1. “Qiyoslash” metodi. Bir predmet haqida aniq tasavvurga ega bo’lish
uchun uni ikkinchisi bilan qiyoslash o’quvchida yorqin tasavvur hosil qiladi.
Shu ma’noda o’quvchiga ona tilini boshqa bir tilga qiyoslab o’rgatish eng
samarali usuldir. O’qituvchi ona tili darslarida, xususan, fonetika
mavzusini tushuntirayotganda ma’lumotlarni o’quvchiga imkon qadar u
o’rganayotgan biror chet tilidagi zaruriy bilimlar bilan taqqoslasa, dars
yanada samarali bo’ladi. O’qituvchining taqqoslanayotgan tilni qay darajada
bilishi natijaga salbiy yoki ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
“Urg’u” mavzusini tushuntirish uchun unga istagancha ta’rif keltirgan
bilan kutilgan natijaga erishish qiyin. Lekin o’zbek tili urg’usini rus,
nemis yoki bo’lmasa ingliz tillaridan biridagi so’z urg’usi bilan
solishtirish, o’quvchida darhol tushuncha hosil qiladi: (bolalàr, rebyata,
chíldren), ya’ni o’zbek tilida urg’u, asosan, so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi.
Boshqa tillarda esa, aksincha. Zero, taqqoslash – o’quvchida mustaqil fikrlash ko’nikmasini hamshakllantiradi. Bu esa bugungi ta’limning maqsadini tashkil etadi. O’quvchida solishtirish jarayonida o’zbek tilining o’zigagina xos bo’lgan jihatlari haqida tushuncha paydo bo’lgach, o’z tilidan faxrlanish, shuning barobarida, unda milliy g’urur ham shakllanib boradi.
2. “Klaster” metodidan foydalanib, bellashuvchi ikki guruh
a’zolaridan qaysi biri bo’g’inlarni tez va to’g’ri joylashtirsa, undan xalq
maqolining bir qismi kelib chiqadi. Davomini topgan ham g’olib bo’ladi.
“Davomini top!” usuliga doir klaster:
3. “Venn diagrammasi” asosida unli va undosh tovushlar tasnifini
samarali o’rgatish mumkin. Ikki guruhga bo’linib unli va undosh tovushlarning
farqli hamda o’xshash jihatlari quyidagi ma’lumotlar asosida
ajratiladi: Sinf o’quvchilari ikki guruhga bo’linib ma’umotlarni
doiralarga joylashtiradilar. Noto’g’ri yoki chalkash ma’lumot yozgan jamoa
mag’lub bo’ladi.Urg’u oladi / Urg’u olmaydi. O’pkadan chiqayotganda og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchramay chiqadi / O’pkadan chiqayotgan havo og’iz bo’shlig’ida to’siqqauchraydi. Bo’g’in hosil qiladi / Bo’g’in hosil qilmaydi. Cho’zib talaffuz qilish mumkin / Cho’zib talaffuz qilib bo’lmaydi. Talaffuz qilganda tovush paychalari, albatta, titraydi. Ham ovoz ham shovqindan hosil bo’ladi / Faqat ovozdan hosil bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |