1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Cx
|
Mianing miqdori, Mkg
|
|
|
|
|
|
|
Optik zichligi, D
|
|
|
|
|
|
|
Jadvaldagi natijalar asosida ordinate o’qiga optik zichlik, abssisa o’qiga misning konsentratsiyasi qiymatini qo’yib (mg/sm3), grafik chizamiz.
Noma’lum konsentratsiyadagi misning miqdorini topish uchun, eritmaning optik Dx ni ФЭК -56 M da aniqlaymiz va 2 –rasmdagi ordinata o’qiga Dx ning qiymatini qo’yib AB to’g’ri chiziqda kessishguncha davom ettiramiz. Hosil bo’lgan O nuqtadan abssissa o’qiga perpendicular o’tkazib, Cx ning qiymatini topamiz. Noma’lum konsentratsiyali eritmadagi misning umumiy miqdori quyidagi formula asosida topiladi:
Bu yerda, Cx-grafikdan topilgan mis konsentratsiyasi, mg; V-tekshirilayotgan eritmaning umumiy hajmi, sm3; Va- tekshirilayotgan eritmadan olingan alikvot qism sm3.
d) Fotoelektrokorimetrik usul bilan uch valentli temir miqdorini aniqlash
Tajriba uchun kerakli asboblar va reaktivlar:
1. Fotoelektrokorimetr ФЭК-56M
2. O’lchov kolbalari, hajmi 50 ml 6 ta
3. Hajmi 10 ml li byuretka
4. Hajmi 10 ml li pipetka
Uch valentli temir tuzining 0,1 mg/sm3 konsentratsiyali eritmasi, HNO3 erit-masi, distillangan suv, 10% li kaliy rodanid eritmasi.
Temirni fotoelektrokorimetr usulda aniqlashda Fe3+ va CNS- ionlari orasida bo’ladigan reaksiyalardan foydalaniladi.
Fe3++CNS→[Fe(CNS)]-2
[Fe(CNS)]-2+CNS→[Fe(CNS)2]
[Fe(CNS)2]+CNS→[Fe(CNS)3]
Ishni bajarish tartibi. Hajmi 50 ml bo’lgan 5 ta kolbaga ketma-ket 0,5; 1,0; 1,5; 3,0; 4,0 ml uch valentli 0,1 mg/sm3 konsentratsiyali temir tuzi eritmasidan solamiz. Oltinchi kolbaga (kontrol eritma) tekshiriladigan qism solinadi va har bir kolbaga 1 sm3 HNO3 dan/5 ml 10 % li kaliy rodanid (KCNS) eritmasidan va kolba chizig’igacha distillangan suv solib, aralashtiramiz.
Nur filtri tanlash. Buning uchun rangi eng to’q bo’lgan kolbadagi eritmani tanlab olamiz va har xil raqamdagi 3 dan 9 gacha bo’lgan nur filtlarini qo’yib ФЭК-56M asbobida galma-galdan 400-630 nm diapazonda eritmaning optik zichligi aniqlanadi. Tanlangan rangli eritmaning optik zichligi 1 sm li qalinlikdagi kyuvetada distillangan suvga nisbatan o’lchanadi. Olingan natijalarni jadvalga yozamiz.
1-jadval asosida millimetrovka qog’ozdagi chizmaning ordina o’qiga optik zichlik, abssissa o’qiga to’lqin uzunlik qiymatini qo’yib, λ ning eng katta qiymati bo’yicha nur filtrni tanlaymiz.
Darajalangan grafik chizish. Tanlangan nur filtr yordamida hamma standart va kontrol eritmalar optik zichligini distillangan suvga nisbatan aniqlaymiz. Olingan natijalarni jadvalga yoziladi va undagi ma’lumotlar asosida millimetrovka qog’ozdagi chizmaning ordinata o’qiga optik zichlik va abssissa o’qiga uch valentli temir standart eritmalari konsentratsiyasi miqdorini qo’yib darajalangan grafik chizamiz. Grafik yordamida control eritmadagi temirning konsentrastsiyasi Cx niu topamiz. Uch valentli temirning yuqoridagi formula yordamida hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |