16. Metall so’zi nimani bildiradi va dastlabki metallar haqida gapiring?( Javob: Metall so’zi “izlash” ma’nosini bildiradi. Eng dastlabki metallar - mis, oltin, temirlar vujudga keldi. Osuriylar armiyasi temirdan eng birinchi qurol yasab (900 yilda bizning eramizgacha) urushlar qilganlar).
17. Alkimyo davri qancha davom etgan, ularning maqsadi va u davrning axamiyati haqidagi fikrlarni ayting?
(Javob: IV asrdan XVI asrga qadar davom etadi. V.A.Robinovich “Alkimyo o’rta asr madaniyati fenomeni” asarida “Ishlab chiqarishning feodal tuzumi hukm surgan o’rta asrlarda madaniyat rivojlanishida alkimyoning o’rni katta” deb uqtiradi. Maks Born olingan bilimlar natijalari dindorlarga xizmat qila boshladi, ular yuz berayotgan hodisalarning sirlarini tabiatdan emas, qandaydir “filosofiya toshidan” izlay boshladi deb ta’kidlagan.
Bu davrda yashagan kimyogarlar falsafa toshining sehrli kuchlariga ishonib, uni axtarganlar; shu bilan birga uzoq umr baxsh etuvchi eleksir va universal erituvchi - a l k a g ye s t kabi moddalarni topishga intilganlar; ular turli afsonalarga ham qattiq ishonganlar. Yevropada VIII asrda «alkimyo» davri boshlanadi; o’sha zamonda ishlab chiqarishning xususiyatlariga ko’ra Yevropa uchun kerakli mahsulotlarni Osiyo mamlakatlaridan sotib olish uchun oltin zarur edi. Shu sababli alkimyogarlar o’z faoliyatlarini «falsafa toshi» ni olishga qaratganlar. Ularning fikricha «falsafa toshi» ajoyib xossalarga ega – temir kabi noasl metallarga tegsa, uni oltinga, hyech bo’lmaganda kumushga aylantirishi, betob odamni sog’aytirishi, baxtsizlarga baxt keltirishi kerak edi. Biroq ularning hyech biri ham «falsafa toshini» yarata olmadi; lekin ko’rinishi oltinga o’xshagan qotishmalar olib odamlarni «oltin» deb ishontirishga uringanliklari tarix sahifalarida yozib qoldirilgan.
18. Alkimyogarlarning kimyoviy belgilarini ayting? (Javob Alkimyogarlar oltin (quyoshdan), kumush (Oydan), mis (Veneradan), temir (Marsdan), qo’rg’oshin (Saturndan), qalay (Yupiterdan), simob (Merkuriydan), olinadi deydi va olov, suvni belgilarini-simvolini taklif qilishdi (1 rasm).Metallar asosida simob, keyinchalik esa oltingugurt va mishyak yotadi deydi va har xil rangdagi qotishmalarni oladilar. Shu davrda, keramika va shisha ishlab chiqarildi. Rang beruvchi indigo, purpur, marena yaratildi.
Alkimyogarlar tomonidan taklif qilingan elementlar simvollari.
Oltin – quyosh t temir - Mars
♀
Simob - Merkuriy mis--Venera
2
Qalay - Yupiter qo’rg’oshin-Saturn
Kumush – oy
Alkimyogarlarning ishlarini quyidagi she’rda ham o’z ifodasini topganligini ko’ramiz.
Sem metallov sozdal svet
Po chislu semi planet
Dal nam kosmos na dobro
Med, jelezo, serebro
Zlato, olovo, svines.
Sыn moy, sera im otes
I speshi, moy sыn ,uznat
Vsem im rtut rodnaya mat.
Faqat elementlar emas yana turli xil moddalarni ham simvollarini ifodaladi:
Suv , olov , yer ,havo ,
Do'stlaringiz bilan baham: |