MANAVIY-AXLOQIY TARBIYA. M.a.t. yuksak manaviy-ahloqiy fazilatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan tarbiya jarayoni. Manaviyat – tarbiyaning eng tasirchan quroli va ayni paytda uning natijasi. Axloq – manaviyatning o‘zagi. Axloq – bu avvalo, insof va adolat tuyg‘usi, imon, halollik degani. Qadimgi ajdodlarimiz komil inson tarbiyasi haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytsak, Sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. M.a.t.da axloq b-n manaviyat mezonlariga asoslanib, insonda manaviyat hamda axloqni shakllantirish va rivojlantirish, takomillashtirish uchun tasirni kuchaytirishga etibor qilinadi.
MAHALLA (arab tilidan, manosi – jamoat, joy, makon, qыshnichilik) – O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston qududida X asrlardan boshlab mavjud bыlganligi to‘g‘risida tarixiy manbalar guvohlik beradi. Mahalla - bu jamiyatshunoslar tabiri b-n aytganda, tayyor andozaga ega bыlgan, «mahalliy boshqaruvda xalqchil demokratiya instituti» nomini olgan tashkilotdir. U o‘zining asosiy vazifasi, «birdamlik», «jamoaviylik», «hamkorlik» asosida mahalliy aholini birlashtiruvchi, uyushtiruvchi tashkilot bыlganligi bois, hamma davrlarning boshqaruv organlari unga nisbatan alohida munosabatda bo‘lib kelganlar.
MAHR – (turk. teng huquqli nikoh tuzilgan paytda xotiniga ajratib beriladigan mulk) nikohning asosiy sharti, nikoh paytida kuyov tomonidan kelinga sovg‘a qilinadigan, keyinchalik faqat xotinga tegishli bo‘lgan mulk. Mahr faqat islomga xos, qalin tashqi tomondan mahrga o‘xshasa ham, qadimdan qolgan urf-odatdir
MUHABBAT VA NAFRAT — M. va N. ko‘pgina manaviy axloqiy tushunchalar kabi juftlik xususiyatiga ega. M. insoniy mohiyatning erkin tarzda namoyon bo‘lishi, zo‘ravonlik yoki zo‘rmaqzo‘rakilik b-n chiqisha olmaydigan hodisa. U meyorlar, ananalar, qonunlarga bo‘ysunmaydi, lekin yuksak axloqiylik ifodasi tarzida insonga ulkan masuliyat yuk laydi, uni jasoratga chorlaydi, u – insonni tashqi va transsendental olam b-n bog‘laydigan, uni yolg‘izlikdan olib chiqadigan buyuk manaviy kuch. M. ning obekti doimo go‘zallik, manfaatsiz go‘zallik. U – Allohmi, Vatanmi, yormi – M. Egasiga undanda go‘zalroq narsa yo‘q. Ayni paytda bir obektni sevgan kishi boshqa obektlarni ham sevishi tabiiy. Deylik, yorga bo‘lgan haqiqiy M. Vatanga, insoniyatga M.ni inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi. Zero, «o‘zqo‘zicha», «yakka», «xudbin» M.ning bo‘lishi mumkin emas. Inson o‘zi o‘zgaga aylanganida, o‘zgani o‘ziga aylantira olganida haqiqiy M. Egasi hisoblanadi. Mana shu obekt b-n subekt orasidagi farqning «yo‘qolishi» eng buyuk , eng mukammal manaviy lazzatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |