Atrof muhitni muhofaza qilish xarajatlari.
Atrof muhitni muhofaza qilishni yaxshlash bilan bog’liq tadbirlarni moliyalash uchun byudjetdan mablag’lar ajratiladi. Bu mablag’lar qo’yidagilarga yo’naltiriladi:
davlat iqtisodiy nazoratini amalga oshirish;
qo’riqxonalar va milliy narxlar tashkil qilish va ularni saqlash;
maqsadli dasturlarni bajarish (Orolni saqlash respublika jamg’armasi):
Uy-joy va kommunal xo’jaligini moliyalashtirish.
Hozirgi urbanizatsiyalashgan jamiyatda eng muhim faoliyat sohalaridan biri – uy-joy-kommunal xo’jaligi (UKX) hisoblanadi. Hozirgi zamonaviy shaharda inson turar joy, suv, elektr, gaz, kanalizatsiya, issiqliq, shahar transporti va boshqalar bilan ta’minlangan bo’lish kerak.
Zamonaviy ishlab chiqarishni ham UKX xizmatlarsiz tassavur etish qiyin. Xodimga hayot sharoitlarni yaratish va uni ish joyiga eltish bilan band bo’lgan korxonalarga emas, balki sanoat va qurilish korxonalariga suv, gaz, issiqliq, elektr energiyasi etkazib beradigan korxonalar ham ishlab chiqarish jarayonida qatnashadilar.
Mamlakat xalq xo’jaligining muhim qismi bo’lgan bu tarmoq katta xajmdagi moliya resurslari ajratishni talab qiladi.
Tarmoq sifatida UKX bir qator kichik tarmoqlarni o’z ichiga oladi:
uy-joy xo’jaligi;
vodoprovod-kalanizatsiya xo’jaligi;
issiqlikning energetika xo’jaligi;
shahar yo’lovchilar transporti;
mehmonxonalar;
aholi yashash joylarini obodonlashtirish.
UKXni saqlash va rivojlantirish xarajatlarini moliyalashtirish manbalari:
byudjet vositalari;
uy-joy kommunal xo’jaliklari yuridik va jismoniy shaxslarga o’z xizmati va mahsulotlarini sotishdan olinadigan mablag’lar;
korxonalarning o’zlariga qarashli uy-joyning kommunal xo’jaligi ob’ektlarini saqlash uchun ajratadigan vositalari.
UKXning ayrim tarmoqlarini moliyalashda byudjet mablag’larining ahamiyati bir hil emas. Byudjet mablag’lari hisobidan aholi yashash hududlarini ko’kalamzorlashtirish, yoritish, tozalash ishlari to’liq moliyalanadi. Vodoprovod-kanalizatsiya xo’jaligi kapital qo’yilmalar uchun byudjetdan mablag’lar oladi. Shahar yo’lovchilar transporti, uy-joy xo’jaligi va turar-joylarni isitish uchun issiqliq energetikasi byudjetdan dotatsiyalar ajratishni talab qiladi.
UKX xizmatlari aholi turmush darajasiga ta’sir ko’rsatadigan muhim omillardan biri. Agar bu xizmatlarga tariflar ko’tariladigan bo’lsa aholining, ya’ni iste’molchilarning bu xizmatlari uchun harajatlari ortadi. Bu ortish yo ish haqini ko’paytirish hisobidan yoki aholiga hizmat ko’rsatadigan korxonalar va tashkilotlarga byudjetdan dotatsiyalar ko’rinishida ajratiladigan mablag’lar hisobidan qoplanishi lozim. Amaliyotda hamma usullardan foydalaniladi.
UKXda asosiy vazifa bu tarmoq ishida tejamkorlikni yaxshilash, tarmoqni rivojlantirish va ta’minlashga ajratilayotgan mablag’lardan foydalanish samaradorligini ko’tarish, shuningdek, eksplutatsion xarajatlarning o’sish sur’atlarini pasaytirishdan iborat.
Mamlakatimizda uy-joy kommunal xo’jalikda olib borilayotgan islohotlar bir yo’nalishdagi amaliy qadamlar bo’lib, uy-joy kommunal xo’jaligi korxonalarini saqlashga ajratilgan mablag’lardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Ularga quyidagilar kiradi:
Uy-joy-kommunal xo’jaligi korxonalarini bosqichma-bosqich o’zini-o’zi moliyalashtirishga o’tkazish, ularga dotatsiyalar berish uchun byudjetdan mablag’ ajratishni, shuningdek, iste’molchilarni chaparasta (perekrestnogo) subsidiyalashni to’xtatish.
Aholi uchun uy-joy kommunal hizmati tariflarini bu hizmatlarni bajaradigan tashkilotlarni asosan raqobatli tanlov yakunlari bo’yicha belgilanadigan iqtisodiy asoslangan darajagacha ko’tarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |