Ta’lim. Ta’limga qilinadigan harajatlar ishchi kuchini yaratish uchun zarur bo’lgan harajatlarning bir qismi hisoblanadi. Ishlab chiqarish va ta’lim milliy iqtisodiyotining o’zaro bog’liq va bir-biriga ta’sir ko’rsatadigan jarayonlariga kiradi. O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida o’zining ta’lim tizimiga ega va o’zining har bir fuqarosiga ta’lim olish imkoniyatlarini kafolatlaydi. Ta’lim berishdan asosiy maqsad shaxsning har tomonlama kamoloti va undagi bunyodkorlik qobiliyatlarini to’la namoyon qilishdan iborat.
Respublikaning milliy ta’lim tizimi davlat hamda nodavlat ta’lim va tarbiya muassasalarida tashkil topadi. Ularga: maktabgacha tarbiya; umumiy o’rta ta’lim; maktabdan tashqari ta’lim va tarbiya; kasb xunar ta’limi (kollejlar); o’rta maxsus ta’lim; oliy ta’lim; (oliy ma’lumot); ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash; fuqarolarning mustaqil ta’lim olishi kiradi. Ta’lim tizimini boshkarish ijtimoiy davlat mazmuniga ega. O’quv yurtlari, idoraviy buysinishi va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar yuridik shaxs maqomiga, o’quv jarayonlarini, moliya xo’jalik va boshqa turdagi faoliyatini tashkil qilish masalalarida davlat manfaatlariga rioya etgan holda mustaqilikka ega.
O’zbekiston Respublikasida o’quv yurtlarining moddiy bazasini tekin foydalanishga berilgan er, binolar, inshootlar, uskuna jihozlar, materiallar tashkil qiladi. Moddiy bazani yangilash va rivojlantirish uchun moddiy va moliyaviy resurslar ajratiladi, davlat buyurtmasi ko’rinishida kapital quyilmalar nazarda tutiladi.
Davlat ta’lim muassasalarini moliyalashning asosiy manbai davlat byudjeti mablaglari hisoblanadi. O’quv yurtlarini moliyalashda pullik xizmatlar ko’rsatishdan ishlab chiqarish va ilmiy faoliyatdan olingan o’z daromadlari, shuningdek, korxonalar, tashkilotlar, va fuqarolarning mablag’lari muhim o’rinni egallaydi.
Ta’limga qilingan xarajatlar 3 guruhga bo’linadi: joriy xarajatlar, uskuna jihozlar va kapital ta’lim xarajatlari, kapital qo’yilmalar. Joriy xarajatlarga ish xaqi, ish xaqiga ustamalar, stipendiyalar, ovqatlanish xarajatlari, yumshoq inventarlarni sotib olish, va boshqa xarajatlar kiradi.
Joriy xarajatlar eng kattasi bo’lib, unda qoida tarzida ish xaqi salmog’i yuqori turadi. Umuman olganda, xarajatlardagi tuzilmaviy farqlar ayrim ta’lim muassasalari faoliyati xususiyatlari, o’quvchilar va talabalarni moddiy ta’minlash turlari bilan bog’liq.
O’zbekistonRespublikasining «ta’lim to’g’risida»gi qonuniga muvofiq davlat ta’lim ehtiyojlari uchun har yili moliyaviy mablag’lar ajratilishini,shuningdek, davlat byudjeti va byudjet tizimining barcha darajalarida xarajatlarning tegishli bandlari himoyalanishini kafolatlaydi.
Byudjet xarajatlari tasnifi asosida ajratiladigan mablag’lar bo’limlar, kichik bo’limlar, maqsadli va iqtisodiy moddalar bo’yicha taqsimlanadi.
Tasnif tizimi davlatgao’z vazifalarini bajarishda yordam beradigan byudjet xarajatlari turlarinigina ko’rsatadi.
Byudjet xarajatlarini detallashtirish ularni maqsadli sarflanishi ustidanmoliya organlarining nazoratini kuchaytirish zarurati bilan bog’liq. Bunga ta’lim muassasiga smeta moliya asoslanishi yoki xarajatlar smetalari asosida moddalar bo’yicha byudjet mablag’larini ajratish printsipi ham mos keladi.
Iqtisodiy moddalar bo’yicha byudjetdan kiritiladigan mablag’lar xajmini belgilash va o’z mazmuniga ko’ra xilma-xil bo’lgan xarajatlarni ta’lim bo’yicha davlat boshqaruvi organi kalendar moliya yiliga byudjetdan ajratilgan mablag’lar doirasida amalga oshiradi.
Mablag’larni ajratishdagi smeta tartibi eng muhim deb ehtirof etiladi. Dastlab ta’sischi har bir muassasa uchun xarajatlar smetasini shakllantirishda hisobga olinadigan ishlab chiqarish faoliyati ko’rsatkichlarini (binolar, kontrol raqamlari, davlat buyurtmasi) belgilaydi.
Maktabgacha tarbiya muassasalari uchun tarbiyalanuvchilar va guruhlar soni, maktablar uchun o’quvchilar va sinflar soni, kasb-hunar maktablari bo’yicha grant qabulidagi talaba (o’quvchilar) soni va boshqalar ishlab chiqarish ko’rsatkichlari hisoblanadi. Moliyaviy rejalashtirishda moliya yili boshi va oxiridagi ko’rsatkichlar bilan birga komplektlash qabul muddatlari, o’qish jarayonida o’qishdan chiqib ketish bilan bog’liq bo’lgan o’rtacha yillik ko’rsatkichlar ham hisobga olinadi.
Byudjet mablag’lariga bo’lgan ehtiyojni aniqlash tartibini umumta’lim maktablari misolida ko’rib o’tamiz. Maktablarning ish xajmini tavsiflaydigan va ularni joriy ta’minlash xarajatlarini belgilaydigan asosiy ko’rsatkichlar - bu sinflar miqdori va o’quvchilar sonidir. Sinflar miqdori sinflar guruhi bo’yicha (I-IV, V-IX, va X-XI) aniqlanadi hamda o’quvchilarning umumiy soni va sinflarning to’liqligi, ya’ni, o’rtacha har bir sinfdagi o’quvchilar soniga bog’liq. Xozirgi davrda I-IX sinflarda sinf to’liqligi 35 o’quvchigacha, X-XI sinflarda 30 o’quvchigacha bo’lishi mumkin.
Maktablar, sinflar va o’quvchilar soni 1 yanvar va 1 sentyabr holati bo’yicha aniqlanadi. 1 yanvarga o’quvchilar va sinflar soni oxirgi hisobot sanasidagi amaldagi holat bo’yicha ularning joriy yilning oxiriga qadar bo’lishi ehtimoli bo’lgan o’zgarishlarini hisobga olgan holda qabul qilinadi. Rejalashtiriladigan yilning 1 sentyabriga o’quvchilar soni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish rejasida o’quvchilarni qabul qilish, o’tkazish va ularning bitirib chiqishini hisobga olgan holda belgilanadi. Birinchi sinflarda qabul 1 sentyabrga qadar yoki sentyabr oyida 7 yoshga to’ladigan bolalar soniga qarab rejalashtiriladi. Keyingi sinflarda qabul oldingi sinflardagi o’quvchilar sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Xarajatlar hisob-kitoblarini soddalashtirish uchun maktablar bo’yicha o’rtacha yillik o’quvchilar soni hisoblab chiqiladi.
Asosiy tarkib 8 oy mobaynida (1 yanvardan 1 sentyabrgacha), yangi tarkib esa 4 oy davomida (1 sentyabrdan yil oxiriga qadar) moliyalashtiriladi.
O’rtacha yillik o’quvchilar soni hisobi quyidagi formula bo’yicha chiqariladi:
Ke=Kn*8+Kk*4/12,
bu erda,
Ks= o’rtacha yillik o’quvchilar soni;
Kn va Kk= yil boshi va oxiridagi o’quvchilar soni; 12 - bu bir yildagi oylar soni.
Hisoblar sinflar guruhi bo’yicha o’tkaziladi. Sinflarning o’rtacha yillik soni maktablarni joriy ta’minlash xarajatlarini aniqlashda asos qilib olinadigan ko’rsatkich hisoblanadi.
O’rta umumta’lim maktablari xarajatlarini rejalashtirish jarayonida foydalaniladigan eng muhim tarmoq ko’rsatkichlaridan biri-pedagogik stavkalardir. Pedagogik stavkalar soni ikki ko’rsatkich asosida, ya’ni o’quv mashg’ulotlari soatlari soni va o’qituvchilarning xaftalik dars soatlari normalari asosida hisoblab chiqiladi. O’zbekiston Respublikasida bazis o’quv rejasida bir o’quvchiga xaftalik norma boshlang’ich sinflar uchun 20-22 soatni, V-IX sinflar uchun 38 soatga qadar, X-XI sinflar uchun fakultativlar bilan birgalikda 43 soatni tashkil qiladi. Bir stavka ish xaqi uchun o’qituvchining darsi normasi boshlang’ich maktablar uchun xaftasiga 14 soat, yuqori sinflar uchun xaftasiga 16 soat qilib belgilangan. Shu sababli pedagogik stavkalar soni sinflar guruhlari bo’yicha alohida belgilanadi. Har bir sinf guruhlari bo’yicha xaftalik dars soatlarining umumiy soni sinflar sonini bir sinfdagi soatlar soniga ko’paytirish bilan aniqlanadi.
Pedagogik stavkalar soni har bir sinf guruhlari bo’yicha xaftalik dars soatlarining umumiy miqdorining o’qituvchining belgilangan o’quv yuklamasiga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.
Mehnatga xaq to’lash xarajatlari pedagogik, ma’muriy xo’jalik va yordamchi o’quv ta’lim xodimlari bo’yicha alohida-alohida rejalashtiriladi. Bunday mehnatga xaq to’lash fondi ta’rifli deb ataladi. Bundan tashqari qo’shimcha ish turlari(daftar tekshirish, sinf rahbarligi va boshqalar) uchun qo’shimcha xaq va yuqori sifatli ishi uchun ustamalar to’lashga notarif ish xaqi fondi nazarda tutiladi.
O’qituvchining ish xaqi stavkasi malaka toifasi darajasi (oliy ma’lumot bo’lganda) va ma’lumotiga (malaka toifasi bo’lmaganda) qarab belgilanadi. Malaka toifalari oliy, birinchi va ikkinchi toifalardan iborat.
O’qituvchilarning ish xaqi fondi pedagogik stavkalar soni va tarif jadvali bo’yicha o’qituvchining bir oylik o’rtacha stavkasi asosida belgilanadi. Tarif ro’yxati o’qituvchilarning bir oylik ish xaqi fondi umumiy summasini aniqlash imkoniyatini beradi. Bu ma’lumotlarga tayangan va guruhlar bo’yicha 1 yanvar va 1 sentyabrga sinflar sonini bilgan holda o’qituvchining bir oylik o’rtacha stavkasini hamda rejalashtirilayotgan moliya yiliga to’g’ri keladigan joriy va o’quv yilidagi oylar uchun ish xaqi fondini hisoblash qiyin emas.
O’qituvchining o’rtacha stvkasini aniqlash uchun har bir sinflar guruhi bo’yicha tariflar ro’yxati bazasida belgilangan oylik ish xaqi shu guruhlardagi sinflarga to’g’ri keladigan pedagogik stavkalar soniga bo’linadi, ya’ni sinflarning o’rtacha yillik soni quyidagicha hisoblab topiladi:
Sinflarning boshlang’ich soni 8,5 ta, yangi sinflar soni 9,5 ta ko’paytiriladi, olingan ko’paytmalar yig’indisi 12 ga (ish xaqi bir oyda ikki marta to’lanadigan maktablar ish xaqi fondini rejalashtirishda) va qishloq maktablar bo’yicha tegishlicha 8 va 4 oyga bo’linadi.
Yordamchi o’quv ta’lim va ma’muriy xo’jalik xodimlarining ish xaqi fondi maktab shtat jadvali va belgilangan lavozim okladlari asosida belgilanadi. O’rtacha yilik stavkalar sonini o’rtacha lavozim okladiga ko’paytirish orqali hisoblab chiqiladi. Maktab direktorlari va ularning o’rinbosarlari ish xaqi maktablardagi o’quvchilar soniga qarab belgilanadi. Bunda o’quvchilar soni o’quv yili boshidagi holat
bo’yicha ro’yxat tarkibiga ko’ra hisobga olinadi. Qo’shimcha xaq to’lash miqdorlari ularning turi sinflar guruhi bo’yicha tabaqalashgan holda belgilanadi va eng oz oylik ish xaqiga nisbatan foizlarda joriy qilinadi. Masalan, daftar tekshirish uchun quyidagicha qo’shimcha xaq nazarda tutilgan: o’zbek tili va adabiyot bo’yicha V,IX,(XI) sinf o’qituvchilariga 30%, chet tili va stenografiya o’qituvchilariga 10%, kimyo, fizika, biologiya o’qituvchilari uchun – 10% .
