O’quv-uslubiy majmuaning tarkibi


Umumzaharlovchi zaharli moddalar bilan zaharlanish va ularga birinchi yordam ko’rsatish



Download 4,93 Mb.
bet147/282
Sana31.12.2021
Hajmi4,93 Mb.
#235378
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   282
Bog'liq
2 5208896367623146779

Umumzaharlovchi zaharli moddalar bilan zaharlanish va ularga birinchi yordam ko’rsatish.


Umumzaharlovchi ZMlarga sinil kislota, xlortsian, mishyaksimon va fosforsimon vodorod, metallar karbonili va ftororganik moddalar kiradi.

Sinil kislotaning zaharliligi to’qimalardagi nafas fermenti-tsito xromoksidazani bloklashga asoslangan. Buning oqibatida to’qimalarning nafas olishi buziladi, biologik oksidlanish va energetik zahiralarning sintez jarayoni to’xtaydi va zaharlanishning klinik belgilari rivojlanadi.

Sinil kislota bilan zaharlanishning yashin tezligidagi va sekinlashgan shakllari farqlanadi.

Yashin tezligidagi shakli sinil kislota ichga ketganda va nafas yo’llari orqali zaharlanganda rivojlanadi. Odam to’satdan qichqiradi, o’sha zahoti xushini yo’qotib

yiqiladi. Keyin tutqanoqlar paydo bo’ladi, reflekslar yo’qoladi, arterial bosim tushib ketadi va nafas to’xtaydi. O’lim 2-3 daqiqa ichida yuz berishi mumkin.



Sekinlashgan shakli sinil kislotaning tashqi muxitda miqdori kamrok bo’lgan xolatlarda rivojlanadi va 10-15 daqiqa davomida rivojlanadi. Uning kechishida 4 davr farqlanadi:

  1. Boshlang’ich davr – achchiq bodom ta’mining sezilishi, tomoqda tirnalish, so’lak oqishi, og’izda bemaza ta’mning paydo bo’lishi, to’sh orqasida og’riq bilan boshlanadi. Bulardan tashqari bosh og’rig’i, ko’ngil aynashi, qayd qilish, ich ketishi mumkin. Teri va ko’zga ko’rinarli shillik pardalar yorqin qizil rangda

  2. Hansirash davri – birinchi davrdagi belgilarning kuchayishi bilan xarakterlanadi, shuningdek kuchli hansirash, mushaklarning bo’shashishi, yurak sohasida og’riq, o’limdan qo’rquv hissi rivojlanadi.

  3. Tutqanoq davri – hansirashning kuchayishi, hushning yo’qolishi, xurujsimon toniko-klonik tutqanoqlar paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. Ekzoftalm(ko’zlarning chiqishi), qorachiqlar kengaygan. Tutqanoqlar vaqtida puls ritmi va to’liqligi, nafas chuqurligi va tezligi buziladi. Teri va shilliq pardalarning yorqin qizil rangi saqlanib qoladi.

  4. Falajlanish davri. Tutqanoqlarning kamayishi, mushaklarning bo’shashishi, sezgi va reflekslarni yo’qolishi, xansirashning yuzaki nafas bilan almashinishi, arterial qon bosimining tushishi, beixtiyor ich kelishi va siyib yuborish, nafas falaji bilan xarakterlanadi. Nafas to’xtagach, yurak xali 3-5 daqiqa qisqarib turadi, so’ngra o’lim yuz beradi.

Sinil kislota bilan zaharlanganda birinchi tibbiy yordam va bemorlarni

parvarishlash. Birinchi tibbiy yordam bevosita o’choqda amalga oshiriladi va quyidagi chora-tadbirlardan iborat.

  1. Zaharni organizmga kirishini oldini olish uchun protivogaz kiyiladi.

  2. Amilnitrit antidoti zudlik bilan yuboriladi, buning uchun antidotli ampula sindiriladi va protivogazning maskasini ostiga joylashtiriladi. Agar 10 daqiqadan so’ng zararlanganning ahvoli yaxshilanmasa, antidot qaytadan beriladi.

  3. Zararlanganni o’choqdan zudlik bilan evakuatsiya qilinadi, qisman sanitar ishlovidan so’ng lozim bo’lsa, o’pkalarni sun’iy

ventilyatsiyasi o’tkaziladi, kislorod ingalyatsiya qilinadi va boshqa choralar qo’llaniladi.

Ximiyaviy o’choqda birinchi yordam asosan zaharli moddaning organizmga kirishini to’xtatish maqsadida o’tkaziladi.



Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish