O‘quv qo‘llanma


O‘zbekiston temir yo‘llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo‘yicha yo‘riqnoma



Download 1,03 Mb.
bet52/103
Sana12.04.2022
Hajmi1,03 Mb.
#546890
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   103
Bog'liq
fayl 1999 20211006

O‘zbekiston temir yo‘llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo‘yicha yo‘riqnoma. Ushbu yo‘riqnoma O‘zbekiston temir yo‘llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari va temir yo‘llarda signalizatsiya bo‘yicha yo‘riqnomalarning talablari asosida tayyorlangan bo‘lib, quyidagi qoidalarni belgilaydi:
- poezdlarni qabul qilish, jo‘natish va o‘tkazishni har xil SMB (signalizatsiya, markazlashtirish, blokirovka) tizimlarida, nosozlik holatlarida va temir yo‘llarda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan vaqtlarda bajarish tartib - qoidalari;
- stansiyalarda manyovr harakatlari tartibi;
- poezdlarni ogohlantirish tartibi;
- poezdlar harakati va manyovr ishlari xavfsizligini ta’minlovchi boshqa qoidalar.
Temir yo‘l transporti ishchilarining tartib-intizomi to‘g‘risida»gi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan asosiy reglamentlovchi hujjat hisoblanadi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari» Davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi shaxsiy tarkibidagi ishchilarning kiyinishlari to‘g‘risidagi qaror.
12.2.“O‘TY” AJning iqtisodiy, texnika, texnologiya, moddiy ta’minot va ijtimoiy sohalardagi vazifalari

Jamiyat belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalar bajarilishini ta’minlaydi:


a) temir yo‘l orqali tashish jarayonini boshqarishni tashkil etish sohasida:
- tashish jarayonini tezkor boshqarishni tashkil etish, poezdlarning harakatlanish jadvalini, harakatlanuvchi tarkibning ish me’yorlarini
va Jamiyat bo‘yicha yuk tashish prognoz rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash
va ijrosini ta’minlash;
- tashish shartlariga doir yagona normativ hujjatlarni, harakatlanuvchi tarkibdan foydalanish me’yorlari bo‘yicha yagona me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, ulardan foydalanishni tahlil etish, yuk vagonlaridan foydalanishga tuzatishlar kiritish va nazorat qilish;
- favqulodda vaziyatlarda xavfli yuklarni tashish qoidasi talablari asosida yuk ortishni, tushirishni tartibga solish va poezdlar harakatlanishini tashkil etish;
- dispetcherlik xizmatini tashkil etish, tashish jarayonlarini avtomatlashtirish, ekspluatatsiya ishlarining umumiy axborot ta’minotiga doir yagona tamoyillarni ishlab chiqish;
b) iqtisodiyot va moliya sohasida:
-temir yo‘l transportini rivojlantirishning davlat va davlatlararo dasturlari loyihalarini, asosiy, sanoat va pudratchilik faoliyatida, shuningdek ijtimoiy va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ishlab-chiqarishning iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlariga doir yillik hamda istiqbolli prognozlarni ishlab chiqish;
-temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilar tashish sohasida marketing tadqiqotlarini tashkil etish, kelgusida temir yo‘l transporti ob’ektlarini rivojlantirish va joylashtirishga doir yillik va istiqbolli prognozlar hamda jadvallar, temir yo‘l transportining tashish va ishlarni bajarish imkoniyatlarini oshirishga doir kompleks chora-tadbirlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
-mukammal va boshqa turdagi ta’mirlashni rejalashtirish va tashkil etish;
-O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga, davlatlararo va hukumatlararo kelishuvlarga muvofiq yuk, yo‘lovchilar, pochta va bagaj tashish tariflari sohasida kelishilgan siyosatni amalga oshirish;
-amaldagi qonunchilikka muvofiq, Jamiyat korxonalari va xizmatlaridan foydalanuvchilar o‘rtasida o‘zaro moliyaviy hisob-kitoblarni, bitimga a’zo bo‘lgan temir yo‘l ma’muriyatlari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, buxgalterlik va statistika hisobi va hisobotlarini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlariga rioya etish, Jamiyat korxonalarida auditorlik faoliyatini yuritish, soliqlarni va majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lash;
-Jamiyat boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan normativlarga muvofiq tuziladigan fondlar va zaxiralarni, shu jumladan, valyuta fondini tashkil etish, shuningdek, temir yo‘l transportini rivojlantirishga oid ustuvor ilmiy-tadqiqot dasturlarini moliyalashtirish uchun belgilangan tartibda fondlarni shakllantirish;
-Jamiyat faoliyatini aks ettiruvchi reklama va boshqa turdagi adabiyotlarni nashr etish;
-xodimlarning mehnat haqi, shuningdek boshqa turdagi daromadlarining shakli, tizimi va hajmini belgilangan tartibda aniqlash;
-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha Jamiyat xodimlarining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
-tashishdan olinadigan daromadlarni markazlashtirilgan tartibda Jamiyatning alohida asosiy daromad hisob raqamida jamlash va uni kelgusida temir yo‘l orqali tashishda ishtirok etgan Jamiyat bo‘linmalari o‘rtasida bozor tamoyillari va mexanizmlari vositasida taqsimlash;
-“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi ta’minoti uchun tasdiqlangan smetaga muvofiq, temir yo‘l orqali tashishdan olingan daromadlardan majburiy to‘lovlarni amalga oshirish;
v) texnika siyosati sohasida:
-Jamiyat korxonalari bilan birga mutlaqo yangi texnik vositalar, texnologiyalar va materiallarni yaratish, ulardan foydalanishga doir ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, ushbu ishlarni moliyalashtirish;
-mahsulot, ilmiy-texnikaviy axborotlarni metrologiya, standartlashtirish va unifikatsiyalashtirish, sertifikatlash va sifatni boshqarish ishlarini tashkil etish, ilg‘or tajribani ommalashtirish, ixtirochilik, ratsionalizatorlik, intellektual mulk va patent faoliyatiga rahbarlik qilish;
g) moddiy-texnika ta’minoti sohasida:
-temir yo‘l transportining moddiy-texnika va yoqilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, temir yo‘l orqali tashish jarayonining ushbu resurslar bilan ta’minlanishini tashkil qilish, ulgurji savdo qilish, shuningdek aloqador vazirliklar, uyushmalar va idoralar bilan birgalikda davlat ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan mahsulotlar tarkibida temir yo‘l transporti uchun etkazib beriladigan mahsulotlar bo‘yicha buyurtmalarni shakllantirish, Jamiyat korxonalarini markazlashtirilgan holda tartibga solinadigan nomenklatura bo‘yicha mahsulot bilan ta’minlash;
-tabiiy ofatlar, transport halokatlari va boshqa kutilmagan voqealar oqibatlarini bartaraf etish uchun asosiy moddiy-texnika turlari zaxiralarini yaratish. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan moliyaviy va moddiy resurslarning idoraviy zaxiralari Jamiyat mablag‘lari hisobidan, shuningdek, moliyaviy va moddiy resurslarning ob’ektiv zaxirasi Jamiyat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining o‘z mablag‘lari hisobidan tashkil etiladi;
-favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarining nomenklaturasi va hajmi ularni tuzuvchi organ tomonidan belgilanadi;
-Jamiyat ehtiyojlari uchun moddiy-texnika resurslari etkazib beruvchilar bilan mustahkam aloqa va hamkorlikni tashkil etish;
-resurslar va energiya ta’minoti ishlarini tashkil etish;
-temir yo‘l transportining safarbarlik tayyorligini ta’minlash
va alohida davrda ishlash uchun moddiy resurslarni shakllantirish;
j) kadrlar, mehnat va ijtimoiy masalalar sohasida:
-Jamiyat xodimlarini tanlash, xizmat lavozimlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish, rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofaza qilish tizimlarini belgilash;
-Jamiyat korxonalarining ehtiyojlari asosida kadrlarni kasbiy
va iqtisodiy o‘qitish tizimini tashkil etish, uning moddiy bazasini ta’minlash va rivojlantirish;
-ommaviy kasb egalari va mutaxassislarini respublika va xorijiy mamlakatlar o‘quv muassasalarida va ishlab chiqarishda tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shuningdek ularning ish o‘rganishlarini (stajirovkalarini) ta’minlash;
-temir yo‘l transportida samarali kadrlar siyosatini amalga oshirish;
-Jamiyatning poezdlar harakati va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq alohida toifadagi xodimlari uchun, amaldagi qonunchilikka muvofiq, mehnat sharoitlari xususiyatlarini, ish vaqti va dam olish vaqti tartibini belgilash28.



Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish