4.1. “ONA TILI VA ADABIYOT FANLARINI O’QITISHDA
ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR“
O’QUV MODULINING O’QUV REJA-DASTURI
“Ona tili va adabiyot fanini o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalar“ o’quv modulining ishchi o’quv dasturi ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari malakasini oshirish kursining o’quv dasturi asosida tuzilgan bo’lib, tinglovchilarga ta’limga kirib kelgan zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalarning mazmun va mohiyatini ochib beradi.
O’quv modulining maqsad va vazifalari
Modulning maqsadi: umumiy o’rta ta’lim maktablari ona tili va adabiyot fani o’qituvchilarining ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalarni qo’llash kompetensiyalarini rivojlantirish.
Modulning vazifalari:
- tinglovchilarda ona tili va adabiyot fanini o’qitishda zamonaviy yondashuvlarni tatbiq qilish, innovatsion texnologiyalardan foydalanish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish;
- ona tili va adabiyot darslarida zamonaviy ta’lim vositalardan foydalanish ko’nikmalarini rivojlantirish;
- ona tili va adabiyot fani nazariyasi va uni o’qitish metodikasi yutuqlari, fanning texnika va ishlab chiqarishga qo’llanishi bo’yicha tadqiqotlar bilan tanishtirish.
O’quv moduli bo’yicha tinglovchilarning bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalariga qo’yiladigan talablar
Modulni o’qitish jarayonida tinglovchi:
- ta’lim sohasidagi Hinnovatsion faoliyat asoslarini;
- ona tili va adabiyot fanini o’qitishda qo’llaniladigan zamonaviy yondashuvlar va Hinnovatsion texnologiyalarni;
- ona tili va adabiyot o’qitishda qo’yiladigan hozirgi zamon talablarini bilishi;
- ona tili va adabiyot fanining mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarining uzviyligi va izchilligini ta’minlash;
- ona tili va adabiyot darslarida ta’lim resurslaridan foydalanish;
- o’qitish mazmuniga oid axborotlarni qayta ishlash, umumlashtirish va o’quvchilarga yetkazish ko’nikmalariga;
- ona tili va adabiyot darslarida zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo’llash;
- ona tili va adabiyot darslariga qo’yiladigan zamonaviy talablar asosida darslarni tashkil etish malakalariga;
- zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalardan kasbiy faoliyatda foydalanish;
- ona tili va adabiyot fani nazariyasi va uni o’qitish metodikasi yutuqlari, fanning texnika va ishlab chiqarishga qo’llanishi bo’yicha tadqiqotlaridan xabardor bo’lish kompetensiyalariga ega bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |