MAVZU: TABIIY TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYaTLAR VA MUHOFAZA TADBIRLARI
B.B.B texnikasini qo’llash
Talaba-o’quvchilar o’zlari biladigan va bilmaydigan tushunchalar va iboralar bilan jadval to’ldiriladi. Ro’yxatga kirmagan, biroq dars jarayonida yangidan paydo bo’lgan talaba uchun notanish tushuncha va iboralar ham jadvalning ikkinchi ustuniga qo’shimcha ravishda qayd etilib boriladi.
№
|
Mavzu savoli
|
Bilaman (Q -)
|
Bilishni hohlayman
|
Bildim (Q)
|
1.
|
O’zbekiston Respublikasi hududida
bo’lishi mumkin bo’lgan tabiiy ofatlar.
|
|
|
|
2.
|
Zilzila va ularda aholining
harakatlanishi.
|
|
|
|
3.
|
Sel va suv toshqinda muhofaza chora-
tadbirlari
|
|
|
|
4.
|
Er surilishi va ko’chkilar, muhofaza
chora-tadbirlari
|
|
|
|
“Romashka” usuli
Bunda o’qituvchi oldindan tayyorlangan “Romashka” guli asosi qismiga “Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar” deb yozilgan qismini stol ustiga talabalarga ko’rinadigan qilib qo’yiladi. Mavzuni bilgan har bir talaba bittadan chiqib “Romashka” gulbandi qismlariga yozilgan to’g’ri javob bilan to’ldirib “Romashka” guli hosil kilinadi. Bu usul talabalarni ko’rgan narsalarini yaxshi eslab qolishlariga asoslangan.
Keys stadii
1-vaziyat: Tabiiy favqulodda vaziyat – ma’lum bir hududda xavfli tabiiy hodisalar natijasida odamlarning qurbon bo’lishiga, shikastlanishiga, hayot faoliyati izdan chiqishiga, moddiy zarar etishiga olib keladigan sharoit.
Geologik xavfli hodisalar er osti kuchlari va tashqi tabiiy omillar ta’siri ostida yuzaga keladi. Bundan tashqari ular insonning xo’jalik va boshqa faoliyati natijasida ham yuz berishi mumkin va odamlarga, qishloq xo’jalik hayvonlari, o’simliklarga, iqtisodiy ob’ektlarga, atrofdagi tabiiy muhitga ta’sir ko’rsatadi.
Zilzila – eng falokatli tabiiy ofat bo’ltb, er ichki energiyasining o’zgarishi, vulqon suyuqligi – lava harakati jarayonlari va insonning xo’jalik faoliyati tufayli yuzaga keladi. Vaqt tanlamaydigan bu ofat bir necha soniya ichida minglab insonlarning qurbon bo’lishi va katta iqtisodiy zararga olib keladi.
Nazarbek qishlog’ida kuchlanishi 6,5 ballga teng keladigan zilzila sodir bo’ldi.
Zilzila oqibatida 22 nafar odamlar jabrlangan, binolarga shikast etgan.
Muammo. Zilzila qanday favqulodda vaziyat ekanligini aniqlang?
variant: Zilzila tabiiy, to’satdan paydo bo’ladigan ofat. Bu tebranish zilzilani mahalliy turiga kiradi.
variant: MSK – 64 shkala bo’yicha 6 ball bo’lib, uning belgilari: binolarning engil shikastlanishi, bino devorlariga yoriqlar tushishi, paxsa binolar vayrona bo’lishi.
variant: Zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan so’ng aholini harakati. Zilzilagacha shaxsni tasdiqlovchi hujjat, batareyali raadiopriyomnik, cho’ntak fonari, dori-darmonlar qutichasi, qimmatbaho qog’ozlar tayyor holda turishi, shkaflarga og’ir buyumlarni qo’ymaslik, og’ir shkaflarni devorga mahkamlab qo’yish, tashkilot va muassasalarda o’tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish zarur. Zilzila vaqtida binoning birinchi qavatlarida bo’lsa, darhol tashqariga chiqish, xona ichida bo’lsa eshik ostonasi, xonaning seysmik burchaklarida, xojatxona, vannaxonalarda turish kerak, lift va zinalardan foydalanish ta’qiqlanadi. Zilziladan keyin vaziyat baholanadi, jabrlangan va bolalarga yordam ko’rsatiladi, suv, gaz, elektr holati tekshiriladi, ishdan chiqqan bo’lsa foydalanilmaydi, shikastlangan binolarga ehtiyotkorlik bilan kiriladi, zilzila qaytishiga tayyor turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |