O‘quv qo‘llanma


“Tejamkor ishlab chiqarish” konsepsiyasi



Download 1,03 Mb.
bet49/103
Sana12.04.2022
Hajmi1,03 Mb.
#546890
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103
Bog'liq
fayl 1999 20211006

11.4. “Tejamkor ishlab chiqarish” konsepsiyasi

Tejamkor ishlab chiqarish - bu Toyota kompaniyasi ishlab chiqarish tizimini g‘oyasining interpretatsiya(metodoliya)sidir. Amaliyot shuni ko‘rsatadaki, buyurtma bajarilish vaqtining 95% i bu kutishga sarflanadigan vaqtdar iborat ekan.


Tejamkor ishlab chiqarishning asosiy g‘oyasi – bu barcha samarasiz vaqtni aniqlash va uni minimallashtirish, chunki ishlab chiqarishdagi sekinlashgan jarayonlar bularyo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan juda qimmat jarayonlarhisoblanadi va muvaffaqiyatga erishish uchun ulardan asta-sekinlik bilan qutulish lozim bo‘ladi.
Quyida tejamkor ishlab chiqarish konsepsiyasi elementlarini ko‘rib chiqamiz.
Kanban tizimi dastlab yapon menejerlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur tizim o‘zagini zarur mahsulotni talab etilgan miqdorda va belgilangan muddatda etkazib berilishini nazarda tutuvchi “O‘z vaqtida” (Just in time) tizimi asoslari tashkil etadi. Ushbu tizim ishlab chiqarishni tezkorboshqarishga xizmat qilgan holda, o‘z tarkibiga nafaqat maxsus kartochkalarni, balki transport vositalarini, texnologik va operatsion xaritalarni ham kiritadi. Ortiqcha mahsulotlarning yuzaga kelishi, belgilangan muddatdan avval ishlab chiqarish, yaroqsiz mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo‘l qo‘yilishi, transportda tashish faoliyatini oqilona tarzda tashkil etilmaganligi, ortiqcha zahiralarni saqlanishi kabilar ushbu metoddagi yo‘qotishlar hisoblanadi.
Aniq belgilangan hajmdagi mahsulotni bir maromda ishlab chiqarilishini ta’minlash uchun zarur miqdordagi xom-ashyo va materiallarni, butlovchi qismlarni hamda uzellarni korxonaning barcha ishlab chiqarish uchastkalariga, jumladan, yakuniy yig‘ish liniyalariga, grafikga qat’iy rioya etgan holda etkazib berilishidan iborat faoliyat kanban tizimining mohiyatini tashkil etadi. Plastik konvertdagi maxsus kartochka shaklidagi yorliq ma’lum bir miqdor va turdagi mahsulotlarni etkazib berish to‘g‘risidagi buyruqni etkazish uchun xizmat qilib, signal vazifasini bajaradi. Ushbu holatda saralash hamda ishlab chiqarish buyurtmasi kartochkalaridan foydalaniladi. Ishlab chiqarish buyurtmasi kartochkasida avvalgi uchastkada tayyorlanishi zarur bo‘lgan detallar miqdori aks ettiriladi. Bir vaqtning o‘zida saralash kartochkasida avvalgi uchastkada qayta ishlov berilishi uchun saralanishi zarur bo‘lgan detallar miqdori aksettiriladi.
Zavod ichidagi hamda mol etkazib beruvchi korxonlar o‘rtasidagi faoliyatda ham mazkur kartochkalar aylanmasi bir xil tarzda tashkil etiladi. Qayd etilgan kartochkalar zaruriy detallar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettirish orqali ishlab chiqarishni «Aniq o‘z vaqtida” (Just in time) tizimi bo‘yicha amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Kanban tizimi har bir ishlab chiqarish bosqichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini tezkor tartibga keltirilishini ta’minlovchi axborot tizimi hisoblanadi
Ishlab chiqarish siklini qisqartirish metodlari.
1. Konveyr prinsipi: ushbu prinsipga ko‘ra, har bir uchastkadagi operatsion vaqt hamda muvofiq ravishda uchastkalar o‘rtasidagi yuk tashish vaqtining mosligini ta’minlash maqsadida jami ishlab chiqarish jarayoni uchastkalarga bo‘linadi. Bir birlik operatsion vaqt mobaynida 1 ta yoki ma’lum bir partiya tayyor mahsulot qabul qilinadi.
2. Bir vaqtning o‘zida bir necha kasbda ishlash prinsipi: mazkur prinsipga ko‘ra, 1 ta ishchi 16 ta dastgohga xizmat ko‘rsatadi. Ushbu xolatda 1-dastgohga xizmat ko‘rsatishdan boshlab (eng uzoq muddatli operatsiya) 16-dastgohgacha xizmat ko‘rsatiladi. 16- dastgoh ishga tushirilib bo‘lingandan keyin 1-dastgohga qaytiladi. SHundan so‘ng opersiya yakuniga etgan hisoblanadi. Har bir dastgohda turli tayyorgarlik darajasidagi yarim mahsulotlar (zagotovkalar) mavjud bo‘ladi.
3. Operatsiyalar orasidagi tanaffuslar prinsipi: avvalgi bosqichdan mahsulotni kelib tushishini kutish jarayonlarini qisqartirish ushbu prinsipning mohiyatini tashkil etadi.
Qayta sozlash vaqtini qisqartirish metodlari
1. Qayta sozlashlar jarayonlarini ikki qismga, ya’ni uskunalarni to‘xtatib qo‘yishni talab etadigan “ichki” hamda “tashqi” sozlash turlariga ajratish. Uskunalar to‘xtatib qo‘yilganda “tashqi” sozlash jarayonlari amalga oshirilmaydi.
2. Katta miqdorda “ichki” sozlash unsurlari “tashqi” sozlash tarkibiga kiritiladi.
3. Tartibga solishni (regulirovka) istisno etish.
4. Qayta sozlashni mutlaqo istisno etish. Mazkur prinsipda yaxlit bir shaklga keltirilgan detallardan foydalaniladi yoki ushbu detallar bir uskunada bir vaqtning o‘zida turli xodimlar tomonidan tayyorlanadi. Ushbu metodda uskunalarning joylashishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Operatsiyalarni me’yorlashtirish metodi.
Jarayonda band xodimlarning sonini qisqartirish ushbu metodning maqsadi bo‘lib hisoblanadi.
1. Ish jarayonlarini jadallashtirish hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish.
2. Barcha ishlab chiqarish operatsiyalarini amalga oshirilishini o‘zaro moslash-sinxronlash.
3. Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini minimal darajaga etkazish (signal chiroqlari hamda ishchilarni ko‘chirish prinsiplari).
Me’yorlashtirish metodining asosiy bosqichlari:
1. Oqim xarakati maromi belgilanadi. Mahsulot birligi ishlab chiqarilishi uchun sarflanishi zarur bo‘lgan vaqtning ma’lum bir bo‘lagi -xarakat maromi hisoblandi. Mazkur ko‘rsatkich smena davomida uskunadan foydalanish uchun haqiqatda sarflangan vaqtning ishlab chiqarilgan mahsulotlar soniga nisbati bo‘lib hisoblanadi.
2. Mahsulot birligini tayyorlash vaqtining me’yori mavjud me’yoriy hujjatlar talablaridan kelib chiqqan xolda belgilanadi (operatsion vaqt).
3. Mehnat jarayonini amalga oshirish xaritasi tuziladi. (jadvalda aks ettirilgan). Oqim xarakati maromi doirasida har bir ishchi bajarishi zarur bo‘lgan operatsiyalar ketma-ketligi mehnat jarayonining xaritasi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu xarita dastgohdagi detallarni olib qo‘yish hamda o‘rnatish va ularga ishlov berish bo‘yicha xarakatlar ketma-ketligini yoki tartibini belgilaydi. SHu bilan birga, mazkur xarita ko‘p qirralik (universal) ishchi-xodim o‘z faoliyatida foydalanishi uchun oqim xarakati maromi oraliq vaqtlarida turli dasgohlarda amalga oshirilgan operatsiyalar tartibi to‘g‘risida qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
4. Chiziqli tartibda saqlab qo‘yilgan zahira (zadel) me’yori belgilanadi. Ishlab chiqarish liniyasida mavjud tugallanmagan ishlab chiqarishning zaruriy minimal hajmi qayd etilgan zahiraning texnik me’yori bo‘lib hisoblanadi. Mazkur ko‘rsatkich operatsiyalar aro aylanma zahiralar tarkibida mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish liniyalarini uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlaydigan mahsulotlar soni bilan belgilanadi.
5. Operatsion xarita tuziladi.
Operatsion xarita har bir ishlab chiqarish uchastkasi ishchisi ko‘rishioson bo‘lgan joyga o‘rnatiladi.
Mazkur xarita quyidagi funksiyalarni amalga oshiruvchi axborot vositasini o‘zida aks ettiradi:
- har bir ishchi mehnat jarayoni grafigiga rioya etishida qo‘llanma vazifasini o‘tash;
- ishchi tomonidan operatsiyalarni texnologik ketma-ketligini belgilangan tartibda amalga oshirilishini ta’minlashda ustaga yordam vazifasini o‘tash;
- uchastka ustalarining kasbiy mahoratini korxona ma’muriyati xodimlari tomonidan baholash imkoniyatini yuzaga keltiradi.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish