9.2. Temir yo‘l transporti faoliyatini boshqarishda foydalaniladigan axborotlarga qo‘yilgan talablar Temir yo‘l transporti faoliyatidagi axborotlarga quyidagicha talablar qo‘yiladi:
tashkiliy tuzilmaning biron bir bo‘g‘inidagi ish boshqaruvchining ma’lum bir aniq extiyojlarini qondirishi kerak;
ma’lumotlar aniq va xaqqoniy bo‘lishi, vaziyatga oid dastlabki ma’lumotlar to‘g‘ri tanlanishi lozim; to‘planayotgan ma’lumotlarni optimal tarzda tizimlashtirish, ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash jarayoni muntazam davom etishi kerak.
Temir yo‘l transporti faoliyatini axborotlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Faoliyatning barcha turlari uchun zaruriy axborotlar ma’lumotlar bazasiga joylashtirilishi natijasida boshqaruv jarayonlari o‘z vaqtida va sifatli ta’minlanadi.
Temir yo‘l transportining ma’lumotlar bazasi zaruriy axborotni tezkor olish va modifikatsiyalash, axborotning minimal ortiqchaligi, amaliy dasturlarga bog‘liq emasligi, izlash usulining umumiy boshqarilish imkoniyatlariga ega bo‘lishi va katta miqdordagi ilovalar uchun foydalanish imkoniyatlari bilan tavsiflanuvchi o‘zaro bog‘liq ma’lumotlar yig‘indisidan tashkil topgan.
Korxona avtomatlashtirilgan tizimidan keng miqyosda nuqsonsiz foydalanishda uning ma’lumotlar bazasiga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:
- muammoli sohaning holatiga axborotning mos kelishi;
- tizim to‘g‘ri ishlashining ishonchligi;
- so‘rovlarning tezkorligi va unumdorligi;
- tizimdan foydalanishning oddiy va qulayligi;
- tizimdan foydalanishning ommaviyligi;
- tizim ma’lumotlarining himoyalanganligi;
- ma’lumotlarni kengaytirish imkoniyatlarining mavjudligi.
Ma’lumotlar bazasini samarali tashkil etish va uni himoyalash bu – ma’lumotlar bazasida mantiqan o‘zaro bog‘langan massivlarni tashkil etishdir. Ma’lumotlar bazasini boshqarish uchun uni tashkil etish va yuritishda ixtisoslashgan samarali dasturiy vosita – ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Ma’lumotlar bazasi qaytarilmaydigan ma’lumotlarning yaxlitlangan jamlanmasi bo‘lishi va uning asosida mazkur sohaning barcha masalalari hal etilishi lozi
Temir yo‘l transporti korxonasida elektron xujjat almashish tizimi ierarxik tizimga ega bo‘lgan “O‘TY” AJning ma’lumotlar bazasi orqali amalga oshiriladi. Uni quyidagi ko‘rinishda tasvirlash mumkin ( -rasm).