71
(namunalarda) so„rish kuchi eritma konsentratsiyasidan ko„proq. Uchinchi holatda
oqimcha tomizilgan joyda qimirlamay qolsa, bu barglar so„rish
kuchi va eritma
konsenratsiya bir xil ekanidan dalolat.
Misol. So„rish kuchini 20iyunda (gullashgacha ) aniqlash uchun 0,5 va 0,55
konsentratsiyali eritmalar olinadi. Birinchi probirka (0,5)da oqimcha pastga,
ikkinchisidan (0,55) yuqoriga ko„tariladi. Demak, so„rish kuchi 11,2 atm. dan
ko„proq va 12,3 atm. dan kamroq, ya‟ni sug„orish kerak bo„ladi. Agar oqimcha
birinchi probirkada yuqoriga ko„tarilsa, barglar etarlicha suvga ega va sug„orish
talab etilmaydi, chunki surish kuchi 11,2 atm. dan past.
Oqimcha aniqrok ko„rinish uchun namunalar solingan probirkaga siyoh
kukunidan ozgina solinadi.
Namunalar soat 1-3 oralig„ida, ochiq, bulutsiz kuni olinishi zarur.
Sug‘orish muddatini o‘simlikning to‘qima shirasi konsentratsiya bo‘yicha
aniqlash.
Ob-havo ta‟sirini
kor qilmaydigan, sug„orish muddatini aniqlaydigan
soddaroq usul baglar xujayra shirasi kotsentratsiyasidir. (XSHK). XSHK dalada
dastlabki refraktometr yordamida aniqlanadi. Bu refraktometr asosan mevalar,
qand lavlagi va b.k. o„simliklardagi qand miqdorini aniqlashda ishlatilatilgan.
Har bir variantda g„o„za o„sish nuqtasida uchinchi yaxshi rivojlangan 9 barg
alyumin stakanlarga olinadi. Stakanlar bir necha tomchi toluol tomiziladi. Bu barg
shirasini siqib olishni engillashtiradi. Undan tashqari toluol to„ldirilgan barg shirasi
tiniqroq bo„lib, refraktomer shkalasi bo„yicha hisobni osonlashtiradi.
SHundan so„ng maxsus kiskich yordamida bargdan shira chikarilib, bir
necha tomchisi refraktomer
prizmasiga tomiziladi, prizmalar yopilib, asbob
okulyari orkali kuzatilib, shkala bo„yicha kuruk modda tarkibi aniklanadi.
Toshkent viloyati tipik buz tuproqlarda SoyuzNIXI Markaziy tajriba
xo„jaligida «108-F» go„za navining suvga bo„lgan talabi gullashga kadar XSHK
8% gacha, gullash-hosil tugish davrida-10%, ko„sak ochlishida-10%
gacha etishi,
bu namlikuning CHDNSga nisbatan 70-7060% iga mos keladi.
Boshka xududlarda, navlarda XSHKning makbul qiymati bo„lakcha bo„lishi
mumkin.
72
Tuproqning xajm massasi va umumiy govakligini aniklash.
Xajm massasi
tuproq katlamlarining zichlashib taxlanganligini tavsflaydi. Xajm massasini
aniklash tuproq katlamlaridagi suvning mutlok (absolyu) zaxirasi va ozika
moddalarini xisoblash uchun zarurdir. Bu tadbir shuning dek, termik, xavo
mikrobiologik jarayonlarni belgilaydi.
Buning uchun turli balandlik va xajmdagi metall silindir ishlatiladi.
Bunda
balandligi 10sm, xajmi 1000sm3 li silindirlarni ishlatish maksadga muvofikdir.
Silindir tuproqka yogoch to„kmok bilan urib, avaylab kiritiladi. Bunda tuproqning
tabiiy taxlanishini o„zgartirmaslikka xarakat kilish zarur. Silindir atroflarini pichok
bilan kesib, tuproqdan chikarilib olinadi, tagi va usti pichokda silindir kirgogi bilan
bir tekis kilib silliklanadi, tortiladi. SHu tuproq vaznini (R), silindir xajmiga (V)
taksimlanish xajm massasini (a) beradi:
α=R/V.
Xajm massasi namlik olinadigan katlamlarda, ya‟ni xar 10sm. dan 100 yoki
150 sm.gacha aniklanadi. Xaydov va xaydov osti katlamlarida taxminan 40sm.
chukurlikkacha xajm ogirligi amal davrida bir necha marta aniklanadi, chunki
xaydov katlami amal davrida turli omillar ta‟sirida ancha o„zgaradi. Xajm
massasini namlikka namuna olish bilan biirga aniklash etarlidir.
Xaydov katlami xajm massasini aniklayotganda traktor gildiragining
zichlashtiruvchi ta‟sirini xisobga olish uchun oldingi, keyingi gildirak o„tgan egat
oraligida va
gildirak yurmagan katorda xam, zarur bo„lsa, pushtada xam aniklash
kerak.
Xaydov katlamida silindir tik urilib, namuna olinadi, takrorlanishi 5 karra
bo„ladi.
20 dan 100sm. gacha chukurlikda
silindir chukur devoriga urib, namuna
olinadi, takroriyligi 3 karrani tashkil etadi.
Xaydov katlami xajm ogirligi 1,1 dan 1,45g/sm3 gacha, xaydov osti
katlamida 1,35 dan 1,65g/sm3 gacha o„zgaradi.
73
Tuproq gavakligi xajm massasi va solishtirma ogirlik birliklari asosida
xisoblanadi:
A=100- α·100/2,70
Bunda A-govakli, %;
a- xajm ogirligi yoki tuproq zichligi;
2,70- bo„z tuproqlarning o„rtacha solishtirma xajmi.
O„tlok–bo„z tuproqlar solishtirma ogirligi (organik modda mo„l bo„lgan)
taxminan 2,50-2,60g/sm3 ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: