O’quv-uslubiy majmuaning tarkibi


Bo’g’uvchi zaharli moddalar bilan zaharlanish



Download 4,93 Mb.
bet149/282
Sana31.12.2021
Hajmi4,93 Mb.
#235378
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   282
Bog'liq
2 5208896367623146779

Bo’g’uvchi zaharli moddalar bilan zaharlanish.


Bo’g’uvchi ZM larga o’pkalarning toksik shishini yuzaga keltiruvchi vositalar kiradi. Hozirgi vaqtda harbiy ahamiyatga ega moddalardan fosgen, difosgen va fosgenoksim taniqli.

Zaharlanishning klinik belgilarining rivojlanishi uchun davriylik xos.

Boshlang’ich davrida somon yoki chirigan mevalarning hidi keladi, og’izda yoqimsiz maza va so’lak oqishi, ko’zlarning achishishi, ko’ngil aynashi, bosh aylanishi, yo’tal, nafasning buzilishi, ba’zi hollarda laringospazm va bronxospazm kuzatiladi.

Yashirin yoki vaqtinchalik sokinlik davrida zaharlanishning sub’ektiv belgilari yo’qoladi. Biroq belgilarning yo’qolish fonida pulsning sekinlashuvi va nafasning tezlashishini kuzatish mumkin.

O’pka shishi rivojlanish davri – zaharlanish darajasiga qarab, sekinlik bilan yoki yashin tezligida rivojlanishi mumkin. Avvaliga ko’krak qafasida qisilish, quruq yo’tal, hansirash paydo bo’ladi. Tana harorati 38-390 ga ko’tariladi. O’pka shishi rivojlanish fonida gaz almashinuvi va organizmda kislorod tanqisligi (gipoksiya) rivojlanadi. Klinik belgilarning rivojlanish darajasiga qarab, ko’k va kul rang gipoksiya rivojlanadi.

Ko’k gipoksiya lablarning, teri va tirnoq falangalarining ko’karishi, hansirash, pulsning tezlashishi, hushning va yurak-tomir faoliyati saqlangan holatda arterial qon bosimining tushib ketishi bilan xarakterlanadi.

Kul rang gipoksiya og’ir shikastlanishdan dalolat beradi. Teri va shiliq pardalari kulrang, puls ipsimon minutiga 160-180 marta, arterial qon bosimi 80G’45 mm.sim.ust., yurak-tomir etishmovchiligi, hushning qorong’ilashu vi va yo’qolishi bilan xarakterlanadi, hansirash Cheyn-Stoks turidagi aritmik nafas bilan almashinadi, yo’tal ko’p miqdorda balg’am ajralishi bilan davom etadi.

Gipoksiyaning ikkala turida umumiy qon aylanish hajmining kamayishi va qonning quyilishi kuzatiladi. O’z vaqtida ko’rsatilmagan yordam bemorni o’limga olib kelishi mumkin.

Tiklanish davrida keyingi 3-4 kun ichida organizmning qayta tiklanishi kuzatiladi, shish suyuqligi sekin-asta so’riladi va balg’am bilan birgalikda yo’talganda chiqib ketadi.

O’pka shishi tarqalgandan keyin ham yurak-tomir sistemasining faoliyati sekin tiklanadi va asoratlarning kelib chiqishiga olib keladi. Tiklanish davri 2-3 haftani o’z ichiga oladi.



Zaharlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.

Birinchi tibbiy yordam shikastlanish o’chog’ida ko’rsatiladi va birinchi navbatda ZM ning organizmga kiritilishini to’xtatish bilan bog’liq choralarni o’z ichiga oladi. Birinchi tibbiy yordam quyidagilardan iborat:



  1. Organizmga ZM ning kiritilishini to’xtatish protivogaz kiyish yordamida amalga oshiriladi.

  2. Zararlanganlarni shikastlanish o’chog’idan evakuatsiya qilinadi.

  3. Ko’zlarni zararlangani haqida shikoyat bo’lsa, ko’zlar 2% li natriy gidrokarbonat yoki oddiy toza suv yordamida yuviladi. Ehtiyoj bo’lganda yurak faoliyatini yaxshilash maqsadida kofein yoki kordiamin in’ektsiya qilinadi.

Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish