O’quv qo’llanma



Download 157,29 Kb.
bet28/32
Sana11.07.2022
Hajmi157,29 Kb.
#776651
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
urdb uzl bdb6f

Boshqarish xarajatlari


O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatidan iborat. Respublika darajasida qonun chiqaruvchi xokimiyatni Oliy Majlis, ijro etuvchi xokimiyatni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati, sud xokimiyatini O’zbekiston Sudlari amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Davlat xokimiyati organlari va O’zbekiston Respublikasi sub’ektlari o’rtasida boshqarish va vakolatlar doirasini belgilash O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini boshqarish va o’zga shartnomalar bilan tartibga solinadi.


Viloyat va mahalliy darajada boshqarish organlari tuzilmasi umuman davlat boshqaruvi tuzilmasiga o’xshash, ya’ni vakillik organlari va tegishli ma’muriyatdan iborat. Boshqarish apparatini saqlash harajatlarini jamini belgilaydigan asosiy hujjatlar - bu shtatlar jadvali va harakatlar sistemasidir.
Shtatlar jadvalida tarkibiy bo’linmalar; rahbarlar ularning o’rinbosarlari mutaxassislarning lavozimlari nomlari belgilangan davlat lavozimlari reestrlarga muvofiq; Har bir lavozim bo’yicha shtat birligi soni, lavozim okladlari sxemasi, ustamalar (belgili hizmat muddati uchun, maxfiyligi uchun va boshqalar) va lavozim okladlari bo’yicha oylik ish haqi fondi ko’rsatiladi.
Davlat hizmatchilarining mehnatga haq to’lash fondida moddiy rag’batlantirish va belgili hizmat muddati uchun ustamalar to’lash harajatlari salmoqli o’rinni egallaydi. O’zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyatlar, shaharlar, tumanlar ma’muriyati (mahkamasi)ning tegishli bo’linmalari taqdim etilgan hujjatlari va tahlil materiallari asosida O’zbekiston Respublikasi sub’ektlari
byudjetiga boshqarish harajatlari bo’yicha jamlama hisob-kitoblarni tayyorlaydi. Uni tayyorlashda bevosita hisoblash usuli va normalash usulidan foydalaniladi. Ajratiladigan mablag’lar tasdiqlangan ta’riflar, normalar va boshqalarga asoslangan holda bir ma’muriy yoki shtat birligiga amaldagi chiqimlar mablag’larga bo’lgan ehtiyojni nazarda tutgan holda hisob-kitob qilinadi.
Davlat hizmatchilarining mehnatiga haq to’lash (ish haqi) boshqarish harajatlarining asosiy qismini tashkil qiladi. Unga asosiy okladlar ish haqiga ustamalar, shtatsiz xodimlarga haq to’lash va boshqa fuqaro hizmatchilarga pul to’lovlari kiradi.
Fuqaro hizmatchilarning asosiy okladi bo’yicha to’lanadigan yillik ish haqi harakatlari bir oylik ish haqi o’rtacha stavkasini o’rtacha yillik xodimlar soniga ko’paytirish va uni 12 oyga yana ko’paytirish yo’li bilan hisoblanadi.
O’rtacha ish haqi stavkasi oylik ish haqi fondini shtat birliklari soniga bo’lish yo’li bilan topiladi.
Ish haqi fondini hisoblashda Davlat hizmatchilarining lavozim okladlariga to’lashga yo’naltiriladigan mablag’lar summasiga qo’shimcha tarzda quyidagi to’lovlar uchun (yil uchun) mablag’lar ham nazarda tutiladi:



  • malaka razryadi uchun oylik ustama;

  • davlat hizmatining alohida harakatlari uchun oylik ustama;

  • belgili muddat hizmati uchun oylik ustama.

Ish haqiga jami ustamalar ish haqi fondiga qo’shiladigan majburiy ustamalarning jami turlarini o’z ichiga oladi. Moddiy sarflar jihatidan boshqaruv harajatlarining asosiy turini ta’minot buyumlari va sarf materiallarini sotib olishga qilinadigan harajatlar tashkil qiladi.


Harajatlarning keyingi turi - bu boshqarish apparati xodimlarining xizmat safari va hizmat qatnovi bilan bog’liq chiqimlardir.
Boshqarishga qilinadigan harajatlarga yana transport hizmati, aloqa xizmati va kommunal hizmatlar haqini to’lash harajatlari ham kiradi.
Boshqarishdagi boshqa joriy harajatlarda: uskuna-jihozlarni joriy ta’minlash haqi, binolar va imoratlarni joriy ta’mirlash haqi va boshqa harajatlar hisobga olinadi.
Moliya organlari boshqarishga ajratilgan mablag’larni sarflash ustidan nazorat olib boradi. Byudjetdan ajratilgan mablag’lar ortiqcha sarflangan hollarda ular sabablarni o’rganib, chiqimlarni kamaytirish bo’yicha takliflar beradilar. Shuningdek shtatlar va boshqarish apparatini saqlash harajatlari sxemasi ish haqi miqdori va stavkalarini tasdiqlash tartibiga rioya qilinishi tekshiriladi.

Download 157,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish