Ko’r=Kb+(Ko-Kb)*p(12,
bu erda
Ko’r=o’rtacha yillik o’rin soni; Kb = yil boshidagi o’rin soni; Ko = yil oxiridagi o’rin soni;
p - yangidan ochilgan tashkil etilgan o’rin ishlagan oylar soni.
Ovqat va dori-darmonlar sotib olish harajatlarini rejalashtirishda bir o’rin band bo’lgan kunlar sonini aniqlash zarur va uning asosida kasalxonadagi o’rin kunlarning umumiy soni topiladi. Buning uchun o’rtacha yillik o’rinlar sonini (bo’limlar yo’nalishlari bo’yicha) bir o’rin bir yilda band bo’lgan kunlar soniga ko’paytiriladi.
Ambulatoriyaning poliklinika muassasida harajatlarni rejalashtirishda asosiy operativning tarmoq ko’rsatkichlari:
Vrachlik lavozimlarining o’rtacha yillik soni (bu ushbu muassasaga ambulatoriyaning poliknika xizmati ko’rsatish uchun biriktirilgan aholi soniga bog’liq); vrachlar qabuli soni.
Muassasa mablag’larining umumiy hajmi, maqsadli yo’nalishlari va choraklar bo’yicha taqsimlashini aks ettiradigan asosiy xujjat-bu xarajatlar smetasidir. Smeta belgilangan shaklda har kalendar yil uchun byudjet tasnifining iqtisodiy bandlari bo’yicha tuziladi. Muassasa xarajatlarini rejalashtirishda asosiy iqtisodiy bandlarga quyidagilar kiritiladi: ish haqi to’lash, tovarlar sotib olish, xizmatlar sotib olish, uzoq muddat foydalaniladigan uskuna-jihozlar, kapital ta’mir o’tkazish xarajatlari.
Ta’minot ashyolari va sarflanadigan materiallar sotib olish» iqtisodiy moddasida moddiy vositalar va tez to’ziydigan hamda arzon ashyolarni sotib olish xarajatlari kiritiladi. Bu modda yana bir qator kichik moddalarga bo’linadi:
idora (kantselyariya) buyumlari;
dori-darmonlar va yaralarni bog’lash materiallari;
oziq-ovqat mahsulotlari;
yumshoq inventar kiyim-kechaklari;
«Boshqa xizmatlar haq to’lash va tovar hamda xizmatlarni xarid qilishga boshqa joriy xarajatlar» moddasi bo’yicha uskuna-jihozlar va inventarlar, binolar va xonalarni joriy ta’mirga, kir yuvish va sanitariyaning gigiena xizmatlariga haq to’lash xarajatlari rejalashtiriladi va aks ettiriladi.
Xarajatlarning muhim bandlaridan biri-kommunal xizmatlar to’lovlari hisoblanadi. Unga bino ijarasi haqi, isitish, yoritish, suv ta’minoti va boshqa kommunal xizmati xarajatlari kiradi. Ular natural ko’rsatkichlarga (kubatura, binolar maydoni va boshqalar) qarab rejalashtiriladi.
Kasalxona xarajatlarida ish haqi ancha katta salmoqni tashkil qiladi(jami xarajatlarning 60%dan ko’prog’ini). Ish haqi tibbiyot xodimlarining har bir toifasi bo’yicha alohida (vrachlar, o’rta va kichik tibbiyot xodimlari, shuningdek ma’muriy-xo’jalik va boshqalar) hisoblab chiqiladi.
Ish haqi xarajatlarini hisoblab chiqarish uchun quyidagi ko’rsatkichlar zarur:
Har bir toifa bo’yicha xodimlar lavozimi soni;
Har bir xodimlar toifasi uchun o’rtacha ish stavkasi.
Tibbiyot xodimlarining toifasi uchun lavozimlari soni korxona tomonidan mustaqil ishlab chiqiladigan shtatlar jadvaliga ko’ra, tibbiyot xodimlari har bir o’rtacha ish haqi stavkasi tarifikatsiya ma’lumotlari asosida belgilanadi.
Tibbiyot xodimlarini tarifikatsiyalash muassasa rahbari buyrug’i bilan maxsus tashkil qilinadigan komissiya tomonidan 1 oktyabr holati bo’yicha har yili o’tkaziladi.
Vrachlarning stavkasi miqdori muassasa turi, uning joylashgan o’rni (shahar yoki qishloqda), egallagan lvozimi, malakasiga bog’liq bo’ladi. Kichik tibbiyot xodimlariga ish haqi stavkasi shtat jadvaliga qarab, egallab turgan lavozimiga ko’ra belgilanadi. Kasalxona rahbarlari, ularning o’rinbosarlari, bo’linmalar rahbarlari bo’lgan vrachlarga, shuningdek o’rta tibbiyot xodimlaridan bo’lgan rahbarlarga ish haqi stavkalari ushbu muuassasa rahbar xodimlari mehnatiga haq to’lash bo’yicha qaysi guruhga kiritilganiga qarab aniqlanadi.
Guruhni belgilash ko’rsatkichlari:
kasalxona turi - ruhi (psixiatriya), ruhiy-asab (psixo-nevrologiya) giyohvandlik (narkologiya);
o’rinlar soni (smenalar bo’yicha).
Daromadlar va xarajatlar smetasiga qo’shimcha ta’lim va mehnatga haq to’lash fondini shakllantirish va undan foydalanish smetasi tuziladi. Unda (ish haqidan tashqari) mukofot puli to’lashga, bir martalik yordam ko’rsatish va boshqalarga xarajatlar aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |