12-BOB. Temir yo‘l transporti faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi
12.1. Temir yo‘l transporti faoliyatiga taalluqli me’yoriy-xuquqiy
xujjatlar
«O‘zbekiston temir yo‘llari» Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 7 noyabrdagi PF-982-sonli Farmoni bilan temir yo‘l transporti tizimining O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bo‘linmalari, korxonalari va tashkilotlari bazasida tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 2 martdagi PF-2815-sonli «Temir yo‘l transportini monopoliyadan chiqarish va aksiyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Farmoni bilan «O‘zbekiston temir yo‘llari» Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ochiq aksiyadorlik jamiyati (OAJ) sifatida qayta tuzildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.04.2015 yildagi PF-4720-sonli Farmonining ijrosi, shuningdek, jamiyatni korporativ boshqarishning tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi bo‘yicha yagona aksiyadorning vakili - «O‘TY» AJ da davlatning ishonchli vakili sifatida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tashkiliy tuzilmasi tasdiqlangan va uning tarkibiga quyidagilar kirgan:
- 15 ta unitar korxona, shu jumladan: 6 ta mintaqaviy temir yo‘l uzeli (Toshkent, Qo‘qon, Buxoro, Qo‘ng‘irot, Qarshi, Termiz), «O‘ztemiryo‘lmashtamir», «O‘zbektemir yo‘lekspeditsiya», «Ko‘prikqurilish Tresti», «O‘ztemir yo‘lqurilishmontaj», «406-ixtisoslashgan qurilish-montaj poezdi», «14-rels payvandlash poezdi», «1- Energomontaj poezdi», «Ekskavatorlar va zanjirli texnikani tamirlash zavodi» va ««Sardoba» Agrosanoat kompleksi».
- 8 ta aksiyadorlik jamiyati, shu jumladan: «O‘ztemir yo‘lyo‘lovchi», «Toshkent yo’lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi», «Yo‘lreftrans», «O‘ztemiryo‘lkonteyner», «O’zvagonta’mir», «Granit», «Toshkent mexanika zavodi» va «Eyvalekmaxsustemirbeton».
Bundan tashqari, «O‘TY» AJ tarkibiga shuningdek, ijtimoiy infratuzilmaning 33 ta muassasasi ham kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent metropoliteni faoliyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2016 yil 21 oktyabrdagi PP-2638-sonli qaroriga va «O‘TY» AJ boshqaruvi raisining 2016 yil 28 oktyabrdagi 448-N-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.10.2016 yildagi PQ-2638-sonli Qarorini bajarish to‘g‘risida»gi buyrug‘iga muvofiq «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tuzilmasiga «Toshkent metropoliteni» UK kiritildi.
“O‘TY” AJning asosiy sifatlari etib quyidagilar belgilangan:
yagona temir yo‘l transport tarmog‘ini tuzish;
temir yo‘lning asosiy uchastkalarini elektrlashtirishni davom ettirish;
temir yo‘llarni modernizatsiyalash, shuningdek, telekommunikatsiyalarning optik tola tizimlariga o‘tishni o‘z ichiga olgan holda temir yo‘l transporti infratuzilmasini rivojlantirish;
harakat tarkibini tamirlashning o‘z bazasini rivojlantirish;
harakat tarkibini tiklash va yangilash;
jahon bozoriga chiqish va respublikaning eksport potensialini oshirishni taminlovchi muqobil transport yo‘laklarini izlash.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yangi po‘lat izli yo‘llarni shakllantirish bo‘yicha katta ishlar bajarildi. Qizilqum barxanlari uzra Navoiy – Uchquduq – Sultonuvaystog‘ – Nukus temir yo‘li yotqizildi, Amudaryo osha birlashtirilgan temir yo‘l-avtomobil ko‘prigi barpo etildi.
2010 yilning noyabr oyida Afg‘onistonda Xayraton-Mozori-SHarif temir yo‘l magistralini qurish yakunlandi. Ushbu loyiha doirasida yangi temir yo‘l liniyasi yotqizildi, Xayraton temir yo‘l bekati modernizatsiya qilindi, Noibobod bekatida raz’ezdlar va yangi temir yo‘l yuk hovlisi qurildi. Liniyaning umumiy uzunligi 106 km ni, shundan asosiy yo‘llar 75 km ni tashkil qildi.
«O‘TY» AJ tarafidan 2016 yilda quyidagi loyihalar amalga oshirildi:
«Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasini qurish» va «Yo‘lovchi poezdlarning yuqori tezlikdagi harakatini tashkil qilib Samarqand-Buxoro temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish». YAngi temir yo‘l liniyalari ishga tushishi bilan «O‘TY» AJ bosh yo‘llarining ochiq uzunligi 4842,4 km ni tashkil qildi.
2016 yilda Qamchiq tog‘ dovonidan o‘tuvchi, uzunligi 123,2 km, jumladan, 19,2 km tunneldan iborat «Angren-Pap» elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasini qurish yakunlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasisining 2015 yil 17 sentyabrdagi 269-sonli ««Pop-Qo‘qon-Andijon» uchastkasini elektrlashtirgan holda «Angren-Pop» elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasini qurish» loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori bilan «Pop-Qo‘qon-Andijon (186 km) uchastkasini elektrlashtirishni» «Angren-Pop» elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasini qurish» loyihasi tarkibiga kiritish ma’qullandi.
2017 yilda uzunligi 325 km li Qarshi-Termiz uchastkasini elektrlashtirish, shuningdek, uzunligi 357,3 km li Buxoro-Miskin yangi temir yo‘l uchastkasini qurish yakunlandi, bundan tashqari, 2 ta elektropoezd sotib olindi.
2018 yilda uzunligi 33,8 km li Urganch-Xiva yangi temir yo‘l liniyasi ochildi, shuningdek, Xivada yangi vokzal qurib bitkazildi. Uzunligi 124 km ni tashkil qiluvchi Qarshi-Kitob uchastkasini elektrlashtirish yakunlandi.
Respublika bo‘yicha temir yo‘llarning ochiq uzunligi 5167,8 km ni, shu jumladan elektrlashtirilgan liniyalarning uzunligi 2713,4 km ni tashkil qiladi27
Qo‘yilgan maqsadga etish uchun quyidagi birinchi navbatdagi vazifalar belgilandi:
mamlakatning transport yaxlitligi, mustaqilligi, xavfsizligini taminlash, ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishini va tashishga bo‘lgan ehtiyojlarni amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni taminlash maqsadida infratuzilmaviy baza sifatida ochiq va barqaror transport tizimini shakllantirish;
temir yo‘l infratuzilmasini rekonstruksiya qilish, takomillashtirish va rivojlantirish;
respublika sanoatini harakat tarkibiga bo‘lgan ehtiyojini taminlash uchun harakat tarkibini tamirlash va qurish uchun ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish;
temir yo‘lning o‘tkazuv va tashuv qobiliyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, shuningdek, yo‘lovchi temir yo‘l transportinining harakat tezligi va xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish;
temir yo‘llarda poezdlar harakati xavfsizligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;
tashuvni tashkil etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish.
“O‘TY” AJ o‘z faoliyatini quyidagi me’yoriy xujjatlar asosida tashkil qiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |