b) Turbidimetrik usul bilan aniqlash
Tajriba uchun kerakli asbob va reaktivlar: КΦК-2 kolometri; hajmi 50 ml bo’lgan 2 ta kolba; 2 ta kyuvetka; pipetkalar; 0,04 n KCl standart eritmasi; 0,04 n AgNO3 eritmasi.
Usulning mohiyati. Bu usul xlorid ionlari bilan kumush ionlarining o’zoro ta’siri
natijasida hosil bo’lgan oq kumush xlorid suspenziyasi nur yutishini (optik zichligini) o’lchashga asoslangan.
Aniqlash usuli. Hajmi 50 sm 3 bo’lgan kolbaga 5 ml 0,04 n KCl eritmasidan quyib, belgisigacha distillangan suv solinadi. 2ta kyuvetaga shu eritmadan 10 ml solinadi va 0,1 ml dan 0,04 n AgNO3 eritmasidan qo’shiladi. So’ngra asbobning qora shkalasidan eritmaning nur koeffitsiyenti foizda o’lchaymiz. Olingan ma’lumotlar asosida
Bog’liqlik grafigini chizamiz.
10- laboratoriya ishi
Refraktometrik analiz usuli
Eritmadagi modda miqdorini aniqlash
Kerakli asbob va reaktivlar: PПИ-3 refraktometri, kolbalar, pipetkalar, filtr qog’oz, spirt yoki glitserin.
Ishning maqsadi. Turli organik moddalar tarkibi va tozaligini aniqlash (glitserin, spirt, shakar).
Ishning mohiyati. Refraktometrik analiz moddaning sindirish ko’rsatkichini o’lchash orqali darajalangan grafik yordamida noma’lum modda tarkibini aniqlan-di. Refraktometrda ish boshlangan avval distillangan suv yordamida asbobning nol-punkti tekshiriladi, buning uchun distillangan suvning 1-2 tomchisi filtr qog’oz bilan tozalab artilgan (4) o’lchov prizmasi yuzasiga tomiziladi va (III) yorituvchi prizma asta-sekin tushuriladi. Yoritish manbaidan (I) to’shayotgan nur (II) linza orqali yorituvchi prizmasiga tushib tarqaladi va tekshirilayotgan moddaning yupqa qatlamidan o’tib o’lchov prizmasi yuzasida, ya’ni ikki muhit chegarasida sinadi. Nur (5) despirsion kompensatordan (6) obyektivdan (7), prizmadan, (8) setkadan (9) shkaladan, (10),(11) okulalar orqali o’tib bajaruvchisining ko’ziga ko’rinadi.
Okulalarga qarb turib, asbobning maxsus qulog’idan burab, yorug’-soya chegarasi kesishgan chiziqning (krest) o’rtasiga to’g’rilanadi va shu holatda (9) shkaladan sindirish ko’rsatkichi yozib olinadi. Asbobdagi hamma o’lchovlar oq nurda bajariladi. Bo’lish chegarasi rangli bo’lsa, uni yo’qotish uchun asbobdagi dispersion (5) kompensatordan foydalaniladi.
Ishning bajarish tartibi. Tarkibida 10; 20; 30; 40; 50; 60; 70; 80; 90% spirt bo’lgan spirt-suv standart eritmalarini tayyorlang. Refraktometr yordamida har bir eritmaning sindirish ko’rsatkichini aniqlang. Olingan natijalar asosida sindirish ko’rsatkichini eritma konsentratsiyasiyasiga n-f(c) bog’liqligi grafigini chizing. Grafik yordamida control eritma tarkibini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |