OILANING PSIXOLOGIK MUXITI – bu oila azolarining oilaviy munosabatlarda, ijtimoiy muhit va kasbiy munosabatlaridagi ijtimoiy – psixologik faolligini umumiy ko‘rsatkichlari majmui hisoblanadi. Psixologik muxit – bu oilaning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, ijtimoiy jarayonlarda, ayniqsa, oilaning ijtimoiy muhitdagi salbiy tasirlarga qarshi tura olish qobiliyatida aks etadi. Oilaning psixologik muxiti uning azolarini xayot faoliyati davomidagi o‘ta keskin xolatlarda ham, muammoli vaziyatlarni hal qilishda yuzaga keluvchi bosiqlikni tavsiflaydi.
OILAVIY AJRIMLAR – har bir oila azolariga qattiq tasir qiladigan jarayon. Etikada oilaviy ajrimlarning uch turi ko‘rsatiladi. Birinchisi, nikohni bekor qilinishi bilan ajralish – bunda oilaviy mulk, va farzandlar tarbiyasi qonun asosida taqsimlanadi. Bunday sabab o‘zaro kelishmovchilik hamda tushunmovchilik, o‘zaro muhabbatning yo‘qligi natijasida paydo bo‘ladi. Ikkinchisi, tabiiy ajralish bo‘lib – oila azolarining biri falokat, yoki kassallik tufayli vafot etgan oila mulkining meros sifatida taqsimlanishiga sabab bo‘luvchi ajralishdir. Uchinchisi – axloqiy ajralish bo‘lib, bunda bolalar balog‘atga etib, oila qurilishlari – ota-onalar ular uchun oilaviy mulkdan uy-joy, turli maishiy jihozlar ajratib berishlari belgilanadi.
OHANG – Suhbatning tavsifini belgilab berish uchun so‘z boyligi va so‘zning gramatik qurilishi hali etarli emas, bu erda gaplashish ohangi va intonatsiya muhim rol o‘ynaydi. So‘zlashish ohangi iroda va emotsional tasirni, hissiyotni aks ettiradi. So‘zlashish ohangidan hatto kishining kayfiyatini bilish mumkin. Ohang malum darajada kishining xulqini ham aks ettiradi. YAni suhbatdoshimizning tarbiyali yoki tarbiyasizligini ko‘rsatadi. YUrish – turish vaziyatlari qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, so‘zlashish ohangi ham shunchalik ahamiyatga ega. Bitta so‘z yoki iboraning o‘zi qanday qanday ohangda aytilganligiga qarab bizga har xil tasir etishi mumkin. Ko‘pincha aytilgan so‘z emas, balki haqoratomuz ohang kishini ranjitadi. Ohangizning chiroyligi yoki ingichkaligi bilan siz bevosita atrofdagilarda og‘ir yoki engil kayfiyat uyg‘otasiz. Ifodalanayotgan so‘zlarning manosi umuman tinglovchilarga hech qanday tasir bermaydi. U suhbatdoshingizning javob berish imkoniyatini yaxshi lash darjasida bo‘lsa bas. Haqiqiy malumot so‘z ohangizdadir.
SAMIMIYLIK “boshqalar gapini tinglaydigan, hamfikr bo‘la oladigan, xabardor” degan manoni anglatadi. Samimiylik to‘g‘riligiga o‘zi ishongan, bu haqda o‘ziga va boshqalarga iqror bo‘la oladigan narsalarni qiladigan odamning manaviy ijobiy sifati. Samimiy samimiyat b-n ish tutuvchi, muomala qiluvchi, sidqidillik b-n chin qalbdan qilingan, dildan chiqqan. Samimiyat kishilarga qalban hayrixohlik, pokdillik, samimiylik, sidqidillik. S. insondagi eng yaxshi xislat, oliy insoniy fazilatlardan biri bo‘lib, axloqning muhim meyorlaridan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |