10.2. Korporativ boshqaruv va korporativ menejment
Korporatsiya(lotincha corporatio – birlashish) – bu umumiy maqsadlarga erishish, birgalikda faoliyat ko‘rsatish uchun birlashgan va huquqning mustaqil sub’ektini – huquqiy shaxsni tashkil qilgan jismoniy yoki huquqiy shaxslar birlashmasidir.
Korporatsiyalar - mulkchilikning hissadorlik shaklining zamonaviy ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Unda bir necha mulkdorlar manfaatlari birlashadi, yagona maqsad doirasida investorlar kapitallari birlashtiriladi.
Mamlakat qonunchiligida “korporatsiya” tushunchasi yuridik jihatdan mustahkamlab qo‘yilmaganligi sababli bu tushunchani talqin qilishda ikki xil ma’no kuzatiladi. Ayrim belgilar bo‘yicha korporatsiyalar qatoriga tijorat tashkilotlari hisoblangan va a’zolikka asoslangan barcha xo‘jalik sub’ektlari, boshqa belgilar bo‘yicha esa – faqat aksiyadorlik jamiyatlari kiritiladi.
Biroq mamlakat iqtisodiy - huquqiy tizimida mohiyatiga ko‘ra kichikroq shartliliklar bilan, aynan aksiyadorlik jamiyatlari jahon xo‘jalik va huquqiy amaliyotida umum qabul qilingan korporatsiya tushunchasi bilan tenglashtiriladi.
Aytib o‘tish kerakki, korporatsiya tushunchasii hozirgi sharoitlarda yana bir o‘ziga xos jihatni kasb etmoqda. U bir nechta yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan xo‘jalik sub’ektini belgilash uchun foydalanilib, ularning har birini boshqa mulkiy munosabatlar, birgalikda biznes yuritish, umumiy maqsadlar va manfaatlar, umumiy tashkiliy struktura bilan bog‘liq mustaqil iqtisodiy sub’ekt sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Shunday qilib, O‘zbekistonda korporatsiya mustaqil aksiyadorlik jamiyati bo‘lishi mumkin.
Xo‘jalik faoliyatini korporativ tashkil qilishning keng imkoniyatlari ularning afzalliklaridan foydalanishga asoslanib, korporatsiyalar yaratish variantlaridan foydalangan holda firmalararo munosabatlarni modellashtirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatamiz:
1. Aksiyalar chiqarish orqali pul mablag‘lari jalb qilish qobiliyati cheklanmagan sonli investorlarning mablag‘larini jamlash imkonini va buinvestorlarga jamiyatni boshqarishda ishtirok etishda ma’lum bir tanlov huquqini beradi.
2. Boshqariluvchanlik muammosini hal etilishi engillashadi. Tashiliy rasmiylashtirishning tugallanganligi, vakolatlar va javobgarliklarni aniqlashda reglamentga rioya qilish nazorat funksiyalarini aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlari o‘rtasida taqsimlash imkonini beradi, bu esa boshqaruv jarayonini professio nallash imkoniyatini anglatadi.
3. Aksiyadorlar tarkibiga kirish va chiqishning soddalashtirilgan tarkibi manfaatdor shaxslarning o‘rnini almashtirish uchun keng imkoniyatlar va mos ravishda, investitsiya taklifi dinamikasi yuqori bo‘lgan sharoitlarda yuqori moslashuvchanlikni ta’minlaydi.
4. Cheklangan javobgarlik tamoyili risklarni kamaytirishga imkon beradi. Cheklangan javobgarlik tamoyilining qo‘llanilishi risklarni aksiyadorlar va boshqaruvchilar o‘ rtasida taqsimlash orqali yirik korporatsiyalar yaratish imkoniyatini vujudga keltir adi.
Korporativ boshqaruv bu – biznesning tashkiliy - huquqiy rasmiylashtirilishini, tashkiliy strukturalarning optimallashuvini boshqarish, qabul qilingan maqsadlarga muvofiq kompaniyada ichki va tashqi firma munosabatlarini tashkil qilishdir.
Korporativ boshqaruvni uning xususiyatlari boshqaruv ob’ekti sifatida korporatsiyaning o‘ziga xosliklari bilan izohlanadigan alohida bir turga ajratib, aksiyadorlar manfaatlarining ustuvorligi hamda ularning korporatsiyani rivojlantirish va boshqarishdagi roliga asoslangan, aksiyadorlarning o‘zaro aloqa qilishini ko‘zda tutadigan (korporativ kommunikatsiyalar) mulkchilik huquqining amalga oshirilishini hisobga oladigan, butun korporatsiyani rivojlantirish strategiyasiga asoslangan va nihoyat, korporativmadaniyatni, ya’ni xulq - atvor tamoyillari, umumiy an’analar kompleksini vujudga keltiradigan boshqaruv sifatida tavsiflash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |