MAVZU: FAVQULODDA VAZIYaTLARDA FUQARO MUHOFAZASINING MAQSAD VA VAZIFALARI
B.B.B texnikasini qo’llash
Talaba-o’quvchilar o’zlari biladigan va bilmaydigan tushunchalar va iboralar bilan jadval to’ldiriladi. Ro’yxatga kirmagan, biroq dars jarayonida yangidan paydo bo’lgan talaba uchun notanish tushuncha va iboralar ham jadvalning ikkinchi ustuniga qo’shimcha ravishda qayd etilib boriladi.
№
|
Mavzu savoli
|
Bilaman (Q -)
|
Bilishni hohlayman
|
Bildim (Q)
|
1.
|
Fuqaro muhofazasi fani maqsad va
vazifalarini ayting
|
|
|
|
2.
|
Favqulodda vaziyat turlari va
tasnifini ayting
|
|
|
|
3.
|
Favqulodda vaziyatlarda fuqaro
muhofazasining tashkiliy va huquqiy asoslarini bilasizmi?
|
|
|
|
“Klaster” metodini qo’llash
Varaq markaziga bironta shakl (yumaloq, kvadrat va h.) chiziladi, uning ichiga o’tilayotgan mavzuga taaluqli asosiy tushunchalardan biri yoziladi. Undan har xil tarafga yo’naltirilgan tarmoqlar chiqib ketadi. Bu tarmoqlarga esa shu tushunchadan kelib chiqadigan vaziyatlar, oqibatlar, natijalar, ma’nolar va boshqalar yozilishi mumkin. Ulardan esa o’z navbatda boshqa tarmoqlar chiqib ketaveradi ularga haim ma’lumotlar yozilib boraveriladi.
Keys stadii
Favqulodda vaziyat – odamlar qurbon bo’lishiga, ularning sog’lig’i yoki atrof muhit zarar ko’rishiga, anchagina moddiy talafotga va insonlarhayot faoliyatining izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo’lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiat hodisasi va boshqa ofatlar oqibatida muayyan hududda yuzaga kelgan sharoit.
1-vaziyat: Kutilmaganda Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv omborida avariya sodir bo’lishi oqibatida viloyatning uchta tumani hamda qo’shni Qozog’iston Respublikasining ma’lum hududlarini katta miqdordagi suv bosdi. O’sha hududlarda yashovchi aholi moddiy, ma’naviy-ruhiy va jismoniy jihatdan jabr ko’rdi.
Muammo. Bu qanday favqulodda vaziyatlar turiga kiradi? Bu vaziyatda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qanday ishlarni amalga oshirishi kerak?
variant: Texnogen tusdagi favqulodda vaziyat bo’lib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi zudlik bilan aholini xavfsiz joylarga ko’chirib o’tkazish va avariya- qutqaruv ishlarini amalga oshirishi kerak.
variant: Suv omborining buzilishi bo’lib, aholi, hudud va xalq xo’jaligi moddiy boyliklarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish.
variant: Texnogen favqulodda vaziyat bo’lib, fuqaro muhofazasi bo’yicha aholini o’qitish.
2-vaziyat: Butun dunyoga tahdid solib turgan korona virus pandemiyasi mamlakatimizni ham chetlab o’tmadi. Bugungi kunda bu kasallikka chalinganlar, sog’ayganlar va hattoki vafot etganlar ham bor. Aksariyat davlatlarda karantin cheklovlari o’rnatilgan.
Muammo: Sizningcha bu holat qaysi favqulodda vaziyat turiga kiradi? O’rnatilgan karantin cheklovi kasallik tarqalishiga qay darajada yordam berdi deb hisoblaysiz?
variant: Tabiiy favqulodda vaziyat turi, karantin cheklovlari kasallik tarqalishini ma’lum darajada kamaytirdi.
variant: Texnogen favqulodda vaziyat turi bo’lib, karantin cheklovlari deyarli ijobiy natija bermadi.
variant: Ekologik favqulodda vaziyat bo’lib, karantin cheklovlarini o’rnatish orqali aholi orasidagi kontakt chegaralandi va ommaviy kasallik tarqalishini oldi olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |