O’quv-uslubiy majmuaning tarkibi


Tashqi nurlanish oqibatida rivojlanadigan nur kasalligi



Download 4,93 Mb.
bet139/282
Sana31.12.2021
Hajmi4,93 Mb.
#235378
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   282
Bog'liq
2 5208896367623146779

Tashqi nurlanish oqibatida rivojlanadigan nur kasalligi.


Nur kasalligi – odam organizmiga ionlovchi nurlanishning ta’siri oqibatida yuzaga keladigan kasallik. Odamda yashin tezligida, o’tkir, o’tkir osti va surunkali nur kasalligi farqlanadi.

O’tkir nur kasalligi 1Gr dan yuqori dozada ionlovchi nurlanishning qisqa vaqt ichida ko’rsatgan ta’siri oqibatida rivojlanadi va o’ziga xos klinik belgilar va davriy kechish bilan xarakterlanadi.

O’tkir nur kasalligi tushunchasi 1945 yilda amerikalik uchuvchilarning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasini tashlagan vaqtda paydo bo’ldi. Nur kasalligi nafaqat tashqi nurlanish vaqtida, balki radionuklidlarni organizmga ovqat, havo, suv va zararlangan teri orqali kirganda ham rivojlanishi mumkin.







30 R.Ramazonova, H.Sodiqova “Fvqulodda vaziyayatlar uchun tibbiy hamshiralar tayyorlash” 6-9 - betlar

Ta’sir ko’rsatgan nurlanish dozasiga bog’liq ravishda klinik belgilarning og’irligiga qarab, o’tkir nur kasalligining quyidagi shakllari farqlanadi: suyak, ichak, toksemik va tserebral shakllari.



Suyak shaklining klinik ko’rinishida suyak ko’migining qon yaratish vazifasini buzilishi katta o’rin tutadi.

Ichak shaklining klinik ko’rinishida oshqozon – ichak traktining zararlanish belgilari va nurlanishdan 2 haftadan so’ng o’lim yuz berishi bilan xarakterlanadi.

Toksemik shaklida kasallikning 3-4 kuniga kelib og’ir intoksikatsiya, buyrak etishmovchiligi(azotemiya, oliguriya), yurak faoliyatining buzilishi, arterial bosimning tushib ketishi, 3-5 kunga kelib, miya shishi belgilarining paydo bo’lishi bilan namoyon bo’ladi. O’lim nurlanishdan keyingi 5-7 kunlari yuz beradi.

Tserebral shaklida nurlanishning bevosita bosh miyaga ta’siri oqibatida miya shishi, nafas va qon aylanish sistemalarining ishini buzilishi 3 kun ichida bemorning o’limiga olib keladi.

O’tkir nur kasalligining kechishi 4 asosiy davrni o’z ichiga oladi:



  1. Boshlang’ich yoki nurlanish birlamchi reaktsiya davri.. Nurlanishdan keyingi davrda boshlanib, bir necha soat yoki kun davom etadi. Boshlang’ich davriningxarakterli belgilari: ko’ngil aynashi, qayd qilish, bosh og’rig’i, ishtahaning yo’qolishi, umumiy holsizlik, bosh aylanishi, tana haroratining ko’tarilishi, yuzning qizarishi. Og’ir holatlarda ichak epiteliysining zararlanishidan dalolat beradigan ich ketish kuzatiladi. Poliuriya, taxikardiya, qo’zg’aluvchanlik, aritmiya, terining qizarishi, qichishishi, achishishi, adinamiya rivojlanadi, qon tashhisida limfopeniya, neytrofil leykotsitoz va retikulotsitlarning ko’payishi rivojlanadi.

  2. Yashirin davr. Nurlanish dozasiga qarab, 10-15 kundan 4-5 xaftagacha davom etadi. Nurlanish dozasi o’ta yuqori bo’lgan vaqtda birinchi davr uchinchi davr – kasallikning avj olgan davriga o’tishi mumkin. Yashirin davrning xarakterli xususiyati birlamchi reaktsiyaning belgilarini susayishidir. Lekin yashirin tinchlik davrida periferik qon tarkibi tomonidan patologik o’zgarishlar yig’ilib, kuchayadi, suyak ko’migining bo’shashi, ichak epiteliysini zararlanishi kuchayib boradi, spermatogenez buziladi, terining shikastlanishi, sochlarning to’kilishi boshlanadi. Qon tashhisida leykopeniya va limfopeniya kuzatiladi. Kasallikning 8-20 kuniga kelib trombotsitopeniyani ko’rish mumkin.Shikastlanish darajasining ortishiga qarab, trombotsitopeniya, sochlarning to’kilishi va terining zararlanishi ertaroq paydo bo’lishi mumkin.

  3. Kasallikning avj olgan davri yoki yaqqol aks etgan klinik belgilar davri. 1 xaftadan 2-3 xaftagacha davom etadi. Bu davrning boshlanishida holsizlik, tana haroratining ko’tarilishi, bosh og’rig’i, uyqusizlik, bosh aylanishi kuzatiladi.

Oshqozon- ichak trakti tomonidan qayd qilish, ishtahaning yo’qolishi, shilliq yoki qon bilan ich ketishi paydo bo’ladi. Ko’ngil aynash va qayd qilish organizmning suvsizlanishiga olib kelib, tana vaznining 25-30% yo’qolishiga sabab bo’ladi. Shilliq pardalarda yara-nekrotik hosilalar yallig’lanish jarayonlari bilan og’irlashadi – yarali gingivit, stomatit, nekrotik angina, ezofagit, gastroenterokolit. Hayot uchun zarur bo’lgan a’zolarga qon quyilishi nur

kasalligining klinikasi yanada og’irlashtiradi. Shuningdek, burundan, bachadondan, ichaklardan qon ketishi kuzatiladi. Ikkinchi davrda boshlangan soch to’kilishlari davom etadi. Terining nurlangan joylaridagi sochlarning intensiv to’kilishi kal bo’lishga olib keladi. Bu davrdagi isitmaning ko’tarilishi yuqumli jarayonning qo’shilishidan, sepsis va ko’pgina a’zo va sistemalarning faoliyati buzilishidan dalolat beradi. Tana harorati septik jarayonning kechishini bildirib, bu davrning oxirigacha ushlanib turiladi. Periferik qondagi patologik o’zgarishlar yanada kuchayadi, anemiya qo’shiladi.



  1. Tiklanish davri. Bir necha haftadan 3-6 oygacha davom etadi. Isitmaning tushishi bu davrning boshlanganligini bildiradi. Asta – sekin nerv-regulyator buzilishlari chekinadi, bosh og’riqlari kamayadi, uyqu tiklanadi, oshqozon-ichak traktining sekretor-motor funktsiyasi tiklanadi, qayd qilish va ko’ngil aynashi kamayadi, shilliq pardalardagi yaralar bitadi, gemorragik belgilar yo’qoladi, sekinlik bilan qon yaratish a’zolarining faoliyati tiklanadi. Kal bo’lgan sohalarda soch o’sishi kuzatiladi.Uzoq vaqtgacha, ba’zan bir umrga gipotonik turdagi neyrotsirkulyator distoniya, ruhiy toliqish, qon yaratish faoliyatining etishmovchiligi, endokrin buzilishlar saqlanib qoladi.

Nur kasalligi nurlanish dozasiga qarab, 4 ta darajaga bo’linadi. 1 – daraja engil daraja – 100-200 R.

2 – daraja o’rtacha og’ir daraja – 200-400 R. 3 – daraja og’ir daraja – 400-600 R.

4 – daraja o’ta og’ir daraja – 600 R dan yuqori.


Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish