Birinchidan, onalarga bola parvarishi bo’yicha nafaqalar to’lash. Bunda to’lanadigan nafaqa miqdori oshirildi va uni to’lash muddati bir yarim yildan ikki yilga qadar uzaytirildi. Bu nafaqani ishlaydigan onalar ham, ishlamaydigan onalar ham oladigan bo’ldi.
Ikkinchidan, bolalarga ilgari amalda bo’lgan jami nafaqa va imtiyozlar bekor qilinib, 16 yoshgacha bolalarni bo’lgan oilalarga yagona nafaqa joriy qilindi. Bolalar uchun to’lovlar tizimi ham birxillashtirildi. 20 xil turli tuman bolalar nafaqalari o’rniga 1994 yil sentyabridan barcha bolali oilalar uchun yagona nafaqa amalga kiritildi, uning miqdori oila soni va daromadi bilan bevosita bog’langan.
Uchinchidan, 1994 yil oktyabr oyidan boshlab davlat kam ta’minlangan oilalarga faol yordam berishga o’tdi.
Prezident farmoni bilan ularga mo’ljallangan moddiy yordam joriy qilindi.
Ijtimoiy siyosat davlatning aniq ijtimoiy vazifalarini amalga oshirishga yo’naltirilgan. Uni ta’minlashda davlat xujjatlari: Davlat byudjeti, byudjetdan tashqari jamg’armalar, korxonalar va tashkilotlar mablag’lari, xayriya bandlari va tushumlari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Davlat amalda muhtoj bo’lgan aholi toifalariga nafaqalar to’lash yo’li bilan egasi aniq ijtimoiy yordam ko’rsatadi.
O’zbekistonning ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti davlat tarzida rivojlanishi yangi, hozirgi davr sharoitlariga mos keladigan ijtimoiy muhit institutlarini rivojlantirishni taqozo qiladi.
Hozirgi davrda byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi, shu bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi davlat jamg’armasi, «Nuroniy» jamg’armasi, «Mahalla» jamg’armasi kabi ijtimoiy jamg’armalar faoliyat ko’rsatadi.
Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi mablag’larining asosiy qismi muhit va ijtimoiy pensiyalar to’loviga sarflanadi.
Mehnat pensiyalariga: yoshiga ko’ra, nogironlik bo’yicha, boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha, belgili muddat xizmati uchun pensiyalar kiradi. Bu turdagi pensiyani tayinlashda pensiya yoshiga etish asosiy shart hisoblanadi. Fuqarolarning ayrim toifalari uchun kamroq ish staji bilan yoki kamaytirilgan pensiya yoshi bilan, yoshiga ko’ra imtiyozli pensiya tayinlash tartibi belgilangan.
Yoshiga ko’ra pensiyalar o’rtacha oylik ish xaqining 55% miqdorida, lekin eng oz pensiyadan kam bo’lmagan miqdorda tayinlanadi.
Yoshiga ko’ra pensiyani hisoblab chiqarishda eng muhim ikki omil e’tiborga olinadi. O’rtacha oylik ish xaqi miqdori va pensioner ish xaqining individual koeffitsienti.
Yoshiga ko’ra pensiya umrbod tayinlanadi. Nogironlik bo’yicha pensiya nogironlik yuz berganda tayinlanadi.
Mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasiga qarab nogironlik I, II, III - guruhlarga bo’linadi. Nogironlik:
ishda mayib bo’lish yoki kasb kasalligi;
umumiy kasallanish (shu jumladan ish yoki bolalikdan nogironlik bilan bog’liq bo’lmagan mayiblik) natijasida yuz berishi mumkin. Mehnat pensiyasi olmaydigan fuqorolarga nogironlar, shu jumladan bolalikdan nogironlar; pensiya yoshiga etgan shaxslarga; boquvchisini yo’qotgan hollarda bolalarga; 16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolalarga ijtimoiy pensiyalar tayinlanadi.
Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqalar to’lanadi. Bu turdagi to’lovlar jami mavjud ijtimoiy kafolatlardan eng ko’p tarqalgani hisoblanadi.
Mehnatga qobiliyatsizlik quyidagi hollarda ro’y berishi mumkin: kasallik yoki mayiblik sababli; homiladorlik va farzand ko’rish bo’yicha; bemor oila a’zosini (shu jumladan bolani) parvarishlash bo’yicha va boshqalar.
Nafaqa miqdori uch omilga bog’liq: o’rtacha ish xaqi, ish staji va mehnatga qobiliyatsizlik sabablari.
Keksalar va nogironlar uylari, shuningdek, sog’liqni tiklash markazlarini qurish va ularni ta’minlash bir kishi (nogiron) yoki o’rin hisobiga byudjetdan moliyalashtirish normativlari asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |