MAVZU: O’TKIR ZAXARLANIShLAR VA ULARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYaTLARI, ZAXARLANIShLARGA QARShI KURASh ChORA- TADBIRLARI
B.B.B. metodini qo’llash
№
|
Tushuncha
|
Bilaman (Q -)
|
Bilishni hohlayman
|
Bildim (Q)
|
1.
|
Zaharlanishlarning turlarini
bilasizmi?
|
|
|
|
2.
|
Zaharlanishlarning sabablarini
bilasizmi?
|
|
|
|
3.
|
Zaharlanishlarning belgilarini
bilasizmi?
|
|
|
|
4.
|
Ovqat va qo’ziqorindan zaxarlanganish belgilarini
bilasizmi?
|
|
|
|
5.
|
Zaharlanishlarda ko’rsatiladigan birinchi yordam chora-tadbirlarini
bilasizmi?
|
|
|
|
“Romashka” usulini qo’llash
Bunda o’qituvchi oldindan tayyorlangan “Romashka” guli asosi qismiga “xavf- xatar” deb yozilgan qismini stol ustiga talabalarga ko’rinadigan qilib qo’yadi. Mavzuni bilgan har bir talaba bittadan chiqib “Romashka” gulbandi qismlariga yozilgan to’g’ri javob bilan to’ldirib “Romashka” guli hosil kilinadi. Bu usul talabalarni ko’rgan narsalarini yaxshi eslab qolishlariga asoslangan.
Keys stadii
Zaharlanish – bu odam organizmiga turli zaharlarni kirishi oqibatida yuzaga keladigan kasallik holati. Organizmga tushib zaharlanish, kasallik yoki o’limni chaqiruvchi istalgan modda zahardir. Bu moddani odam maqsadli holda yoki bexosdan qabul qilishi mumkin. O’tkir, surunkali, ishlab chiqarishdagi, ovqat maxsulotlari, dorilar orqali zaharlanishlar bo’ladi. Zaharli moddaning tabiatiga qarab, ovqat maxsulotlaridan va nooziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanishlar farqlanadi.
Ovqat maxsulotlaridan zaharlanishlar zaharli qo’ziqorinlar yoki baliqlardan, ovqat mahsulotlarini mikroblar bilan zararlanishi, xom mahsulotlardan bo’lishi mumkin. Nooziq ovqat maxsulotla-ridan zaharlanishlar kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalar, dori moddalari va maxsus ko’rsatmali ZM lar bilan yuz berishi mumkin.
1-vaziyat: Bugun katta guruh tarbiyalanuvchisi Shoiraning tug’ilgan kuni munosabati bilan onasi bozordan qaymoqli tort hamda shirinliklar sotib oldi va bolalar bog’chasiga olib keldi. Tort va shirinliklarni tanovul qilgandan bir necha vaqt o’tgach bolalarda ko’ngil aynash, qayt qilish, ich ketishi, tana haroratini ko’tarilishi kabi alomatlar kuzatildi.
Muammo: Qanday kasallik haqida o’ylash mumkin va bu vaziyatda qanday yo’l tutish kerak?
variant: ovqatdan zaharlanish: ko’p miqdorda suyuqlik ichirish (Regidron)
variant: ovqatdan zaharlanish: bemorlarni alohidalash
variant: ovqatdan zaharlanish: tez yordamni chaqirish kerak
2- vaziyat: Bir guruh yoshlar dam olish uchun tog’ga sayohat uyushtirishdi. Sayohat vaqtida favqulodda holat yuz berib, Botirning oyog’ini ilon chaqib oldi. Bu vaziyat ko’pchilikni sarosimaga solib qo’ydi, biroq siz Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan olgan bilimingizga tayanib Botirga yordam ko’rsata olasiz.
Muammo:Sizning taktikangiz?
variant: Zudlik bilan tishlangan joydagi zaharni so’rib tashlash
variant: Tishlangan joyni immobilizatsiya (harakatsizlantirish) qilish va muz xalta qo’yish
2- variant: Tishlangan joyni bog’lab, zudlik bilan kasalxonaga olib borish
Do'stlaringiz bilan baham: |