Byudjet sohasidagi har qanday muassasa bo’yicha xarajatlarning keyingi iqtisodiy moddasi “Ish haqiga qo’shib yozilgan summa”dir. Bu modda bo’yicha harajatlar davlat ijtimoiy sug’urtasiga, pensiya jamg’armasiga, aholini ish bilan ta’minlash jamg’armasiga badallar va ajratmalar to’lash bilan bog’liq. Ajratiladigan mablag’lar miqdori mehnat haqi umumiy fondini hozirgi davrda belgilangan normativlariga ko’paytirish yo’li bilan foyizlarda aniqlanadi.
Boqish (ovqatlantirish)ga sarflanadigan mablag’larga ehtiyojlarni aniqlashda ta’minot predmetlari va sarflanadigan materiallar sotib olish harajatlari hisoblab chiqiladi.
Ajratilgan mablag’lar hajmi ovqatlannadiganlar soni, bir bolani bir yilda o’rtacha qatnashgan kunlari soni, belgilangan kunlik ovqatlanish normasiga bog’liq bo’ladi.
Harajatlarning boshqa moddalari bo’yicha chiqimlarni hisoblash uslubiyati jamiyatdagi ta’lim muassasalari bo’yicha bir xil.
Muassasalarni saqlash harajatlarida kommunal to’lovlar: isitish, elektr energiya, suv ta’minoti va shu kabilar katta o’rnini egallaydi. Mablag’larning hisobiy xajmlari binolarning hajmi va maydoniga, issiqlik va energetik resurslar bilan ta’minlanganlik sharoitlariga bog’liq. Qoida tarzida, boshqa turli kommunal harajatlari bo’yicha hisobiy mablag’lar hajmi o’tgan bir qator yillardagi amaldagi harajatlar va narxlar hamda tariflardagi o’zgarishlar dinamikasi asosida aniqlanadi. Bu summalarni navbatdagi ham moliya yiliga xarajatlarni rejalashtirishda hisobga olish zarur.
Yumshoq inventarlarni sotib olishga harajatlar o’qituvchilarning yashashi uchun tarkibida internatlari bo’lgan qishloq maktablari bo’yicha rejalashtiriladi. Bunday harajatlar ko’proq maktabgacha tarbiya va internat muassasalari bolalar, bog’chalari, mehribonlik uylari, maktab- internatlariga va boshqalarga xos. Rejalashtiriladigan mablag’lar ko’rpa-to’shak, kiyim va poyabzalning borligi; ularga bo’lgan ehtiyojlar; mahsulotlar narxlariga bog’liq. Muassasalarni o’quv, xo’jalik, texnologik jihozlar va inventar (asbob-uskuna va boshqalar) bilan ta’minlashga qilinadigan harajatlar xuddi shu tartibda rejalashtiriladi.
“Ijtimoiy madaniy maqsadlarga ob’ektlarni kapital ta’mirlash” moddasi bo’yicha ta’mir ishlarining adresli dasturiga ko’ra qilinadigan harajatlar rejalashtiriladi. Mablag’larni ajratishda ustivorlik belgilanadi, binolar va inshootlarning texnik holati hisobga olinadi, loyiha-smeta hujjatlari tuziladi.
Muassasalar bo’yicha hisob-kitob qilingan byudjetdan zaruriy moliyalashtirish hajmlari maxsus hujjat-xarajatlar smetasi bilan rasmiylashtiriladi.
Smetada muassasa nomi va manzili byudjet tasnifi xos raqami (kodi) muassasa moliyalanadigan (bo’lim, bob, paragraf va maqsadli moddalari) ko’rsatiladi, har bir iqtisodiy modda bo’yicha choraklik taqsimoti bilan ajratiladigan rejali mablag’lar hajmlari keltiriladi.
Choraklar bo’yicha bo’lib chiqishda nazarda tutilgan byudjet daromadlari tushumlaridan kelib chiqqan holda moliyalashtirishning berilgan hajmlari hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |