oid zaruriy bilim, malaka va ko’nikmalar, asosan, amaliy ishlar orqali o’quvchilar ongiga singdiriladi.
Dastur talabiga ko’ra mazkur so’z turkumi yuzasidam o’quvchilarni otning lug’aviy shakllari (son shakli, kichraytirish shakllari), atoqli va turdosh otlar, atoqli otlar, ularning turlari va imlosi, kishi nomlari, o’rin -joy nomlari (toponimlar) va ularning imlosi, mahsulot nomlari va imlosi; turdosh otlar va ularning guruhlari (aniq va mavxum otlar, aniq otlarning ma’noviy guruhlari, shaxs otlarn, qavm -qarindoshlik otlari, kasb - koriga ko’ra shaxs otlari, shaxsni boshqa jihatlariga ko’ra atovchi otlar, shaxs otli birikmalar,xayvonot nomlari (zoonimlar), daraxt va o’simlik nomlari, narsa –buyum otlari, modda -ma’dan, xomashyo anglatuvchi otlar, o’rin - joy (makon) otlari, payt (zamon} anglatuvchi otlar, mavhum otlar yuzasidan zaruriy bilim, malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish ko’zda tutilgan.
"Ot" so’z turkumini o’rganish bu turkum haqida umumiy ma’lumot berish bilan boshlanadi. O’quvchilar Toshkent, Buxoro, "G’uncha", "O’zbekiston ovozi", Ro’zimurodova, gul, qo’shiq, non, tuz, go’zallik, sog’lik, san’at, nafosat singari otlarning har biriga so’roq berish va guruhlarni mustaqil davom ettirish, har bir guruhdagi otlar uchun umumiy bo’lgan ma’noni aniqlash va sharhlash orqali boshlang’ich sinflarda egallangan bilimlarni xotirada tiklash va uni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu musta-qil ishlarni bajarish natijasida ular quyidagi xulosaga keladilar: Kim? nima? so’roqlariga javob bo’lib, yakka shaxs, narsa nomlarini, bir turdagi jonli va jonsiz parsa-buyum, voqea-hodisa, harakat-holatlarni atab keladigan so’zlar ot so’z turkumiga kiradi.
Shundan so’ng "Otlarning lug’aviy shakllari" mavzusi o’rganiladi. O’quvchilar otlarning son shakllari bilan tanishar ekanlar,daraxt-daraxt-lar, uy - uylar singari so’z shakllari ustida ishlaydilar, ko’plik ma’nosini ifodalovchi boshqa vositalarni aniqlaydilar; bu so’zlar ishtirokida gaplar tuzib, ko’plikni ifodalovchi qo’shimchalar ma’nosini sharhlay dilar.
"Kichraytirish shakllari" mavzusi o’rganilar ekan, so’z juftlarining ma’no farqini tushuntirish (baliq - baliqcha, chumchuq -chumchuqcha), -cha qo’shimchali kichraytirish shakllariga misollar topish singari topshiriqlarni bajaradilar, kichraytirish ma’nosini ifodalovchi -gina qo’shimchasining ma’nosi ustida ishlaydilar (mas., Qizgina bo’rilarga em bo’ldiyov kabi).
Atoqli otlar o’rganilar ekan, avvalo atoqli otlar jumlasiga kiradigan so’zlar ustida ish olib boriladi. Chunonchi, berilgan so’zlarni: 1) kishilarning ismi, familiyasi, tahallusini ifodalovchi otlar, 2) jug’rofiy nomlar, 3) turli tashkilot, korxona, muassasa nomlari (mas.. O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi, "Yakkabog’" davlat xo’jaligi, Botanika instituti, "Bahor" ansambli v.h, 4) planeta va yulduzlarning nomi (mas., Quyosh, Yupiter, Mars, Hulkar v.h., 5) tarixiy hodisalar, ro’znoma, oynoma va ilmiy muassasalarning nomlari (mas., Mustaqillik maydoni, "Ikki eshik orasi" romani, "Tong yulduzi " ro’znomasi, "Gulxan" jurnali v.h.), 6) xayvonlarga maxsus qo’yilgan nomlar (mas, Boychibor, Yo’lbars, Xumor v.h.) singari guruhlarga ajratish, hosil bo’lgan guruhlarni mustaqil davom ettirish, "belgi nomi+turdosh ot" qolipli qo’shma toponimlar mas., Yangiyo’l, Qorabog’, Qorako’l, Qaziltepa, Tinch okeani, Qizil dengiz, Orol dengizi v.h.), "belgi nomi +atoqli ot" qolipli jug’rofiy nomlar(Shimoliy Kavkaz, O’rta Osiyo, Markaziy Amerika, Shimoliy Qozog’iston v.h) ro’yxatni tuzish singari ijodiy - amaliy ishlar o’quvchilarning imlo savodxonligini oshirish va so’z zaxirasini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega.
Bolalar nutqida qisqartma so’zlar ham muhim o’rin egallaydi.Qisqartma otlarni to’liq nomlar bilan, to’liq nomlarni qisqartma nomlar bilan almashtirish, tilimizdagi qisqartma so’zlar lug’atini tuzish kabi ishlar bu so’zlarnish imlosi, talaffuzi va qo’llanilishini bilib olish imkoniyatini beradi.
Ot so’z turkumini o’rganishda otlarning ma’no guruhlariga alohida e’tibor qaratish lozim. Otlar ifodalab kelgan ma’nosiga ko’ra: mahsulot nomlari, shaxs otlari, qavm-qarindoshlpk otlari, kasb- hunarni ifodalovchi otlar, shaxsni boshqa jihatlariga ko’ra atovchi otlar, hayvonot otlari, daraxt va o’simlik nomlari, narsa-buyum otlari, modda-ma’dan, xomashyoni anglatuvchi otlar, o’rin-joy (makon) otlari, payt (zamon)ni anglatuvchi otlar kabi guruhlarga bo’linadi. Bu guruhlar o’z navbatida yana bir necha guruhcha-larga bo’linishi mumkin. Masalan, kasb-hunarni ifodalovchi otlarning dehqonchilik, hunarmandchilik, shifokorlik kabi tarmoqlari mavjud.
O’quvchilarning so’z zahirasini shaxs otlari bilan boyitish uchun matndan shaxs otlarini ajratish, tub va yasamalariga ko’ra guruhlash, ajratilgan so’z-larga ma’nodosh va uyadosh so’zlar tanlab guruhlarni kengaytirish,- chi,-vchi,-dosh-kor,-yur,-shunos kabi qo’shimchalar yordamida shaxs otlari hosil qilish, juft shaxs otlari lug’atiga (mas., mexanik - xaydovchi, muxandis - pedagog, metodist-o’qituvchi v.h.) tuzish, ularning imlosi ustida ishlash kabi ijodiy - amaliy topshiriqlar bajariladi,
Kasb -hunar otlari, o’rin - joy otlari, qurol- vosita otlari ustida ish-lashda ham matndan shunday so’zlarni topish, ularni tub va yasamalarga ajra-tish, ajratilgan so’zlarga ma’nodosh va uyadoshlar tanlash, shunday otlarni hosil qiluvchi qo’shimchalar ordamida yangi so’zlar(qo’shimchadosh so’zlar)hosil qilish kabi ish usullaridan foydalaniladi.
"Qavm -qarindoshlik otlari" ustida ish olib borilar ekan, shunday so’zlarni: 1) qon -qarindoshlik (ota, ona, singil, aka, uka, amaki v.h.) va 2) nikoh qarindoshligiga (yanga, kelinoyi, pochcha, qaynona, quda v.h.) kabi guruhlarga ajratish, shunday so’zlar lug’atini tuzish, qarindoshlikni ifodalovchi nomlarni ko’chma ma’noda qo’llash (mas.,qarindosh bo’lmagan kiishlarni otaxon, onaxon, buvijon deb chaqirish) singari ijodiy - amaliy ishlar bajariladi.
Otlarning yana bir ma’no guruhi o’rin - joy (makon) otlaridir. O’quvchilar bino, inshoot, muassasa, tashkilot, narsa-buyumlarni atovchi so’zlar predmetlik va o’rin -joy (makon) ma’nolarini ifodalab kela olish sababli, ular nima? va qaer? so’roqlariga javob bo’la oladigan so’zlar ham otlar ekanligini bilishlari lozim. Shuni nazarda tutib, bir o’rinda nimp?, ikkinchi o’rin-da qaer? so’roqlariga javob bo’la oladigan gap juftlari tuzish, (mas., Yangi uy qurib bitkazildi, - Bolalik uy - bozor kabi), gaplarda ajratilgan so’zlarning ma’nosiga e’tibor berib, ularning bino-inshootlar yig’indisini yoki o’rin -joyni atab kelishini aniqlash, aholi istiqomat qiladigan o’rin- joy nomlari ishtirokida gaplar tuzish, ma’muriy - mintaqaviy bo’linishni ifodalovchi otlarning ma’nolarini sharhlash,ularni atoqli otlar bilan biriktirib, SBlari tuzish, sharqona dunyo tomonlarini atovchi otlar ro’yxatini tuzish kabi ijodiy - amaliy gopshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Mazkur mavzu "Ustozning uyi" matnini o’qish va ajratilgan so’zlar (quyi, qibla, kunbotar, yuqori, shimol, g’arb, kunchiqar kabi)ning ma’nosini izohlash "Dunyo tomonlarini aniqlash" ma’rifiy matnining mazmuni ustida ishlash bilan yakunlanadi.
O’quvchilar egallangan bilimlarga asoslanib, istagan matndan otlarga so’roq berish orqali ularni aniqlashga erishgach, bu otlar predmetning aniqligi, ya’ni ushlash, ko’rish, o’lchash mumkinligi va mumkin emasligiga qarab aniq va mavhumlarga ajratadilar hamda hosil bo’lgan guruhlarni mustaqil davom ettiradilar. Masalan,

Ushlash, ko’rish, o’lchash mumkin bo’lgan predmetlar nomi

Qo’shimchasi

Ushlash, ko’rish mumkin bo’lmagan narsalar nomi

Qo’shim
chasi

avtobus , ishchi, tandir
qandolat, holva, zar, maxsi...

- chi, gar, do’z

Xushfellik, oqim , do’stlik namgarchilik, tuyg’u...

-lik
-chilik

Aniq otlar ma’no guruhlariga ajratib o’qitiladi. O’quvchilar 6- sinfda aniq otlarni: shaxs otlari, o’rin -joy otlari, kasb - hunarni atovchi otlar, shaxsni boshqa jixatlariga ko’ra atovchi otlar, hayvonot otlari, daraxt va o’simlik nomlari, iarsa -buyum otlari, modda -ma’dan, xomashyo otlari kabi guruhlarga ajratib, ular ustida alohida-alohida ish olib boradilar.
O’quvchilarning so’z boyligini oshirishda otli birikmalar ustida ishlash muhim o’rin egallaydi. Matndan otli birikmalarni ajratish, berilgan so’zlar ishtirokida shunday birikmalar hosil qilish kabi ijodiy-amaliy ishlar o’quvchilar lug’atini shunday birikmalar bilan boyitishda muhim ahamimiyatga ega. Ayniqsa, berilgan bosh so’zga muvofiq keladigan tobe so’zlar tanlash ancha samarali ish usullaridan biridir. Masalan, maktabimiz o’quvchilari so’z birikmasidagi o’quvchilari o’rniga, atrofi, binosi, zali, kutubxonasi, dovrug’i, g’alabasi, to’yi, yigitlari, qizlari kabi so’zlarni topib qo’shib, maktabimiz kutubxonasi, maktabimiz qizlari kabi SBlari hosil qiladilar. Tobe so’z sifatida ma’nodosh, uyadosh, qarama - qarshi ma’noli so’zlar ham tanlanishi mumkin. Masalan, aqlli (beaql) chaqqon(dangasa) yuvosh (sho’x) odobli (odobsiz) kelishgan (xunuk) qatiy (loqayd)
O’quvchilar uchun ancha qiyinchilik tug’diradigan muammolardan biri qo’shma otlar va ularning imlosidir. Bu mavzuni o’rganishda berilgan SBlaridan joy nomlari hosil qilish (mas., qora ko’l - qorako’l, yangi er - Yangier, etti o’g’il-Ettio’g’il, ko’xna machit - Ko’xnamachit, katta qo’rg’on- Kattaqo’rg’on v,h.) qo’shma so’zlarni SBlariga aylantirish (paxtagul - paxta guli, boshog’rig’ - bosh og’rig’i, badantarbiya- badan tarbiyasi, gulbozor - gul bozori, otbozor - ot bozori v.h.), berilgan qo’shma so’zlar lug’atini tuzish, ularning imlosini sharhlash singari ijodiy - amaliy topshiriqlardan foydalanish bu mavzuning puxta o’zlashtirilishini ta’minlaydi.
Juft otlar masalasi ham ancha murakkab masalalardan biri bo’lib, juft so’zlarni ular orasidagi ma’no munosabatlariga ko’ra uyadosh so’zlar ( aka - uka, ota- ona, ko’z -quloq, og’iz-burun, tog’a- jiyan v.h.) ma’nodosh so’zlar (uy- joy, shirin- sharbat, kuch- quvvat, baxt- saodat, tog’u- tosh, makr- xiyla v.h.), qarama -qarshi ma’noli so’zlar (do’sg -dushman, kecha- kunduz) singari |uruhlarga ajratish, faqat bitta tovushning o’zgarishi bilan takrorlanadigan bug’doy - mug’doy, ko’rpa - mo’rpa, choy - poy, osh - posh, paxta - maxta sin-gari juft so’zlarning ma’nosini sharhlash singari topshiriqlardan foydalansa bo’ladi.
Ma’lumki, o’quvchilar o’z nutqlarida kichraytirish, erkalash otlaridan unumli foy-dalana olmaydilar. O’zbek milliy an’analari qayta o’z mavqeini tiklayotgan bir davrda bu qo’shimchalar alohida ahamiyat kasb etadi. Buning boisi shundaki, yuksak madaniyatli o’zbek ziyolilari oilalarida azaldan bolalarga, ota-onaga, qavm - qarindoshlarga, umuman suxbatdoshlarga yuksak xurmat bilan murojaat etish shaxsning o’z - o’ziga bo’lgan xurmat belgisi bo’lgan. Shuning uchun o’zini xurmat qilgan shaxs suxbatdoshini xech qachon sensi-ramas, murojaat so’zlarini, atoqli otlarni erkalash, xurmat qo’shimchalarisiz ishlatmas edi. So’zlovchi shaxs ma’naviy, madaniy jihatdan qancha boy bo’lsa, uning kichiklarga, tobelarga murojaati shuncha samimiy va latofatli bo’lgan. Bu badiiy adabiyotimizda onda -sonda bo’lsa ham uchrab turadi. Abdulla Qodiriyning "O’ttan kunlar" romanida Yusufbsk Hojining o’g’li, xotini, kelinlari, xizmatkori bilan suxbat sahnalari buga misol bo’la oladi. Bunday shirin muomala har bir madaniyatli o’zbek oilasi uchun xos xususiyatdir. Buni erkalash, kichraytirish qo’shimchalarining qo’llanish doirasini kengaytirish orqali amalga oshirsa bo’ladi, Shu sababli, "Ot" so’z turkuminy o’rganishda milliy tarbiyaning bu qirrasi o’qituvchining diqqat markazida bo’lishi lozim.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish